Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Изониазид ТАБЛЕТКА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Изониазид ТАБЛЕТКА 200мг №50

12 400 so'mdan
(2533)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Isoniazid
Ishlab chiqaruvchi
КИЕВ ВИТАМИННЫЙ ЗАВОД
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Противотуберкулёзные препараты
Dori tafsilotlari
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli:
Tarkibi:
Taʼrifi: 
Farmakoterapevtik guruhi: 
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti

Yorugʻlikdan himoyalangan joyda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

6 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept bilan.

Dori shakli:

 tabletkalar

 

Tarkibi:

1 tabletka saqlaydi:

faol modda: izoniazid – 0,1 g, 0,2 g, ili 0,3 g;

yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali, kalsiy stearati yoki magniy stearati, yoki stearin kislotasi.

 

Taʼrifi: 

oq rangli yoki och sariq-oq rangli tabletkalar.

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

tuberkulyozga qarshi vositalar.

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Izoniazid tuberkulyoz mikobakteriyalariga nisbatan yuqori bakteriostatik faollikka ega. Izoniazid faol koʻpayayotgan tuberkulyoz mikobakteriyalariga taʼsir qiladi, tinch holatdagi bakteriyalarga nisbatan kamroq samarali. Uning taʼsir mexanizmi mikobakteriyalarning hujayra qobigʻi komponentlari hisoblangan uzun zanjirli mikol kislotalarning sintezini susaytirishi bilan bogʻliq. Preparat 0,03 mkg/ml konsentratsiyada odamda mikobakteriyalarning oʻsishini sekinlashtiradi (yoki kechiktiradi). Infeksion kasalliklarning boshqa tarqalgan qoʻzgʻatuvchilariga preparat yaqqol kimyoterapevtik taʼsir koʻrsatmaydi.

 

Farmakokinetikasi

Ovqat hazm qilish yoʻllaridan yaxshi soʻriladi, gematoensefalik toʻsiq orqali yaxshi oʻtadi va organizmning turli toʻqimalari va suyuqliklarida aniqlanadi. Ichga qabul qilinganidan keyin qonda maksimal konsentratsiyasi 1-4 soat oʻtgach kuzatiladi, qonda tuberkulostatik konsentratsiyasi bir martalik dozada qabul qilinganidan keyin 6-24 soat saqlanib qoladi. Asosan buyraklar orqali chiqariladi. Qabul qilingan dozaga nisbatan faol izoniazidning siydik bilan ajralgan miqdori boʻyicha bemorlar “sekin” va tez faolsizlantiruvchilarga mansubdirlar.

Birinchi toifaga sutkada siydik bilan 10% gacha, ikkinchisiga sutkada 10% dan koʻproq izoniazid chiqariladigan bemorlar kiradilar.

Plazmada izoniazidning yarim chiqarilish davri tez atsetillanganida – 0,5-1,6 soatni, sekin atsetillanganida – 2-4 soatni, buyrak yetishmovchiligida – 2-5 soatni, ogʻir buyrak yetishmovchiligida – 5-7 soatni tashkil qiladi.

 

Qoʻllanilishi

– 3-4 boshqa tuberkulyozga qarshi preparatlar bilan majmuada – faol tuberkulyozning barcha shakli va turli sohalarda joylashgan turlarini davolash uchun;

– monoterapiya sifatida – yashirin tuberkulyoz infeksiyasini davolash va tuberkulyozli bemorlar  bilan yaqin muloqotda boʻlgan yoki muloqotdagi shaxslarda  tuberkulyozni oldini olish uchun qoʻllanadi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Sutkalik yoki kurslik doza kasallikning kechishi va shakli, izoniazidni faolsizlanish darajasi, davolashning samaradorligi va preparatni oʻzlashtira olinishiga qarab, shaxsiy ravishda belgilanadi. Izoniazid ovqatdan oldin yoki ovqat qabul qilinganidan keyin 30-40 minut oʻtgach ichga qabul qilinadi.

Kattalar va 4 yoshdan oshgan bolalarga har kuni qoʻllanganida tana vazniga 5 mg/kg sutkalik dozada yoki intermittirlab qabul qilinganida (haftada 3 marta) tana vazniga 10 mg/kg sutkalik dozada buyuriladi. Kattalar uchun maksimal sutkalik doza – 600 mg; bolalar uchun – 500 mg ni tashkil qiladi. Faol tuberkulyozni davolash 6-8 oy davom etadi, oldini olish maqsadida 2-3 oy qoʻllanadi.

 

 

Nojoʻya taʼsirlari

Markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, bosh ogʻrigʻi, taʼsirchanlik, eyforiya, uyquni buzilishi, paresteziyalar, periferik nevritlar, psixozlar, tutqanogʻi boʻlgan bemorlarda xurujlarni koʻpayishi, tirishishlar, toksik ensefalopatiya, xotirani buzilishi.

Sezgi aʼzolari tomonidan: koʻrish nervining nevriti, koʻrish nervining atrofiyasi.

