Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
ИХТИОЛОВАЯ МАЗЬ

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

ИХТИОЛОВАЯ МАЗЬ 20% 30Г №1

6 000 so'mdan
(3519)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
ICHTHAMMOL
Ishlab chiqaruvchi
Фармаком
Chiqarilish shakli
МАЗЬ
Farma. Guruh
Pharm Group Name
Dori tafsilotlari
Dori shakli
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Nojo‘ya ta‘sirlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Maxsus ko‘rsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Saqlash sharoiti
Dori shakli

 sirtga qo‘llash uchun surtma

Qo‘llanilishi

Saramas yallig‘lanishi, ekzema, terini yiringli shikastlanishlari, furunkulezni majmuaviy davolashda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Sirtga, shikastlangan sohaga surtma kuniga 1-2 marta surtiladi.

Zarurati bo‘lganida bog‘lovdan foydalaniladi.

Davolash davomiyligi kasallikning xarakteriga bog‘liq.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Allergik reaksiyalar.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, homiladorlik, emizish davri, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Surtma shilliq pardalarga tushmasligi kerak. Surtma surtilganidan keyin ko‘z, burun, og‘izga tushmasligi uchun qo‘llarni yaxshilab yuvish kerak.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

Homiladorlik va emizish davrida dori vositasining xavfsizligi va klinik samarasi o‘rganilmagan.

Bolalarda qo‘llanishi

Bolalarda qo‘llash tajribasi mavjud emas.

Avtotransport yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish qobiliyati

Transportni yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishga ta‘sir qilish qobiliyati kuzatilmagan.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Tavsiyaga rioya qilinganida doza oshirib yuborilishi mumkin emas. Terini qichishishi mumkin. Bunday hollarda terining qo‘zg‘algan yuzasidan surtmani olib tashlash kerak.

Saqlash sharoiti

20oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.