Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Индапамид ТАБЛЕТКА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Индапамид ТАБЛЕТКА 2,5мг №30

7 500 so'mdan
(3102)
Dorixonalardagi narx
Xaritada topish
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
АЛСИ ФАРМА
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Диуретические препараты
Dori tafsilotlari
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Indapamid SR diuretik dori preparatidir. U notiazid sulfonamid hosilalari guruhiga kiradi va indol halqasini saqlaydi. Farmakologik xususiyatlari boʻyicha u tiazid diuretiklarga yaqin. Tiazid diuretiklar kabi, u nefronning distal burma naychalarini proksimal qismiga taʼsir qiladi, u yerda natriy va xloridlarning va kamroq darajada – kaliy va magniyning sekretsiyasini oshishini chaqiradi va shu yoʻl bilan chiqarilayotgan siydik hajmini oshiradi.

II va III bosqich (faza) klinik tadqiqotlar indapamidning gipotenziv samarasi 24 soat davomida saqlanishini koʻrsatdi.

Ushbu samara kuchsiz diuretik taʼsirni chaqiruvchi dozalarni qabul qilganda ham aniqlanadi.

Indapamidning antigipertenziv xususiyatlari arteriyalar devorining egiluvchanligini yaxshilanishi va arteriolalarning qarshiligini, shuningdek qon tomirlarning umumiy periferik qarshiligini kamayishi bilan bogʻliq.

Indapamid chap yurak qorinchalari gipertrofiyasini kamaytiradi.

Tiazidlar va tiazidsimon diuretiklar uchun doza aniqlangan, terapevtik samarasi kuchaymaydi, shu vaqtda nojoʻya taʼsirlarining paydo boʻlishi oshadi. Shuning uchun agar oʻtkazilayotgan davolash samarasiz boʻlsa, dori preparatining dozasini oshirish mumkin emas.

Gipertoniyasi boʻlgan patsiyentlarda turli davomiylikdagi (qisqa, oʻrta va uzoq muddatli) davolash kursini oʻtkazishda, indapamid:

– lipidlar: triglitseridlar, LPNP-xolesterin va LPVP-xolesterin metabolizmiga salbiy taʼsir koʻrsatmaydi;

– shuningdek, qandli diabeti tashxisi qoʻyilgan arterial gipertenziyasi boʻlgan patsiyentlarda uglevodlar metabolizmini izdan chiqarmaydi.

Farmakokinetikasi

Indapamid SR preparatining dori shakli – taʼsiri uzaytirilgan, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Taʼsir etuvchi modda tabletkani ichidagi matritsa tizimida joylashgan, bu indapamidni asta-sekin ajralib chiqishini taʼminlaydi.

Soʻrilishi: indapamid tabletkadan sekin ajralib chiqadi va meʼda-ichak yoʻllarida tez va toʻliq soʻriladi. Ovqat soʻrilish tezligini biroz tezlashtiradi, ammo soʻrilgan dori preparatning miqdoriga taʼsir qilmaydi. Dori preparatining zardobdagi maksimal konsentratsiyasi yuborilgandan soʻng taxminan 12 soatdan keyin aniqlanadi. Koʻp marta qabul qilish, qabul qilishlar orasidagi intervallarda dori preparatining zardobdagi konsentratsiyasining farqlarini kamayishiga yordam beradi. Shaxsiy farqlar mavjud.

Taqsimlanishi: indapamid plazma oqsillari bilan 79% bogʻlanadi. Yarim chiqarilish davri eliminatsiya bosqichida 14 dan 24 soatgachani tashkil qiladi (oʻrtacha 18 soat). Toʻyinish holatiga 7 kundan keyin erishiladi. Dozani takrorlash dori preparatining toʻplanishiga olib kelmaydi.

Chiqarilishi: indapamid organizmdan asosan siydik bilan (70%) va ahlat bilan (22%) faol boʻlmagan metabolitlari shaklida chiqariladi. Dozaning faqat 5% dan 7% gachasi siydik bilan oʻzgarmagan holda chiqariladi.