Meʼda-ichak yoʻllari tomonidan: anoreksiya, koʻngil aynishi, qusish.

Jigar va oʻt yoʻllari tomonidan: jigar faoliyatini buzilishi, gepatit, zardob transaminazalarining (SGOT, SGPT) darajasini oshishi, bilirubinemiya, bilirubinuriya.

Endokrin tizimi va moddalar almashinuvi tomonidan: piridoksin tanqisligi, pellagra, giperglikemiya, metabolik atsidoz.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: yurak urishini hissi, toʻsh orqasi va yurak sohasida ogʻriq, arterial gipertenziya, keksa shaxslarda miokard ishemiyasi.

Qon tizimi tomonidan: agranulotsitoz, gemolitik anemiya, sideroblast anemiya, aplastik anemiya, trombotsitopeniya, eozinofiliya.

Jinsiy tizim tomonidan: ginekomastiya va menorragiyalar.

Allergik reaksiyalar: terining qichishishi, dermatit, tana haroratini oshishi, limfadenopatiya, vaskulit, teri toshmalari (eksfoliativ, makulopapulyoz, purpura, koʻpshaklli eritema, yugirik sindromi).

Odatda nojoʻya samaralari doza kamaytirilganida yoki preparatni qoʻllashda vaqtincha tanaffus qilinganida oʻtib ketadi.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

– izoniazid yoki  preparatning yordamchi vositalariga yuqori sezuvchanlik;

– tutqanoq, tirishish xurujlariga moyillik;

– ogʻir psixozlar, poliomiyelit (shu jumladan anamnezdagi);

– izonikotin kislotasining gidrazidi (ftivazid va boshq.) hosilalarini qoʻllash oqibatidagi anamnezdagi toksik gepatit;

– oʻtkir jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi;

– yaqqol ateroskleroz;

– emizish davri.

Homiladorlikda, III darajali oʻpka-yurak yetishmovchiligida, II-III bosqichdagi arterial gipertenziyada, yurak ishemik kasalligida, nerv tizimi kasalliklarida, surunkali buyrak yetishmovchiligida, gepatitni zoʻrayish davrida, jigar sirrozida, bronxial astmada, psoriazda, ekzemani zoʻrayish bosqichida, gipotireozda, miksedemada izoniazidni sutkada tana vazniga 10 mg/kg dan yuqori dozada qoʻllash mumkin emas.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Bir vaqtda paraaminosalitsil kislotasi olayotgan, preparatning faolsizlanishi sekin boʻlgan patsiyentlarga izoniazid buyurilganida, preparatning toʻqimadagi konsentratsiyasi oshishi mumkin, buning oqibatida nojoʻya samaralarini rivojlanish xavfi oshadi. Izoniazid jigarda baʼzi dori preparatlarning metabolizmini sekinlashtirishi mumkin, bu toksikligini oshishiga olib kelishi mumkin. Bunday preparatlarga: karbamazepin, primidon, fenitoin, diazepam, triazolam, xlorzoksozon, disulfiram kiradi.

Izoniazid levodopaning terapevtik samarasini kamaytirishi mumkin.

Izoniazidni bir vaqtda qoʻllash:

rifampitsin bilan – jigarning shikastlanish xavfi oshadi;

glyukokortikosteroidlar bilan – izoniazidning metabolizmi va eliminatsiyasi oshadi;

itrakonazol bilan – zardobda itrakonazolning konsentratsiyasi ahamiyatli pasayishi mumkin va terapevtik samarasi boʻlmasligii mumkin. Bir vaqtda qoʻllash tavsiya qilinmaydi.

ketakonazol bilan – zardobda ketakonazolning darajasi pasayishi mumkin: qonda preparatning konsentratsiyasini nazorat qilish va zarurati boʻlganida dozani oshirish kerak;

atsetaminofen bilan – taqsimlanishi va jigarda toksik metabolitlarining toʻplanishi hisobiga, oxirgisining toksikligi oshadi, bu jiddiy nojoʻya reaksiyalarga olib kelishi mumkin;

teofillin bilan – plazmada teofillinning konsentratsiyasi oshadi: qonda teofillinning konsentratsiyasini nazorat qilish va mos ravishda preparatning dozasini toʻgʻrilash kerak

valproat bilan – plazmada valproatning konsentratsiyasi oshadi: valproatning dozasini toʻgʻrilash kerak;

zalsitabin bilan – OITV bilan infeksiyalangan patsiyentlarda – izoniazidning klirensi ikki barobar oshadi, shuning uchun davolash samaradorligini taʼminlash uchun izoniazid va zalsitabinning  konsentratsiyasini nazorat qilish kerak;

stavudin bilan – distal sensor neyropatiyaning yuqori xavfi yuz beradi;

V6 vitamini va glutamin kislotasi bilan – izoniazidning nojoʻya samaralarining ehtimoli pasayadi;

difenin bilan – difeninning aritmiyaga qarshi xususiyatlari kuchayadi.

