Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
ГОНАДОТРОПИН ХОР

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

ГОНАДОТРОПИН ХОР ПОРОШОК ДЛЯ ИНЪЕКЦИИ 5000ЕД №5

650 000 so'mdan
(4837)
Dorixonalardagi narx
Xaritada topish
Tavsif
ГОНАДОТРОПИН ХОР ПОРОШОК ДЛЯ ИНЪЕКЦИИ 5000ЕД №5
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
Chiqarilish shakli
Farma. Guruh
Dori tafsilotlari
Dori shakli:
Tarkibi:
Taʼrifi: 
Farmakoterapevtik guruhi:
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli:

 mushak ichiga yuborish uchun eritma tayyorlash uchun liofilizat

 

Tarkibi:

1 flakon quyidagilarni saqlaydi:

faol modda:

xorionik gonadotropin                 – 500 XB         – 1000 XB;

yordamchi moddalar:

mannitol (mannit)                          – 20,0 mg         – 20,0 mg

 

Taʼrifi: 

oq yoki deyarli oq rangli liofilizatsiya qilin kukun

 

Farmakoterapevtik guruhi:

 lyuteinlovchi vosita

 

 

Farmakologik xususiyatlari

Odam xorionik gonadotropini (OXG) – homiladorlik vaqtida yoʻldosh tomonidan ishlab chiqariladigan, soʻngra buyrak orqali oʻzgarmagan shaklda chiqariladigan  gonadotrop gormondir. Preparat siydikdan ekstraksiya yoʻli bilan olinadi va tozalanadi. Ayol va erkaklarda gametalarni normal oʻsishi va yetishlishi, shuningdek jinsiy gormonlarni ishlab chiqarish uchun zarur.

Farmakodinamikasi

Gonatrop, follikulani ragʻbatlantiruvchi va lyuteinlovchi taʼsir koʻrsatadi. Lyuteinlovchi faolligi follikulani ragʻbatlantiruvchi faolligidan ustun turadi. Jinsiy aʼzolar va ikkilamchi jinsiy belgilar rivojlanishini ragʻbatlantiradi. Preparat ayollarda ovulyatsiyani chaqiradi va estrogenlar (estradiol) va progesteronni ragʻbatlantiradi. Erkaklarda – spermatogenez, testosteron va digidrotestosteron ishlab chiqarilishini ragʻbatlantiradi.

Farmakokinetikasi

Mushak ichiga yuborilganidan keyin yaxshi soʻriladi. Yarim chiqarilish davri 8 soatni tashkil etadi. Qon plazmasidagi OXG maksimal konsentratsiyasiga 4-12 soatdan keyin erishiladi. Xorionik gonadotropinning yarim chiqarilish davri 29-30 soatni tashkil etadi, har kuni mushak ichiga inyeksiya qilinganda preparatni toʻplanishi kuzatilishi mumkin. Xorionik gonadotropin buyrak orqali chiqariladi. Yuborilgan dozaning taxminan 10-20% oʻzgarmagan holda siydikda aniqlanadi, asosiy qismi β-zanjir fragmenti shaklida chiqariladi.

 

Qoʻllanilishi

Ayollarda:

tuxumdonlar disfunksiyasi (anovulyator), amenoreya;

sariq tana bosqichini tutib turish;

Erkaklarda va oʻgʻil bolalarda:

gonadotrop gipogonadizm;

gipofizning gonadotrop faoliyatini yetishmovchiligi sababli jinsiy yetilishni orqada qolishi;

anatomik obstruksiya bilan bogʻliq boʻlmagan kriptorxizm;

spermatogenez yetishmovchiligi, oligo-astenospermiya, azoospermiya;

oʻgʻil bolalarda anorxizm va kriptorxizmni differensial-diagnostik sinamasini oʻtkazishda;

uzoq muddatli ragʻbatlantiruvchi davolashni boshlashdan oldin gipogonadotrop gipogonadizmda urugʻdonlar faoliyatini baholash uchun Leydig funksional sinamasini

oʻtkazishda qoʻllanadi.