Yuqori xavfli boʻlgan guruh patsiyentlar: buyrak yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlarda farmakokinetik koʻrsatkichlar oʻzgarmaydi.

 

Qoʻllanilishi

Essensial (birlamchi) arterial gipertenziyada qoʻllanadi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Davolashni dozasi va davomiyligi har bir patsiyent uchun shaxsiy ravishda belgilanishi lozim.

Ichga qabul qilinadi.

Sutkada 1 tabletka, preparatni ertalab qabul qilgan afzal. Tabletkalarni butunligicha, suv bilan birga yutish kerak.

Yuqori dozalarda indapamid kuchliroq antigipertenziv taʼsir namoyon qilmaydi, ammo saluretik taʼsiri kuchayadi.

Buyrak yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlar

Ogʻir buyrak yetishmovchiligida (kreatinin klirensi minutiga 30 ml dan kam) preparatni qoʻllash mumkin emas.

Tiazidli diuretiklar va tiazidsimon dori preparatlari buyrak faoliyati normada boʻlganida yoki agar buyrak faoliyati kuchsiz darajada buzilgan holatlarda koʻproq samaralidir.

Jigar yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlar

Ogʻir jigar yetishmovchiligi hollarida dori preparatini qoʻllash mumkin emas.

Keksa yoshdagi patsiyentlar

Keksa yoshdagi patsiyentlarda plazmadagi kreatinin konsentratsiyasi patsiyentning yoshi, tana vazni va jinsini hisobga olish kerak. Indapamid SR dori preparati keksa yoshdagi patsiyentlarda faqat buyraklarning normal faoliyatida yoki faqat buyrak yetishmovchiligining yengil darajasida qoʻllash mumkin.

Bolalar va oʻsmirlar

Xavfsizligi va samarasiga talluqli maʼlumotlarni yoʻqligini hisobga olib, preparatni bolalar va oʻsmirlarda qoʻllash mumkin emas.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Koʻpgina klinik va laborator nojoʻya taʼsirlar dozaga bogʻliq hisoblanadi.

Tiazidsimon diuretik dori preparatlari, shu jumladan indapamid quyidagi nojoʻya taʼsirlarni chaqirishi mumkin:

Juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha); tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha), kam hollarda (≥1/10000 dan <1/1000gacha); juda kam hollarda (<1/10000); tez-tezligi nomaʼlum (maʼlum boʻlgan maʼlumotlarga asoslanib baxolash mumkin emas).

Qon va limfa tizimi tomonidan buzilishlar:

Juda kam hollarda: trombotsitopeniya, leykopeniya, agranutotsitoz, aplastik anemiya, gemolitik anemiya.

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar:

Kam hollarda: toliqish hissi, bosh aylanishi, bosh ogʻrigʻi, paresteziyalar.

Tez-teziligi noʼmalum: hushdan ketish.

Yurak tomonidan buzilishlar:

Juda kam hollarda: yurak ritmini buzilishi, arterial gipotenziya.

Tez-tezligi noʼmalum: torsade de pointes potensial oʻlim xavfi (“Dorilarning oʻzaro taʼsiri” va “Maxsus koʻrsatmalar” boʻlimiga qarang).

Meʼda-ichak yoʻllari tomonidan buzilishlar

Tez-tez emas: qusish.

Kam hollarda: koʻngil aynishi, qabziyat, ogʻiz boʻshligʻini qurishi.

Juda kam hollarda: pankreatit.

Buyrak va siydik chiqarish yoʻllari tomonidan buzilishlar

Juda kam hollarda: buyrak yetishmovchiligi

Jigar va oʻt chiqaruvchi yoʻllar tomonidan buzilishlar:

Juda kam hollarda: jigar faoliyatini buzilishi.

Tez-tezligi noʼmalum:

– jigar yetishmovchiligi fonida jigar ensefalopatiyasini rivojlanishi mumkin (“Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar” va “Maxsus koʻrsatmalar” boʻlimiga qaralsin);

– gepatit.

