Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Гастрарекс КАПСУЛА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Гастрарекс КАПСУЛА 524мг №30

48 000 so'mdan
(2253)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
ПОЛЬША
Chiqarilish shakli
КАПС
Farma. Guruh
Прочие
Dori tafsilotlari
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Dori shakli
Farmakodinamikasi
Qo'llanilishi
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Maxsus saqlash sharoitlari
Dozirovkasi
Homiladorlik va laktatsiya davrida qullanishi
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
U vitamini (metilmetioninsulfoniya xlorid), mikrokristall sellyuloza (tashuvchi), kapsula qobig’i (jelatin, kumush rangli yaltiroq kandurin (dioksid titana (bo’yoq modda), alyumosilikat kaliy (yopishib qolishga qarshi agent)), kremniy dioksid (yopishib qolishga qarshi agent), stearin kislotasi magniy tuzlari (yopishib qolishga qarshi agent).
 
 
Dori shakli
1 ta blisterda har biri 524 mg massali 15 tadan kapsula, kartonli qutichada 2 tadan blister;
 
Farmakodinamikasi
Metilmetioninsulfoniya xlorid – vitaminsimon modda (U vitamini), barcha oqsilli birikmalar sintezi uchun juda kerakli aminokislota – metioninning faollashtirilgan shakli bo’lib, oshqozonning sekretor funksiyasiga faol ta’sir ko’rsatadi.

 

Oshqozon va ichaklar shilliq pardasi hujayralariga ta’siri

Sintez jarayonlari uchun kerakli o’z metil guruhlarini berish xossasi va xolin almashinuviga ta’siri tufayli metilmetioninsulfoniya xlorid oshqozon-ichak yo’li shilliq pardasi hujayralari tomonidan musin hosil qilinishini kuchaytiradi, bu uning ichki va tashqi muhit agressiv faktorlaridan himoya funksiyasini oshirishga ko’maklashadi hamda oshqozon va o’n ikki barmoq ichak hujayralarining regenerasiya jarayonini bevosita kuchaytirgan holda oshqozon va ichaklar shilliq pardasi hujayralarining tiklanish jarayonlarini faollashtiradi.1,2,11,12,13,14

 

Kislotalilik darajasiga va dispeptik alomatlarga ta’siri

Metilmetioninsulfoniya xlorid tuz kislotasi mahsulini kuchaytiradigan gistaminni nofaol shaklga aylantirgan holda metillaydi. Gistaminning nofaol shakl – metilgistaminga aylanishi tuz kislotasi sekresiyasining kamayishiga olib keladi hamda oshqozon va ichaklar hujayralarining shikastlanish ehtimolini pasaytiradi. Buning oqibatida qorindagi og’irlik, me’da qaynashi, qorin shishishi va ichaklar motorikasi buzilishi kabi ortiqcha gistamin uchun xos bo’lgan oshqozon-ichak faoliyati buzilishlari kamayadi.1,11,12,13 Tuz kislotasi sekresiyasi yetarlicha bo’lmagan holatda metilmetioninsulfoniya xlorid uning hosil qilinishini kuchaytiradi.

 

Etanolga ta’sir ko’rsatishda oshqozon-ichak yo’liga ta’siri

Metilmetioninsulfoniya xlorid lipidlarning peroksidli oksidlanish jarayonlarini kechiktirgan holda antioksidant faollikka ega bo’lib, oshqozon shilliq pardasi hujayralarini etanol va uning hosilalari agressiv ta’siridan himoya qiladi. 1,3,4,9,10

Jigar hujayralariga ta’siri

Metilmetioninsulfoniya xlorid lipotrop ta’sirga ega bo’lib, jigar hujayralariga himoyaviy ta’sir ko’rsatadi.4 Tadqiqotlarda uning qonda umumiy xolesterin va past zichlikka ega lipidlar (zararli xolesterin) darajasini pasaytirishi tasdiqlangan.5,6,7 Jigar to’qimalarining yog’ to’qimasi bilan almashinishiga to’sqinlik qilgan holda, hujayra membranalari o’tkazuvchanligi barqarorlashadi, jigarda uglevod, oqsil va lipid almashinuvi yaxshilanadi.
 
Qo'llanilishi
oshqozon va o’n ikki barmoq ichak shilliq pardasini mustahkamlashga va agressiv faktorlar ta’siridan himoya qilishga;

 

 

me’da shirasining yuqori yoki past kislotalilik darajasini me’yorlashtirishga;

oshqozon va o’n ikki barmoq ichakning sekretor funksiyasini yaxshilashga;

oshqozon va ichaklar motorikasini me’yorlashtirishga;

oshqozon va ichaklar shilliq pardasida hujayra darajasida tiklanish jarayonlarini faollashtirishga;

oshqozon-ichak yo’lidagi noqulaylik alomatlarini kamaytirishga;

jigarda uglevod, oqsil va lipid almashinuvini yaxshilashga ko’maklashadi.

 
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Dori vositasi tarkibiy moddalariga shaxsiy chidamsizlik, homiladorlik va emizish davri. 6 yoshgacha bo’lgan bolalarga qullash mumkin emas.

 

Qo’llanishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.

 
Maxsus saqlash sharoitlari
bolalar ololmaydigan joyda, 15°C dan 25°C gacha harorat ostida va 75%dan yuqori bo’lmagan nisbiy namlik sharoitida saqlansin.

 

 
Dozirovkasi
kattalar kuniga ovqatlanish vaqtida 1 ta kapsuladan qabul qiladi.

 

Qabul qilish davomiyligi – 1 oy. Zarur hollarda, qabul qilish bir oydan keyin takrorlanadi.

Tavsiya etiladigan qabul qilish: 1 ta kapsula tarkibida metilmetioninsulfoniya (U vitamini) – 300 mg.

 
Homiladorlik va laktatsiya davrida qullanishi

Dori vositasi tarkibiy moddalariga shaxsiy chidamsizlik, homiladorlik va emizish davrida qullash mumkin emas.

 

Qo’llanishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.