Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
ГОРЛОЗИН СИРОП

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

ГОРЛОЗИН СИРОП 100мл №1

29 000 so'mdan
(2332)
Dorixonalardagi narx
Xaritada topish
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
ANFA
Chiqarilish shakli
СИРОП
Farma. Guruh
Средства для лечения заболеваний ЛОР органов
Dori tafsilotlari
TARKIBI VA CHIQARILISH SHAKLI
PREPARATNING TA’SIRI
NOJO‘YA TA’SIRI
MAXSUS KO’RSATMA
BOSHQA PREPARATLAR BILAN O‘ZARO TA’SIRI
TARKIBI VA CHIQARILISH SHAKLI

Tabiiy o‘simliklar ekstraktidan tarkib topgan, o‘ziga xos hidga ega, jigarrang tusdagi (biroz cho’kma va xira ko‘rinish bo’lishi mumkin) suyuq qiyom bo‘lib, himoyalovchi plombali 150 ml hajmdagi asl flakonlarda qadoqlangan: (1) – himoyalovchi golografik yorliqli karton o‘ramlar, (2) – me’yorlash qoshig‘i – dozator, (3) – qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.

Tarkibi:
Qizilmiya ekstrakti (Glycyrrhí́za glábra)
Kalendula ekstrakti (Caléndula officinális)
Moychechak ekstrakti (Matricāria chamomīlla)
Uzun kurkuma ekstrakti (Cúrcuma lónga)
Zanjabil ekstrakti (Zīngiber officināle)
Kubeba qalampiri ekstrakti (Piper cubeba L.)
Aloe ekstrakti (Alóe arboréscens)

Yordamchi moddalar: 100 ml.gacha tozalangan suv, shakar kukuni, 95 % li etil spirti

 
PREPARATNING TA’SIRI

⎯ Fungitsid va virostatik faollikni oshiradi;
⎯ Yallig’lanish, antiseptik va mikroblarga qarshi xususiyatga ega;
⎯ Immunitetni oshiradi;
⎯ Qizilmiya va kalendula og‘riqni yengillashtiruvchi, bo‘shashtiruvchi, yallig‘lanishni oldini oluvchi, biriktiruvchi, balg‘am ko‘chiruvchi va antiseptik xususiyatlarga ega;
⎯ Moychechak – shillik xalkum va tomoq yalliglanishini yengillashtiradi;
⎯ Uzun kurkuma – yallig‘lanishni oldini oladi, mikroblarni yo‘qotadi;
⎯ Dorivor zanjabil – yallig‘lanishni oldini oladi;
⎯ Kubeba qalampiri – yallig‘lanishni oldini oladi, balg‘am ko‘chishiga yordam beradi;
⎯ Aloe – yallig‘lanishni oldini oladi, to‘qimalar tiklanishiga yordam beradi.

 
NOJO‘YA TA’SIRI

Preparatning ba’zi tarkibiy qismlariga organizm ta’sirchanligi yuqori bo’lgan holatlarda, allergik reaksiyalar ehtimoli mavjud.

 
MAXSUS KO’RSATMA

Preparatni qabul qilishdan oldin, chayqating.

 

BOSHQA PREPARATLAR BILAN O‘ZARO TA’SIRI

Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri kuzatilmagan