Teri va teri osti toʻqimalari tomonidan buzilishlar

– yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, asosan terida, allergik reaksiyalar va astma reaksiyalari paydo boʻlishiga moyilligi boʻlgan patsiyentlarda.

Tez-tez: dogʻli-papullyoz toshma.

Tez-tez emas: purpura.

Juda kam hollarda: angionevrotik shish va (yoki) eshakemi, toksik epidermal nekroliz, Stivens-Djonson sindromi.

Tez-tezligi noʼmalum: tizimli qizil yugurigi simptomlarini xurujlari boʻlishi mumkin.

Fotosensibilizatsiya holatlari aniqlangan (“ Maxsus koʻrsatmalar” boʻlimiga qaralsin).

Laborator va instrumental tadqiqotlar natijalariga taʼsiri

Tez-tezligi noʼmalum:

-EKG da QT intervalini uzayishi (“Dorilarning oʻzaro taʼsiri” va “Maxsus koʻrsatmalar” boʻlimiga qaralsin).

– davolash vaqtida qonda siydik kislotasini va glyukozaning konsentratsiyasini oshishi: qandli diabeti yoki podagrasi boʻlgan patsiyentlarda diuretik dori preparatlarini qoʻllashni maqsadga muvofiqligini maxsus ehtiyotkorlik bilan qayta koʻrib chiqish zarur;

– jigar fermentlarini faolligini oshishi.

Moddalar almashinuvi va oziqlanish tomonidan buzilishlar

Klinik tadqiqotlarda 10% patsiyentlarda gipokaliyemiya kuzatilgan (qon plazmasida kaliyni miqdori kamida 3,4 mmol/l) va 4-6 hafta davolashdan soʻng 4% patsiyentlarda kamida 3,2 mmol/l. 12 xafta davomida davolangandan soʻng qon plazmasida kaliyni tarkibi oʻrtacha 0,23 mmol/l ga kamaygan.

Juda kam hollarda: giperkalsiyemiya.

Tez-tezligi nomaʼlum:

– kaliyni yoʻqotilishi va gipokaliyemiyani rivojlanishi, ayniqsa yuqori xavf guruhiga mansub boʻlgan patsiyentlarda ahamiyatlidir (“Maxsus koʻrsatmalar” boʻlimiga qaralsin);

– degidratatsiya va ortostatik gipotenziyani chaqiruvchi gipovolemiya bilan kechuvchi giponatriyemiya. Xlor ionlarini bir vaqtda yoʻqotilishi kompensator xarakterdagi ikkilamchi metabolik alkalozga olib kelishi mumkin: ushbu samarani ehtimoli va ogʻirligi ahamiyatli hisoblanmaydi.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Indapamidga, sulfonamidlarga yoki preparatning yordamchi moddalardan biriga yuqori sezuvchanlik

– ogʻir buyrak yetishmovchiligi

– jigar ensefalopatiyasi yoki jigar faoliyatini boshqa ogʻir buzilishlari

– gipokaliyemiyada qoʻllash mumkin emas.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Indapamid bilan bir vaqtda qoʻllash mumkin boʻlmagan dori preparatlari

Litiy

Plazmada litiy miqdorini oshishi dozani oshirib yuborilishi simptomlari bilan kelib chiqadi, kam tuzli parhez holatdagi kabi (siydik bilan litiyni kam chiqarilishi).

Agar litiy tuzlarini va diuretik preparatlarini bir vaqtda qoʻllash zarurati boʻlsa, plazmada litiy tarkibini nazorat qilish va muvofiq dozasiga tuzatish kiritish zarur.

