Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Глибенкламид ТАБЛЕТКА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Глибенкламид ТАБЛЕТКА 5мг №50

9 700 so'mdan
(4330)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
БЕЛМЕДПРЕПАРАТЫ
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Противодиабетические средства
Dori tafsilotlari
Dori shakli:
Tarkibi:
Taʼrifi:
Farmakoterapevtik guruhi: 
Farmakologik hususiyatlari
Farmakokinetikasi
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli:

 Tabletkalar

 

Tarkibi:

Faol modda: 1,75 mg, 3,5 mg yoki 5 mg glibenklamid (mikronizlangan).

Yordamchi moddalar: makkajoʻxori kraxmali, laktoza monogidrati, suvsiz kolloidli kremniy, mikrokristallik sellyuloza, magniy stearati.

 

Taʼrifi:

Oq rangli, dumaloq shaklli, bir tomoni chiziqli tabletkalar.

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

Diabetga qarshi peroral vosita.

 

 

Farmakologik hususiyatlari

Peroral gipoglikemik vosita, II avlod sulfanilmochevina hosilalari. Meʼda osti bezi beta hujayralari tomonidan insulin sekretsiyasini ragʻbatlantiradi, insulinni ajralib chiqishini kuchaytiradi. Asosan insulin sekretsiyasining ikkinchi fazasida taʼsir koʻrsatadi. Periferik toʻqimaning insulinga sezuvchanligini va uni nishon hujayralar bilan bogʻlanish darajasini oshiradi. Gipolipidemik taʼsir koʻrsatib, qonning trombogen xususiyatini kamaytiradi.

 

Farmakokinetikasi

Ichga qabul qilinganidan soʻng, preparat meʼda-ichak yoʻllaridan tez va toʻliq soʻriladi. Qon plazmasi oqsillari bilan bogʻlanishi 95% dan ortiqni tashkil qiladi. Jigarda metabolizmga uchraydi va nofaol metabolitlar hosil qiladi. Organizmdan asosan metabolitlar koʻrinishda siydik (95%) va safro bilan chiqariladi. Yarim chiqarilish davri – 10 soat atrofida.

 

 

Qoʻllanilishi

Kattalarda insulinga qaram boʻlmagan qandli diabetda (II-tipi) parxez bilan davolash samarali boʻlmaganda qoʻllanadi.

 

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Ichga, ertalab va kechqurun, ovqatdan oldin buyuriladi. Dozani kasallikning ogʻirlik darajasiga qarab, shaxsiy ravishda belgilanadi. Boshlangʻich doza – 1/2 tabl., oʻrtacha doza – sutkada 2 tabletka, maksimal – sutkada3-4 tabletkani tashkil etadi.

Uch xil dori dozasi 20 mumkin boʻlgan dozalash sxemasini qoʻllash imkonini beradi.

Xar bir bemorga adekvat dozani tanlash zarur.

Dozani tanlashni etapli ravishda qadamli interval bilan ½ tabletka oldin ertalab, keyin kechqurun. Xar bir dozani maksimal taʼsiri kuniga 3 tabletka qabul qilinganda rivojlanadi. Dozani ikki marta qabul qilish uchun 4 tabletkagacha oshirish mumkin.

Tabletkalar ovqatdan 5-10 minut oldin qabul qilinadi.

Ilk bor aniqlangan 2-chi tip qandli diabeti boʻlgan bemorlarda, glikemiyaning yuqori boʻlmagan koʻrsatkichiga ega boʻlgan, gipoglikemiyaga moyilligi bor keksa yoshdagi bemorlarga preparatni 1,75 mg dozada buyurish maqsadga muvofiqdir.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Endokrin tizimi tomonidan: komagacha olib keluvchi gipoglikemiya xolati rivojlanishi mumkin (dozalash tartibini buzilishi va noadekvat parhez uning rivojlanish ehtimolini oshirishi mumkin);

Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, qichishish, eshakemi, fotosensibilizatsiya boʻlishi mumkin;

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: koʻngil aynishi, diareya, epigastral soxasida ogʻirlik hissi, kam hollarda – jigar faoliyatini buzilishi, xolestaz;

Markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan: kam hollarda – nimfalaj, sezishni buzilishi, bosh ogʻrigʻi, charchoq, quvvatsizlik, bosh aylanishi;

Qon yaratish tizimi tomonidan: kam hollarda – qon yaratilishini pansitopeniya rivojlanguniga qadar buzilishi kuzatilishi mumkin.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Insulinga qaram (1-tip) qandli diabet, ketoatsidoz, diabet oldi komasi va koma, mikrotsirkulyatsiyani ogʻir buzilishlari, infeksion kasalliklar, jigar yoki buyrak faoliyatini yaqqol buzilishlarida, sulfonilmochevina hosilalariga va sulfanilamid preparatlariga yuqori sezuvchanlikda, jiddiy jarrohlik aralashuvlarini oʻtkazishda qoʻllash mumkin emas.

Homiladorlik va laktatsiya

Homiladorlik va emizish davrida qoʻllash tavsiya qilinmaydi.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Gipoglikemik taʼsiri beta-adrenoblokatorlar, anabolik vositalar, allopurinol simetidin, klofibrat, siklofosfamid, izobarin, MAO ingibitorlari, uzoq taʼsirga ega boʻlgan sulfanilamidlar, salitsilatlar, xloramfenikol, tetratsiklin, etanol saqlovchi preparatlar bilan bir vaqtda qoʻllaganda kuchayishi mumkin.

Gipoglikemik taʼsiri barbituratlar, xlorpromazin, fenotiazin, fenitoin, diazoksid, atsetazolamid, glyukokortikoidlar, simpatomimetik vositalar, glyukagon, indometatsin, nikotinlarni yuqori dozalari, ichga qabul qilinadigan kontratseptivlar va estrogenlar, saluretiklar, qalqonsimon bezi gormonlari, litiy tuzlari, surgi vositalarining yuqori dozalari bilan bir vaqtda qoʻllaganda giperglikemiya rivojlangunga qadar pasayishi mumkin.

Gistamin N2-retseptorlari blokatorlari, klonidin va rezerpin bilan birga qoʻllaganda preparatning qandni kamaytiruvchi taʼsiri kuchayishi va pasayishi mumkin.

Preparat bir vaqtda qoʻllanganda bilvosita antikoagulyantlarning taʼsirini kuchaytirishi va pasaytirishi mumkin.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Jigar va buyrak kasalliklari boʻlgan patsiyentlarda (shu jumladan anamnezida), hamda buyrak usti bezi, qalqonsimon bezi faoliyati buzilishlarida, isitma boʻlgan holatlarda, surunkali alkogolizmda ehtiyotkorlik bilan qoʻllaniladi.

Davolash davrida glyukozani qondagi miqdori va glyukozani siydik orqali sutkalik chiqarilishini doimo nazorat qilish kerak.

Gipoglikemiya rivojlanganida, agar patsiyent es-xushi joyida boʻlsa, glyukozani (yoki qand eritmasini) ichish tavsiya etiladi. Hushidan ketgan boʻlsa glyukozani vena ichiga yoki glyukagonni teri ostiga, mushak orasiga, yoki vena ichiga yuboriladi. Hushiga kelganda qayta gipoglikemiya rivojlanmasligi uchun, bemorga uglevodlarga boy ovqatni berish lozim.

Gliklamidni qabul qiladigan bemorlar alkogol qabul qilishdan saqlanishlari kerak. Alkogol qabul qilish hollari boʻlganda disulfiram reaksiyalari, hamda kuchli gipoglikemiya rivojlanishi mumkin.

Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash va yaroqlilik muddati oʻtgach ishlatmaslik lozim.

 

Chiqarilish shakli

«Gliklamid® 1,75», tabletkalar 1,75 mg dan, №25, №50 va №100.

«Gliklamid® 3,5», tabletkalar 3,5 mg dan, №25, №50 va №100.

«Gliklamid® 5», tabletkalar 5 mg dan, №50 va №100.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

4 yil.

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept boʻyicha.