Qoʻllash usuli va dozalari

Liofilizatga erituvchi qoʻshilganidan keyin xorionik gonadotropinning tayyorlangan eritmasi asta-sekin mushak ichiga yuboriladi. Tayyorlangan eritmani saqlash mumkin emas, chunki keyinchalik saqlashda eritmaning sterilligi kafolatlanmaydi. Koʻrsatilgan dozalash taxminiy hisoblanadi, preparatni yuborishga zarur reaksiyaga bogʻliq holda davolash toʻgʻrilanishi kerak.

Ayollarda:

anovulyator siklda xorionik gonadotropin hayz siklining 10-12 kunidan boshlab,
3000 XB dan 2-3 kun interval bilan 2-3 marta yoki 1500 XB dan 6-7 marta kunora buyuriladi;

sariq tana bosqichini tutib turish uchun ovulyatsiya yoki embrionni koʻchirib oʻtkazishdan keyin 9 kun davomida (masalan, ovulyatsiya induksiyasidan keyin 3-chi, 6-chi va 9 chi kunlari) har bir 1500 XB dan 5000 XB gacha dozada ikkidan uchtagacha preparat inyeksiyalari oʻtkazilishi mumkin.

Erkaklar va oʻgʻil bolalarda:

gipogonadotrop gipogonadizmda – 1000-2000 XB preparat haftasiga 2-3 marta buyuriladi. Bepushtlik hollarida xorionik gonadotropinni qoʻshimcha follitropin (follikulani ragʻbatlantiruvchi gormon) saqlovchi preparat bilan birga qoʻllash mumkin. Davolash kursi kamida 3 oy davom etishi kerak, bunda spermatogenezni biroz yaxshilanishini kutish mumkin. Bu vaqtda testosteron bilan oʻrinbosar davolashni toʻxtatish kerak. Spermatogenezni yaxshilanishiga erishilganidan keyin uni tutib turish uchun xorionik gonadotropinni alohida qoʻllash yetarli;

gipofizning gonadotrop faoliyatini yetishmovchiligi bilan bogʻliq jinsiy yetilishni orqada qolishida – 1500 XB haftasiga 2-3 marta buyuriladi. Davolash kursi – kamida 6 oy;

anatomik obstruksiya bilan bogʻliq boʻlmagan kriptorxizmda:

3 yoshdan 6 yoshgacha – 500-1000 XB haftasiga ikki marta 6 hafta davomida;

6 yoshdan katta – 1500 XB haftasiga ikki marta 6 hafta davomida.

Zarurati boʻlganida davolash kursi takrorlanadi;

spermatogenezni yetishmovchiligi, oligoastenospermiya, azoospermiyada 500 XB menotropin (75 XB follikulani ragʻbatlantiruvchi gormon + 75 XB lyuteinlovchi gormon) bilan birga har kuni yoki 2000 XB har 5 kunda menotropin (150 XB follikulani ragʻbatlantiruvchi gormon + 150 XB lyuteinlovchi gormon) bilan birga haftasiga 3 marta 3 oy davomida buyuriladi. Daolashga reaksiya boʻlmaganida 2000 XB haftasiga 2-3 marta menotropin (150 XB follikulani ragʻbatlantiruvchi gormon + 150 XB lyuteinlovchi gormon) bilan birga haftasiga 3 marta 3-12 oy davomida buyuriladi. Spermatogenezni yaxshilanishiga erishilganida, keyingi davolash baʼzi hollarda xorionik gonadotropinning tutib turuvchi dozalari bilan amalga oshirilishi mumkin;

oʻgʻil bolalarda kriptorxizm va anorxizmni differensial tashhislash maqsadida xorionik gonadotropin 100 XB/kg dozada bir marta mushak ichiga yuboriladi, qon zardobidagi testosteronning konsentratsiyasi sinamadan oldin va preparat inyeksiyasidan 72-96 soatdan keyin aniqlanadi. Anorxizmda sinama manfiy boʻladi, bu testikulyar toʻqima yoʻqligidan dalolat beradi, krintorxizmda hatto bitta urugʻdon mavjud boʻlsa ham sinama musbat boʻladi (testostronning konsentratsiyasini 5-10 marta oshishi kuzatiladi). Agar sinama sust musbat boʻlsa gonadani qidirish kerak (qorin boʻshligʻini ultratovush tekshiruvi yoki laparoskopiya), chunki malignizatsiyani yuqori xavfi mavjud.

