Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Йод р-р

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Йод р-р спиртовой 5% 25мл №1

1 600 so'mdan
(5471)
Dorixonalardagi narx
Tavsif
Йод р-р спиртовой 5% 25мл №1
Xususiyatlari
Xalqaro nomlanishi
Iodine
Ishlab chiqaruvchi
(Dentafill , Узбекистан)
Chiqarilish shakli
штука
Farma. Guruh
Антисептические средства
Dori tafsilotlari
Maxsus koʻrsatmalar
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Dori shakli
Tarkibi
Farmakologik xususiyatlari
Farmakokinetikasi
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozasi
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Maxsus koʻrsatmalar

Ichga yuqori dozalarda uzoq vaqt qoʻllanganda, yodizm holatlari: kuchli rinit (tumov), soʻlak ajralishini kuchayishi, eshakemi, Kvinke shishi bilan namoyon boʻluvchi dozani oshirib yuborilishi yuz berishi mumkin.

Bunday hollarda preparatni bekor qilish, qusishni chaqirish, meʼdani yuvish, keyinchalik – simptomatik davolashni oʻtkazish lozim.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati oʻtganidan keyin ishlatilmasin. 

Saqlash sharoiti

Yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin. 

Yaroqlilik muddati

3 yil. 

Dorixonalardan berish tartibi

Retseptsiz. 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Sirtga qoʻllanganda vodorod peroksidi yoki boshqa dezinfeksiyalovchi vositalar bilan qoʻshib ishlatish mumkin emas. 

Dori shakli

5% li spirtli eritma. 

Tarkibi

1 l eritma quyidagilarni saqlaydi:

yod – 50 g, kaliy yodidi – 20 g, tozalangan suv va 96% li tibbiy etil spirti – 1 litrgacha teng miqdorda.

Taʼrifi: tiniq, qizil-qoʻngʻir rangli, oʻziga xos hidli suyuqlik. 

Farmakologik xususiyatlari

Sirtga qoʻllanganda antiseptik, taʼsirlovchi va chalgʻituvchi taʼsir koʻrsatadi. Ichga qabul qilinganda qalqonsimon bezlar faoliyatiga taʼsir koʻrsatadi, dissimilyatsiya, fibrinoliz jarayonlarini kuchaytiradi, lipidlar almashinuviga ijobiy taʼsir koʻrsatadi, qon ivishi tezligini sekinlashtiradi, balgʻam koʻchiruvchi taʼsir koʻrsatadi. Sifilitik tugunlarda yodni toʻplanishi ularni yumshashi va soʻrilishiga yordam beradi. Lekin tuberkulyoz oʻchoqlarida yodni toʻplanishi yalligʻlanish jarayonini kuchaytiradi. 

Farmakokinetikasi

Shikastlanmagan teri orqali oson soʻriladi. Qalqonsimon bezida toʻplanadi. Yoʻldosh toʻsigʻi orqali oʻtadi. Organizmdan asosan buyrak, qisman meʼda-ichak yoʻllari, ter va sut bezlari orqali chiqariladi.  

Qoʻllanilishi

Sirtga: terining infeksion – yalligʻlanishli shikastlanishlari, jarohatlar, yaralar, mialgiya, trofik va varikoz yaralar, infeksiyalangan kuyishlar, yangi I va II darajali termik va kimyoviy kuyishlarda qoʻllanadi.

Mahalliy: tonzilitlar, laringitlarda qoʻllanadi.

Ichga: ateroskleroz, nafas yoʻllarining surunkali yalligʻlanish kasalliklarida qoʻllanadi. 

Qoʻllash usuli va dozasi

Sirtga qoʻllanadi. Preparatning eritmasi bilan xoʻllangan paxta tampon bilan terining shikastlangan sohasiga ishlov beriladi yoki “yodli setka” qilinadi. Jarrohlik amaliyotida va kuyishda shikastlangan yuzaga qoʻyiladigan doka salfetka, zaruratga koʻra preparat bilan hoʻllanadi.

Mahalliy qoʻllash uchun preparatning 5-10 tomchisi 100-200 ml iliq qaynagan suvda eritiladi va tomoqni chayish uchun qoʻllanadi. 

Ichga. Preparat ovqatdan keyin sut bilan qabul qilinadi. Aterosklerozni oldini olish uchun ichga bir sutkada 1-10 tomchidan 1-2 marta buyuriladi, 30 kungacha boʻlgan kurslar bilan yiliga 2-3 marta; ateroskleroz va nafas yoʻllarining yalligʻlanish kasalliklarini davolashda 10 tomchidan kuniga 3 marta buyuriladi; 5 yoshdan oshgan bolalarga 1 marta 3-5 tomchidan, sutkada 2-3 marta buyuriladi. Maksimal bir martalik doza 20 tomchi, sutkalik – 60 tomchi. 

Nojoʻya taʼsirlari

Sirtga qoʻllanganda: kam hollarda – terini taʼsirlanishi. Ichga qabul qilinganda terining allergik reaksiyalari, taxikardiya, asabiylik, uyquni buzilishi, kuchli terlash, diareya (40 yoshdan oshgan patsiyentlarda), gipo- yoki gipertireoidizm holatlari yuz berishi mumkin. 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Yodga yuqori sezuvchanlik. Ichga qabul qilish uchun: oʻpka tuberkulyozi, nefritlar, nefrozlar, yurak yetishmovchiligi, adenomalar (shu jumladan qalqonsimon bezlarida ham) furunkulyoz, husnbuzar toshmasi; surunkali piodermiya, gemorragik diatezlar, eshakemi, homiladorlik, laktatsiya (emizish), 5 yoshgacha boʻlgan bolalarda qoʻllash mumkin emas.