Indapamid bilan ehtiyotkorlik bilan qoʻllash lozim boʻlgan dori preparatlari

Torsade de pointes chaqiruvchi, yurak ritmiga taʼsir koʻrsatuvchi preparatlar

– antiaritmik preparatlarning Ia sinfi (xinidin, gidroxinidin, dizopiramid);

– antiaritmik preparatlarning III sinfi (amiodaron, sotalol, dofetilid, ibutilid);

– ayrim antipsixotik preparatlar – fenotiazin hosilalari (xlorpromazin, siamemazin, levomepromazin, tioridazin, triftoperazin), benzamid hosilalari (amisulpirid, sulpirid, sultoprid, tiaprid), butirofenon hosilalari (droperidol, galoperidol);

– boshqa preparatlar: bepridil, sizaprid, difemanil, eritromitsin (vena ichiga yuborilganida), galofantrin, mizolastin, pentamidin, sparfloksatsin, moksifloksatsin, vinkamin (vena ichiga yuborilganda).

Yurak qorinchalari aritmiyasini yuqori xavfi ayniqsa torsade de pointes (gipokaliyemiya moyil omil hisoblanadi). Ushbu preparatlarni qoʻllash zarurati boʻlgan hollarda gipokaliyemiya rivojlanishiga patsiyentni nazorat qilish zarur va zarurati boʻlsa kaliy miqdorini muvofiqlashtirish lozim. Plazmada elektrolitlar darajasini va EKG koʻratkichlarini nazorat qilish lozim.

Gipokaliyemiya kelib chiqqan holatda torsade de pointes ni rivojlanish xavfini chaqirmaydigan dori preparatlarini qoʻllash lozim.

Nosteroid yalligʻlanishga qarshi dori preparatlari (ichga qabul qilish uchun), shu jumladan siklooksigenaza-2 selektiv ingibitorlari (SOG-2) va salitsilatlarni yuqori dozalari (sutkada ≥3g).

Indapamidni antigipertenziv va samarasi kamayishi mumkin.

Suvsizlangan patsiyentlarda oʻtkir buyrak yetishmovchiligini xavfi oshishi mumkin (kalavalar filtratsiyasi kamayishi). Patsiyentni gidratatsiya holatini nazorat qilish va buyrak faoliyatini monitoringini oʻtkazish lozim.

Angiotenzinga aylantiruvchi ferment (AAF) ingibitorlari

Tasodifan arterial gipotenziyasi xavfi va oʻtkir buyrak yetishmovchiligini rivojlanish xavfi bilan bogʻliq boʻlgan natriy ionlarini tanqisligi boʻlgan patsiyentlarda (asosan buyrak arteriyalarining stenozi boʻlgan patsiyentlarda) AAF ingibitorlarini buyurish.

Arterial gipertenziyada diuretiklar bilan davolash natriy tanqisligini chaqirishini hisobga olib, quyidagilar:

– indapamid qabul qilinganidan keyin rivojlanuvchi giponatriyemiyaning natijasida gipertenziya rivojlangan hollarda, uni qabul qilish AAF ingibitorlari bilan davolashni boshlashdan 3 kun oldin toʻxtatiladi,

yoki

– AAF ingibitori bilan davolangan past dozadan boshlash soʻngra uni asta sekin oshirish.

Dimlangan yurak yetishmovchiligida AAF ingibitorlarini juda past dozalarda davolashni boshlash lozim, eng yaxshisi kaliy saqlamaydigan diuretikni dozasini kamaytirgandan soʻng (agar buni iloji boʻlsa).

Barcha holatlarda AAF ingibitorlari bilan davolashni birinchi davomida buyrak faoliyatini monitoringi oʻtkazish zarur (kreatinin miqdorini).

Gipokaliyemiyani chaqiruvchi boshqa dori preparatlari: V amfoteritsin (vena ichiga yuborilganda), glyukokortikosteroidlar va mineralokortikosteroidlar (ichga buyurilganda), tetranozaktid, peristaltikani ragʻbatlantiruvchi surgi dori preparatlari.