Shuningdek gistamin va tiramin saqlovchi ovqat mahsulotlari (qattiq pishloq, qizil vino, tunes, tropik baliqlar) bilan izoniazid potensial oʻzaro taʼsir qilishi mumkin: bosh ogʻrigʻi, terlash, yurak urishi hissi, oqib kelishlar hissi, arterial gipotenziya kabi nojoʻya reaksiyalari rivojlanishi mumkin.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Davolash vaqtida shifokor nazorati, funksional jigar sinamalarini muntazam oʻtkazish va oftalmologik tekshiruvlarni oʻtkazish kerak. Birinchi oyda tekshirishlar kamida 2 marta, soʻngra – oyda 1 marta oʻtkaziladi.

Nojoʻya samaralar paydo boʻlgan hollarda, ularni kamaytirish uchun piridoksin, masalan, piridoksin gidroxloridi, tiamin xloridi yoki tiamin bromidi, glutamin kislotasi, ATFni natriyli tuzi qoʻllanadi.

Izoniazidning jigarga mumkin boʻlgan toksik taʼsirini oldini olish uchun, u gepatoprotektorlar (masalan Darsil, Ursoxol) bilan birga buyuriladi.

Davolash vaqtida spirtli ichimliklarni isteʼmol qilmaslik maqsadga muvofiqdir.

Oʻpka-yurak yetishmovchiligining III darajasi,  arterial gipertenziyaning II-III bosqichi, yurak ishemik kasalligi, nerv tizimi kasalliklari, zoʻrayish bosqichidagi bronxial astma, psoriaz, ekzema, surunkali buyrak yetishmovchiligi, zoʻrayish yuosqichidagi gepatit, jigar sirrozi, gipotireoz, miksidemada preparatni 10 mg/kg dan yuqori dozada qabul qilish tavsiya qilinmaydi.

Izoniazid bilan monoterapiya oʻtkazilganida unga nisbatan qoʻzgʻatuvchilarning chidamliligi tez rivojlanganligi uchun (70% hollarda), bu jarayonni sekinlashtirish uchun, preparat faqat boshqa tuberkulyozga qarshi preparatlar bilan birga buyuriladi. Aralash infeksiyada izoniazid bilan bir vaqtda keng taʼsir doirasiga ega antibiotiklar, ftorxinolonlar, sulfanilamidlar va hokazolar buyuriladi.

Qandli diabeti boʻlgan bemorlarda glyukozurik sinamaning natijasi ijobiy boʻlishi mumkin.

Homiladorlik va emizish davrida qoʻllanishi.

Homiladorlikda preparatni sutkada 10 mg/kg dan yuqori dozada qoʻllash mumkin emas. Izoniazid homilador ayollarda qoʻllanganida (tana vazniga 10 mg/kg gacha sutkalik dozada) izoniazid yoʻldosh orqali oʻtishi va miyelomeningotsele va gipostadiya, gemorragiyalarning (K gipovitaminozi oqibatida) rivojlanishini, shuningdek homilada psixomotor rivojlanishni kechikishini chaqirishi mumkinligini hisobga olish kerak.

Izoniazid koʻkrak sutiga oʻtadi, shuning uchun bolada gepatit va periferik  nevritlarning rivojlanishi ehtimolini hisobga olib, emizishni yoki preparatni qoʻllashi toʻxtatish masalasini hal qilish kerak.

Bolalar.

Preparat bolalarga yangi tugʻilgan davridan boshlab buyuriladi.

Avtotransportni yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaksiya tezligiga taʼsir qilish qobiliyati.

Murakkab mexanizmlarni boshqaruvchilari va operatorlari nerv tizimi tomonidan nojoʻya samaralarni rivojlanishi ehtimolini hisobga olishlari kerak, diqqatni jamlash va reaksiya tezligi qobiliyatiga taʼsir qilishi mumkin.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtganidan soʻng qoʻllanmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Doza oshirib yuborilganida preparat qoʻllanganidan keyin 0,5-3 soat oʻtgach ovqat hazm qilish yoʻllari faoliyatini buzilishi, koʻngil aynishi, qusish, neyrotoksik koʻrinishlar, bosh aylanishi, koʻrishni yomonlashishi, tushunarsiz nutq va koʻrish gallyutsinatsiyalari paydo boʻlishi mumkin. Ogʻir intoksikatsiya nafas va markaziy nerv tizimini susayishiga, tirishishlar va komani yuz berishiga paydo boʻlishiga olib kelishi mumkin. Doza oshirib yuborilishining tipik laborator koʻrsatkichlari boʻlib, metabolik atsidoz, atsetonuriya, giperglikemiya hisoblanadi.

Davolash. Meʼdani yuvish, faollashtirilgan koʻmir, vena ichiga – piridoksinning yuqori dozalarini buyurish kerak. Gemodializ samarali.

 

Chiqarilish shakli

0,1 g, 0,2 g yoki 0,3 g dan tabletkalar 20, 30, 40, 50 yoki 100 ta dan banka yoki flakonlarda.