Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
ХЛОРГЕКСИДИН РАСТВОР

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

ХЛОРГЕКСИДИН РАСТВОР 0,05% 90МЛ №1

4 400 so'mdan
(4907)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
CHLORHEXIDINE
Ishlab chiqaruvchi
ЛЕКИНТЕРКАПС
Chiqarilish shakli
Р-Р
Farma. Guruh
Антисептические препараты
Dori tafsilotlari
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Maxsus koʻrsatmalar
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli:
Tarkibi:
Taʼrifi:
Farmakoterapevtik guruhi: 
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari

Mahalliy buyuriladi. Doza va qoʻllash usuli koʻrsatmalarga bogʻliq. Infeksiyalangan yaralarga ishlov berish uchun eritma bilan namlangan dokali salfetkalar yara yuzasiga kuniga 2 martadan qoʻyiladi.

Sekin sterilizatsiya qilish uchun jarrohlik asboblariga eritma bilan 30 minut davomida ishlov beriladi. Qovuqni eritma bilan yuvish esa (avtoklavda 30 minut davomida sterilizatsiya qilingan) kuniga 1 marta amalga oshiriladi, davolash muddati uchun 4 dan 12 gacha muolaja (bir muolaja uchun 300-400 ml eritma) qilinadi.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Terini qurishi va qichishish, dermatit boʻlishi mumkin.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Allergik kasalliklarda, dermatitda, preparatga yuqori sezuvchanlikda qoʻllash mumkin emas.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Sovun bilan, shuningdek anion guruhini saqlovchi (saponinlar, natriy laurilsulfati, natriy karboksimetilsellyuloza) detergentlar bilan nomutanosib.

Kation guruhini saqlovchi preparatlar (setrimoniy bromidi, benzalkoniy xloridi) bilan mutanosib.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach ishlatilmasin.

 

Chiqarilish shakli

40, 50, 90, 100 ml dan flakonlarda.

 

Saqlash sharoiti

Yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retseptsiz

Dori shakli:

 suvli eritma

 

Tarkibi:

faol modda: xlorgeksidin biglyukonat eritmasi 20% – 25 ml;

yordamchi modda:  tozalangan suv 1 l gacha.

 

Taʼrifi:

 rangsiz, tiniq yoki biroz tovlanuvchi hidsiz suyuqlik.

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

Antiseptik va dezinfeksiyalovchi vosita.

 

Farmakologik xususiyatlari

Preparat bakteritsid va antiseptik taʼsir koʻrsatadi. Koʻpgina grammusbat va grammanfiy bakteriyalarga, shuningdek tanosil kasallik qoʻzgʻatuvchilariga (treponemalar, gonokokklar, trixomonadalar) nisbatan faol. Candida turi zamburugʻlariga, dermatofitlarga va trixofitonlarga qarshi fungistatik faollikka ega.

 

Qoʻllanilishi

Infeksiyalangan yaralarga ishlov berish, sistitda qovuqni yuvish, jarrohlik asboblarini sekinlashgan sterilizatsiya qilish uchun va tanosil kasalliklarini (sifilis, gonoreya, trixomoniaz) oldini olishda qoʻllanadi.