 

Nojoʻya taʼsirlari

 

Immun tizimi tomonidan buzilishlar: ayrim hollarda tarqalgan toshma yoki isitma paydo boʻlishi mumkin.

Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar: xorionik gonadotropinni qoʻllaganda inyeksiya joyida reaksiyalar, masalan, qon talashish, ogʻriq, qizarish, shish va qichishish paydo boʻlishi mumkin. Ayrim hollarda allergik reaksiyalar haqida xabarlar berilgan, ularning koʻpchilik qismi inyeksiya joyida ogʻriq va/yoki toshma koʻrinishida namoyon boʻlgan; kuchli toliqish.

Ayollarda:

Moddalar almashinuvi va oziqlanish tomonidan buzilishlar: shishlar.

Ruhiyatni buzilishi: taʼsirchanlik, xavotirlik, depressiya.

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar: bosh ogʻrigʻi, bosh aylanishi.

Erkaklar va oʻgʻil bolalarda:

Endokrin tizimi tomonidan buzilishlar: muddatidan avval jinsiy yetilish.

Teri va teri osti toʻqimalari tomonidan buzilishlar: husnbuzar.

Jinsiy aʼzolar va sut bezlari tomonidan buzilishlar: xorionik gonadotropin bilan davolash sporadik ravishda ginekomastiya; prostata bezi giperplaziyasi, jinsiy olatni kattalashishi, erkaklarda sut bezlari soʻrgʻichlarini yuqori sezuvchanligi, kriptorxizmda chov kanalida urugʻdonlarni kattalashishini chaqirishi mumkin.

Agar yoʻriqnomada koʻrsatilgan nojoʻya samaralar ogʻirlashsa, yoki Siz yoʻriqnomada koʻrsatilmagan har qanday boshqa nojoʻya samaralarni sezsangiz, bu haqida shifokorga xabar bering.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

OXG yoki preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik;

Hozirgi vaqtdagi yoki gumon qilinayotgan jinsiy aʼzolar va sut bezlarining gormonga bogʻliq xavfli oʻsmalari (tuxumdon raki, sut bezi raki, ayollarda bachadon raki va prostata bezi raki, erkaklarda sut bezi karsinomasi);

Markaziy nerv tizimini (MNT) organik shikastlanishlari (gipofiz, gipotalamus oʻsmalari);

Chuqur venalar tromboflebiti;

Gipotireoz;

Buyrak usti bezi yetishmovchiligi;

Giperprolaktinemiya;

3 yoshgacha boʻlgan bolalar;

Oʻgʻil bolalarda (qoʻshimcha):

muddatdan avval jinsiy yetilish;

Erkaklarda (qoʻshimcha):

gipogonadotrop gipogonadizm bilan bogʻliq boʻlmagan bepushtlik;

Ayollarda (qoʻshimcha):

homiladorlik bilan nomutanosib jinsiy aʼzolarni notoʻgʻri shakllanishi;

homiladorlik bilan nomutanosib bachadonning fibroz oʻsmasi;

tuxumdonlarning birlamchi yetishmovchiligi;

anovulyatsiya bilan bogʻliq boʻlmagan bepushtlik (masalan, bachadon naylari yoki boʻyni sababli);

nomaʼlum etiologiyali qindan qon ketishi yoki qonli ajralmalar;

homiladorlik va emizish davrida qoʻllash mumkin emas.

 

 

Ehtiyotkorlik bilan

Tromboz xavf omillari boʻlgan shaxslar (shaxsiy yoki oilaviy anamnez, ogʻir darajali semizlik (tana vazni indeksi >30 kg/m2) yoki trombofiliya).

