Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Гальвусмет ТАБЛЕТКА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Гальвусмет ТАБЛЕТКА 50мг/500мг №30

325 800 so'mdan
(3458)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
НОВАРТИС
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Противодиабетические средства
Dori tafsilotlari
Dori shakli:
Tarkibi:
Ta‘rifi:
Farmakoterapevtik guruhi:
Farmakologik xususiyatlari
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Nojo‘ya ta‘sirlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Maxsus ko‘rsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli:

 tabletkalar

 

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 50 mg vildagliptin;

yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza, suvsiz laktoza, natriy kraxmalglikolyati (A tipi), magniy stearati.

 

Ta‘rifi:

 dumaloq, chekkalari qiya, oq rangdan och sarg‘ish ranggacha bo‘lgan, bir tomonida «NVR» va ikkinchi tomonida «FB» bostirib tushirilgan yozuvi bo‘lgan yassi tabletkalar.

 

Farmakoterapevtik guruhi:

 Qandli diabetni davolash uchun vositalar. Peroral qabul qilish uchun qand darajasini pasaytiruvchi preparatlar. Dipeptidilpeptidaza-4 (DPP-4) ingibitorlari. Vildagliptin.

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Vildagliptin me‘da osti bezining orolchali hujayralari bilan insulinni sintezi rag‘batlantiruvchilari sinfi vakili va glikemik nazoratni yaxshilash uchun mo‘ljallangan DPP-4 kuchli selektiv ingibitori bo‘lib hisoblanadi. DPP-4 susayishi natijasida och qoringa va ovqatlangandan keyin glyukagonga o‘xshash peptid-1 ning (GO‘P-1) va glyukozaga bog‘liq insulinotrop polipeptid (GIP) ning endogen inkretin gormonlari darajalari oshib boradi. Vildagliptinni qabul qilish DPP-4 faolligini tezda va to‘liq susayishiga olib keladi. Qandli diabetning 2 tipi bo‘lgan pasientlarda vildagliptin DPP-4 fermenti faolligini 24 soat davomida susaytiradi.

Mazkur inkretin gormonlarining endogen darajalarini oshirish yo‘li bilan vildagliptin beta-hujayralarning glyukozaga sezuvchanligini oshiradi, bu insulinning glyukozaga bog‘liq ajralishini kuchayishiga olib keladi. Vildagliptin sutkada 50-100 mg dozada qandli diabetning 2 tipi bo‘lgan pasientlarda beta-hujayralar funksiyasi markerlarini sezilarli ravishda yaxshilaydi. Beta-hujayralar funksiyasini yaxshilanishi darajasi buzilishning dastlabki darajasiga bog‘liq; qandli diabet bilan kasallanmagan (glyukoza darajasi normal bo‘lgan) shaxslarda vildagliptin insulin ajralishini kuchaytirmaydi va glyukoza darajasini pasaytirmaydi.

Endogen GO‘P-1 darajasini oshirgani holda vildagliptin glyukagonning glyukozaga mos ajralishini yaxshilagan holda alfa-hujayralarning glyukozaga sezuvchanligini oshiradi. O‘z navbatida, ovqatlanishga javoban glyukagonning inadekvat ajralishini susayishi insulin rezistentligini pasayishiga yordam beradi. Giperglikemiyada inkretin gormonlarining yuqori darajasidan kelib chiqadigan insulin/glyukagon nisbatining yaxshilangan holda oshishi och qoringa va ovqatlangandan so‘ng jigarda glyukoza ishlab chiqarilishini pasayishiga olib keladi, shu tufayli glikemiya darajasi pasayishiga erishiladi.

GO‘P-1 darajasini oshishiga xos ta‘sirlardan biri bo‘lgan me‘daning bo‘shashini ushlanib qolishi vildagliptin bilan davolash vaqtida kuzatilmagan. Bundan tashqari, vildagliptin qo‘llanilganida ovqatlangandan keyin orolchalar funksiyasini yaxshilash bo‘yicha vildagliptinning inkretin ta‘siri bilan bog‘liq bo‘lmagan lipemiya darajasining pasayishi kuzatilgan.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi

Och qoringa ichga qabul qilinganidan keyin qon plazmasida vildagliptinning Smax ga erishish vaqti 1,75 soatni tashkil etadi. Ovqatlanish bilan bir vaqtda qabul qilinganida preparatning so‘rilish tezligi uncha ko‘p bo‘lmagan miqdorda pasayadi: Smax ni 19% ga kamayishi va Tmax ni 2,5 soatga ko‘payishi qayd etiladi. Biroq ovqatlanish so‘rilish darajasiga va AUC qiymatiga ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Taqsimlanishi

Vildagliptinni plazma oqsillari bilan bog‘lanishi past (9,3%). Preparat plazma va eritrositlar o‘rtasida ekvivalent taqsimlanadi. Vildagliptinni taqsimlanishi taxminan ekstravaskulyar holda yuz beradi, vena ichiga yuborilganidan keyin Vss muvozanat holatida 71 l ni tashkil etadi.

Biotransformasiyasi/metabolizmi

Biotransformasiya vildagliptin chiqarilishining asosiy yo‘li bo‘lib hisoblanadi. Odam organizmida preparatning 69% o‘zgarishga uchraydi. Asosiy metabolit – LAY151 (dozaning 57%) farmakologik jihatdan nofaol va sianokomponent gidrolizi mahsuloti bo‘lib hisoblanadi. Preparat dozasining taxminan 4% amidli gidrolizga uchraydi.

Eksperimental tadqiqotlarda DPP-4 ni preparat gidroliziga ijobiy ta‘siri qayd etiladi. Vildagliptin R450 sitoxromi izofermentlari ishtirokida metabolizmga uchramaydi. In vitro sharoitdagi tadqiqotlarda vildagliptin R450 sitoxromi izofermentlarini ingibisiya va induksiya qilmasligi namoyon qilingan.

Chiqarilishi

[14C] bilan nishonlangan vildagliptin ichga qabul qilinganidan keyin dozaning taxminan 85% siydik bilan, 15% axlat bilan chiqariladi. Peroral qabul qilingan dozaning 23% buyraklar orqali o‘zgarmagan ko‘rinishda chiqariladi. Sog‘lom ko‘ngillilarga vena ichiga yuborilganida vildagliptinning umumiy plazma va buyrak klirensi muvofiq ravishda soatiga 41 l va soatiga 13 l ni tashkil etadi. Vena ichiga yuborilganidan keyin preparatning o‘rtacha yarim chiqarilishi davri taxminan 2 soatni tashkil etadi. Peroral qabul qilinganidan keyin yarim chiqarilishi davri taxminan 3 soatni tashkil etadi va dozaga bog‘liq bo‘lmaydi.

Proporsionalligi

Vildagliptin tez so‘riladi va peroral qabul qilinganida uning mutloq biokiraolishligi 85% ni tashkil etadi. Dozalarning davolash intervallarida plazmada vildagliptinning eng yuqori konsentrasiyasi va «plazmadagi konsentrasiyasi-vaqt» egri chiziq ostidagi maydon (AUC) taxminan yuborilgan dozaga proporsional bo‘ladi.

Pasientlarning alohida guruhlari

Jins

Galvus® preparatining farmakokinetik ko‘rsatkichlarida turli yoshdagi va tana vazni indeksi (TVI) turli bo‘lgan erkak va ayol jinsi o‘rtasidagi farqlar aniqlanmagan. Galvus® preparatini DPP-4 faolligini susaytirishga qodirligi shuningdek jinsga bog‘liq bo‘lmagan.

Semizlik

Galvus® preparati farmakokinetik ko‘rsatkichlarining tana vazni indeksiga bog‘liqligi aniqlanmagan. Galvus® preparatining DPP-4 faolligini susaytirishga qodirligi shuningdek pasient TVI ga bog‘liq bo‘lmagan.

Keksa yoshdagi pasientlar

Boshqa kasalliklarga ega bo‘lmagan, sinovdan o‘tkazilgan keksa yoshdagi (≥70 yosh) pasientlarda ancha yoshroq (18-40 yosh) sog‘lom pasientlarga nisbatan plazmada eng yuqori konsentrasiyasi 18% ga oshgani holda Galvus® preparati umumiy ekspozisiyasining (sutkada bir marta 100 mg qabul qilinganida) 32% ga oshishi kuzatilgan. Ushbu o‘zgarishlar klinik ahamiyatga ega emas. Galvus® preparatining DPP-4 faolligini susaytirishga qodirligi o‘rganilgan yosh guruhlari chegarasida pasient yoshiga bog‘liq bo‘lmagan.