Gipokaliyemiyani rivojlanishini yuqori xavfi (additiv taʼsiri). Qon plazmasida kaliy miqdorini monitoringini oʻtkazish zarur, asosan angishvonagul preparatlari bilan bir vaqtda davolash vaqtida. Ichak peristaltikasini ragʻbatlantirmaydigan, surgi dori vositalarini qoʻllash tavsiya etiladi.

Baklofen

Indapamidning antigipertenziv samarasini kuchaytiradi.

Patsiyentning adekvat gidratatsiyasini taʼminlash va buyraklar faoliyatini nazorat qilish kerak.

Angishvonagul glikozidlari

Angishvonagul glikozidlarini qoʻllangandan keyin toksik simptomlarini rivojlanishiga moyilligi osili boʻlib hisoblanadi, shuning uchun kaliy miqdorini nazorat qilish, EKG ni oʻtkazish zarur, zarurati boʻlsa, davolashni koʻrib chiqish lozim.

Oʻylab koʻrishni talab etadigan majmualar

Kaliy tejovchi diuretiklar (amilorid, spironolakton, triamteren)

Ayrim patsiyentlar uchun foydali boʻlgan, ushbu preparatlarni ratsional majmuasi gipokaliyemiya (ayniqsa buyrak yetishmovchiligi yoki qandli diabeti boʻlgan patsiyentlarda) yoki giperkaliyemiya rivojlanishi xavfini istisno qilmaydi. Plazmada kaliyning konsentratsiyasini nazorat qilish va EKG tekshiruvini oʻtkazish, zarurati boʻlganida esa – davolash usulini oʻzgartirish kerak.

Metformin

Metforminni qabul qilish fonida diuretiklarni, ayniqsa halqali diuretiklarni qoʻllanishi natijasida, funksional buyrak yetishmovchiligi bilan bogʻliq laktatsidozini rivojlanish xavfi oshadi. Agar zardobdagi kreatinin darajasi erkaklarda 15 mg/l (135 mkmol/l) va ayollarda 12 mg/l (110 mkmol/l) dan yuqori boʻlsa, metforminni ishlatish mumkin emas.

Yod saqlovchi rentgenokontrast vositalar

Diuretiklar chaqirgan suvsizlanish hollarida, yod saqlovchi rentgenkontrast vositalarning yuqori dozalari qoʻllanganidan keyin oʻtkir buyrak yetishmovchiligini rivojlanishini yuqori xavfi mavjud. Bunday vositani ishlatishdan oldin patsiyentning yaxshi gidratatsiyasini taʼminlash kerak.

Tritsiklik antidepressantlar, neyroleptiklar

Antigipertenziv taʼsirni va ortostatik gipotenziyani kelib chiqish xavfini kuchayishi (additiv taʼsiri).

Kalsiy (kalsiy tuzlari)

Buyrak orqali kalsiyni kam chiqarilishini natijasida giperkalsiyemiya xavfi.

Siklosporin, takrolimus

Plazmada siklosporin miqdorini oʻzgarishlarsiz kreatinin miqdorini oshishi xavfi, hattoki agar suv va (yoki) natriy tanqisligi aniqlanmagan boʻlsa ham.

Kortikosteroidlar, tetrakozaktid (ichga yuboriladigan)

Gipotenziv samarasi kamayadi (kortikosteroidlarni taʼsiri natijasida natriy va suvni

tutilishi).

 

Maxsus koʻrsatmalar

Ogohlantirishlar

Jigar yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlarda tiazidsimon diuretik dori preparatlar jigar ensefalopatiyasini rivojlanishini tezlashtirishi mumkin, asosan elektrolitlar almashinuvini buzilishida. Jigar ensefalopatiyasining simptomlari paydo boʻlgan hollarda indapamidni bekor qilish kerak.

Fotosezuvchanlik

Tiazid diuretiklar va tiazidsimon dori preparatlarini qoʻllanishi bilan bogʻliq fotosensibilizatsiya hollari aniqlangan. Agar davolanish vaqtida fotosensibilizatsiya reaksiyalari paydo boʻlsa, dori preparatini bekor qilish tavsiya etiladi. Agar diuretikni takroran qoʻllash zarurati kelib chiqsa, teri yuzasini quyosh nurlarining taʼsirdan yoki sunʼiy ultrabinafsha nurlanishdan himoya qilish tavsiya etiladi.

