Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
ИБЕРОГАСТ КАПЛИ

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

ИБЕРОГАСТ КАПЛИ 100МЛ №1

168 000 so'mdan
(1292)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
BAYER
Chiqarilish shakli
КАПЛИ
Farma. Guruh
Спазмолитики
Dori tafsilotlari
Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi
Avtomobilni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri
Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Chiqarilish shakli
Berish tartibi
Ehtiyotkorlik choralari
Dori shakli
Tarkibi
Farmakoterapevtik guruhi
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Nojo‘ya ta‘sirlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dozani oshirib yuborilishi
Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

Mavjud ma‘lumotlarga asosan ushbu preparatni homiladorlik va emizish davrida qo‘llash xavfli hisoblanmaydi.

Homiladorlik va emizish davrida preparatni faqat shifokor bilan  maslahatlashgandan keyin qabul qilish kerak.

 

 

Avtomobilni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Preparatni ko‘rsatmalar bo‘yicha va tavsiya etilgan dozalarda qo‘llashda transport vositalarini boshqarish yoki potensial xavfli mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri kuzatilmagan.

Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri

Hozirgi vaqtgacha o‘zaro ta‘sirning biron-bir shakllari haqida ma‘lum emas.

 

 

Saqlash sharoiti

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda, bolalar ololmaydigan joyda.

Saqlash jarayonida xiralashishi yoki cho‘kma tushishi mumkin, bu preparatning samaradorligiga ta‘sir qilmaydi.

 

 

Yaroqlilik muddati

2 yil. O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Flakon ochilganidan keyin yaroqlilik muddati: 8 hafta.

 

 

Chiqarilish shakli

20 ml, 50 ml yoki 100 ml dan flakonlar. Flakon ilova-varaqa bilan birga karton qutiga joylangan.

 

 

Berish tartibi

Reseptsiz.

Ehtiyotkorlik choralari

6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qorinda og‘riq bo‘lgan hollarda shifokorga murojaat qilish kerak. Agar preparatni qabul qilishda simptomlar susaymasa, yomonlashsa yoki bir xafta davomida yangi simptomlar paydo bo‘lsa, albatta shifokorga murojaat qilish kerak.

Preparat 20 tomchida 0,1 dan kamroq non birligi saqlaydi.

Ushbu preparat etil spirtini saqlaydi. Bu alkogolizmi bo‘lgan pasientlar uchun zararlidir. Buni jigar kasalligi va tutqanog‘i bo‘lgan pasientlarni davolashda e‘tiborga olish kerak.

Dori shakli

Ichga qabul qilish uchun tomchilar.

 

 

Tarkibi

1 ml quyidagilarni saqlaydi:

achchiq iberiyka (butun yangi o‘simlik suyuq ekstarkti)                        (1:1,5-2,5)    0,15 ml

(ekstagent: 50% etanol (xajm/nisbat));

suyuq ekstrakti:

oyboltirg‘on quruq ildizi                                                           (1:2,5-3,5)    0,1 ml

moychechak quruq gullari                                                                (1:2-4)          0,20 ml

oddiy tmin quruq mevalari                                                          (1:2,5-3,5)    0,1 ml

rastoropshi quruq mevalari                                                         (1:2,5-3,5)    0,1 ml

limono‘t quruq barglari                                                                (1:2,5-3,5)    0,1 ml

yalpiz quruq barglari                                                                     (1:2,5-3,5)    0,05 ml

qoncho‘p quruq o‘ti                                                                           (1:2,5-3,5)    0,1 ml

qizilmiya quruq ildizi                                                                 (1:2,5-3,5)    0,1 ml

(barcha quruq dori xomashyosi uchun ekstragent: 30% etanol (xajm/nisbat))

Spirt miqdori 31% (xajm/nisbat).

 

Farmakoterapevtik guruhi

Me‘da-ichak kasalliklarini davolash uchun o‘simliklardan olingan dori vositasi.

Qo‘llanilishi

Me‘da-ichak yo‘llarining funksional va funksional dispepsiya hamda ta‘sirlangan yo‘g‘on ichak kabi me‘da-ichak motorikasini buzilishi bilan bog‘liq buzilishlarini, shuningdek gastritni yordamchi simptomatik davolashda qo‘llanadi.

Bu buzilishlar asosan me‘dada og‘riq, qorinni dam bo‘lishi, meteorizm, me‘da-ichak spazmlari, ko‘ngil aynishi va jig‘ildon qaynashi kabi simptomlar bilan namoyon bo‘ladi.

 

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Agar shifokor boshqacha dozalashni buyurmagan bo‘lsa, kuniga 3 marta ovqatdan oldin yoki ovqatlanish vaqtida ko‘p bo‘lmagan miqdordagi suyuqlik (iliq suv bilan tavsiya etiladi) bilan qabul qilinadi.

kattalar va 13 yoshdan oshgan o‘smirlarga 20 tomchidan;

6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 15 tomchidan;

3 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 10 tomchidan buyuriladi.

Davolash davomiyligi bo‘yicha deyarli hech qanday cheklovlar yo‘q.

Qo‘llash davomiyligi kasallikning turi, og‘irlik darajasi va uni kechishiga bog‘liq. Qo‘llashdan oldin chayqatish kerak!

 

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Juda kam hollarda o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, masalan, teri toshmasi, qichishish yoki hansirash bo‘lishi mumkin.

Nojo‘ya samaralar paydo bo‘lganida preparatni qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak. Bu barcha bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralar, shu jumladan ushbu ilova-varaqada ta‘riflanmagan nojo‘ya samaralarga ham taalluqlidir.

 

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Ta‘sir etuvchi moddalarga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas. Yetarli tajriba yo‘qligi sababli, preparatni 3 yoshdan kichik bolalar qabul qilishlari mumkin emas.

 

 

Dozani oshirib yuborilishi

Agar pasient preparatning haddan tashqari ko‘p miqdorini qabul qilsa yoki qabul qilishni unutsa, uni keyingi marta shifokor ko‘rsatmasi yoki dozalash bo‘yicha yo‘riqnomalarga asosan qabul qilishni davom ettirishi kerak. Hozirgi vaqtgacha dozani o‘tkir oshirib yuborilishi hollari kuzatilmagan.