Jigar funksiyasini buzilishlari

Jigar funksiyasini buzilishining Galvus® preparati farmakokinetikasiga ta‘siri jigar funksiyasi yengil, o‘rtacha va og‘ir darajada buzilishi bo‘lgan pasientlarda jigar funksiyasi saqlangan pasientlarga nisbatan Chayld-Pyu bo‘yicha (engil darajadagi uchun 6 balldan og‘ir darajadagi uchun 12 ballgacha) o‘rganilgan. Galvus® preparati bir marta (100 mg) qabul qilinganidan keyin jigar funksiyasini yengil va o‘rtacha darajada buzilishi bo‘lgan pasientlarda preparatning tizimli ekspozisiyasi (muvofiq ravishda 20% va 8% ga) pasayishi kuzatilgan, ayni vaqtda jigar funksiyasini og‘ir darajada buzilishi bo‘lgan pasientlarda ushbu ko‘rsatkich 22% ga oshgan. Galvus® preparati tizimli ekspozisiyasining maksimal o‘zgarishi (oshishi yoxud pasayishi) taxminan 30% ni tashkil etgani tufayli, ushbu natija klinik ahamiyatga ega sifatida qaralmaydi. Jigar yetishmovchiligi darajasi og‘irligi va Galvus® preparati tizimli ekspozisiyasining o‘zgarishi ko‘rsatkichi o‘rtasida bog‘liqlik kuzatilmagan.

Galvus® preparatini jigar funksiyasini buzilishi bo‘lgan pasientlarga, shu jumladan ALT yoki AST qiymatlari davolash boshlanishidan oldin NYUCH dan >2,5 martadan ortiq oshadigan hollarda buyurish tavsiya etilmaydi.

Buyrak funksiyasini buzilishlari

Buyrak funksiyasini yengil, o‘rtacha va og‘ir darajada buzilishi bo‘lgan pasientlarda buyrak funksiyasi normal bo‘lgan pasientlarga nisbatan vildagliptin AUC qiymati muvofiq ravishda o‘rtacha 1,4; 1,7 va 2 marta oshgan. LAY151 metabolitining AUC ko‘rsatkichi 1,6, 3,2 va 7,3 marta oshgan, BQS867 metaboliti uchun buyrak funksiyasini yengil, o‘rtacha va og‘ir darajada buzilishi bo‘lgan pasientlarda sog‘lom pasientlarga nisbatan AUC ko‘rsatkichi muvofiq ravishda o‘rtacha 1,4; 2,7 va 7,3 marta oshgan. Buyrak kasalligi terminal bosqichda bo‘lgan pasientlarda vildagliptin ekspozisiyasi og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlardagi ekspozisiyaga o‘xshash bo‘lgan. Buyrak kasalligi terminal bosqichda bo‘lgan pasientlarda LAY151 konsentrasiyasi og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlardagiga qaraganda taxminan 2-3 marta yuqori bo‘lgan. Buyrak funksiyasini buzilishi bo‘lgan pasientlarda dozaga tuzatish kiritish talab qilinishi mumkin.

Vildagliptinni gemodializ vositasida chiqarilishi chegaralangan tabiatga ega (doza qabul qilingan vaqtdan e‘tiboran 4 soat o‘tgach o‘tkazilgan 3-4 soatlik gemodializ davomida 3%).

Etnik guruhlar

Galvus® preparati farmakokinetikasiga etnik mansubligiga doir ta‘sir haqida dalillar mavjud emas.

Bolalar

Bolalarda preparat farmakokinetikasi haqida ma‘lumotlar yo‘q.

