Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
КАЛИЯ И

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

КАЛИЯ И МАГНИЯ АСПАРАГИНАТ РАСТВОР ДЛЯ ИНФУЗИИ 100МЛ №1

17 500 so'mdan
(4874)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
ТЕМУР МЕД ФАРМ
Chiqarilish shakli
Р-Р Д/ИНФ
Farma. Guruh
Кардиотонические препараты
Dori tafsilotlari
Kaliy va magniy asparaginat Berlin-Xemi
Qoʻllash sohasi
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Oʻzaro taʼsiri
Ogohlantirishlar
Koʻrsatma
Dozalash
Nojoʻya taʼsirlari
Nojoʻya taʼsirlari xaqida xabar berish
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Kaliy va magniy asparaginat Berlin-Xemi

1 l infuzion eritmada quyidagilar saqlanadi:

Taʼsir etuvchi moddalar:

Kaliy gidroksidi                                                              3,845 g

Yengil magniy oksidi                                                        1,116 g

DL-asparagin kislotasi                                                   15,160 g

Yordamchi moddalar:

Ksilit                                                                                 16,700 g

Inyeksiya uchun suv                                                             976,2 g

K+                                                                                          58,4 mmol

Mg2+                                                                                      27,7 mmol

Nazariy osmolyarlik:                                                         310 mosmol

rN:                                                                                        6,0 – 7,4

Titrlanadigan kislotalik:                       rN 7,4 qiymatgacha 2,0 mmoldan koʻp emas

Energiya miqdori:                                                               110 kkal = 461,4 kDj

Umumiy azotning miqdori                                               1,59 g

Infuziyalar uchun elektrolitlar eritmasi

 

 

Qoʻllash sohasi

Yurak yetishmovchiligi, yurakni qon bilan taʼminlanishini yetishmovchiligi chaqirgan yurak kasalliklari, yurakning koronar tomirlarini torayishi, miokard infarkti, yurak kasalliklarini davolash uchun ayrim dori preparatlarning (glikozidlar) dozasini oshirib yuborilishi yoki ularga tolerantlikni oshishi, yurak ritmining buzilishi, avvalambor yurak qisqarishlarini tezlashishi va muntazamligini buzilishi, kaliy yoki magniy tanqisligini oʻrnini toʻldirish.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
  • preparatning har qanday komponentlaridan biriga yuqori sezuvchanlik
  • buyrak faoliyatining ogʻir buzilishlari
  • qonda kaliy yoki magniyning miqdorini oshishi
  • qizil qon tanachalarining shikastlanishi
  • siydik ishlab chiqarilishini buzilishi
  • buyrak usti bezlarining faoliyatini buzilishi
  • shok
  • qonning oʻtkir nordonlanishi
  • organizmning suvsizlanishi
  • qonda kaliyning miqdori normada boʻlgandagi yuqori darajali AV-blokada (yurak faoliyatining spetsifik buzilishi)
  • Miasthenia gravis (mushak zaifligining aloxida shakli; magniy preparatlarini qabul qilishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak)
  • kaliyni organizmdan chiqarilishini kamayishi bilan kechuvchi davolash.

Kaliy va magniy asparaginat Berlin-Xemini faqat, foyda va xavf nisbatini sinchiklab baxolangandan keyin quyidagilarda qoʻllash mumkin:

– jigar faoliyatining kuchayib boruvchi pasayishida

– qonning metabolik nordonlanishida

– shishlar rivojlanishini xavfi boʻlganda

– buyrak faoliyatini buzilishida – agar qon zardobida magniy miqdorini muntazam nazoratini oʻtkazish mumkin boʻlmagan holda (toʻplanish xavfi, magniyning zaxarli konsentratsiyasi)

– qonda fosfat darajasini pasayishi

– kalsiy, magniy va ammoniy fosfatining almashinuvini buzilishi bilan bogʻliq toshlarni hosil boʻlishi bilan boʻladigan diatezda

– homiladorlik va laktatsiyada:

Kaliy va magniy asparaginat Berlin-Xemi ni faqat xayotiy koʻrsatmalar boʻyicha qoʻllash mumkin.