Erkaklar va oʻgʻil bolalarda yashirin yoki yaqqol yurak yetishmovchiligi, buyrak faoliyatini buzilishi, arterial gipertenziya, tutqanoq yoki migren (yoki anamnezida bu holatlarni mavjudligi); oʻgʻil bolalarda pubertant yoshdan oldingi yoshda; bronxial astmasi boʻlgan patsiyentlarda.

Agar Sizda sanab oʻtilgan kasalliklardan biri boʻlsa, preparatni qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Xorionik gonadotropin preparatini glyukokortikosteroidlarning yuqori dozalari bilan birga qoʻllashdan saqlanish kerak.

Dori vositalari bilan boshqa oʻzaro taʼsirlari aniqlanmagan.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Gonadotropinni qoʻllash venoz yoki arterial tromboemboliya rivojlanishi xavfini oshiradi, shuning uchun xavf guruhiga kiruvchi patsiyentlarda ekstrakorporal urugʻlantirish yuzasidan davolashning afzalliklarini baholash kerak.

Shuni taʼkidlash kerakki, homiladorlikning oʻzi trombozning yuqori xavfi bilan kechadi.

Koʻp homilali homiladorlik ehtimoli ortadi. Preparat bilan davolash vaqtida va davolash toʻxtatilganidan keyin 10 kun davomida xorionik gonadotropin immunologik sinamalarni qon plazmasi va siydikdagi OXG konsentratsiyasiga taʼsir koʻrsatishi mumkin, bu homiladorlikka sinamani soxta musbat natijasiga olib kelishi mumkin.

Xorionik gonadotropin yordamida erkak jinsiga mansub patsiyentlarni davolash androgenlar ishlab chiqarilishini oshishiga olib keladi, shuning uchun xavf guruhiga kiruvchi patsiyentlar qatʼiy shifokor nazorati ostida boʻlishi kerak, chunki kasallikni zoʻrayishi yoki qaytalanishi adrogenlarni ortiqcha ishlab chiqariilishini natijasi boʻlishi mumkin.

OXG epifizlarni muddatidan oldin yopilishi yoki muddatidan oldin jinsiy yetilishga yordam beradi. Skelet rivojlanishini muntazam nazorat qilish kerak.

Erkaklarda follikulani ragʻbatlantiruvchi gormon miqdori yuqori boʻlganida preparat samarasizdir. Krintorxizmda preparatni asossiz uzoq muddat qoʻllash, ayniqsa agar jarroxlik yoʻli bilan davolash koʻrsatilgan boʻlsa, jinsiy bezlarning degeneratsiyasiga olib kelishi mumkin.

Uzoq muddatli yuborish preparatga antitelolarni hosil boʻlishiga olib kelishi mumkin.

Homiladorlik va emizish davrida qoʻllanishi

Xorionik gonadotropin preparatini homiladorlik va emizish davrida qoʻllash mumkin emas.

Transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsiri

Davolash davrida avtomobilni haydash va diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaksiyalarning tezligini talab etuvchi potensial xavfli faoliyat turlari bilan shugʻullanishdan saqlanish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach qoʻllanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Xorionik gonadotropin oʻta past toksiklik bilan xarakterlanadi.

Ayollarda dozani oshirib yuborilishi fonida tuxumdonlarni haddan tashqari ragʻbatlantirishi sindromi (THRS) paydo boʻlishi mumkin.

Ogʻirlik darajasiga bogʻliq holda (klinik-laborator simptomlar asosida) THRS ning bir necha turlari ajratiladi:

Ogʻirlik darajasi

Sipmtomlari

Yengil darajali THRS

Abdominal diskomfort.

Biroz jadallikdagi qorin ogʻrigʻi.

Tuxumdonlar oʻlchami odatda <8 sm*.

Oʻrtacha darajadagi THRS

Sut bezlarida ogʻriq. Oʻrtacha jadallikdagi qorin ogʻrigʻi. Koʻngil aynishi va/yoki qusish. Diareya. Assitni ultratovush belgilari. Tuximdonlar kistasini biroz yoki oʻrtacha kattalashishi. Tuxumdonlar oʻlchami odatda <8-12 sm*.