 

 

Qo‘llanilishi

Qandli diabetning 2 tipida:

  • parhez va jismoniy mashqlar bilan birgalikda monoterapiya sifatida, shuningdek metformin bilan davolash mumkin bo‘lmagan yoki uni o‘zlashtiraolmaydigan pasientlarda;
  • quyidagilar bilan:
  • metformin bilan monoterapiyada maksimal o‘zlashtiraoladigan dozaga qaramay, yetarli glikemik nazorat bo‘lmagan pasientlarda metformin bilan;
  • sulfonilmochevina bilan monoterapiyada maksimal o‘zlashtiraoladigan dozaga qaramay, yetarli glikemik nazorat bo‘lmagan pasientlarda va metformin bilan davolash mumkin bo‘lmagan yoki uning ta‘sirini o‘zlashtiraolmaydigan pasientlarda sulfonilmochevina bilan;
  • etarli glikemik nazorat bo‘lmagan pasientlarda va tiazolidindion bilan davolash mos keladigan pasientlarda tiazolidindion bilan ikki komponentli majmuviy davolash tarkibida;
  • parhez, jismoniy mashqlar, shuningdek ikki komponentli davolash glikemiyani mos ravishda nazorat qilish erishilishiga olib kelmaganda sulfonilmochevina va metformin bilan uch komponentli majmuaviy davolash tarkibida;
  • parhez, jismoniy mashqlar va insulinning barqaror dozasi glikemiyani mos ravishda nazorat qilish erishilishiga olib kelmaganda insulin bilan (metformin bilan yoki uningsiz) majmuada qo‘llaniladi.

 

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Dozalash tartibi

Katta yoshdagi pasientlar

Monoterapiyada yoki metformin, tiazolidindion bilan ikki komponentli majmuaviy davolash tarkibida yoki sulfonilmochevina va metformin bilan uch komponentli majmuaviy davolash tarkibida yoki insulin bilan majmuada preparatning tavsiya etiladigan dozasi sutkada 100 mg ni: ertalab 50 mg va kechqurun 50 mg ni tashkil etadi.

Sulfonilmochevina bilan ikki komponentli majmuaviy davolash tarkibida Galvus® preparatining tavsiya etiladigan dozasi kuniga bir marta ertalab 50 mg ni tashkil etadi. Pasientlarning ushbu guruhida kuniga 100 mg doza kuniga 50 mg li dozaga qaraganda samaraliroq bo‘lmagan.

Sulfonilmochevina bilan birgalikda qo‘llanilganida gipoglikemiya rivojlanishi xavfini kamaytirish uchun sulfonilmochevina dozasini kamaytirish imkoniyatini ko‘rib chiqish lozim.

Preparatni 100 mg dan ortiq dozada qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Agar pasient preparat dozasini o‘z vaqtida qabul qilmasa, Galvus® preparatini pasient buni eslagan zahotiyoq qabul qilish lozim. Bir kunda dozani ikki marta qabul qilmaslik kerak.

Populyasiyalarning alohida guruhlariga doir qo‘shimcha ma‘lumot

Keksa yoshdagi (≥ 65 yosh) pasientlar

Preparatni keksa yoshdagi pasientlarga buyurilganida dozaga tuzatish kiritilishi talab qilinmaydi.

Buyrak funksiyasini buzilishi bo‘lgan pasientlar

Buyrak yetishmovchiligi boshlang‘ich bosqichda (kreatinin klirensi ≥ 50 ml/minut) bo‘lgan pasientlarga preparat buyurilganida dozaga tuzatish kiritilishi talab qilinmaydi. Buyrak yetishmovchiligi o‘rtacha yoki og‘ir shaklda yoki buyrak kasalligi terminal bosqichda bo‘lgan pasientlarda Galvus® preparatining tavsiya etiladigan dozasi sutkada bir marta 50 mg ni tashkil etadi.

Jigar funksiyasini buzilishi bo‘lgan pasientlar

Galvus® preparatini jigar funksiyasini buzilishi bo‘lgan pasientlarga, shu jumladan dastlab davolashda bo‘lgan, alaninaminotransferaza (ALT) yoki aspartataminotransferaza (AST) faolligi normaning yuqori chegarasiga (NYUCH) nisbatan >2,5 marta yuqori bo‘lgan pasientlarga buyurish mumkin emas.

18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar

Galvus® preparati samaradorligi va xavfsizligi haqidagi ma‘lumotlarning yetarlicha bo‘lmaganligi tufayli, 18 yoshdan kichik bo‘lgan bolalar va o‘smirlarda qo‘llanilishi tavsiya etilmaydi.

Qo‘llash usuli

Peroral qo‘llaniladi.

