Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Гриппферон КАПЛИ

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Гриппферон КАПЛИ 1000 ме/мл 10мл №1

75 000 so'mdan
(1134)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Interferonum alpha-2b
Ishlab chiqaruvchi
ФИРН М
Chiqarilish shakli
КАПЛИ
Farma. Guruh
Иммуномодуляторы
Dori tafsilotlari
Saqlash sharoiti
Berish tartibi
Dori shakli
Tarkibi
Taʼrifi
Farmakoterapevtik guruhi
Farmakologik xususiyatlari
Farmakokinetikasi
Qoʻllanilishi
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Homiladorlik va emizish davrida qoʻllanishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsiri
Boshqa dori preparatlari bilan oʻzaro taʼsiri
Chiqarilish shakli
Yaroqlilik muddati
Saqlash sharoiti

2º dan 8º gacha boʻlgan haroratda saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

 

Berish tartibi

Retseptsiz.

Dori shakli

Nazal tomchilar

 

Tarkibi

1 ml preparat quyidagilarni saqlaydi:

Taʼsir etuvchi modda: odam rekombinanti interferon alfa- 2b 10000 XB dan kam emas.

Yordamchi moddalar: 0,5 mg dinatriy edetati digidrati, 4,1 mg natriy xloridi, 11,94 mg natriy gidrofosfati dodekagidrati, 4,54 mg kaliy digidrofosfati, 10 mg povidon-8 ming, 100 mg makrogol-4000, tozalangan suv 1 ml gacha.

 

Taʼrifi

Tiniq rangsiz yoki och-sariq rangli eritma.

 

Farmakoterapevtik guruhi

Immunomodulyator vosita.

Farmakologik xususiyatlari

Preparat immunomodulyatsiya qiluvchi, yalligʻlanishga qarshi va viruslarga qarshi taʼsirga ega.

 

Farmakokinetikasi

Intranazal qoʻllanilganda, qonga yetib boradigan faol moddaning konsentratsiyasi aniqlash chegarasidan deyarli past va (interferon alfa 2b ning aniqlash chegarasi 1-2XB/ml) klinik ahamiyatga ega emas.

 

Qoʻllanilishi

Kattalar va bolalarda grippni va OʻRVI oldini olish va davolash uchun qoʻllaniladi.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Interferon preparatlari preparatning tarkibiga kiruvchi komponentlarni individual oʻzlashtiraolmaslik.

Allergik kasalliklarning ogʻir shakllarida qoʻllash mumkin emas.

 

Homiladorlik va emizish davrida qoʻllanishi

Grippferon® homiladorlikning barcha davri davomida yoshga doir dozasiga muvofiq qoʻllashga ruxsat etilgan.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Kasallikning birinchi simptomlarida Grippferon® 5 kun davomida qoʻllanadi:

  • 0 dan 1 yoshgacha har bir burun yoʻliga 1 tomchidan kuniga 5 marta (bir martalik doza 1000 XB, sutkalik doza 5000 XB)
  • 1 yoshdan 3 yoshgacha har bir burun yoʻliga 2 tomchidan kuniga 3-4 marta (bir martalik dozasi 2000 XB, sutkalik doza 6000-8000 XB)
  • 3 yoshdan 14 yoshgacha har bir burun yoʻliga 2 tomchidan kuniga 4-5 marta (bir martalik doza 2000 XB, sutkalik doza 10000 XB)
  • Kattalarga har bir burun yoʻliga 3 tomchidan kuniga 5-6 marta (bir martalik doza 3000 XB, sutkalik doza 15000-18000 XB).

OʻRVI va grippni oldini olish uchun:

  • bemor bilan aloqada boʻlganda va/yoki sovuq qotishda preparat bir martalik yoshga doir dozasida kuniga 2 marta tomiziladi. Zarurati boʻlganida oldini olish kurslari yana takrorlanadi.
  • kasallanish mavsumiy oshishida prepart yoshga doir dozasida bir marta ertalab 24-48 soat interval bilan tomiziladi.

Har bir tomizishdan keyin preparatni, burun boʻshligʻida bir tekis taqsimlanish uchun barmoqlar bilan burun qanotlarini uqalash tavsiya etiladi.

 

 

Nojoʻya taʼsiri

Allergik reaksiyalari.

 

Boshqa dori preparatlari bilan oʻzaro taʼsiri

Intranazal tomirlarni toraytiruvchi preparatlarni Grippferon® bilan birga qoʻllash mumkin emas, chunki bu burun boʻshligʻi shilliq pardasini qoʻshimcha qurishiga yordam beradi.

 

Chiqarilish shakli

Burun tomchilari 1000 XB/ml. 5 ml yoki 10 ml dan dozalovchi-tomchilagichli plastik flakonlarda. Har bir flakon qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi bilan birga karton qutilarga joylangan.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil. Ochilgan flakon 30 kundan ortiq saqlanmasin.

Oʻramida koʻrsatilgan yaroqlilik muddati oʻtgach ishlatilmasin.