Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
ГЛЮКОЗА АМПУЛЫ

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

ГЛЮКОЗА АМПУЛЫ 40% 10МЛ №10

9 000 so'mdan
(1494)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
DEXTROSE
Ishlab chiqaruvchi
СЛАВЯНСКАЯ АПТЕКА
Chiqarilish shakli
АМП
Farma. Guruh
Pharm Group Name
Dori tafsilotlari
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozasi
Nojo‘ya ta‘sirlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar
Maxsus ko‘rsatmalar
Chiqarilish  shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli:
Tarkibi:
Farmakoterapevtik guruxi:
Farmakologik xususiyatlari
Qo‘llanilishi

Gipoglikemiya, infeksion kasalliklar, jigar kasalliklari (gepatit, jigar distrofiyasi va atrofiyasi), yurak funksiyasini dekompensasiyasi, o‘pka shishi, toksikoinfeksiyalar, turli intoksikasiyalar (narkotiklar, sinil kislotasi va uning tuzlari, is gazi, anilin, arsin, fosgen va boshqa moddalar bilan zaxarlanish), gemorragik diatezlarda qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozasi

Vena  ichiga tomchilab yuboriladi, 20% li eritma maksimal minutiga 40 tomchigacha, maksimal sutkalik dozasi kattalar uchun 300 ml, 40% li eritma maksimal minutiga 30 tomchigacha, kattalar uchun maksimal dozasi 250 ml ni tashkil qiladi. Shuningdek vena ichiga asta-sekin 40% li eritma 20 ml dozada 4-5 ml 5% askorbin kislotasini eritmasi bilan birga sutkasiga 1-2 marta yuboriladi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Ion muvozanati buzilishi mumkin. Kam xollarda maxalliy qo‘zg‘alish, tromboflebit.

 

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar

Giperglikemiya, qandli diabetda qo‘llash mumkin emas.

 

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Osmolyarlikni oshirish uchun preparat natriy xloridini izotonik eritmasi bilan birga qo‘llanilishi mumkin. Preparat to‘liq va tez o‘zlashtirilishi uchun, teri ostiga 4-5 TB insulin yuborilishi mumkin.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

 

 

Chiqarilish  shakli

In‘eksiya uchun 40% li eritma ampulalarda 10 mldan. 5 ampuladan polivinilxlorid plyonkadan kontur uyali o‘ramga joylanadi. Ikkita kontur o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan karton qutiga joylanadi.

 

 

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Dori shakli:

 40% in‘eksiya uchun eritma.

 

Tarkibi:

faol modda: glyukoza – 4 g;

yordamchi moddalar: natriy xloridi, in‘eksiya uchun suv  10 ml gacha.

Ta‘rifi: rangsiz yeki bir oz sarg‘ish .tiniq. shira tamda .xidsiz suyuqlik.

 

Farmakoterapevtik guruxi:

 Uglevod oziqlantirish vositalari.

Farmakologik xususiyatlari

Dezintoksikasion vosita. Preparatning 20% va 40% eritmalari to‘qimalar uchun gipertonikdir. Ular vena ichiga yuborilganida qonning osmotik bosimini oshiradi, to‘qimalardan suyukliq qonga oqishi va modda almashinuvi kuchaytiradi, yurak mushalarining qisqarish faoliyati kuchayadi, ыon tomirlar kengayadi, diurez ko‘payadi.