Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Гастросидин ТАБЛЕТКА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Гастросидин ТАБЛЕТКА 20мг №10

5 000 so'mdan
(4349)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
ДЕНТАФИЛ
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Противоязвенное средство
Dori tafsilotlari
Dori shakli:
Tarkibi
Ta‘rifi:
Farmakoterapevtik guruhi: 
Farmakologik xususiyatlari
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Nojo‘ya ta‘sirlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Maxsus ko‘rsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli:

 plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

 

Tarkibi

Plyonka qobiq bilan qoplangan har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 40 mg famotidin

yordamchi moddalar: laktoza, makkajo‘xori kraxmali, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati.

qobiqning tarkibi: gidroksipropilmetilsellyuloza, gidroksipropilsellyuloza, polietilenglikol 6000, temir II oksidi, temir III oksidi, talk, titan dioksidi.

 

Ta‘rifi:

 och-jigarrang rangli, dumaloq, ikki tomoni qabariq plyonka qobiq bilan qoplangan, bir tomonida bo‘luvchi riskasi bo‘lgan tabletkalar.

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

Me‘da-ichak yarasiga qarshi gastroezofageal reflyuksda qo‘llanadigan vositalar va preparatlar. Gistamin reseptorlarining blokatori.

Farmakologik xususiyatlari

40 mg gastrosidin peroral qabul qilinganidan keyin plazmadagi maksimal konsentrasiyasi 1-3,5 soatdan keyin 78 mkg/l ni tashkil qiladi, terapevtik darajasi esa 24 soat davomida saqlanib turadi.

Preparatning biokiraolishligi taxminan 45% ni tashkil qiladi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanish darajasi – 15-22%.

Gastrosidin organizmdan asosan buyraklar orqali chiqariladi (65-70%), preparatning 30-35% ichak orqali chiqariladi. Qabul qilingan dozaning 25-30% o‘zgarmagan holda organizmdan siydik bilan chiqariladi.

Buyrak faoliyati normal bo‘lgan pasientlarda yarim chiqarilish vaqti – 2,5-4 soatni tashkil qiladi.

 

Farmakokinetikasi

Gastrosidin – N-2 gistamin reseptorlarining 3-avlod uzoq ta‘sir qiluvchi raqobatli antagonistidir. Gastrosidin 10-20 mg dozada peroral qabul qilinganida, kamida 12 soat davomida xlorid kislotasining sekresiyasini 80% dan ko‘proq kamayishiga olib keladi. Me‘dada kislota sekresiyasini 50% bostirish uchun kerak bo‘lgan plazmadagi famotidinning konsentrasiyasi 13 mkg/l ni tashkil qiladi.

40 mg gastrosidin qabul qilinganidan keyin me‘dada kislotaning rN-5,0-6,4 ni tashkil qiladi.

Gastrosidin bilan xlorid kislotasi sekresiyasini ingibisiya qiladi, qon zardobidagi gastrin konsentrasiyasini normal ko‘rsatkichlarning yuqori chegarasigacha biroz oshirishi mumkin.

Gastrosidin ham asosiy, ham pentagastrin bilan rag‘batlantirilgan xlorid kislotasining sekresiyasini bostiradi.

Preparat keng terapevtik indeksga ega, bu yuqori dozalarda uzoq  vaqt qabul qilinganida ham uning samaradorligini tutib turish imkoniyatini beradi.

Zollinger-Ellison sindromi bo‘lgan bemorlarda gastrosidin me‘dada xlorid kislotasining sekresiyasini nazorat qiluvchi antixolinergik preparatlar bilan majmuada uzoq  muddat qo‘llanganida, qonning bioximik ko‘rsatkichlari tomonidan o‘zgarishlar kuzatilmagan.

Gastrosidin bemorlar tomonidan yaxshi o‘zlashtiriladi.

 

Qo‘llanilishi
  • me‘da va o‘nikki barmoq ichakning yara kasalligini davolash va oldini olish
  • kislota sekresiyasini oshishi bilan bog‘liq bo‘lgan (Zollinger-Ellison sindromi) patologik holatlar
  • reflyuks-ezofagit
  • nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalarni qabul qilish fonidagi, me‘da-ichak yo‘llarining eroziv yarali shikastlanishlarini oldini olish.

 

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Zo‘rayish bosqichidagi me‘da va o‘nikki barmoq ichak yarasi –

40 mg preparat kechasiga. Davolashning davomiyligi yaraning bitishini (chandiqlanish) dinamikasiga qarab 4-8 hafta.