Galvus® preparati ovqatlanishdan qat‘iy nazar ichga qabul qilinadi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Vildagliptinning (har kuni 50 mg, bir kunda ikki marta 50 mg yoki bir kunda bir marta 100 mg) xavfsizligi va o‘zlashtiraolinishi 12 haftadan va 104 haftadan ortiq davom etadigan tadqiqotlardagi II va III faza tadqiqotlarida 11000 nafar pasientda baholangan. Galvus® preparati monoterapiya sifatida yoki diabetga qarshi boshqa preparatlar (metformin, tiazolidinedion hosilasi, sulfonilmochevina hosilalari, akarboza yoki insulin) bilan majmuada qo‘llanilganida individual ko‘rsatmalar bo‘yicha noxush reaksiyalar tez-tezligini hisoblash uchun kamida 12 hafta davom etadigan asosiy nazorat qilinadigan tadqiqotlarning ko‘pchiligida xavfsizlik bo‘yicha ma‘lumotlar sutkada 50 mg yoki 100 mg (bir kunda ikki marta 50 mg yoki bir kunda 1 marta 100 mg) dozani qabul qilgan pasientlardan olingan bo‘lib, ular vildagliptin bilan monoterapiyada yoki boshqa preparatlar bilan majmuada olingan.

Asosiy noxush reaksiyalar kuchsiz ifodalangan, vaqtinchalik tabiatga ega bo‘lgan va davolashni bekor qilishni talab qilmagan. Noxush holatlar tez-tezligi va yosh, jins, etnik mansublik, qo‘llash davomiyligi yoki dozalash tartibi o‘rtasidagi bog‘liqliklar aniqlanmagan.

Vildagliptinni qo‘llash bilan bog‘liq kam hollarda uchraydigan angionevrotik shish hollari haqidagi xabarlar nazorat guruhi bilan bir xil tez-tezlikka ega bo‘lgan. Ushbu hollarning ko‘pchilik qismi vildagliptinni angiotenzinga aylantiruvchi ferment ingibitori (AAFi) bilan birgalikda qo‘llanilganida kuzatilgan. Noxush reaksiyalarning ko‘pchiligi kuchsiz ifodalangan va vildagliptin bilan davolash bekor qilinishini talab qilmagan.

Kam uchraydigan jigar funksiyasini buzilishi (shu jumladan gepatit rivojlanishi) hollari haqida xabar berilgan. Pasientlarda ushbu holatlar, odatda, simptomlarsiz, klinik asoratlarsiz bo‘lgan jigarning funksional sinamalari preparat qo‘llanilishi bekor qilinganidan keyin normaga qaytgan. Monoterapiya va 24 hafta davom etadigan qo‘shimcha davolashda nazorat qilinadigan tadqiqotlarda ALT yoki AST darajalarini NYUCH dan 3 marta ortiq oshishi 3xULN/normaning yuqori chegarasi hollari (kamida 2 ta ketma-ket o‘lchashlarda yoki davolashning yakuniy tashrifida aniqlanganlar bo‘yicha tasniflanadi) bir kunda 50 mg vildagliptin, bir kunda ikki marta 50 mg vildagliptin va barcha qiyosiy preparatlar uchun muvofiq ravishda 0,2%, 0,3% va 0,2% ni tashkil etgan. Odatda, transaminazalar faolligining oshishi simptomsiz bo‘lgan, rivojlanmagan va xolestaz yoki sariqlik bilan kechmagan.

Ikki tomonlama yashirin tadqiqotlarda monoterapiya va qo‘shimcha davolash sifatida Galvus® preparatini qabul qilgan pasientlarda aniqlangan nojo‘ya reaksiyalar har bir ko‘rsatma uchun MedDRA a‘zolar tizimlari sinflari va mutloq tez-tezligi bo‘yicha quyida sanab o‘tilgan.

A‘zolar tizimlarining har bir sinfida nojo‘ya reaksiyalar ko‘p uchraydigan reaksiyalardan boshlab tez-tezligi bo‘yicha taqsimlangan. Uchrash tez-tezligi bo‘yicha har bir guruhda nojo‘ya reaksiyalar og‘irligi kamayib borishi tartibida taqdim etilgan. Har bir nojo‘ya holat uchun tez-tezligi toifasi quyidagi mezonlarga (SIOMS III) asoslangan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100; <1/10), tez-tez emas (≥1/1000; <1/100), kam hollarda (≥1/10000; <1/1000), juda kam hollarda (<1/10000).

