Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Имунофан АМПУЛЫ

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Имунофан АМПУЛЫ 50мкг/мл 1мл №5

103 000 so'mdan
(3622)
Dorixonalardagi narx
Xaritada topish
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Arginil-alfa-aspartil-lysil-valil-tyrosil- arginine
Ishlab chiqaruvchi
Бионокс
Chiqarilish shakli
АМП
Farma. Guruh
Иммуномодуляторы
Dori tafsilotlari
Dori shakli: 
Tarkibi:
Taʼrifi: 
Farmakoterapevtik guruhi:
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli: 

mushak ichiga va teri ostiga yuborish uchun eritma

 

Tarkibi:

1 ampula quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 0,005 g imunofan;

yordamchi moddalar: 0,5 g glitsin, 0,009 g natriy xloridi, inyeksiya uchun suv 1ml gacha.

 

Taʼrifi: 

 tiniq, rangsiz suyuqlik.

 

Farmakoterapevtik guruhi:

 immunomodulyator vosita

 

 

Farmakologik xususiyatlari

Preparat immun tizimini yoʻlga soluvchi, detoksikatsion, gepatoprotektor taʼsirga ega va erkin radikal va perekisli birikmalarning faolsizlanishini chaqiradi. Farmakologik taʼsiri uch asosiy samaralarga erishishiga asoslangan: immun tizimini muvofiqlashtirish, organizmning oksidlanish-antioksidlanish reaksiyasining muvozanatini tiklanishi va oqsillar tomonidan xujayraning oqsillarni membranalari orqali tashilish nasosiga bogʻliq boʻlgan koʻpchilik dorilarga turgʻunligini ingibitsiya qilish.

Preparatning taʼsiri yuborilgandan 2–3 soatdan keyin rivojlanadi (tez bosqichi) va 4 oygacha davom etadi (oʻrtacha va sekin bosqichi).

Tez bosqichi davomida (2-3 soatdan keyin boshlanadi, davomiyligi – 2–3 sutkagacha) eng avvalo detoksikatsion samarasi namoyon boʻladi – seruloplazmin, laktoferrin xosil boʻlishini, katalaza faolligini ragʻbatlantirish yoʻli bilan organizmning antioksidant himoyasi kuchayadi; preparat lipidlarning perekisli oksidlanishini normallashtiradi va keyingi qondagi xolesterin darajasini va yalligʻlanishi mediatorlarining hosil boʻlishini pasayishi bilan xujayra membranalarining fosfolipidlarini parchalanishini va araxidon kislotasini sintezini ingibitsiya qiladi. Jigarning toksik va infeksion shikastlanishida preparat sitolizni oldini oladi, transaminazalar faolligini va qon zardobida bilirubin darajasini pasaytiradi.

Oʻrtacha bosqichi davomida (2-3 sutkadan keyin boshlanadi, davomiyligi 7-10 sutkagacha) fagotsitoz reaksiyasini kuchayishi va xujayra ichki bakteriyalari va viruslarining nobud boʻlishini kuchayishi yuz beradi.

Sekin bosqichi davomida (7-10 sutkada rivojlana boshlaydi, davomiyligi 4 oygacha) xujayra va gumoral immunitetning buzilgan koʻrsatkichlarini tiklanishi-Imunofanning immun tizimini yoʻlga soluvchi taʼsirida namoyon boʻladi. Bu davrda immun tizimini yoʻlga solish indeksini normallashishi kuzatiladi, spetsifik antitelalarning hosil boʻlishini oshishi kuzatiladi. Imunofanning spetsifik viruslarga qarshi va antibakterial antitelalarni hosil boʻlishiga taʼsiri ayrim davolovchi vaksinalar taʼsiriga ekvivalent. Vaksinalardan farqli ravishda preparat IgE sinfi reagin antitelalar hosil boʻlishiga ahamiyatli taʼsir koʻrsatmaydi va darhol turi oʻta yuqori sezuvchanlik reaksiyasini kuchaytirmaydi; Imunofan IgA ning tugʻma yetishmovchiligida uning hosil boʻlishini kuchaytiradi. Imunofan oʻsma xujayralarining koʻp sonli dorilarga chidamliligini samarali susaytiradi va ularni sitostatik preparatlarning taʼsiriga sezuvchanligini oshiradi.

