Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
ГИДРОКОРТИЗОНА АЦЕТАТ

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

ГИДРОКОРТИЗОНА АЦЕТАТ АМПУЛЫ 2,5% 2МЛ №10

25 900 so'mdan
(1791)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
HYDROCORTISONE
Ishlab chiqaruvchi
МЕРРИМЕД
Chiqarilish shakli
АМП
Farma. Guruh
Pharm Group Name
Dori tafsilotlari
Dori shakli:
Tarkibi:
Taʼrifi: 
Farmakoterapevtik guruhi: 
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli:

 inyeksiya uchun suspenziya.

 

Tarkibi:

1 ml suspenziya quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 25 mg gidrokortizon atsetati;

yordamchi moddalar: propilenglikol, benzil spirti, sorbit (Ye 420), povidon, natriy xloridi, inyeksiya uchun suv.

 

Taʼrifi: 

oq yoki sargʻish tusli oq rangli, turganida choʻkma hosil qiluvchi suspenziya.

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

Tizimli qoʻllash uchun kortikosteroidlarning oddiy preparatlari. Gidrokortizon.

 

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Gidrokortizon atsetati kelib chiqishi tabiiy glyukokortikosteroidlar guruhiga kiradi. Shokka qarshi, antitoksik, immunosupressiv, antiekssudativ, qichishishga qarshi, yalligʻlanishga qarshi, desensibilizatsiya qiluvchi, antiallergik taʼsir koʻrsatadi. Oʻta yuqori sezuvchanlik reaksiyalarni, yalligʻlanish oʻchogʻida proliferativ va ekssudativ jarayonlarni tormozlaydi. Gidrokortizon atsetatining taʼsiri hujayra ichidagi maxsus retseptorlar orqali amalga oshiriladi. Yalligʻlanishga qarshi taʼsiri yalligʻlanishning barcha bosqichlarini: hujayra va subhujayra membranalarini barqarorlashtirishi, lizosomalardan proteolitik fermentlarni ajralib chiqishini pasaytirishi, superoksid anion va boshqa erkin radikallarning hosil boʻlishini tormozlashdan iborat. Gidroksikortizon yalligʻlanish mediatorlarini, shu jumladan interleykin-1 (IL-1), gistamin, serotonin, bradikinin va boshqalarni ajralib chiqishini tormozlaydi, fosfolipidlardan araxidon kislotani ajralib chiqishini va prostaglandinlar, leykotriyenlar, tromboksanning sintezini kamaytiradi. Hujayralarning yalligʻlanish infiltratlarini kamaytiradi, yalligʻlanish oʻchogʻida leykotsitlar va limfotsitlarning migratsiyasini pasaytiradi. Yalligʻlanish jarayonida biriktiruvchi toʻqimaning reaksiyalarini tormozlaydi va chandiq toʻqima hosil boʻlishi jadalligini pasaytiradi. Gialuron kislotasini ishlab chiqaradigan semiz xujayralarning miqdorini kamaytiradi, gialuronidazaning faolligini susaytiradi, kapillyarlarning oʻtkazuvchanligini kamayishiga yordam beradi. Kollagenaza ishlab chiqarilishini tormozlaydi va proteazalar ingibitorlarining sintezini faollashtiradi. Mushak toʻqimasida oqsillarning katabolizmini kuchaytiradi va sintezini pasaytiradi. Steroid retseptorlarini ragʻbatlantirib, oqsillarning alohida sinfi – shishga qarshi taʼsirga ega lipokortinlarning hosil boʻlishini induksiya qiladi. Jigarda glikogenning darajasini oshirib va giperglikemiya rivojlanishini chaqirib kontrinsulyar taʼsir koʻrsatadi. Organizmda natriy va suyuqlikni tutib qolib, aylanayotgan qonning hajmini va arterial bosimni oshiradi (shokka qarshi taʼsiri). Kaliyni chiqarilishini ragʻbatlantiradi, meʼda-ichak yoʻllaridan kalsiyni soʻrilishini pasaytiradi, suyak toʻqimasining minerallanishini pasaytiradi.

Boshqa glyukokortikoidlar kabi gidrokortizon qonda T-limfotsitlarning miqdorini pasaytiradi va shu bilan V-limfotsitlarga T-xellerlarning taʼsirini kamaytiradi, immun komplekslar hosil boʻlishini tormozlab, allergik reaksiyalarning koʻrinishlarini kamaytiradi.