Yordamchi moddalar

Dori preparati laktoza saqlaydi va galaktozani nasliy oʻzlashtiraolmaslikda, laktoza tanqisligi (Lappa turi) yoki glyukoza-galaktoza malabsorbsiya sindromi boʻlgan patsiyentlarda qoʻllanilishi mumkin emas.

Qoʻllashdagi ehtiyotkorlik choralari

Suv-elektrolit muvozanati

Plazmada natriy darajasi

Preparat bilan davolashni boshlashdan avval, keyin doimo plazmada natriy konsentratsiyaini nazorat qilish zarur. Diuretiklar bilan har qanday davolash giponatriyemiyaga olib kelishi mumkin, baʼzi hollarda jiddiy asoratlar bilan. Plazmada natriy tarkibini kamayishi boshlangʻich davrida simptomsiz boʻlishi mumkin, shuning uchun uni doimo nazorat qilish talab etiladi. Keksa yoshdan patsiyentlarda va jigar sirrozi boʻlgan patsiyentlarda ushbu tekshiruvlarni tez-tez oʻtkazish turish zarur.

Plazmada kaliyni darajasi

Davolash vaqtida plazmada kaliy konsentratsiyasini doimo nazorat qilish zarur. Tiazidli va tiazidsimon diuretiklarni qoʻllashda asosiy xavf boʻlib, kaliyni yoʻqotish va gipokaliyemiya hisoblanadi. Yuqori xavf guruhi boʻlgan ayrim patsiyentlarda, masalan keksa yoshdagi patsiyentlarda, ozgʻin patsiyentlarda, koʻpgina dori preparatlari bilan davolashni qabul qilayotgan patsiyentlarda, jigar sirrozi boʻlgan patsiyentlarda, shishlar va assit boʻlgan patsiyentdarda, yurakni ishemik kasalligi va yurak yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlarda, ayniqsa gipokaliyemiya (<3,4 mmol/l) rivojlanishini oldini olish lozim. Gipokaliyemiya holatida angishvonagul preparatlarini kardiotoksik xavfi va yurak ritmini buzilishini kelib chiqishi xavfi oshadi.

Xavf guruhiga QT intervalini uzayishi boʻlgan patsiyentlar kiradi, ushbu buzilishlar tugʻma yoki orttirilgan boʻlishiga qaramay. Gipokaliyemiya, bradikardiya kabi yurak ritmini jiddiy buzilishlarini rivojlantirish qobiliyatiga ega. Yuqoridagi koʻrsatilgan barcha holatlarda ayniqsa taxikardiyani potensial xavfli shakllari – torsade de pointes plazmada kaliy miqdorini monitoringi koʻproq zarurdir. Plazmada kaliy miqdorini birinchi oʻlchamni davolashni birinchi xaftasi davomida bajarish zarur.

Plazmada kalsiyning tarkibi

Tiazid va tiazidsimon diuretik dori preparatlari ahamiyatsiz tranzitor giperkalsiyemiyani chaqirib, siydik bilan kalsiyni chiqarilishni kamaytirishi mumkin. Yaqqol giperkalsiyemiya aniqlanmagan giperparatireozi oqibati boʻlishi mumkin. Bunday holatda davolashni toʻxtatish va patsiyentning qalqonsimon bezi faoliyatini baholashni oʻtkazish zarur.

 

 

Qonda glyukozaning tarkibi

Qandli diabeti boʻlgan paitsentlarda, asosan gipokaliyemiya bilan birga boʻlsa, qonda glyukoza miqdorini monitoringini oʻtkazish zarur.

Siydik kislotasi

Giperurikemiyali patsiyentlarda podagra xurujlarining tez-tezligini oshishi moyilligi mavjud.

