Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
ГЕМ АП

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

ГЕМ АП СИРОП 200мл №1

51 000 so'mdan
(1938)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
CADILA HEALTHCARE
Chiqarilish shakli
СИРОП
Farma. Guruh
Препараты содержащие железо
Dori tafsilotlari
Farmakologik xususiyatlari
Dori shakli
Farmakokinetikasi
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Nojo‘ya ta‘sirlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Maxsus ko‘rsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Farmakologik xususiyatlari

Gem Ap – majmuaviy antianemik preparat bo‘lib, ta‘siri uning tarkibiga kiruvchi komponentlarning xususiyatlari bilan ifodalanadi.

Preparatning tarkibiga kiruvchi temir fumarati organizmda temir tanqisligini to‘ldiradi. Temir gemoglobin, mioglobin va qator fermentlarning tarkibiga kiradi. Gemning struktur komponenti bo‘lib, eritropoezda ishtirok etadi. Kislorodni qaytuvchan bog‘lab oladi va oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida ishtirok etadi. Temir tuzlari ko‘rinishida qo‘llanganida organizmda uning tanqisligini tez to‘lishi kuzatiladi, bu anemiyaning klinik (holsizlik, toliqish, bosh aylanishi, taxikardiya, og‘riq va terini qurishi) va laboratoriya ko‘rsatkichlarini asta-sekin regressiyasiga olib keladi.

Folat kislotasi eritrositlarni hosil bo‘lishi va yetilishida ishtirok etadi. Folat kislotasi megaloblastlarni normal yetilishi va normoblastlarni hosil bo‘lishi uchun zarur. Eritropoezni rag‘batlantiradi, aminokislotalar, nuklein kislotalari, purinlar va pirimidinlar sintezida, xolin almashinuvida ishtirok etadi. Homiladorlikda organizmni teratogen omillarning ta‘siridan himoya qiladi, bolalarda tug‘ma nuqsonlar foizini pasaytiradi.

Mis skeletni normal shakllanishi va to‘qimalar regenerasiyasi uchun zarur, ba‘zi gormonlar, shu jumladan insulinning tarkibiga kiradi. Mis sulfati kichik dozalarda eritropoezni kuchaytiradi.

Marganes tanqisligi suyaklarni demineralizasiyasiga, skelet va tog‘aylarni noto‘g‘ri o‘sishiga olib kelishi mumkin, osteoporozlar va osteoartritda kerak.

Preparat qonda temirning normal darajasini tiklash va bir maromda saqlab turishga yordam beradi. Organizmda temir va folat kislotasi tanqisligida kuzatilishi mumkin bo‘lgan anemiya (shu jumladan, homiladorlikda), homilani tushishi, muddatdan oldingi tug‘ruq va bolaning aqliy rivojlanishini buzilishini oldini oladi.

Gem Ap kapsulalarining faol komponentlari asosan yo‘g‘on ichakning yuqorigi qismidan ularni so‘rilishini ta‘minlaydigan maxsus neytral qobiqda bo‘ladi. Me‘daning shilliq qavatiga mahalliy qitiqlovchi ta‘sirini yo‘qligi, me‘da-ichak yo‘llari tomonidan preparatni yaxshi o‘zlashtirilishiga yordam beradi.

Dori shakli

sirop

Farmakokinetikasi

Preparat ichga qabul qilinganidan keyin temir me‘da-ichak yo‘llaridan yaxshi so‘riladi.

Temir plazmaning transferrinlari bilan deyarli to‘liq bog‘lanadi va gemoglobin, mioglobin, sitoxromoksidaza, katalaza va peroksidazalarni hosil bo‘lishi jarayoniga kirishadi yoki organizmning to‘qimalarida ferritin ko‘rinishida to‘planadi. Temir tanqisligi darajasi va tizimli qon oqimiga so‘rilgan temirning miqdori orasida korrelyasiya mavjud (temir tanqisligi qanchalik yuqori bo‘lsa, so‘rilishi shunchalik yaxshi bo‘ladi).

Folat kislotasi asosan me‘da-ichak yo‘llari yuqori qismlarida (o‘n ikki barmoqli ichak) so‘riladi. Folat kislotaning plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 64% ni tashkil qiladi, biotransformasiyasi jigarda yuz beradi.

