Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
ГИОКСИЗОН МАЗЬ

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

ГИОКСИЗОН МАЗЬ 10Г №1

12 500 so'mdan
(1339)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
OXYTETRACYCLINE,HYDROCORTIZONE
Ishlab chiqaruvchi
РОССИЯ
Chiqarilish shakli
МАЗЬ
Farma. Guruh
Pharm Group Name
Dori tafsilotlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Qo‘llash usuli va dozalari
Nojo‘ya ta‘siri
Dozani oshirib yuborilishi
Maxsus ko‘rsatmalar
Yaroqlilik muddati
Dori shakli
Farmakologik xususiyatlari
Qo‘llanilishi
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

O‘ta yuqori sezuvchanlik, teri tuberkulyozi, teri o‘smasi, rak oldi holatlar, mikoz, terini virusli kasalliklari (gerpes, suvchechak); homiladorlik, laktasiya davri (shikastlanishning katta o‘choqlarida qo‘llanganida) qo‘llash mumkin emas.

Qo‘llash usuli va dozalari

Mahalliy, sirtga buyuriladi.

0,5-1 g miqdordagi surtma terini shikastlangan joylariga yupqa qavat qilib kuniga 1-3 marta qo‘yiladi yoki steril doka bog‘lov ostiga qo‘yiladi.

Davolash davomiyligi shaxsiy ravishda belgilanadi.

Nojo‘ya ta‘siri

Kam hollarda – allergik reaksiyalar, terini qo‘zg‘alishi, qichishish, toshma kuzatilishi mumkin. Uzoq muddat qo‘llanganida va/yoki katta yuzalarga qo‘yilganida – glyukokortikoidlarning tizimli nojo‘ya samaralari bo‘lishi mumkin. Yuz terisida qo‘llanganida – teleangioektaziyalar, og‘iz sohasida teri osti kletchatkasini atrofiyasi kuzatilishi mumkin.

Dozani oshirib yuborilishi

Gioksizon surtma preparatining dozasini oshirib yuborilishi hollari haqida xabar berilmagan.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Glyukokortikosteroidlar (GKS) bilan davolanish vaqtida chechakka qarshi vaksinasiyani o‘tkazish va immunizasiyani boshqa turlarini rejalashtirish mumkin emas (GKS ni immunodepressiv samarasi tufayli). Bolalarda preparatni katta yuzalarga va okklyuzion bog‘lovlar ostiga qo‘yishdan saqlanish kerak. Preparatni yuz terisiga qo‘llashni zarurati bo‘lganida, yuqori so‘rilishi va nojo‘ya ta‘sirlarini paydo bo‘lishi mumkinligi tufayli, davolash qisqa bo‘lishi kerak.

Yaroqlilik muddati

3 yil. Yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng preparat ishlatilmasin.

Dori shakli

sirtga va mahalliy qo‘llash uchun surtma

Farmakologik xususiyatlari

Majmuaviy preparat, komponentlarining yig‘indi ta‘siri natijasida, ayniqsa allergik kelib chiqishga ega bo‘lgan, bakterial infeksiyalar bilan asoratlangan terini yallig‘lanish reaksiyalarini rivojlanishini susaytiradi. Oksitetrasiklin –  tetrasiklinlar guruhi antibiotigidir, bakteriostatik ta‘sir ko‘rsatadi. Grammusbat va grammanfiy bakteriyalar, Richettsia spp., Treponema spp., Chlamidia spp., Mycolplasma spp. larga nisbatan faol. Gidrokortizon – glyukokortikosteroid, yallig‘lanishga qarshi, allergiyaga qarshi, antiekssudativ va qichishishga qarshi samara ko‘rsatadi. Fagositozni tormozlaydi; fosfolipaza A2 faolligini susaytirishi va xujayra qobig‘i fosfolipidlaridan araxidon kislotasini ajralib chiqishini kamaytirish yo‘li bilan, leykotrienlar va prostaglandinlar sintezini kamaytiradi. Yallig‘lanish jarayonini chaqiruvchi interleykinlar va boshqa sitokinlarning ozod bo‘lishini susaytiradi; gistaminni ozod bo‘lishini va mahalliy allergik reaksiyalar paydo bo‘lishini tormozlaydi. Oqsillar sintezini va terida kollagen yig‘ilishini pasaytiradi, biriktiruvchi to‘qimani rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi, proliferativ jarayonlarni susaytiradi.

 

Qo‘llanilishi

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni dermatiti (pufakchali va eksfoliativ), infeksiyalangan qazg‘oqlanish, follikulitlar, furunkulyoz, karbunkul, impetigo, saramasli yallig‘lanish, infeksiyalangan ekzemalar va jarohatlar, eroziyalar; yangi tug‘ilgan chaqaloqlardagi eshakemi; oddiy va allergik dermatit, seboreya; «quyoshli» eritematoz toshmasi, ko‘p shaklli ekssudativ eritema; hashoratlarni chaqishi; tashqi eshituv yo‘lini allergik va yiringli kasalliklari; boldirni varikoz yaralari, kuyishlar, sovuq urishida qo‘llanadi.