Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Глиатилин АМПУЛЫ

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Глиатилин АМПУЛЫ 1000мг/3мл №3

183 000 so'mdan
(1700)
Dorixonalardagi narx
Xaritada topish
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Choline alfoscerate
Ishlab chiqaruvchi
ИТАЛФАРМАКО
Chiqarilish shakli
АМП
Farma. Guruh
Ноотропные препараты
Dori tafsilotlari
DOZALARI VA QO‘LLASH USULI.
DORI VOSITALARI BILAN O‘ZARO TA‘SIRI.
CHIQARILISH SHAKLI.
YAROQLILIK MUDDATI VA SAQLASH SHAROITI.
DORIXONALARDAN BERISH TARTIBI.
HOMILADORLIK VA LAKTASIYA.
NOJO‘YA TA‘SIRLARI.
MEXANIZMLARNI BOSHQARISH QOBILIYATIGA TA‘SIRI.
Dori shakli:
Farmakoterapevtik guruhi:
Tarkibi:
FARMAKOLOGIK TA‘SIRI.
QO‘LLANILISHI
QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR.
DOZALARI VA QO‘LLASH USULI.

O‘tkir xolatlarda GLIATILIN mushak ichiga yoki vena ichiga (tomchilab) sutkada 1 gr dan (1 ampula) 3 gr gacha qo‘llaniladi. Vena ichiga yuborilganda bir ampula (4 ml) 50 ml fiziologik eritmada eritilib tomchilab yuboriladi, minutiga 60-80 tomchi. Davolash davomiyligi odatda 10 kun, ammo zarur bo‘lganda davolash kursini ijobiy natijaga erishilguncha davom ettirish mumkin keyinchalik kapsula qabul qilishga o‘tkaziladi

 

Surunkali serebrovaskulyar yetishmovchilik va demensiya sindromlarida GLIATILIN 400 mg (1 kapsula) dan sutkada 2-3 marta buyuriladi, yaxshisi ovqatdan oldin.

Davolash davomiyligi 3-6 oyni tashkil qiladi.

 

DORI VOSITALARI BILAN O‘ZARO TA‘SIRI.

Boshqa preparatlar bilan o‘zaro ta‘siri aniqlanmagan.

 

CHIQARILISH SHAKLI.

GLIATILIN in‘eksiya uchun eritma: o‘ram plastik konteynerda 4 ml dan 3 ampulani (preparatning 1000 mg ampulada) va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomani saqlaydi.

GLIATILIN kapsulalari: o‘ram PVX/alyumin blisterlarda 14 kapsula va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma saqlaydi.

 

YAROQLILIK MUDDATI VA SAQLASH SHAROITI.

Ampulalar – 5 yil. Kapsulalar – 3 yil.

+250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!

DORIXONALARDAN BERISH TARTIBI.

Shifokor resepti bo‘yicha.

HOMILADORLIK VA LAKTASIYA.

Preparatni homiladorlik va emizish davrida qo‘llash mumkin emas.

 

NOJO‘YA TA‘SIRLARI.

Odatda preparat hatto uzoq vaqt qo‘llanganida ham yaxshi o‘zlashtiriladi. Kam hollarda ko‘ngil aynishi (asosan dopaminergik faollashuv oqibati sifatida) paydo bo‘lishi mumkin, bunday hollarda preparatning dozasi kamaytiriladi.

 

MEXANIZMLARNI BOSHQARISH QOBILIYATIGA TA‘SIRI.

Avtomobilni yoki boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sir ko‘rsatmaydi.

 

Dori shakli:

kapsulalar, in‘eksiya uchun eritma

 

Farmakoterapevtik guruhi:

nootrop vosita.

Tarkibi:

In‘eksiya uchun eritmaning bir ampulasi (4 ml) quyidagilarni saqlaydi: faol ingredienti: xolin alfosserati – 1000 mg; nofaol ingredientlari: in‘eksiya uchun suv q.s. 4 ml gacha. Bir yumshoq jelatin kapsula quyidagilarni saqlaydi: faol ingredienti: xolin alfosterati – 400 mg; nofaol ingredientlari: tozalangan suv, gliserin, kapsula qobig‘ining tarkibi: jelatin, ezitol, sorbitan, natriy etil-r-gidroksibenzoati, natriy r-gidroksibenzoati, titan dioksidi (Ye 171), temir (III) metagidroksidi (Ye 172).

 

FARMAKOLOGIK TA‘SIRI.