Zollinger-Ellison sindromi

Ilgari sekresiyani bostiradigan preparatlarni olmagan bemorlarga gastrosidinni 20 mg boshlang‘ich doza har 6 soatda qo‘llash tavsiya etiladi. Dozani bemorning holatiga qarab buyurish va davolashni klinik ko‘rsatkichlarga muvofiq davom ettirish kerak. Bunda ushbu bemorlarda preparatning sutkalik dozasi nojo‘ya samaralarning paydo bo‘lishisiz 400 mg ga yetishi mumkin.

Bir maromda saqlab turuvchi davolash

Me‘da va o‘nikki barmoq ichak yarasining qaytalanishlarini oldini olish uchun gastrosidinni 20 mg dozada qabul qilish tavsiya etiladi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez – ishtahaning yo‘qolishi, og‘izni qurishi, ta‘m sezgilarining buzilishlari, ko‘ngil aynishi, qusish, qorinning dam bo‘lishi, diareya yoki qabziyat, kam – xolestatik sariqlikning rivojlanishi, qon plazmasida transaminazalar darajasining oshishi.

Yurak-tomir tizimi tomonidan: kam – aritmiyalar.

Nerv tizimi tomonidan: tez-tez – bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, yuqori toliqish, quloqlarda shovqin, o‘tkinchi ruxiy buzilishlar.

Allergik reaksiyalar: tez-tez – teri qichishishi, bronxospazm, isitma bo‘lishi mumkin.

Boshqalar: tez-tez – mushak og‘riqlari, bo‘g‘imlarda og‘riqlar, allopesiya, oddiy xusnbuzar, terining qurishi; juda kam – agranulositoz, pansitopeniya, leykopeniya, trombositopeniya bo‘lishi mumkin.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
  • famotidinga va preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik
  • homiladorlik va laktasiya davri
  • bolalarda qo‘llash mumkin emas.

 

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Antikoagulyantlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida protrombin vaqtining uzayishi va qon ketishlar rivojlanishi mumkinligi inkor etilmaydi.

Magniy gidroksidi va alyuminiy gidroksidini saqlovchi antasidlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida, famotidinning so‘rilishi kamayishi mumkin.

Itrakonazol bilan bir vaqtda qo‘llanganida, qon plazmasida itrakonazolning konsentrasiyasini kamayishi va uning samaradorligi pasayishi mumkin.

Nifedipin bilan bir vaqtda qo‘llanganida, nifedipinning salbiy inotrop ta‘sirini kuchayishi mumkinligi tufayli, yurakning minutli hajmi va yurakning zarb hajmini kamayish hollari ta‘riflangan.

Norfloksasin bilan bir vaqtda qo‘llanganida, qon plazmasida norfloksasinning konsentrasiyasi kamayadi, probenisid bilan – qon plazmasida famotidinning konsentrasiyasi oshadi.

Siklosporin bilan bir vaqtda qo‘llanganida, qon plazmasida siklosporinning konsentrasiyasi biroz oshishi mumkin.

Bir vaqtda qo‘llanganida Gastrosidin ketokonazolning so‘rilishini kamaytiradi.

 

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Buyraklar va jigar faoliyati buzilgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi. Davolashni boshlashdan oldin qizilo‘ngach, me‘da yoki o‘nikki barmoq ichakning xavfli kasalliklarining bo‘lishi ehtimolini istisno qilish kerak. Jigarning mikrosomal fermentlari faolligini o‘zgartirmaydi.

Antasidlar va famotidinni qabul qilish orasida kamida 1-2 soatlik intervalga rioya qilish kerak.

Bolalarda famotidinni qo‘llashning klinik tajribasi cheklangan. Yurak ritmining buzilishlari bo‘lgan pasientlarga Gastrosidin ehtiyotkorlik bilan va shifokor nazorati ostida buyuriladi.

Uzoq muddat davolanishida bemor shifokor nazorati ostida bo‘lishi kerak.

Dori vositasini transport vositalarini yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sirining o‘ziga xosligi.

Markaziy nerv tizimi (MNT) tomonidan nojo‘ya samaralarining rivojlanishi ehtimolini hisobga olib, yuqori diqqat va tezkor psixomotor reaksiyalarini talab qiladigan potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanish masalasini, faqat pasientning preparatga bo‘lgan shaxsiy reaksiyasini baholangandan keyin hal qilish kerak.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

 

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari – ta‘riflangan nojo‘ya samaralarining ko‘rinishlarini kuchayishi.

Davolash – me‘dani yuvish, zarurati bo‘lganida simptomatik davolash o‘tkaziladi.

 

 

Chiqarilish shakli

10 tabletkadan polivinilxlorid va laklangan bosma alyuminli folga kontur uyali o‘ramda. 3 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

 

 

Saqlash sharoiti

25oS dan past bo‘lgan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha