Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Гепа-Л КОНЦЕНТРАЦИЯ

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Гепа-Л КОНЦЕНТРАЦИЯ ДЛЯ ИНФУЗИИ 5г/10мл №5

132 000 so'mdan
(2463)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
L-ornithine L-aspartate
Ishlab chiqaruvchi
AVANTIKA MEDEX PVT LTD
Chiqarilish shakli
КОНЦ Д/ИНФ
Farma. Guruh
Гепатопротекторные препараты
Dori tafsilotlari
Tarkibi:
Taʼrifi:
Farmakoterapevtik guruhi:
Farmakologik hususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Homiladorlik va laktatsiya davrida qoʻllanilishi
Dorilarning ozaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli:
Tarkibi:

faol modda: L-ornitin-L-aspartat;

yordamchi modda: inyeksiya uchun suv.

 

Taʼrifi:

 tiniq, rangsiz yoki och-sariq rangli eritma.

 

Farmakoterapevtik guruhi:

 Gepatoprotektor vosita.

 

 

Farmakologik hususiyatlari

Farmakodinamika. Organizmda ammiakning yuqori miqdorini pasaytiradi, xususan, jigar kasalliklarida. Preparatning taʼsiri uning Krebs mochevina hosil boʻlishi (ammiakdan mochevina hosil boʻlishi) ornitin halqasida ishtirok etishi bilan bogʻliq.

Insulin va somatotrop gormonining hosil boʻlishiga yordam beradi. Parenteral ozuqlantirish talab etiladigan kasalliklarda oqsil almashishini yaxshilaydi.

Farmakokinetikasi. Ornitin aspartat tarkibiga kiruvchi aminokislotalar – ornitin va aspartat komponentlariga dissotsiyalanadi. Ular esa ingichka ichakda ichak epiteliyasi orqali soʻriladi. Buyraklar orqali chiqariladi.

 

Qoʻllanilishi

Giperammoniyemiya bilan birga kechuvchi jigarning utkir va surunkali kasalliklari. Jigar ensefalopatiyasi, jumladan ongning buzilishlarini (prekoma va komatoz holatlar) majmuaviy davolash tartibida.

Oqsil yetishmovchiligi boʻlgan bemorlarda parenteral oziqlantirish uchun preparatlarga toʻgʻrilovchi qoʻshimcha sifatida.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Ampulalarning ichidagisini 500 ml infuzion eritmada eritib, sutkada 4 ampulagacha vena ichiga yuboriladi. Jigar ensefalopatiyasida holatning ogʻirlik darajasiga qarab sutkada 8 ampulagacha yuboriladi. Infuziyaning davomiyligi va soni va davolashning muddati shaxsiy belgilanadi. Vena ichiga quyishning maksimal tezligi soatiga 5 g.

500 ml infuzion eritmada 6 ampuladan ortiq eritilmasin! Arteriya ichiga yuborilmasin!

 

 

Nojoʻya taʼsirlari

Allergik reaksiyalar, kam hollarda koʻngil aynishi, qayt qilish kuzatilishi mumkin. Koʻrsatilgan nojoʻya holatlar odatda oʻtib ketadi va preparatni toʻxtatilishini talab etmaydi. Nojoʻya holatlar kuzatilganda, preparatning yuborilish dozasi va tezligi moʻtadillashtiriladi.

 

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

L-ornitin-Laspartatga yoki preparatning boshqa komponentlariga oʻta yuqori sezuvchanlik.

Kreatinin koʻrsatgichi 3 mg/100 ml dan yuqori boʻlgan yaqqol buyrak yetishmovchiligi.

 

Homiladorlik va laktatsiya davrida qoʻllanilishi

Preparatni (infuziya uchun eritma tayyorlash uchun konsentrat) homilaga boʻlgan taʼsiri toʻgʻrisida toʻliq maʼlumot mavjud boʻlmaganligi sababli homiladorlik davrida qoʻllash mumkin emas. Preparatdagi taʼsir etuvchi modda ona sutiga oʻtishi maʼlum emas, shu sababli laktatsiya davrida qoʻllanilishi tavsiya etilmaydi. Agar preparat bilan davolanish shart boʻlsa, u holda shifokorning nazorati ostida qoʻllanilishi darkor.

 

 

Dorilarning ozaro taʼsiri

Taʼriflanmagan.

 

 

Maxsus koʻrsatmalar

Asosiy kasallik tufayli jigar ensefalopatiyasi tashxisi qoʻyilganida avtomobilni boshqarish va diqqatni yuqori jamlashni va tezkor psixomotor reaksiyalarni talab qiluvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shugʻullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Preparatning yuqori dozalarida qon zardobi va siydik tarkibidagi mochevinaning miqdorini nazorat qilish kerak. Agar jigar faoliyati sezilarli darajada buzilgan boʻlsa, bemorning individual holatini inobatga olgan holda, koʻngil aynishi va qayt qilishini oldini olish maqsadida, preparatni kiritish tezligini toʻgʻrilash mumkin.

Bolalarda preparatni qoʻllash toʻgʻisida mavjud emas.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtganidan keyin ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilish holatida intoksikatsiyalanish belgilari qayd etilmagan.

Doza oshirib yuborilganda simptomatik terapiya qoʻllaniladi.

 

Chiqarilish shakli

Infuziyalar uchun eritma tayyorlash uchun konsentrat, 10 ml ampulalarda.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept boʻyicha.

Dori shakli:

infuziya uchun eritma tayyorlash uchun konsentrat