Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
ГРИППОЛ ПЛЮС

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

ГРИППОЛ ПЛЮС ШПРИЦ 0,5МЛ №1

21 500 so'mdan
(3519)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
ПЕТРОВАСК ФАРМ
Chiqarilish shakli
ШПРИЦ
Farma. Guruh
Вакцина для профилактики гриппа
Dori tafsilotlari
Immunobiologik xususiyatlari
Dori shakli: 
Tarkibi
Taʼrifi:
Preparatning xarakteristikasi.
Farmakoterapevtik guruxi:
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan xolatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Tashish sharoitlari
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Immunobiologik xususiyatlari

Vaksina grippga qarshi yuqori darajali spetsifik immunitetni shakllanishini chaqiradi. Vaksinatsiyadan keyin ximoya samarasi, odatda, 8-12 kun oʻtgach yuz beradi va 12 oygacha saqlanadi, shu jumladan keksa shaxslarda ham. Vaksinatsiyadan keyin gripp viruslariga antitelalarning ximoya titri 75-95% vaksinatsiyalangan turli yoshdagi shaxslarda aniqlanadi.

Vaksina preparatiga keng doirali immunofarmakologik taʼsirga ega boʻlgan immunomodulyator Polioksidoniy® ni kiritilishi, antigenlarning immunogenligi va turgʻunligini oshishini taʼminlaydi, immunologik xotirani oshirish, antigenlarning emlash dozasini ahamiyatli pasaytirish, immun javobini muvofiqlashtirish hisobiga organizmni boshqa infeksiyalarga chidamliligini oshirish imkoniyatini beradi.

 

Dori shakli: 

mushak ichi va teri ostiga yuborish uchun suspenziya.

 

Tarkibi

1 doza (0,5 ml) quyidagilarni saqlaydi:

Faol komponentlar:

A (N1N1)* tip gripp virusi antigeni

gemagglyutinin miqdori bilan                        – 5 mkg

A(H3N2)* tip gripp virusi antigeni

gemagglyutinin miqdori bilan                        – 5 mkg

V* tip gripp virusi antigeni

gemagglyutinin miqdori bilan                       – 5 mkg

Polioksidoniy® (Azoksimer bromidi)          – 500 mkg

Yordamchi komponentlar:

Frsfat-tuzli bufer eritma                              – 0,5 ml gacha

Konservant saqlamaydi

* Gripp virusi antigenlari shtammlari – JSST ni joriy epidemik mavsumga tavsiyalariga muvofiq.

 

Taʼrifi:

 rangsiz yoki sargʻish tusli biroz tovlanuvchi suyuqlik.

 

Preparatning xarakteristikasi.

Vaksina tovuq embrionlarida yetishtirilgan, suvda eruvchan yuqorimolekulyar N-oksidlangan poli-1,4-etilenpiperazin (Polioksidoniy®, XPN: Azoksimer bromidi) immunoadʼyuvant bilan bogʻlangan, tozalangan A va V tip gripp viruslaridan ajratib olingan, protektiv antigenlardan (gemagglyutinin va neyromidinaza) iborat. Vaksinaning antigen tarkibi epidemik vaziyat va JSST tavsiyalariga muvofiq xar yili oʻzgaradi.

 

Farmakoterapevtik guruxi:

 TIBP-vaksina.

Qoʻllanilishi

6 oylikdan boshlab bolalar, oʻsmirlar va yoshni cheklovisiz kattalarda grippni spetsifik oldini olishda qoʻllanadi.

Emlash kerak boʻlgan kontingentlar. Vaksina ayniqsa quydagilarga koʻrsatilgan:

  1. Gripp bilan kasallangan xolda asoratlar paydo boʻlishini xavfi yuqori boʻlgan shaxslar:
  • 60 yoshdan kattalar, maktabgacha yoshdagi bolalar, maktab oʻquvchilari;
  • OʻRK bilan tez-tez kasallanuvchi, shu jumladan surunkali somatik kasalliklar: markaziy nerv tizimi, yurak-qon tomir va bronx-oʻpka tizimining kasalliklari va rivojlanish nuqsonlari, bronxial astma, buyraklarning surunkali kasalliklari, qandli diabet, moddalar almashinuvining kasalliklari, autoimmun kasalliklar, allergik kasalliklari (tovuq oqsillariga allergiyadan tashqari) boʻlgan; surunkali anemiya, tugʻma yoki orttirilgan immuntanqisligi, OITV-infeksiyalangan kattalar va bolalar;
  1. Kasbi boʻyicha gripp bilan kasallanishni yoki ular tomonidan boshqa shaxslarga yuqishini yuqori xavfiga ega boʻlgan shaxslar;
    • tibbiyot xodimlari, taʼlim beruvchi muassasalar, ijtimoiy xizmat koʻrsatish sohasi, transport, savdo, politsiya xodimlari, xarbiy xizmatchilar va boshqalar.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Vaksinatsiya har yili kuz-qish mavsumlarida oʻtkaziladi. Vaksinatsiya gripp bilan kasallanishni epidemik koʻtarilishini boshida oʻtkazilishi mumkin.