Galvus® preparati monoterapiya sifatida qo‘llanilganida

Galvus® preparati sutkada 1 yoki 2 marta 50 mg dozada qo‘llanilganida noxush reaksiyalar (muvofiq ravishda 0,2% yoki 0,1%) rivojlanishi munosabati bilan davolashni bekor qilish tez-tezligi plasebo (0,6%) yoki qiyosiy preparat (0,5%) guruhidagidan yuqori bo‘lmagan.

Galvus® preparati bilan sutkada 1 yoki 2 marta 50 mg dozada monoterapiya fonida holat og‘irligi darajasi oshmagan holda gipoglikemiya rivojlanishi tez-tezligi 0,5% ni (409 tadan 2 kishi) yoki 0,3% ni (1082 tadan 2 kishi) tashkil etgan, bu qiyosiy preparat va plasebo bilan (0,2%) bir xil mumkin. Galvus® preparati monoterapiya sifatida qo‘llanilganida pasientlarning tana vazni oshishi qayd etilmagan.

Nerv tizimi tomonidan: tez-tez – bosh aylanishi; tez-tez emas – bosh og‘rig‘i.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez emas – qabziyat.

Yuborilish joyida umumiy buzilishlar va reaksiyalar: tez-tez emas – periferik shish.

2 yilgacha davom etgan uzoq muddatli klinik tadqiqotlarda vildagliptinni monoterapiya sifatida qo‘llanilganida xavfsizlik profilida biron-bir qo‘shimcha og‘ishlarni yoki ko‘zda tutilmagan xavflarni aniqlanmagan.

Metformin bilan majmuada

Galvus® preparati sutkada 50 mg dozada metformin bilan majmuada qo‘llanilganida noxush reaksiyalar rivojlanishi munosabati bilan davolash bekor qilinishi tez-tezligi 0,4% ni tashkil etgan (vildagliptin (sutkada 2 marta 50 mg) + metformin va plasebo + metformin guruhlarida noxush reaksiyalar rivojlanishi munosabati bilan davolash bekor qilinishi hollari qayd etilmagan). Galvus sutkada 1 yoki 2 marta 50 mg dozada metformin bilan majmuada qo‘llanilganida gipoglikemiya muvofiq ravishda 0,9% va 0,5% hollarda (plasebo + metformin guruhida – 0,4%) qayd etilgan. Galvus guruhida og‘ir gipoglikemiya rivojlanishi kuzatilmagan.

Vildagliptin + metformin majmuaviy davolash pasientlarning tana vazniga ta‘sir ko‘rsatmagan.

Galvus® preparati sutkada 1 marta yoki sutkada 2 marta 50 mg dozada metformin bilan majmuada qo‘llanilganida

Nerv tizimi tomonidan: tez-tez – tremor, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i.

Sulfonilmochevina hosilalari bilan majmuada

Galvus® preparati sutkada 50 mg dozada glimepirid bilan majmuada qo‘llanilganida noxush reaksiyalar rivojlanishi munosabati bilan davolash bekor qilinishi tez-tezligi 0,6% ni (glimepirid + plasebo guruhida 0% ga nisbatan) tashkil etgan. Galvus® preparatini sutkada 50 mg dozada glimepirid bilan birgalikda qabul qilgan bemorlarda gipoglikemiya rivojlanishi tez-tezligi 1,2% ni (plasebo + glimepirid guruhida 0,6% ga nisbatan) tashkil etgan. Galvus® preparati guruhida og‘ir gipoglikemiya rivojlanishi kuzatilmagan.

Galvus® preparati tavsiya etilgan (sutkada 50 mg) dozada glimepirid bilan majmuada qo‘llanilganida pasientlarning tana vazni oshishi qayd etilmagan.

Galvus® preparati sutkada 1 marta 50 mg dozada sulfonilmochevina hosilalari bilan majmuada qo‘llanilganida

Nerv tizimi tomonidan: tez-tez – tremor, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i.

Yuborish joyida umumiy buzilishlar va reaksiyalar: tez-tez – asteniya.