Ichakda so‘rilganidan so‘ng, mis va marganes qonda asosan plazma proteinlari bilan tashiladi.

Preparatning komponentlari me‘da-ichak yo‘llari, shuningdek buyraklar orqali chiqariladi.

Qo‘llanilishi
  • Organizmda o‘tkir va surunkali qon yo‘qotilishi (shu jumladan bachadondan qon ketishi, me‘da-ichak yo‘llaridan qon ketishi, qovuqdan qon ketishi, gemorroidal tugunlardan qon ketishi va doimiy donorlik) fonida, shuningdek surunkali alkogolizm fonida organizmdan temirni haddan tashqari yo‘qotilishi bilan bog‘liq bo‘lgan, yaqqol temir tanqisligi (temir tanqisligi anemiyasi) va yashirin temir tanqisligi (anemiyasiz) anemiyasini oldini olish va davolash; tirishishlarga qarshi vositalar va peroral kontraseptivlarni qabul qilganda; kattalar va bolalarda infeksion kasalliklarda, o‘smalarda organizmni qarshiligi pasayganida; bolalar va o‘smirlik yoshidagi faol o‘sish davrida, kattalarda (vegetarian parxezga rioya qiluvchi shaxslarda va keksa yoshida) temir, folat kislotasi va mikroelementlarga bo‘lgan ehtiyoj yuqori bo‘lganida; chala tug‘ilgan bolalarda; me‘da-ichak yo‘llarida temirni so‘rilishi buzilganida; ishtaxa bo‘lmaganida, sifatsiz va muvozanatlanmagan ovqatlanishda, holsizlikda; o‘tkazilgan infeksion kasalliklardan, jarrohlik aralashuvlaridan keyin, me‘dani rezeksiyasidan keyin, gijjalar invaziyasida;
  • temir va folat kislotasini birgalikdagi tanqisligi bilan chaqirilgan anemiyani oldini olish va davolash;
  • homiladorlik fonida, tug‘ruqdan keyingi davr va laktasiya davrida rivojlanadigan anemiyani oldini olish va davolash;
  • jarrohlik aralashuvlarga tayyorgarlikda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari

Klinik jixatdan yaqqol temir tanqisligida.

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga preparat 1 kapsuladan sutkada 1-2 marta, qonda gemoglobinning darajasi normal bo‘lgunigacha buyuriladi. Shundan so‘ng organizmda temirning zahirasini tiklash uchun preparatni qabul qilish bir necha oy davomida davom ettirilishi kerak. Klinik jihatdan yaqqol temir tanqisligi bo‘lganida, gemoglobinni normal darajasiga davolash boshlanganidan so‘ng 2-3 oydan keyin erishiladi.

Homiladorlikda sutkada 1 kapsuladan butun homiladorlik davri davomida qabul qilish tavsiya etiladi. Temir tanqisligini oldini olish va yashirin temir tanqisligini davolash uchun preparat sutkada 1 kapsuladan buyuriladi. Kapsulalarni ovqat vaqtida yoki ovqatdan keyin darhol, butun holda yutib qabul qilish tavsiya etiladi.

Sutkalik dozani bir marta yoki bir necha marta qabul qilish mumkin.

Gem Ap ning so‘rilishini pasayishidan saqlanish uchun qora choy, kofe, sut bilan ichish, shuningdek sut mahsulotlari, xom sut bilan bir vaqtda qabul qilish tavsiya etilmaydi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Kam hollarda (odatda temir va preparatning boshqa komponentlariga shaxsiy sezuvchanlikda rivojlanadigan) – terini qizarishi, ko‘ngil aynishi, ishtahani anoreksiyagacha pasayishi, qabziyat, kam hollarda diareya, epigastral sohada og‘riq, ichak sanchig‘i, xiqichoq tutish. Shuningdek yara kasalligi, enterit, yarali kolitni zo‘rayishi kuzatilishi mumkin.

