Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Хондроксин ГЕЛЬ

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Хондроксин ГЕЛЬ 5% 30г №1

10 800 so'mdan
(2450)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
МЕРРИМЕД
Chiqarilish shakli
ГЕЛЬ
Farma. Guruh
Pharm Group Name
Dori tafsilotlari
Farmakoterapevtik guruhi: 
Dori shakli:
Tarkibi:
Taʼrifi:
Farmakologik xususiyatlari
Farmakokinetikasi
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Farmakoterapevtik guruhi: 

Toʻqimalar trofikasini va regeneratsiyasini muvofiqlashtiruvchi vosita.

 

 

Dori shakli:

 Surtma

 

Tarkibi:

Faol moddaXondroitin sulfati

Yordamchi moddalar: dimetilsulfoksid, suvsiz lanolin, vazelin, tozalangan suv.

 

Taʼrifi:

 Och-sariq rangli, dimetilsulfoksid hidli surtma.

 

Farmakologik xususiyatlari

Xondroksin surtmasi quyidagi taʼsirlarga ega:

  • osteoartroz va osteoxondrozni rivojlanib borishini sekinlashtiradi;
  • ogʻriqsizlantiruvchi taʼsir koʻrsatadi;
  • yalligʻlanishga qarshi taʼsirga ega;
  • boʻgʻim togʻayini tiklanishini ragʻbatlantiradi;
  • boʻgʻimlarning harakatchanligini yaxshilaydi;
  • boʻgʻimlarning shishini kamaytiradi.

Xondroksin surtmasi preparatini qoʻllash qabul qilinayotgan nosteroid yalligʻlanishga qarshi preparatlarning dozasini kamaytirish imkoniyatini beradi.

Xondroksin togʻay toʻqimasini shakllanishida ishtirok etuvchi tabiiy komponent xondriotin sulfatini (yuqori molekulyar mukopolisaxarid) saqlaydi.

Xondriotin sulfati:

  • togʻay toʻqimasida fosfor-kalsiy almashinuvini yaxshilaydi;
  • togʻay toʻqimasining parchalovchi fermentlarining faolligini pasaytiradi;
  • togʻay toʻqimasining degeneratsiyasi (parchalanishi) jarayonlarini tormozlaydi;
  • glyukozaminoglikanlarning sintezini ragʻbatlantiradi;
  • biriktiruvchi toʻqimaning kollapsiga toʻsqinlik qiladi.

Bu ogʻriqni kamayishiga va shikastlangan boʻgʻimlarning harakatchanliligini oshishiga olib keladi.

 

Farmakokinetikasi

Xondroksin surtmasi yaxshi soʻriladi. Sichqonlardagi radionishonlangan 3N-xondriotin sulfatini bilan oʻtkazilgan eksperimental tekshirishlarda olingan maʼlumotlarga muvofiq, xondriotin sulfatini soʻrilish koʻrsatgichi 14% ni tashkil qiladi. Dimetilsulfoksid xondriotin sulfatini xujayra membranalari orqali toʻqimalarning ichiga yaxshiroq kirishiga yordam beradi. Xondroksin surtmasi teriga qoʻyilganidan keyin xondriotin sulfati boʻgʻimlarga tanlab tez kiradi va 30 minut oʻtgach maksimal konsentratsiyasiga yetishi bilan togʻay toʻqimasidan ikki bosqichda chiqariladi. Chiqarilishining tez bosqichini yakunlanishi, qoʻllanganidan keyin 1 soat oʻtgach yuz beradi. Preparatni boʻgʻimda tutib turilish vaqti 5 soatni tashkil qiladi.

 

Qoʻllanilishi

Periferik boʻgʻimlar va umurtqa pogʻonasining degenerativ-distrofik kasalliklari: osteoartroz va umurtqa pogʻonasining osteoxondrozini davolash va oldini olishda qoʻllanadi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Sirtga: Xondroksin surtmasi shikastlanish oʻchogʻi ustidagi teriga kuniga 2-3 marta qoʻyiladi va 2-3 minut davomida, to toʻliq soʻrilib ketgunicha ishqalanadi. Davolash kursi 2-3 haftadan to 2-3 oygacha. Zarurati boʻlganida davolash kursi takrorlanadi.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Allergik reaksiyalar.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

– Preparatni komponentlariga oʻta yuqori sezuvchanlik.

– Preparatni qoʻyish sohasida boʻlgan teri qoplamalarini shikastlanishi.

Ehtiyotkorlik bilanhomiladorlik, laktatsiya davri, bolalik yoshi (samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan).

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Dorilarning oʻzaro taʼsiri yoki nomutanosibligi hollari taʼriflanmagan.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Xondroksin preparatini shilliq qavatlarga tushishidan saqlanish kerak. Homiladorlik va laktatsiya davrida, bolalik yoshida preparat shifokorning maslahatisiz qoʻllanmasin

Xondroksin surtmasi sedativ samara, psixomotor buzilishlar chaqirmaydi va patsiyentning yuqori diqqatni va tezkor ruxiy va harakat reaksiyalar tezligini talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlari bilan shugʻullanish qobiliyatiga taʼsir qilmaydi.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va oʻramida koʻrsatilgan yaroqlilik muddati oʻtganidan keyin ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Xondroksin preparatining dozasini oshirib yuborilishi hollari haqida xabar berilmagan.

 

Chiqarilish shakli

Sirtga qoʻllash uchun surtma 20 g, 25 g yoki 30 g dan tubalarda.

 

Saqlash sharoiti

Yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 150 S dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retseptsiz