3 yoshdan oshgan bolalar, oʻsmirlar va kattalarga vaksina yelkaning yuqori uchdan birini tashqi yuzasiga mushak ichiga yoki teri ostiga yuboriladi (deltasimon mushakka), kichik yoshli bolalarga – sonning oldingi yon yuzasiga mushak ichiga yuboriladi.

6 oylikdan 35 oylikkacha bolalarga vaksina 0,25 ml dan ikki marta 3-4 haftalik interval bilan yuboriladi.

36 oylikdan katta bolalar va kattalarga vaksina bir marta 0,5 ml dozada yuboriladi.

Ilgari gripp bilan kasal boʻlmagan va vaksinatsiya qilinmagan bolalarga, vaksinani 3-4 haftalik interval bilan ikki marta yuborish mumkin.

Immun tanqisligi boʻlgan va immunosupressiv davolanayotgan patsiyentlarga vaksinani 0,5 ml dan ikki marta 3-4 martalik interval bilan yuborish mumkin.

Vaksinani qoʻllash oldidan xona haroratiga yetgunicha tutib turish va yaxshilab silkitish kerak. Ignadan himoya qalpoqchani olish va shprisdan, uni ignani yuqoriga qilib vertikal holatda tutib va porshenga asta-sekin bosib, havoni chiqarib yuborish kerak.

Bolalarni immunizatsiya qilish uchun, ularga 0,25 ml (1/2 doza) vaksina yuborish koʻrsatilgan, buning uchun shpris korpusida belgilangan maxsus riskagacha, yoki etiketka chetiga tushirilgan qizil rangli belgigacha porshenni bosib shpris ichidagisini yarmini yoʻqotish va qolgan 0,25 ml ni yuborish kerak.

Ampulalar va flakonlarni ochish va vaksinatsiya muolajasi aseptika va antiseptika qoidalariga qatʼiy amal qilgan holda amalga oshiriladi: ochish oldidan ampula pichoqchasi, ampula boʻyni yoki flakon tiqini 70% li etil spirti bilan xoʻllangan  paxta bilan artiladi, ampula ochiladi yoki flakonning rezinka tiqini igni bilan teshiladi, vaksina bir marta qoʻllash uchun shprisga olinadi va shprisdan xavo chiqarib yuboriladi. Spirt bilan inyeksiya joyi terisi artiladi. Ochilgan ampula yoki flakondagi preparatni saqlash mumkin emas.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Vaksina yuqori tozalangan preparat boʻlib, bolalar va kattalar tomonidan yaxshi oʻzlashtiriladi.

Tez-tez (>1/100, <1/10). Yuborilgan joyda ogʻriq, giperemiya, zichlanish va shish kabi mahalliy reaksiyalar. Umumiy reaksiyalar: lohaslik, kuchsizlik, subfibril xarorat.

Tez-tez emas (>1/1000, <1/100). Yengil tumov, tomoq ogʻrigʻi, bosh ogʻrigʻi va haroratni subfibrildan yuqori oshishi.

Koʻrsatilgan reaksiyalar odatda 1-2 sutka davomida mustaqil oʻtib ketadi.

Kam hollarda (>1/10000, <1/1000). Allergik reaksiyalar, shu jumladan darxol tipdagi.

Juda kam hollarda (<1/10000).

  • nerv tizimi tomonidan: nevralgiya, parasteziya, nevrologik buzilishlar;
  • tayanch-harakat apparati tomonidan: mialgiya.

Patsiyent shifokorga har qanday yaqqol yoki ushbu yoʻriqnomada koʻrsatilmagan nojoʻya reaksiyalar haqida xabar berish kerakligi haqida xabardor qilingan boʻlishi kerak.

 

 

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan xolatlar

Tovuq oqsili va vaksinaning boshqa komponentlariga 

  • allergik reaksiyalar
  • Ilgari yuborilgan grippoz vaksinalarga allergik reaksiyalar
  • Oʻtkir isitmali xolatlar yoki surunkali kasalliklarni zoʻrayishi (vaksinatsiya tuzalgandan keyin yoki remissiya davrida oʻtkaziladi)
  • Ogʻir boʻlmagan OʻRVK, oʻtkir ichak kasalliklarida (vaksinatsiya xarorat normallashganidan keyin oʻtkaziladi) qoʻllash mumkin emas.

Qoʻllashdagi ehtiyotkorlik choralari

Vena ichiga yuborilmasin. Vaksinatsiya oʻtkaziladigan xonalarda, shokka qarshi davolash vositalari boʻlishi shart. Vaksinatsiyalangan immunizatsiyadan keyin 30 minut davomida tibbiyot xodimining kuzatuvi ostida boʻlishi kerak.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Grippol® plyus vaksinasi profilaktik emlashlarning Milliy taqvimini faolsizlantirilgan va tirik vaksinalari (BSJ va BSJ-M dan tashqari) va epidemiologik koʻrsatmalar boʻyicha profilaktik emlashlar taqvimining faolsizlantirilgan vaksinalari (antirabikdan tashqari) bilan bir vaqtda qoʻllanishi mumkin. Bunda xar bir qoʻllanayotgan vaksinaga qarshi koʻrsatmalar hisobga olinishi kerak; preparatlarni tananing turli soxalariga turli shprislar bilan yuborish kerak.

Vaksina asosiy kasallikni bazis davolash fonida yuborilishi mumkin. Immunosupressiv davolayotgan (kortikosteroidlar, sitostatik preparatlar, radioterapiya) patsiyentlarda, vaksinatsiyaning samarasi kamroq boʻlishi mumkin.

 

Maxsus koʻrsatmalar

 

Emlash kuni vaksinatsiya qilinadiganlar xaroratni albatta oʻlchash (feldsher tomonidan) bilan shifokor tomonidan koʻrilishlari kerak. Harorat 37,0oS dan yuqori boʻlganida vaksinatsiya oʻtkazilmaydi.

Butunligi yoki markirovkasi buzilgan ampulalar, flakonlardagi, fizik xususiyatlari oʻzgargan (rangi, tiniqligi), yaroqlilik muddati oʻtgan, saqlash sharoitlari talablari buzilgan preparat qoʻllashga yaroqsiz hisoblanadi.

Vaksinani vena ichiga yuborish man qilinadi.

Homiladorlik va emizish davrida qoʻllanishi

Klinika oldi tadqiqotlar, faolsizlantirilgan polimer-subbirligi grippoz vaksina embriotoksik va teratogen taʼsirga ega emasligini koʻrsatgan

Homiladorlarni vaksinatsiya qilish haqida qaror shifokor tomonidan gripp bilan zararlanish xavfi va grippoz infeksiyaning mumkin boʻlgan asoratlarini hisobi bilan shaxsiy qabul qilinishi kerak. Vaksinatsiyani eng xavfsiz vaqti homiladorlikni ikkinchi va uchinchi uch oyliklari hisoblanadi.

Emizish vaksinatsiya uchun qarshi koʻrsatma hisoblanmaydi.

Avtomobilni haydash yoki mashina va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsiri.

Grippol® plyus avtomobilni haydash yoki mashina va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsir qilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgan qoʻllanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilish hollari qayd etilmagan.

 

Chiqarilish shakli

Mushak ichiga va teri ostiga yuborish uchun suspenziya.

0,5 ml (1 doza) dan bir marta qoʻllash uchun shprislarda yoki ampulalarda yoki rezina tiqin bilan germetik berkitilgan va alyumin qalpoqchalar bilan siqib yopilgan flakonlarda.

1, 5 yoki 10 shprislar polimer qoplamali alyumin folga yoki polimer qoplamali laminatsiya qilingan qogʻoz bilan yopilgan polivinilxlorid plyonka kontur uyali oʻramda.

1 (1 yoki 5 yoki 10 shpris saqlovchi) yoki 2 (5 shpris saqlovchi) dan kontur oʻram qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi bilan birga karton qutida.

5 ampula yoki flakondan polivinilxlorid plyonka kontur uyali oʻramda. 1 yoki 2 kontur uyali oʻramdan qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi bilan birga karton qutida.

Kontur uyali oʻramsiz 5 yoki 10 ampula yoki flakondan qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

 

Saqlash sharoiti

Yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 2oS dan 8oS gacha haroratda saqlansin.

Muzlatilmasin! Muzlatilishga duchor boʻlgan preparatni qoʻllash mumkin emas.

 

Tashish sharoitlari

Yopiq transportning hamma turlari bilan yorugʻlik oʻtkazmaydigan konteynerlarda, 2oS dan 8oS gacha haroratda, muzlatilishi istisno qilingan sharoitlarda tashiladi.

25oS gacha haroratda 6 soat davomida tashishga yoʻl qoʻyiladi.

 

Yaroqlilik muddati

1 yil.

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept boʻyicha.