 

Qoʻllanilishi

Kattalarda bakterial va virusli infeksiyalarga qarshi vaksinatsiyada adʼyuvant sifatida.

Kattalar va 2 yoshdan oshgan bolalarda immun tanqisligi fonida turli etiologiyali surunkali infeksion-yalligʻlanish kasalliklarini zoʻrayishi: surunkali virusli gepatit, britsellez.

Ximio-nur bilan davolash kursini oʻtkazish fonida qon yaratish va limfoid toʻqimaning xavfli kasalliklari boʻlgan 2 yoshdan oshgan bolalarda toksikoz rivojlanishini oldini olish.

Quyidagi kasalliklar chaqirgan ikkilamchi immun tanqisligi va toksik holatlarni majumaviy davolash tarkibida:

Kattalarda:

  • turli lokalizatsiyali tarqalgan oʻsma jarayonli (III-IV bosqich) patsiyentlarda radikal majmuaviy davolash (kimyo terapiya va nur bilan davolash va operatsiya), majmuaviy yoki simptomatik davolash;
  • surunkali virusli gepatit, surunkali brutsellezni majmuaviy davolash tarkibida;
  • OITV-infeksiya, opportunistik infeksiyalar (sitomegalovirus, gerpetik infeksiya, toksoplazmoz, xlamidioz, pnevmotsistoz, kriptosporidioz) ni majmuaviy davolash;
  • toksemiya, septikotoksemiya koʻrinishlari bilan kechuvchi III-IV bosqichdagi kuyishlar, septik endokardit, xoletsistopankreatit, oyoqdagi yaralarni uzoq vaqt bitmasligi, yiringli-septik asoratlari boʻlgan jarroxlik kasalliklarini davolash;
  • bronxoobstruktiv sindrom, revmatoid artrit, psoriazni majmuaviy davolash.

Kattalar va 2 yoshdan oshgan bolalarda:

  • koʻzlarning yalligʻlanish kasalliklarini majmuaviy davolash;
  • boʻgʻma, boʻgʻma bakteriyasini tashuvchanlikni davolash.

2 yoshdan oshgan bolalarda:

  • hiqildoq va ogʻiz-halqum papillomatozini majmuaviy davolashda qoʻllanadi.

 

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Imunofan teri ostiga va mushak ichiga 50 mkg bir martalik dazada buyuriladi. Maksimal sutkalik doza 50 mkg ni tashkil qiladi. Preparat qoʻllashdan maqsad va kasallikning xarakteriga qarab kurs boʻyicha qoʻllanadi.

Kattalarda.

Bakterial va virusli infeksiyalarga qarshi vaksinatsiyada adʼyuvant sifatida 50 mkg dozada bir marta mushak ichiga yoki teri ostiga emlash kuni buyuriladi.

Onkologik bemorlarni majmuaviy davolash sifatida:

  • radikal majmuaviy davolash tarkibida – har kuni bir marta, davolash kursi kimyo terapiya va nur bilan davolashdan va operatsiyadan oldin 8-10 inyeksiya, keyinchalik davolashning butun davri davomida kurs davom ettiriladi.
  • tarqalgan oʻsma jarayoni boʻlgan bemorlarda – har kuni bir marta, davolash kursi 15-20 kunlik tanaffus bilan 8-10 inyeksiya va keyingi davolash davrida davomida kurs takrorlanadi.

Surunkali virusli gepatit va brutsellyozi boʻlgan bemorlarda majmuaviy davolashda:

  • har kuni bir marta, davolash kursi 15-20 inyeksiya.

OITV-infeksiya va opportunistik infeksiyalarni majmuaviy davolashda:

  • har kuni bir marta, davolash kursi 15-20 inyeksiya. Zarurati boʻlganida 2-4 xaftadan keyin davolash kursini takrorlash mumkin.

Toksemiya, septikotoksemiya koʻrinishlari bilan kechuvchi III-IV darajadagi kuyishi boʻlgan jarrohlik bemorlarni davolaganda, septik endokardit, xoletsistopankreatit, qoʻl-oyoqning uzoq vaqt bitmayotgan yaralari, yiringli-septik asoratlari boʻlgan jarroxlik bemorlarda:

  • har kuni bir marta, davolash kursi 7-10 inyeksiya, zarurati boʻlganida preparatni 20 inyeksiyagacha oshirish mumkin.

Bronxoobstruktiv sindromda, revmatoid artritda:

  • 3 sutkada bir marta, davolash kursi 8-10 inyeksiya, zarurati boʻlganida preparatni 20 inyeksiyagacha oshirish mumkin.

Psoriazni majmuaviy davolashda:

  • har kuni bir marta, davolash kursi 15-20 inyeksiya.

Kattalar va 2 yoshdan oshgan bolalarda.

Koʻzlarning yalligʻlanish kasalliklarini majmuaviy davolashda:

  • koʻzlarning oldingi sohalari shikastlanganda (keratit, keratouveit) har kuni bir marta, davolash kursi 7-10 inyeksiya.
  • asosan koʻzlarning orqa sohasi shikastlanganda (periferik, orqa uveitlar, retinovaskulitlar) va tarqalgan yalligʻlanish jarayonlarida har kuni bir marta, davolash kursi 15-20 inyeksiya.

Boʻgʻmani davolashda:

  • har kuni bir marta, davolash kursi 8-10 inyeksiya. Boʻgʻma bakteriyasi tashuvchanlikda – 3 sutkada bir marta, davolash kursi 3-5 inyeksiya.

2 yoshdan oshgan bolalarda hiqildoq va ogʻiz-halqumning papillomatozini majmuaviy davolashda:

  • har kuni bir marta, davolash kursi 10 inyeksiya.

Profilaktika uchun:

kattalar va 2 yoshdan oshgan bolalarda surkanli gepatit va surunkali brutsellyozni zoʻrayishi

  • har kuni bir marta, davolash kursi 15-20 inyeksiya, har 2-3 oyda takroriy profilaktik kurslar oʻtkazish tavsiya etiladi.

Qon yaratish va limfoid toʻqimaning xavfli kasalliklari boʻlgan 2 yoshdan oshgan bolalarda toksikozni rivojlanishi:

  • har kuni bir marta, davolash kursi 10-20 inyeksiya, kimyo terapiya va nur bilan davolash kursi vaqtida va tugaganidan keyin.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Shaxsiy oʻzlashtiraolmaslik boʻlishi mumkin. Allergik reaksiyalar boʻlishi mumkin.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik. 2-yoshgacha boʻlgan bolalarda qoʻllash mumkin emas.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Klinika amaliyotda Imunofanni boshqa dori vositalari bilan oʻzaro taʼsiri hollari qayd etilmagan.

Imunofanning taʼsiri Yeprostaglandinni hosil boʻlishiga bogʻliq emas va preparatni boshqa yalligʻlanishga qarshi preparatlar bilan majmuada buyurish mumkin.

 

 

Maxsus koʻrsatmalar

Fagotsitozni faollashishi natijasida virusli yoki bakterial antigenlarning persistensiyasi hisobiga tutib turuvchi surunkali yalligʻlanish oʻchoqlarini qisqa muddatli zoʻrayishi mumkin.

Homiladorlik va emizish davrida qoʻllanishi

Yetarlicha oʻrganilmaganligi tufayli homiladorlik va laktatsiya vaqtida, agar ona uchun kutilayotgan foyda homila va bola uchun potensial xavfdan yuqori boʻlsagina qoʻllash kerak.

Mexanizmlar, transport vositalarini boshqarish qobiliyatiga taʼsiri.

Preparat mexanizmlar, transport vositalarini boshqarish qobiliyatiga taʼsir qilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va oʻramda koʻrsatilgan yaroqlilik muddati oʻtgach ishlatilmasin.

 

Chiqarilish shakli

1,0 ml eritmada 50 mkg preparat saqlovchi ampulalar. 5 ampuladan yoʻriqnomasi bilan karton qutiga joylanadi yoki 5 ampuladan karton uyali oʻramga joylanadi, 1 kontur uyali oʻram yoʻriqnoma bilan karton qutiga joylanadi.

 

Saqlash sharoiti

Yorugʻlikdan himoyalangan joyda,2°S dan 10°S gacha haroratda.

 

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept boʻyicha.