Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Хлорофиллипт РАСТВОР

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Хлорофиллипт РАСТВОР МАСЛЕННЫЙ 20мг/мл 20мл №1

5 800 so'mdan
(3082)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
ВИФИТЕХ
Chiqarilish shakli
Р-Р МАСЛ
Farma. Guruh
Для лечения ран, язв и ожогов
Dori tafsilotlari
Dori shakli: 
Tarkibi:
Taʼrifi: 
Farmakoterapevtik guruhi. 
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Nojoʻya taʼsirlari
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Dorixonalardan berish tartibi
Yaroqlilik muddati
Dori shakli: 

moyli eritma

 

Tarkibi:

1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: xlorofilliptning quyuq ekstrakti 100% quruq moddaga qayta hisoblanganda – 20,0 mg;

yordamchi moddalar: tozalangan rafinatlangan kungaboqar moyi.

 

Taʼrifi: 

toʻq-yashil rangli moysimon suyuqlik.

 

Farmakoterapevtik guruhi. 

Mahalliy yalligʻlanishga qarshi vosita.

 

 

Farmakologik xususiyatlari

Xlorofillipt evkalipt barglarining xlorofillari aralashmasidir. Preparat stafilokokklarga nisbatan antibakterial (bakteriostatik va bakteritsid) faollikka ega, shuningdek antiseptik va yalligʻlanishga qarshi faollikka ega.

 

 

Qoʻllanilishi

Antibiotiklarga chidamli stafilokokklar chaqirgan kasalliklarni davolash: bachadon boʻyni eroziyalari, kuyishlar, trofik yaralarda qoʻllanadi.

 

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Preparat shikastlangan joylarga tampon yordamida surtilib, maxalliy qoʻllanadi. Applikatsiyalar va davolash kursining davomiyligini shifokor shaxsiy ravishda belgilaydi.

Bachadon boʻynining eroziyalarini davolashda qin shilliq qavatining xamma burmalari va bachadon boʻynining qin qismi avval tamponlar bilan quritiladi; Xlorofillipt bachadon boʻyni kanaliga surtiladi. Preparat bilan xoʻllangan tampon bachadon boʻynida 15-20 minutga qoldiriladi. Muolajalar sutkada 1 marta 10 kun davomida oʻtkaziladi. Eroziya toʻliq epitelizatsiyalanmagan xolida davolash kursi takrorlanadi.

 

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qoʻllash mumkin emas.

 

 

Nojoʻya taʼsirlari

Preparat qoʻllanganida allergik reaksiyalar boʻlishi mumkin (shilliq qavatlarning shishi, surtilgan joyida giperemiya, qichishish, toshmalar) kuzatilishi mumkin.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Antiseptik preparatlarning taʼsirini kuchaytiradi.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Qoʻllashni boshlashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish kerak.

Tanlangan qoʻllash usulidan qatʼiy nazar xlorofilliptga sezuvchanlik aniqlanadi, buning uchun bemor preparatning 25 tomchisini 1 osh qoshiq suvda eritib, ichishi kerak. 6-8 soatdan keyin allergiya belgilari (lablar,  xalqumni shilliq qavati va boshqalar shishi)  boʻlmasa, preparatni qoʻllash mumkin.

Homiladorlik yoki emizish davrida qoʻllanishi.

Preparatni homiladorlik yoki emizish davrida qoʻllashning samaradorligi va xavfsizligi oʻrganilmagan, shuning uchun preparatni ushbu guruh bemorlarida qoʻllash mumkin emas.

Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga taʼsir qilish qobiliyati. Taʼsir qilmaydi.

Bolalar. Preparatni bolalarga qoʻllashning tajribasi yoʻq.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati oʻtganidan soʻng qoʻllanmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Nojoʻya reaksiyalari kuchayishi mumkin.

 

Chiqarilish shakli

50 ml, 100 ml  dan flakonlarda. Har bir flakon qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi bilan birga karton penalda.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 20ºS dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retseptsiz.

 

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.