Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
ИБУПАР ФОРТЕ

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

ИБУПАР ФОРТЕ ТАБЛЕТКА 400МГ №20

34 000 so'mdan
(1633)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ibuprofen
Ishlab chiqaruvchi
POLFA
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Нестероидные противосполительные препараты
Dori tafsilotlari
Dori shakli
Farmakologik xususiyatlari
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Dozani oshirib yuborilishi
Saqlash sharoiti
Nojo‘ya ta‘sirlari
Maxsus ko‘rsatmalar
Dori shakli

 tabletkalar

Farmakologik xususiyatlari

Ibupar – majmuaviy preparat, og‘riq qoldiruvchi, yallig‘lanishga qarshi va isitmani tushiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi.

Ibuprofen – nosteroid yallig‘lanishga qarshi vosita, prostaglandinlarning sintezini boshqaruvchi siklooksigenazaning faolligini noselektiv susaytirish bilan bog‘liq og‘riq qoldiruvchi, yallig‘lanishga qarshi va isitmani tushiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi.

Parasetamol – nonarkotik og‘riq qoldiradi, markaziy nerv tizimida siklooksigenazani bloklash va og‘riq va termoregulyasiya markazlariga ta‘siri bilan bog‘liq isitmani tushiruvchi va og‘riq qoldiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi.

Preparatning komponentlari og‘riq sindromini shakllanishidagi ham markaziy, ham periferik mexanizmlariga ta‘sir ko‘rsatadi. Ikkala komponentlarning bir-birini o‘zaro to‘ldirishga qatarilgan ta‘siri tez terapevtik samara va yaqqol og‘riq qoldiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi.

Farmakokinetikasi

Parasetamol peroral qo‘llanilgandan keyin taxminan 10-60 minut o‘tgach namoyon bo‘ladigan plazmadagi cho‘qqi konsentrasiyasi bilan me‘da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi. Parasetamol organizm to‘qimalarida taqsimlanadi. Odatdagi terapevtik dozalarda plazmadagi oqsillar bilan bog‘lanishi ahamiyatsiz, lekin doza oshirilganda plazma oqsillari bilan bog‘lanishi oshadi. Yarim chiqarilish davri taxminan 1 soatdan                  3 soatgacha o‘zgaradi.

Parasetamol asosan jigarda metabolizmda uchraydi va asosan faol bo‘lmagan glyukuron kislotasi va sulfatlar kon‘yugatlari ko‘rinishida buyraklar orqali chiqariladi.         5% dan kamrog‘i o‘zgarmagan ko‘rinishda chiqariladi.

Ibuprofen ham tez so‘riladi. Umuman olganda zardobdagi ibuprofenning cho‘qqi darajasiga qo‘llanilgandan keyin bir yoki ikki soat davomida erishiladi. Ibuprofen tez metabolizmga uchraydi va siydik bilan chiqariladi. Ibuprofen qo‘llanilgandan keyin   24 soat davomida organizmdan to‘liq chiqariladi.

Qo‘llanilishi
  • bosh og‘rig‘i (shu jumladan migren);
  • tish og‘rig‘i;
  • algodismenoreya (og‘riqli hayz);
  • nevralgiya;
  • mialgiya;
  • osteoxondroz oqibatida kelib chiquvchi orqada, belda og‘riq;
  • bo‘g‘imda og‘riq, tayanch-harakat apparatining yallig‘lanish va degenerativ kasalliklaridagi og‘riq sindromi;
  • tendovaginit;
  • bursit;
  • lat yeyish, cho‘zilishlar, chiqishlar, sinishlardagi og‘riq;
  • posttravmatik va operasiyadan keyingi og‘riq sindromi;
  • isitmali holatlar (shu jumladan gripp va shamollash kasalliklaridagi);
  • shamollash va boshqa infeksion-yallig‘lanish kasalliklarida (shu jumladan yuqori nafas yo‘llari kasalliklari, quloq, tomoq va burun kasalliklari, artrit, dismenoreya, adneksitda) yuqori tana haroratini pasaytirish uchun qo‘llanishi mumkin.
Qo‘llash usuli va dozalari

Ibupar tabletkalari ovqatdan 2-3 soat oldin yoki keyin ichga qabul qilinadi (dispepsiyasi bo‘lgan va davolanayotgan pasientlar preparatni bevosita ovqatdan keyin qabul qilishadi).

Buyrak va jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar preparatni kamida 8 soatlik interval bilan qabul qilishlari kerak.

Davolash davomiyligi isitmani tushiruvchi vosita sifatida 3 kun va og‘riq qoldiruvchi vosita sifatida 5 kundan oshmasligi kerak.

Preparat bilan davolash davomiyligi faqat shifokor bilan maslahatlashgandan keyin uzaytirish mumkin.

400 mg/325 mg doza uchun

Kattalar: 1 tabletkadan sutkada 3-4 marta. Maksimal sutkalik doza – 3 tabletka.              12 yoshdan oshgan bolalarga (tana vazni 40 kg dan ortiq): 1 tabletkadan sutkada 2 marta.

100 mg/125 mg doza uchun

Bolalarga: 5 ml (choy qoshiq) suvda tabletkani suspenziya holatiga keltiriladi.

Maksimal sutkalik doza bolaning yoshi va tana vazniga bog‘liq.

1 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga (tana vazni 11-15 kg) – sutkada 3 tabletka

4-5 yoshdagi bolalarga (tana vazni 16-21 kg) – sutkada 4 tabletka

6-8 yoshdagi bolalarga (tana vazni 22-26 kg) – sutkada 6 tabletkagacha.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
  • preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
  • me‘da-ichak yo‘llari a‘zolarining eroziv-yarali kasalliklari (zo‘rayish bosqichi), me‘da-ichakdan qon ketishi;
  • og‘ir jigar vayo/ki buyrak yetishmovchiligi;
  • qon ivishini buzilishlari (gemofiliya, qon ketish vaqtini uzayishi, qon ketishlarga moyillik, gemorragik diatez);
  • bronxial astma, burun va yondosh bo‘shliqlarni qaytalanuvchi polipozi va asetilsalisil kislotasi yoki boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalarni to‘liq yoki noto‘liq qo‘shilishi, shu jumladan anamnezida;
  • tasdiqlangan giperkaliemiya;
  • glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi;
  • 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar (400 mg/325 mg doza uchun);
  • 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas (100 mg/125 mg doza uchun).

Ehtiyotkorlik bilan: surunkali yurak yetishmovchiligi; virusli gepatit, jigarni alkogolli shikastlanishi, o‘rtacha va yengil og‘irlik darajasidagi jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi; xavfsiz bilirubinemiya (Jilber, Dubina-Djonson va Rotor sindromi), portal gipertenziya bilan kechuvchi jigar sirrozi, nefrotik sindrom; qandli diabet, periferik arteriyalar kasalliklari, me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi (anamnezida); gastrit, enterit, kolit; bronxial astma, bronxospazm; keksalar; homiladorlik (I va II uch oyliklari – faqat potensial foyda bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfdan ustun bo‘lgan hollardagina qo‘llash mumkin).

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Jigarda mikrosomal oksidlanish induktorlari (fenitoin, etanol, barbituratlar, flumesinol, rifampisin, fenilbutazon, trisiklik antidepressantlar) gidroksilizasiyaga uchragan faol metabolitlarini ishlab chiqarilishini oshiradi, bu dozani oshirib yuborilganda og‘ir intoksikasiya rivojlanishi ehtimolini oshiradi.

Mikrosomal oksidlanish ingibitorlari (shu jumladan simetidin) gepatotoksik ta‘sir xavfini kamaytiradi.

Mielotoksik dori vositalari preparatning gematotoksik ko‘rinishlarini kuchaytiradi.

Ibuprofenni etanol, glyukokortikosteroidlar bilan birga qo‘llash me‘da-ichak yo‘llarining eroziv-yarali shikastlanishlari xavfini oshiradi.

Preparatni antikoagulyantlar, geparin yoki trombolitiklar bilan birga qo‘llash me‘da-ichak yo‘llarida yara paydo bo‘lishi va/yoki qon ketishlariga olib kelishi mumkin.

Parasetamolni etanol bilan bir vaqtda qo‘llash o‘tkir pankreatit rivojlanishi xavfini oshiradi.

Parasetamol va ibuprofen bilvosita ta‘sirga ega antikoagulyantlarning ta‘sirini kuchaytiradi va urikozurik preparatlarning samaradorligini kamaytiradi.

Barbituratlarni uzoq vaqt qo‘llash parasetamolning samaradorligini kamaytiradi.

Diflunisal parasetamolning plazmadagi konsentrasiyasini 50% ga oshiradi, bu gepatotoksiklik rivojlanishi xavfini oshiradi.

Ibuprofen vazodilatatorlarning gipotenziv, furosemid va gidroxlortiazidning natriyuretik va diuretik faolligini pasaytiradi.

Antasidlar va kolestiramin ibuprofenni so‘rilishini kamaytiradi.

Ibuprofen peroral gipoglikemik vositalar va insulinning samarasini kamaytiradi.

Ibuprofen qonda digoksin, siklosporin, litiy preparatlari va metotreksatning konsentrasiyasini oshiradi.

Ibuprofen asetilsalisil kislotasi bilan bir vaqtda buyurilganda uning yallig‘lanishga qarshi va antiagregant ta‘sirini kamaytiradi.

Sefamandol, sefaperazon, sefotetan, valproat kislotasi, plikamisin gipoprotrombinemiya rivojlanishi xavfini oshiradi.

Metoklopramid bilan bir vaqtda qo‘llanilganda parasetamolning so‘rilishi oshadi. Probenesid plazmada parasetamolning konsentrasiyasini oshirib, uni chiqarilishini kamaytiradi.

Dozani oshirib yuborilishi

O‘tkir zaharlanish belgilari: ko‘ngil aynishi, qusish, me‘dada og‘riq, og‘ir holatlarda jigar yetishmovchiligi va komatoz holat rivojlanadi. Zaharlanishga gumon bo‘lganida darhol shifokorga murojaat etish kerak.

Davolash: simptomatik.

Saqlash sharoiti

25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda, yorug‘likdan himoyalangan joyda.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyquni buzilishi, havotirlik, depressiya.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, arterial bosimni oshishi, yurak yetishmovchiligi.

Nafas tizimi tomonidan: hansirash, bronxospazm.

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: abdominal og‘riqlar, ko‘ngil aynishi, qusish, jig‘ildon qaynashi, ishtahani pasayishi, diareya yoki qabziyat, milklarning shilliq qavatida yara paydo bo‘lishi, aftoz stomatit, pankreatit.

Sezgi a‘zolari: eshitishni buzilishi, quloqlarda shang‘illash yoki shovqin, ko‘rishni buzilishi, ko‘rishni noaniqligi yoki diplopiya, ko‘zlarni qurishi va ta‘sirlanishi.

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, nefrotik sindrom, poliuriya, sistit.

Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, teri qichishishi, allergik rinit, angionevrotik shish, ko‘p shaklli eritema (shu jumladan Stivens-Djonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi).

Qon yaratish a‘zolari tomonidan: anemiya, trombositopeniya, trombositopenik purpura, agranulositoz, leykopeniya, eozinofiliya.

Yuqori dozalarda uzoq vaqt qo‘llaganda – gepatotoksik va nefrotoksik (gepatit, interstisial nefrit va papillyar nekroz) ta‘sir; gemolitik anemiya, aplastik anemiya, metgemoglobinemiya, pansitopeniya.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparatni parasetamol va/yoki nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalarni saqlovchi boshqa dori vositalari, kortikosteroidlar, gipoglikemik preparatlar, digoksin, litiy preparatlari, metotreksat, siklosporin, koagulyantlar va antikoagulyantlar, suyak ko‘migi faoliyatini bostirish uchun preparatlar, shuningdek probenesid bilan bir vaqtda qo‘llashdan saqlanish kerak.

Preparatni 5-7 kundan ortiq qo‘llaganda periferik qon ko‘rsatkichlari va jigarning funksional holatini nazorat qilish kerak.

Parasetamol qon plazmasida glyukoza va siydik kislotasining miqdorini laborator ko‘rsatkichlari natijalarini o‘zgartiradi.

NYAQP-gastropatiya simptomlari paydo bo‘lganda ezofagogastroduodenoskopiya, gemoglobin va gematokritni aniqlash bilan qon tahlili, yashirin qonga axlat tahlilini o‘z ichiga oluvchi sinchkovlik bilan nazoratni amalga oshirish kerak.

17-ketosteroidlarni aniqlash zarurati bo‘lganida preparatni tekshiruvdan 48 soat oldin bekor qilish kerak.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi

Preparatni homiladorlikning III uch oyligida qo‘llash mumin emas.

Preparatni homiladorlikning I va II uch oyliklarida qo‘llash zarurati bo‘lganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak – faqat potensial foyda bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfdan ustun bo‘lgan hollardagina qo‘llash mumkin.

Emizish davrida preparatni qo‘llash zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish kerak.

Preparatni qabul qilish fonida diqqatni yuqori jamlash, tezkor ruhiy va harakat reaksiyalarini talab etuvchi barcha faoliyat turlaridan saqlanish kerak.

Davolash davrida alkogol saqlovchi ichimliklarni qabul qilish tavsiya etilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.