Buyrak faoliyati va diuretik dori preparatlari

Tiazidli va tiazidsimon diuretik dori preparatlari faqat buyrak faoliyatini normada boʻlgan holatda yoki uning ahamiyatsiz buzilishlarida samarali boʻladi (kreatinin darajasi 25 mg/l dan kam, kattalarda 220 mkmol/l). Buyrak faoliyatini kreatin konsentratsiyasiga asoslanib baholash vaqtida patsiyentning yoshi, jinsi va tana vaznini hisobga olish zarur.

Davolashni boshida diuretiklar chaqirgan, suv va natriyni yoʻqolilishi bilan izohlanadigan gipovolemiya kalavalar filtratsiyasini pasayishiga olib keladi. Bu esa qonda mochevina va plazmada kreatinin darajasini oshishiga olib kelishi mumkin. Ushbu tranzitor funksional buyrak yetishmovchiligi buyrak faoliyati normal boʻlgan patsiyentlarda asoratlarsiz oʻtadi, shu vaqtda buyrak yetishmovchiligi boʻlganda chuqurlashtirish mumkin.

Sportchilar

Dori preparati sportchilarda dopingga qarshi musbat natijalarini chaqirishi mumkin.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qoʻllanishi

Umum qabul qilingan qoidaga koʻra homilador ayollarda diuretiklarni qoʻllashdan saqlanish lozim. Homiladorlik davrida paydo boʻladigan fiziologik shishlarni davolash maqsadida qoʻllash mumkin emas. Diuretiklar fetoplatsentar yetishmovchiligini va homila rivojlanishini buzilishi xavfini chaqirishi mumkin.

Indapamid homiladorlik vaqtida faqat oʻta zarur hollarda qoʻllanilishi mumkin, biroq uni buyurishdan avval shifokor patsiyentdan homiladorlik yoki uni rejalashtrishga taaluqli boʻlgan anamnezni yigʻishi lozim. Indapamid koʻkrak sutiga chiqariladi. Ushbu sababga koʻra preparatni emizish davrida qoʻllash tavsiya etilmaydi.

Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsiri

Indapamid SR dori preparatini qoʻllash vaqtida ayniqsa davolashni boshida yoki boshqa antigipertenziv dori preparatini qoʻshimcha qoʻllash vaqtida, arterial bosimini pasayishi bilan bogʻliq boʻlgan simptomlar paydo boʻlishi mumkin. Ushbu holatda trasport vositalarini boshqarish va mexanizmlarga hizmat koʻrsatish qobiliyati buzilishi mumkin.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach qoʻllanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

40 mg gacha dozada, yaʼni taxminan terapevtik dozadan 27 marta yuqori dozada indapamidni toksik taʼsiri tasdiqlanmagan.

Simptomlari

Oʻtkir zaxarlanish simptomlari suv-elektrolit muvozanatini buzilishi natijasida kelib chiqadi (giponatriyemiya, gipokaliyemiya). Koʻngil aynishi, qusish, arterial bosimini pasayishi, mushak spazmlari, bosh aylanishi, uyquchanlik, dezoriyentatsiya, poliuriya, anuriyaga olib keluvchi oliguriya (gipovolemiya oqibatida).

Davolash

Dozani oshirib yuborish hollarida meʼdani yuvishni oʻtkazish yoki faollashtirilgan koʻmirni buyurish, shuningdek statsionar sharoitida suv-elektrolit muvozanatini tiklash kerak.

 

Chiqarilish shakli

10, 14 yoki 15 tabletkadan PVC/PVDC va alyumin folgali kontur-uyali oʻramida (blister).

10 tabletkadan 3 yoki 6 kontur oʻramlar, 14 tabletkadan 2 yoki 4 kontur oʻramda yoki 15 tabletkadan davlat va rus tillaridagi qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.

 

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Yaroqlilik muddati koʻrsatilgan oyning oxirgi kuni tugaydi.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept boʻyicha.