GLIATILIN asosan MNT ga ta‘sirga ega xolinomimetiklar guruhiga mansub yangi birikmadir. Preparatning tarkibiga 40,5% metabolik jihatdan himoyalangan xolin kiradi. Metabolik himoya bosh miyada xolinni ajralib chiqishini ta‘minlaydi. Tadqiqotlarning natijalari GLIATILIN xotira faoliyati va ta‘lim olish qobiliyatiga, shuningdek yomonlashuvi bosh miyaning involyusion patologiyasini rivojlanishi oqibitida chaqirilgan emosional holat va xulq ko‘rsatkichlariga ancha ijobiy ta‘sir qilishni ko‘rsatadi.

Ta‘sir mexanizmi organizmga tushganida xolin alfosserati fermentlar ta‘sirida xolin va glikerofosfatga parchalanishiga asoslangan; xolin nerv qo‘zg‘alishining asosiy mediatorlaridan biri bo‘lgan – asetilxolinni (AX) biosintezida ishtirok etadi; gliserofosfat neyronlar membranasining fosfolipidlarini (fosfatidilxolinni) o‘tmishdoshi hisoblanadi. Shunday qilib, GLIATILIN xolinergik neyronlarda nerv impulslarining o‘tishini yaxshilaydi; neyronal membranalarning plastikligi va mediatorlarning faoliyatiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi.

GLIATILIN serebral qon oqimini yaxshilaydi, bosh miyada metabolik jarayonlarni kuchaytiradi, bosh miyaning retikulyar formasiyasining tuzilmalarini faollashtiradi va bosh miyaning jarohat shikastlanishida es-xushni tiklaydi.

Farmakokinetikasi. Ichga qabul qilinganida yuborilgan dozaning o‘rtacha 88% ga yaqini so‘riladi. Birikmaning chiqarilishi, asosan o‘pka orqali, uglerod (IV) oksidi (CO2) ko‘rinishida ro‘y beradi. Preparatning taxminan 15% buyraklar va ichak orqali chiqariladi.

Farmakodinamikasi. Eksperimental tadqiqotlar, GLIATILINni neyrotransmissiyaning fiziologik sharoitlarida asetilxolinni dozaga bog‘liq ravishda ajralib chiqishini rag‘batlantirishini ko‘rsatdi.

GLIATILIN bir tomondan xolinning donori bo‘lib, asetilxolinning sintezini oshiradi, bu o‘z navbatida neyrotransmissiyaga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi, boshqa tomondan fosfatidilxolinning (membrana fosfolipidi) sintezida ishtirok etadigan gliserofosfatning donori hisoblanadi, natijada membranalarning egiluvchanligi va reseptorlarning faoliyati yaxshilanadi, bu sinaptik o‘tkazuvchanlikka ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi.

 

QO‘LLANILISHI

– bosh-miyaning og‘ir jarohatini asosan miya ustuni darajasidagi shikastlanishining o‘tkir davrida (ongni buzilishi, komatoz holat, o‘chog‘li yarim shar simptomatikasi, miya ustunining shikastlanish simptomlari);

-ishemik tipdagi bosh miyada qon aylanishi buzilishi (o‘tkir va tiklanish davrida) va gemorragik tipdagi qon aylanishini buzilishi (tiklanish davrida)

– miyaning degenerativ va involyusion psixoorganik sindromlari va keksa yoshdagi shaxslarda xotirani buzilishi, es-xushni chalkashishi, dezorientasiya; motivasiya va tashabbuskorlikni kamayishi, diqqatning jamlanishini susayishi bilan xarakterlanadigan fikrlash faoliyatining birlamchi va ikkilamchi buzilishlari kabi serebrovaskulyar yetishmovchilik oqibatlari;

– emosional va xulq doirasidagi o‘zgarishlar: emosional beqarorlik, ta‘sirchanlik, qiziqishni pasayishi;

– qarilik soxtamelanxoliyasi

– multiinfarkt demensiya.

–turli sabablar natijasida kelib chikkan demensiya (Alsgeymer  tipidagi demensiya, qarilik demensiyasi, aralash turlari) Alsgeymer kasalligi, Gentington xoreyasi.

– kognitiv funksiyalarni buzilishi (fikrlash funksiyalarini buzilishi, xotira va  diqqatni jamlash) xar xil sabablarga ko‘ra bosh miyada qon aylanish buzilishi natijasida aqlzaiflikni yengil yeki og‘ir darajalari mavjud bo‘lgan bemorlarda: bosh miyada qon tomirlari aterosklerozi, dissirkulyator ensefalopatiya, arterial gipertoniyada qo‘llanadi.

 

 

QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR.

Preparatga aniqlangan yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.