Farmakokinetikasi

Mahalliy qoʻllanadigan gidrokortizon soʻrilishi va tizimli taʼsir koʻrsatishi mumkin. Yuborilgan joydan nisbatan sekin soʻriladi. Preparatning 90% gachasi qon oqsillari bilan (transkortin bilan – 80%, albumin bilan – 10%) bogʻlanadi, taxminan 10% erkin fraksiyani tashkil qiladi. Metabolizmi jigarda amalga oshadi. Sintetik hosilalardan farqli ravishda preparatning ahamiyatsiz miqdori yoʻldosh orqali oʻtadi (67% gachasi yoʻldoshning oʻzida nofaol metabolitlarigacha parchalanadi). Gidrokortizonning metabolitlari asosan buyraklar orqali chiqariladi.

 

Qoʻllanilishi
  • Osteoartrit;
  • turli monoartrozlar (tizza, tirsak, chanoq-son boʻgʻimlari);
  • revmatoid artrit va kelib chiqishi boshqa artritlar (tuberkulyoz va gonoreya artritlaridan tashqari);
  • yelka kurak periartriti;
  • bursit;
  • epikondilit;
  • tendovaginit;
  • ankilozlangan boʻgʻimlardagi operatsiyalardan oldin;
  • tizimli kortikosteroid davolashga mahalliy qoʻshimcha sifatida qoʻllaniladi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Qoʻllashdan oldin ampula ichidagisi gomogen suspenziya hosil boʻlgunicha chayqatiladi.

Kattalar va 14 yoshdan oshgan bolalarga: boʻgʻimning oʻlchami va kasallikning ogʻirligiga qarab bir martalik doza – 5-50 mg gidrokortizon boʻgʻim ichiga va periartikulyar yuboriladi.

Kattalarga 24 soat davomida koʻpi bilan uchta boʻgʻimga inyeksiya qilish mumkin.

Bolalarga: boʻgʻimning oʻlchami va kasallikning ogʻirligiga qarab gidrokortizonning bir martalik dozasi – 5-30 mg boʻgʻim ichiga va periartikulyar yuboriladi.

Preparat boʻgʻim ichiga yuborilganida davolash samarasi 6-24 soat davomida yuz beradi va bir necha sutkadan bir necha haftagacha saqlanib turadi. 3 haftadan keyin preparatni takroran yuborish mumkin.

Preparatni bevosita payga yuborish mumkin emas, shuning uchun tendinitda preparatni pay qiniga yuborish lozim.

Preparatni tizimli kortikosteroid davolash uchun qoʻllash mumkin emas.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Steroid preparat boʻgʻim ichiga qoʻllanganida nojoʻya koʻrinishlardan biri inyeksiya qilingan joyda shish va ogʻriq boʻlishi mumkin. Odatda bu koʻrinish preparat yuborilganidan keyin bir necha soat oʻtgach mustaqil oʻtib ketadi.

Gidrokortizon atsetati suspenziyasi uzoq muddat va nazoratsiz qoʻllanganida barcha kortikosteroidlar uchun tipik hisoblangan nojoʻya reaksiyalar kuzatilishi mumkin (tizimli taʼsiri).

Suv-elektrolit muvozanatini buzilishlari: organizmda natriy va suyuqlikni tutilishi; gipokaliyemiya, gipokaliyemik alkaloz; yurak yetishmovchiligi, arterial gipertenziya.

Suyak-mushak tizimi tomonidan: aseptik nekroz; steroid miopatiya; osteoporoz; bolalarda oʻsishni kechikishi.

Ovqat hazm qilish yoʻllari tomonidan: perforatsiya va qon ketishi bilan kechuvchi peptik yara; meʼdadan qon ketishi; pankreatit; ezofagit; ishtahani oshishi, koʻngil aynishi, qusish.

Dermatologik buzilishlar: girsutizm; gipopigmentatsiya; jarohatlarni sekin bitishi; teri atrofiyasi, striyalar; xusnbuzar; qichishish; follikulit; taʼsirlanish; quruqlik; terini yupqalashishi va yuqori sezuvchanlik; teri kapillyarlarini kengayishi.

Metabolik buzilishlar: manfiy azot muvozanati.