 

Oʻzaro taʼsiri

vaqtda qoʻllash, xatto meʼyoriy tezlikdagi quyishda ham, giperkalemiya va gipermagnemiyaga olib kelishi mumkin.

 

Ogohlantirishlar

Agar boshqa inyeksiyalar yoki infuziyalar uchun eritmalar bilan aralashtirilganida loyqalanish yoki opalessensiya paydo boʻlsa, bu aralashmalarni xavfsizlik maqsadida tashlab yuborish kerak.

 

Koʻrsatma

Kaliy tejovchi diuretiklar va/yoki angiotenzin-aylantiruvchi ferment ingibitorlarini bir

Faqat shikastlanmagan flakonlardagi tiniq eritmalarni ishlatish kerak!

Kaliy va magniy asparaginat Berlin-Xemining idishi ochilganidan keyin preparatni darhol ishlatish kerak.

 

 

Dozalash

Dozani shaxsiy va koʻrsatmalar boʻyicha tanlash kerak.

Agar boshqacha buyurilmagan boʻlsa, u holda qoʻyidagi tavsiyalar moʻljal maʼlumotlari sifatida xizmat qiladi:

500 ml dan infuzion eritma sutkada 1-2 infuziyalar.

Yuborish tezligi: 1 kg tana vazniga soatiga 5 ml/kg.

Kaliy va magniy asparaginat Berlin-Xemini vena ichiga asta-sekin yuborish kerak, chunki aks holda boshda qizish xissi va venalar devorini taʼsirlanishi paydo boʻlishi mumkin.

Yurakdagi jarrohlik aralashuvidan bir hafta oldin va undan keyin bir hafta davomida, Kaliy va magniy asparaginat Berlin-Xemi sutkada 500 ml dan yuboriladi.

Faqat vena ichiga yuborish uchun.

Doza oshirib yuborilganda:

Suyuqlik va elektrolitlarning muvozanatini natriy yoki kalsiy ionlarini saqlovchi toʻgʻrilovchi elektrolitlarni yuborish, va/yoki elektrolitlarning ortiqchasini organizmdan chiqarilishini ragʻbatlantirish (dozani oshirib yuborish natijasida) yoʻli orqali, zarurati boʻlganida sunʼiy buyrak yordamida toʻgʻrilash kerak.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Tomchili infuziyaning tavsiya etilgan tezligiga rioya qilinganida nojoʻya taʼsirlari kuzatilmagan.

Qoʻyish tezligi oshirilganida giperkalemiya va gipermagnemiyaning hamma simptomlari, masalan, mushak zaifligi, markaziy nerv tizimi tomonidan buzilishlar, charchoqlik, nimfalajlar, koma, reflekslarni tushib qolishi, shuningdek yurak-qon tomir tizimi tomonidan ham simptomlar paydo boʻlishi mumkin.

Toksik xarakterli nojoʻya taʼsirlari kuzatilmagan.

Kaliy va magniy asparaginat Berlin-Xemini vena ichiga asta-sekin yuborish kerak, chunki aks holda boshda qizish xissi va venalar devorini taʼsirlanishi paydo boʻlishi mumkin.

 

Nojoʻya taʼsirlari xaqida xabar berish

qiling. Bu mumkin boʻlgan barcha nojoʻya taʼsirlarga, shu jumladan ushbu ilova-varaqada taʼriflanmaganlariga xam taalluqlidir. Siz shuningdek nojoʻya taʼsirlari xaqida bevosita “Berlin-Xemi AG” kompaniyasining Oʻzbekistondagi vakolatxonasiga quyidagi manzilga xabar berishingiz mumkin: Toshkent sh., 100015, Afrosiyob koʻch., 12 (biznes-markaz). Nojoʻya taʼsirlari xaqida xabar berib, Siz ushbu dori preparatining xavfsizligi boʻyicha koʻproq maʼlumot yigʻishga yordam berishingiz mumkin.

 

Saqlash sharoiti

30°S dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.

Muzlatilmasin.

Dori vositasi bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.