Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
ХЛОРОФИЛЛИПТ СПРЕЙ

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

ХЛОРОФИЛЛИПТ СПРЕЙ 15МЛ №1

12 000 so'mdan
(1046)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Eucalypti foliorum extract
Ishlab chiqaruvchi
Фармаком
Chiqarilish shakli
СПРЕЙ
Farma. Guruh
Антисептические препараты
Dori tafsilotlari
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli: 
Tarkibi:
Taʼrifi: 
Farmakoterapevtik guruhi:
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar

Qoʻllashni boshlashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish kerak.

Preparatni qoʻllashdan oldin Xlorofilliptga sezuvchanlik aniqlanadi, buning uchun bemorning ogʻiz boʻshligʻiga preparat sinab sepiladi (konteynerning klapani 1 marta bosiladi). 6-8 soatdan keyin allergiyaning belgilari (lablar, shilliq qavatlarning shishi) kuzatilmagan holda, preparatni qoʻllash mumkin. Xlorofilliptga sezuvchanlik preparatning biron-bir dori shaklida Xlorofilliptning 0,25% spirtli eritmasini ichga qabul qilish yoʻli bilan aniqlanadi.

Homiladorlik va emizish davrida qoʻllanishi.

Homiladorlik yoki emizish davrida preparatni qoʻllashning samaradorligi va havfsizligi oʻrganilmagan, shuning uchun preparatni bu guruh patsiyentlarida qoʻllash mumkin emas.

Avtotransportni boshqarish va boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga taʼsir qilish xususiyati.

Taʼsir qilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach qoʻllanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Nojoʻya reaksiyalari kuchayishi mumkin.

 

Chiqarilish shakli

15 ml dan konteynerda, 1 konteyner qutida.

 

Saqlash sharoiti

250S dan yuqori boʻlmagan haroratda, original oʻramida saqlansin.

Toʻgʻridan-toʻgʻri quyosh nurlari taʼsiridan himoya qilinsin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retseptsiz

Dori shakli: 

sprey

 

Tarkibi:

faol modda: xlorofilliptning quyuq ekstrakti (10,76:1) (ekstragent etanol 93%) − 30 mg;

yordamchi moddalar: metilparagidroksibenzoat (Ye 218), propilparagidroksibenzoat (Ye 216), etanol (96%), glitserin, polisorbat (polisorbat-80), tozalangan suv.

 

Taʼrifi: 

och-yashil rangdan yashil rangligacha boʻlgan, oʻziga xos hidli tovlanuvchi suyuqlik.

 

Farmakoterapevtik guruhi:

 antiseptik va dezinfeksiyalovchi vositalar.

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Xlorofillipt evkaliptning barglaridan olingan xlorofillarning aralashmasi hisoblanadi. Preparat stafilokokklarga nisbatan antibakterial (bakteriostatik va bakteritsid) faollik koʻrsatadi, shuningdek antiseptik va yalligʻlanishga qarshi faollik namoyon qiladi.

Farmakokinetikasi

Tekshirilmagan.

 

Qoʻllanilishi

Antibiotikka chidamli stafilokokklar chaqirgan kasalliklar: bachadon boʻynini eroziyasi, kuyishlar, trofik yaralar, oʻtkir respirator kasalliklar (OʻRK), anginalarni davolashda qoʻllanadi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Xlorofillipt mahalliy qoʻllanadi. Yuqori nafas yoʻllari aʼzolarining yalligʻlanishlarida (angina, OʻRK) kattalarga sutkada 3-4 marta 3-4 kun davomida konteynerning klapani 2 marta bosilib tomoqqa sepiladi. Eroziya, trofik yaralar, kuyishlarni davolashda dokali salfetka Xlorofillipt bilan namlanadi va teri va shilliq qavatlarning yuzasiga 15-20 minutga qoʻyiladi. Muolaja sutkada 2 marta oʻtkaziladi. Muolajalar har kuni 10 kun davomida takrorlanadi.

Bolalar.

Preparatni bolalarda qoʻllashning tajribasi yoʻq.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Preparat qoʻllanganida allergik reaksiyalar, shu jumladan toshma, qichishish, angionevrotik shish, giperemiya kuzatilishi mumkin.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qoʻllash mumkin emas.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Antiseptik preparatlarning taʼsiri kuchaytiradi.