Davolash

Nojo‘ya samaralari yaqqol bo‘lmaganida (dispeptik buzilishlar) dozasini pasaytirish maqsadga muvofiq; shuningdek uni temirning boshqa tuzini saqlovchi preparatga o‘zgartirish mumkin. nojo‘ya samaralari yaqqol kuzatilganida preparatni qabul qilish to‘xtatiladi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
  • temir tanqisligi (aplastik va gemolitik anemiya, V12 vitamini tanqisligi bilan chaqirilgan megaloblast anemiya) bilan bog‘liq bo‘lmagan anemiyalar;
  • organizmda temirning miqdorini oshishi (gemosideroz, gemoxromatoz);
  • temirning utilizasiyasi mexanizmlarini buzilishi (qo‘rg‘oshin bilan zaharlanish oqibatidagi anemiya);
  • temir va preparatning har qanday boshqa komponentini shaxsiy o‘zlashtiraolmaslikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Alyuminiy, magniy, kalsiy saqlovchi antasid vositalar, shuningdek xolesteramin saqlovchi preparatlar bilan Gem Ap preparati bir vaqtda qo‘llanganida, me‘da-ichak yo‘llaridan temirni so‘rilishi kamayadi.

Tetrasiklin, shuningdek penisillin guruhi antibiotiklari bilan bir vaqtda qo‘llanganida, temir va antibiotiklarning so‘rilishini kamaytiradigan kompleks birikmalar hosil bo‘ladi.

Glyukokortikoidlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida Gem Ap preparati eritropoezni rag‘batlanishini kuchaytirishi mumkin.

Askorbin kislotasi bilan bir vaqtda qo‘llanganida temirni so‘rilishi yaxshilanadi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparatni jigarning surunkali kasalliklari, alkogolli sirrozi va me‘da osti bezini yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Preparatni qabul qilishda ahlatni to‘q rangga bo‘yalishi kuzatiladi, bu so‘rilmagan temirni chiqarilishi bilan bog‘liq.

Homiladorlik va laktasiya

Organizmda temir tanqisligi aniqlanganida homiladorlik va laktasiya davrida Gem Ap preparatini qo‘llash asosli va xavfsiz hisoblanadi.

Homiladorlik va laktasiya davrida temir tanqisligini oldini olish maqsadida uzoq vaqt qabul qilinganida, temir preparatlarini klinik yoki epidemiologik toksik, kanserogen yoki mutagen hususiyatlari aniqlanmagan.

 

Avtomobilni boshqarish, mashina va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri

Gem Ap preparati avtomobilni boshqarish yoki mashina va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatini bevosita buzishi haqida ma‘lumotlar yo‘q.

Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash kerak va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng qo‘llash mumkin emas.

Dozani oshirib yuborilishi

Hozirgi vaqtgacha Gem Ap preparati qabul qilinganida dozani oshirib yuborilish hollari yoki intoksikasiya belgilari ta‘riflanmagan. Tavsiya etilgan dozasiga rioya qilinganida dozasini oshirib yuborilish simptomlari kuzatilmaydi. Dozasi oshirib yuborilganida (tasodifan yoki ataylab) quyidagi simptomlar:

– qorin og‘rig‘i, diareya, qusish (shu jumladan qonli), bosh aylanishi, keyinchalik sianoz rivojlanishi mumkin bo‘lgan holsizlik, ongni buzilishi, giperventilyasiya kuzatilishi mumkin.

Davolash

Shifoxonagacha bo‘lgan bosqich – dozasi ahamiyatsiz darajada oshirib yuborilganida – me‘dani yuvish buyuriladi va keyinchalik sut, xom tuxum qabul qilish va sut mahsulotlariga boy parxezni buyuriladi.

Davolash muassasalarida – maxsus davolash o‘tkazilgunicha – sut, xom tuxum iste‘mol qilish buyuriladi.

Maxsus davolash deferoksaminni (desferal) ichga va parenteral buyurish bilan o‘tkaziladi. O‘tkir zaharlanishlarda hali me‘da-ichak yo‘llaridan so‘rilmagan temirni bog‘lash uchun, 5-10 g deferoksamin 10-20 ampula ichidagisini ichimlik suvida eritish yo‘li bilan ichishgach beriladi. So‘rilgan temirni yo‘qotish uchun deferaksamin 1-2 g dan har 3-12 soatda mushak ichiga yuboriladi. Shok rivojlanishi bilan kechuvchi og‘ir hollarda 1 g dozadagi preparatni vena ichiga tomchilab yuborish amalga oshiriladi va simptomamik davolash o‘tkaziladi.

Saqlash sharoiti

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha