Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
ИНГАВИРИН КАПСУЛА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

ИНГАВИРИН КАПСУЛА 60мг №10

85 000 so'mdan
(3018)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
ВАЛЕНТА
Chiqarilish shakli
КАПС
Farma. Guruh
Противовирусные препараты
Dori tafsilotlari
Maxsus ko‘rsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Saqlash sharoiti
Dori shakli
Farmakologik xususiyatlari
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Nojo‘ya ta‘sirlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Maxsus ko‘rsatmalar

Preparat sedativ ta‘sir ko‘rsatmaydi, psixomotor reaksiyalarning tezligiga ta‘sir qilmaydi va turli, shu jumladan yuqori diqqat va harakat koordinasiyasini talab etuvchi turli kasbdagi shaxslarda ishlatish mumkin.

Boshqa viruslarga qarshi preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya qilinmaydi.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

Homiladorlik vaqtida preparatni qo‘llanishi o‘rganilmagan.

Preparatni laktasiya vaqtida qo‘llanishi o‘rganilmagan, shuning uchun preparatni laktasiya davrida qo‘llashning zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish kerak.

Transport vositalari, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

O‘rganilmagan, biroq, ta‘sir mexanizmi va nojo‘ya reaksiyalar profilini hisobga olib, preparat transport vositalari, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sir ko‘rsatmaydi deb taxmin qilish mumkin.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng qo‘llanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Preparatning dozasini oshirib yuborilish hollari ta‘riflanmagan.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

 

Dori shakli

kapsulalar

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Viruslarga qarshi preparat.

Klinika oldi va klinik tadqiqotlarda Ingavirin® preparatining gripp viruslarining A turi (A/H1N1, shu jumladan “cho‘chqa grippi” A(H1N1)pdm09, A(H3N2), A(H5N1) va V turiga nisbatan, adenovirus, paragripp virusi, respirator-sinsitial infeksiyalarga nisbatan; klinika oldi tadqiqotlarida: kokronavirus, metapnevmavirus, enteroviruslar, shu jumladan Koksaki va rinovirusga nisbatan samaradorligi ko‘rsatilgan.

Ingavirin® preparati viruslarni tez chiqarilishiga, kasallikni muddatini qisqarishiga, asoratlarni rivojlanish xavfini kamayishiga yordam beradi.

Ta‘sir mexanizmi virus oqsillari tomonidan susaytirilgan tug‘ma immunitetning omillarini rag‘batlanishi hisobiga infeksiyalangan xujayralar darajasida amalga oshadi. Eksperimental tadqiqotlarda, Ingavirin® preparati epitelial va immunokomponent xujayralar yuzasida interferonning birinchi tipdagi IFNAR resetori eskpressiyasini oshiradi. Interferon reseptorlarining zichligini oshishi xujayralarning endogen interferonning signallariga sezuvchanligini oshishiga olib keladi. Ushbu jarayon viruslarga qarshi genlarni induksiyasi uchun xujayra yadrosiga signalni o‘tkazuvchi STAT1 oqsil-transmitterini faollashuvi (fosforlanishi) bilan kechadi. Infeksiya sharoitlarida, preparat turli viruslarning xujayra ichidagi transport ribonukleoproteidlarini ingibisiya qiluvchi antivirus effektor oqsil MxA ni ishlab chiqarilishini rag‘batlantirib, virus replikasiyasi jarayonini sekinlashtirishi ko‘rsatilgan.

Ingavirin® preparati qonda interferon miqdorini fiziologik normagacha oshishini chaqiradi, qon leykositlarining pasaygan α-interferon ishlab ichqaruvchi xususiyatini rag‘batlantiradi va normallashtiradi, leykositlarining pasaygan γ-interferon ishlab chiqaruvchi xususiyatini rag‘batlantiradi. Sitotoksik limfositlar generasiyasini chaqiradi va viruslar tomonidan zararlangan xujayralarga nisbatan yuqori killer faollikka ega bo‘lgan NK-T xujayralarining miqdorini oshiradi.

Yallig‘lanishga qarshi ta‘siri asosiy yallig‘lanish sitokinlarini (o‘sma nekrozining omili (TNF-a), interleykinlar (IL-1b va IL-6)) ishlab chiqarilishini susaytirilishi, mieloperoksidaza faolligini pasayishi bilan bog‘liq.

Eksperimental tadqiqotlarda, Ingavirin® preparatini antibiotiklar bilan birga ishlatilishi bakterial sepsis modelida, shu jumladan stafilokokkning penisillinga rezistent shtammlari tomonidan chaqirilgan sepsis modelida davolash samaradorligini oshirishi ko‘rsatilgan.