Nevrologik buzilishlar: koʻruv nervi diskining shishi bilan birga (dimlangan disk simptomi) kechuvchi bosh miya ichki bosimini oshishi; ruhiy buzilishlar, tirishishlar, bosh aylanishi, bosh ogʻrigʻi, uyqusizlik, qoʻzgʻaluvchanlik, eyforiya, depressiya.

Endokrin buzilishlar: ayniqsa uzoq muddat yoki yuqori dozalarda qoʻllanganida buyrak usti bezlari funksiyasini susayishi, Isengo-Kushing sindromi, uglevodlarga tolerantlikni pasayishi va insulin yoki peroral gipoglikemik preparatlarga boʻlgan talabni oshishi; bolalarda jinsiy rivojlanishni kechikishi, hayz siklini buzilishi.

Oftalmologik buzilishlar: koʻzning ichki bosimini oshishi, glaukoma; ekzoftalm; shox pardaning yarasi; bolalarda kataraktaning rivojlanishi ehtimolini oshishi.

Boshqalar: opportunistik infeksiyalar, yashirin tuberkulyozni zoʻrayishi, leykotsitoz, oʻta yuqori sezuvchanlik, tromboemboliya, oʻzini yomon his qilish; alohida hollarda allergik reaksiyalar boʻlishi mumkin.

Bekor qilish sindromi: tana haroratini oshishi, mialgiya, artralgiya, buyrak usti bezlarining poʻstloq qismi funksiyasini susayishi.

Keksalarda kortikosteroidlarning nojoʻya koʻrinishlari jadalroq namoyon boʻlishi mumkin.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik; boʻgʻim ichki infeksiyasi; infeksion kasalliklar va antibakterial davolashsiz sepsis; Isenko-Kushing sindromi; axillov payini davolash; vaksinatsiya davri; meʼda va oʻn ikki barmoq ichakning peptik yarasi; osteoporoz; tromboemboliyaga moyillik; buyrak yetishmovchiligi; ogʻir kechuvchi arterial gipertenziya; oddiy gerpes; suvchechak; faol tuberkulyoz; sifilisda qoʻllash mumkin emas.

 

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Addison kasalligi boʻlgan bemorlarni davolashda barbituratlar bilan qoʻshishdan saqlanish kerak (krizga olib kelishi mumkin).

Quyidagilar bilan bir vaqtda buyurilganida ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim:

  • barbituratlar, fenilbutazon, fenitoin va rifampitsin bilan (kortikosteroidning samarasi pasayishi mumkin;
  • peroral diabetga qarshi vositalar bilan (kortikosteroidlarning giperglikemik samarasini hisobga olib, ularning dozalarini oʻzgartirishi kerak);
  • antikoagulyantlar bilan (antikoagulyant samara kuchayadi yoki susayadi);
  • salitsilatlar bilan (plazmada salitsilatlarning darajasini kamayishi, meʼda-ichakdan yashirin qon ketishi yoki yaralar paydo boʻlishi mumkin);
  • amfoteritsin, diuretiklar, teofillin, yurak glikozidlari bilan (gipokaliyemiyani rivojlanishi xavfi oshadi);
  • peroral kontratseptivlar bilan (qonda kortikosteroidlarning konsentratsiyasi oshadi);
  • antigipertenziv vositalar bilan (kortikosteroidlar antigipertenziv vositalarning samaradorligini pasaytiradilar);
  • mifepriston bilan (kortikosteroidlarning samaradorligi pasayadi).

Nomutanosibligi. Bir idishda preparatni boshqa dori vositalar bilan aralashtirish mumkin emas.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Boʻgʻim ichiga yuborilgan kortikosteroid yalligʻlanish jarayonlarining yangilanishi ehtimolini oshirishi mumkin. Preparat boʻgʻimning bakterial zararlanishini qoʻzgʻatishi mumkin, shuning uchun Gidrokortizon atsetatini faqat aseptik sharoitlarda yuborish mumkin.

Gidrokortizon bilan davolash vaqtida nevrologik asoratlarning rivojlanishini va antitelalarning hosil boʻlishini bostirilishini yuqori xavfi tufayli, vaksinatsiya oʻtkazish mumkin emas.

Kortikosteroidlar bilan davolash vaqtida organizmning qarshiligi va infeksiyani lokalizatsiyalashga qobiliyati pasayishi mumkin.