Ogʻir darajali THRS

Tana vaznini oshishi. Ayrim holatlarda tromboemboliya hollari. Assitni klinik belgilari (baʼzida gidrotoraks). Oliguriya. Gemokonsentratsiya, gematokrit >45%. Gipoproteinemiya. Tuxumdonlarning katta kistalari (yorilishga moyillik). Tuxumdonlar oʻlchami odatda <12 sm*.

* tuxumdonlarning oʻlchami follikulalarni punksiyasi oʻtkazilishi sababli yordamchi reproduktiv texnologiyalar (YORT) siklida THRS ogʻirlik darajasi bilan mos kelmasligi mumkin.

YORT davolash prinsipi:

Yengil daraja:

Yotoq tartibi; mineral suvni koʻp miqdorda ichish; bemor holatini kuzatish.

Oʻrtacha va ogʻir darajasi (faqat statsionar sharoitda):

Yurak-tomir tizimi (YUTT) faoliyati, nafas tizimi, jigar, buyrak, elektrolit va suv muvozanati (diurez, vazn dinamikasi, qorin aylani oʻlchamini oʻzgarishi) nazorat qilish;

Gematokrit koʻrsatkichini nazorat qilish;

Kristalloid eritmalarni vena ichiga yuborish (aylanayotgan qon xajmini (AQX) tiklash va tutib turish uchun);

Kolloid eritmalarni vena ichiga yuborish – sutkada 1,5-3 l (gemokonsentratsiya saqlanganida) va turgʻun oliguriyada;

Gemodializ (buyrak yetishmovchiligi rivojlanganida);

Kortikosteroid, antiprostaglandin, antigistamin preparatlari (kapillyarlarni oʻtkazuvchanligini kamaytirish uchun) yuborish;

Tromboemboliyada – quyimolekulyar geparinlar (fraksiparin, kleksan);

Plazmaferez – 1-2 kun interval bilan 1-4 seans (qonning reologik xususiyatlarini yaxshilash, qonning kislota-asos holatini (KAH) va gaz tarkibini normallashtirish, tuxumdonlar oʻlchamini kamaytirish);

Assitda paratsentez va qorin boʻshligʻini transvaginal punksiyasi.

Oʻrtacha va ogʻir darajali THRS rivojlanishida statsionarga yotqizish kerak.

Erkaklar va oʻgʻil bolalarda ginekomastiya rivojlanishi mumkin; oʻgʻil bolalarda jinsiy yetilishning birinchi bosqichi vaqtida kuztiladigan hatti-harakatni oʻzgarishi; jinsiy bezlar degenaratsiyasi (kriptorxizmda asoslanmagan uzoq muddatli qoʻllashda), urugʻ chiqarish kanalchalari atrofiyasi (androgenlar va estrogenlarn ishlab chiqarilishini ragʻbatlantirilishi natijasida follikulani ragʻbatlantiruvchi gormon (FRG) ishlab chiqarilishini tormozlanishi); eyakulyatda spermatozoidlar sonini kamayishi (erkaklarda preparatni xaddan ziyod qabul qilinganda) rivojlanishi mumkin.

Preparatni uzoq muddat qoʻllash nojoʻya samaralarni kuchayishiga olib kelishi mumkin.

 

Chiqarilish shakli

500 XB, 1000 XB mushak ichiga yuborish uchun eritma tayyorlash uchun liofilizat shisha nayli flakonda.

5 preparatli ampula polivinilxlorid plyonkali kontur uyali oʻramda 1 ml dan 5 ampula erituvchisi (natriy xloridi, inyeksiya uchun eritma 9 mg/ml) bilan polivinilxlorid plyonkali kontur uyali oʻramda preparatni qoʻllash boʻyicha yoʻriqnoma, skarifikator yoki ampula pichogʻi bilan karton qutida.

Oʻyiqchali, halqali va sindirish nuqtali ampulani qadoqlashda skarifikatorlar yoki ampula pichogʻi joylanmaydi.

 

Saqlash sharoiti

Yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 20oS dan yuqori boʻlmagan haroratda.

 

Yaroqlilik muddati

4 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept boʻyicha.