O‘tkazilgan eksperimental toksikologik tadqiqotlar, preparatning toksikligi past darajada va xavfsizlik profili yuqori darajada ekanligidan dalolat beradi.

O‘tkir toksikligi ko‘rsatkichlari bo‘yicha Ingavirin® preparati toksiklikning 4-sinfiga – “Kam zaharli moddalar” sinfiga mansubdir (o‘tkir toksiklik bo‘yicha LD50 ni aniqlash yuzasidan eksperimentlarda preparatning letal dozalarini aniqlab bo‘lmadi).

Preparat mutagen, immunotoksik, allergizasiyalovchi va kanserogen xususiyatlarga ega emas, mahalliy ta‘sirlovchi samara ko‘rsatmaydi. Ingavirin® preparati reproduktiv faoliyatga ta‘sir qilmaydi, embriotoksik va teratogen ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi va taqsimlanishi

Tavsiya qilingan dozalarda preparatni qon plazmasida mavjud bo‘lgan usullar bilan aniqlash mumkin emas.

Radiofaol nishonni ishlatish bilan o‘tkazilgan eksperimentda, preparatni me‘da-ichak yo‘llaridan tez qonga tushishi aniqlangan. Ichki a‘zolar bo‘ylab bir tekis taqsimlanadi. Qondagi, qon plazmasidagi va ko‘pchilik a‘zolardagi maksimal konsentrasiyasiga preparat yuborilganidan keyin 30 minutdan so‘ng erishiladi. AUC ko‘rsatkichi (konsentrasiyasi – vaqt farmakokinetik egri chizig‘i ostidagi maydon), buyrak, jigar va o‘pkada, qondagi AUC ko‘rsatkichidan (43,77 mkg/soat) biroz yuqori. Taloq, buyrak usti bezlari, limfa tugunlari va timus uchun AUC ko‘rsatkichi, qonning AUC ko‘rsatkichidan past; MRT (preparatni qonda o‘rtacha tutib turilish vaqti) qonda – 37,2 soat.

Preparatni sutkada bir marta kurslik qabul qilishda, uni ichki a‘zolarda va to‘qimalarda to‘planishi yuz beradi. Bunda preparatni har bir yuborishdan keyingi farmakokinetik egri chizig‘ining sifat xarakteristikalari o‘xshash bo‘lgan: har bir yuborishdan keyin preparatning konsentrasiyasini tez oshishi va so‘ngra 24 soatga borib asta-sekin pasayishi kuzatilgan.

Metabolizmi

Preparat organizmda metabolizmga uchramaydi va o‘zgarmagan holda chiqariladi.

Chiqarilishi

Asosiy chiqarilish jarayoni 24 soat davomida yuz beradi. Bu davrda qabul qilingan dozaning 80% chiqariladi: preparatning 34,8% 0 dan 5 soatgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida: 45,2% 5 dan 24 soatgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida chiqariladi. Ulardan 77% ichak orqali va 23% – buyrak orqali chiqariladi.

Qo‘llanilishi

Kattalarda A va V grippi va boshqa o‘tkir respirator virusli infeksiyalarni (adenovirus infeksiyasi, paragripp, respirator-sinsitial infeksiya) davolash va oldini olish uchun qo‘llaniladi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga, ovqat qabul qilishdan qat‘iy nazar buyuriladi.

Gripp va o‘tkir respirator virusli infeksiyalarni davolash uchun 90 mg dan kuniga 1 marta buyuriladi.

Davolash davomiyligi 5-7 kun (bemorning holatni og‘irligiga qarab). Preparatni qabul qilishni kasallikning birinchi belgilari paydo bo‘lgan vaqtdanoq, kasallik boshlanganidan keyin kechi bilan 36 soatdan so‘ng boshlash kerak.

Gripp va o‘tkir respirator virusli infeksiyalarni oldini olish uchun bemor shaxslar bilan muloqatdan keyin 7 kun davomida 90 mg dan kuniga 1 marta buyuriladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Allergik reaksiyalar (kam hollarda).

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning faol moddasiga yoki har qanday boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

Laktaza tanqisligi, laktozani o‘zlashtiraolmaslik, glyukoza-galaktozani malabsorbsiya sindromi.

Homiladorlik.

Emizish davrida.

18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Ingavarin® ning boshqa dori preparatlari bilan o‘zaro ta‘sir holatlari aniqlanmagan.