Kortikosteroidlarni umumiy qabul qilingan va yuqori dozalarda yuborish arterial bosimni oshirishi, organizmda natriy va suyuqlikni tutilishini kuchaytirishi va organizmdan kaliyning chiqarilishini ragʻbatlantirishi mumkin. Barcha kortikosteroidlar organizmdan kalsiyning chiqarilishini kuchaytiradi.

Yashirin tuberkulyozda preparatni faqat tuberkulostatiklar bilan birga qoʻllash mumkin.

Yuqumli kasalliklarda ehtiyotkorlik bilan va faqat maxsus antibakterial davolash bilan birga qoʻllanadi.

Gidrokortizon atsetati bilan davolanganda peroral diabetga qarshi vositalar va antikoagulyantlarning dozalariga tuzatish kiritish.

Diuretiklar bilan bir vaqtda qoʻllanganida organizmda elektrolit almashinuvini nazorat qilish lozim.

Uzoq muddat qoʻllanganida gipokaliyemiyani oldini olish uchun kaliy preparatlarini qoʻshimcha buyurish lozim.

Bolalar va oʻsmirlarda oʻsishni kechikishini ehtimoli tufayli, preparat minimal samarali dozada kamroq vaqt davomida qoʻllanishi lozim.

Davolash vaqtida arterial bosimni muntazam oʻlchash va siydik va ahlat tahlilini oʻtkazish lozim. Davolashni preparatning dozasini asta-sekin pasaytirib va AKTG (teri sinamasi) qoʻllashning zarurati haqidagi masalani hal qilib toʻxtatish kerak.

Salitsilatlar bilan birga qoʻllanganida, agar kortikosteroidning dozasi kamaytirilsa, bir vaqtda salitsilatning dozasini kamaytirish lozim.

Anamnezida psixoz, qandli diabet (shu jumladan oilaviy anamnezida) arterial gipertenziya, glaukoma, steroid miopatiya, tutqanoq, tuberkulyozi boʻlgan bemorlarga preparatni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.

Preparatning tarkibida sorbit kabi yordamchi modda boʻlganligi uchun fruktozani kam uchraydigan nasliy oʻzlashtiraolmasligi boʻlgan bemorlar bu preparatni qabul qilishlari mumkin emas. U shuningdek ahamiyatsiz darajada surgi samaraga ega boʻlishi mumkin.

Homiladorlik yoki emizish davrida qoʻllanishi.

Homiladorlikning I uch oyligida preparatni buyurish mumkin emas. Homiladorlikning II va III uch oyliklarida preparatni faqat shifokorning fikri boʻyicha, ona uchun qoʻllashdan foyda homila uchun salbiy oqibatlarning mumkin boʻlgan xavfidan yuqori boʻlgan hollarda qoʻllash mumkin. Kortikosteroidlar koʻkrak sutiga chiqariladi, shuning uchun davolash vaqtida emizishni toʻxtatish kerak.

Bolalar.

Oʻsish davrida bolalarni davolash uchun preparat faqat mutloq koʻrsatmalar boʻyicha qoʻllanadi. Preparat benzil spirti saqlaydi, shuning uchun uni ikki yoshgacha boʻlgan bolalarda qoʻllash tavsiya etilmaydi.

Avtotransportni boshqarishda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga taʼsir qilish qobiliyati.

Preparatni qoʻllash avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga taʼsir qilishini tasdiqlovchi maʼlumotlar yoʻq. Agar preparat bilan davolash vaqtida bosh aylanishi, tirishishlar va hokazolar kuzatilgan hollarda, transport vositalarini boshqarish va diqqatni jamlashni talab qiluvchi ishlarni bajarishdan saqlanish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Gidrokortizon atsetatining dozasi oshirib yuborilganida xarakterli klinik sindromi mavjud emas.

Doza oshirib yuborilganida ham mahalliy, ham tizimli nojoʻya reaksiyalarni kuchayishi kuzatilishi mumkin.

Davolash: simptomatik. Maxsus antidoti yoʻq. Doza ahamiyatli oshirib yuborilganida dializni qoʻllash mumkin.

 

Chiqarilish shakli

2 ml dan ampulalarda; 10 ampuladan qutida.

 

Saqlash sharoiti

Original oʻramda, 20S dan 80S gacha haroratda saqlansin.

Muzlashiga yoʻl qoʻyilmasin.

 

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept boʻyicha.