Tiazolidindion hosilalari bilan majmuada

Galvus® preparati sutkada 50 mg dozada pioglitazon bilan majmuada qo‘llanilganida noxush reaksiyalar rivojlanishi munosabati bilan davolash bekor qilinishi tez-tezligi 0,7% ni tashkil etgan (vildagliptin (sutkada 2 marta 50 mg) + pioglitazon va plasebo + pioglitazon guruhlarida noxush reaksiyalar rivojlanishi munosabati bilan davolash bekor qilinishi hollari qayd etilmagan). Galvus® preparati sutkada 50 mg dozada pioglitazon bilan 45 mg dozada majmuada qo‘llanilganida gipoglikemiya qayd etilmagan; vildagliptin (sutkada 2 marta 50 mg) + pioglitazon (45 mg dozada) guruhida 0,6 hollarda, plasebo + pioglitazon ni 45 mg dozada qabul qilgan bemorlarda 1,9% hollarda gipoglikemiya qayd etilgan. Galvus® preparati guruhida og‘ir gipoglikemiya rivojlanishi kuzatilmagan. Galvus® preparatini sutkada 1 yoki 2 marta 50 mg dozada pioglitazon bilan birga qabul qilgan pasientlarda tana vaznini o‘rtacha oshishi plaseboga nisbatan muvofiq ravishda + 0,1 kg yoki + 1,3 kg ni tashkil etgan.

Sutkada 45 mg dozada pioglitazonga Galvus® preparati sutkada 1 yoki 2 marta 50 mg dozada qo‘shilganida periferik shishlar rivojlanishi tez-tezligi muvofiq ravishda 8,2% va 7% ni (pioglitazon bilan monoterapiya fonida 2,5% ga nisbatan) tashkil etgan.

Biroq sutkada 45 mg dozada pioglitazon bilan birga vildagliptin bilan sutkada 1 yoki 2 marta 50 mg dozada boshlang‘ich majmuaviy davolash buyurilganida periferik shishlar muvofiq ravishda 3,5% va 6,1% bemorlarda (sutkada 30 mg dozada pioglitazon bilan monoterapiya fonida 9,3% ga nisbatan) kuzatilgan.

Galvus® preparati sutkada 1 marta yoki sutkada 2 marta 50 mg dozada tiazolidindion hosilalari bilan majmuada qo‘llanilganida

Tadqiqotlarda: tez-tez – tana vaznini oshishi.

Yuborish joyida umumiy buzilishlar va reaksiyalar: tez-tez – periferik shish.

Galvus® preparati sutkada 2 marta 50 mg dozada metformin va sulfonilmochevina bilan majmuada qo‘llanilganida

Nerv tizimi tomonidan: tez-tez – tremor, bosh aylanishi.

Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan: tez-tez – gipergidroz.

Moddalar almashinuvi tomonidan: tez-tez – gipoglikemiya.

Yuborish joyida umumiy buzilishlar va holatlar: tez-tez – asteniya.

Insulin bilan majmuada

Preparatni nazorat qilinadigan klinik tadqiqotlarda bir kunda 2 marta 50 mg dozada insulin bilan majmuada metformin bilan yoki usiz buyurilganida davolashni bekor qilish hollari vildagliptin guruhida 0,3% pasientlarda kuzatilgan va plasebo guruhida mavjud bo‘lgan.

Har ikkala davolash guruhida gipoglikemiya rivojlanishi hollari bir xil (plaseboga nisbatan vildagliptin guruhida 14%) bo‘lgan. Vildagliptin guruhida ikkita pasientda va plasebo guruhida 6 ta pasientda og‘ir gipoglikemik holatlar qayd etilgan.

Galvus® preparatini sutkada 2 marta 50 mg dozada insulin bilan birga qabul qilgan pasientlarda tana vaznini o‘rtacha oshishi tadqiqot yakunida plaseboga nisbatan + 0,6 kg ni tashkil etgan.

Galvus® preparati sutkada 2 marta 50 mg dozada insulin bilan (metformin bilan yoki usiz) majmuada qo‘llanilganida

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez – ko‘ngil aynishi, gastroezofageal reflyuks kasalligi; tez-tez emas – diareya, meteorizm.

Nerv tizimi tomonidan: tez-tez – bosh og‘rig‘i.

Yuborish joyida umumiy buzilishlar va reaksiyalar: tez-tez – qaltirash.

Tadqiqotlarda: tez-tez – qonda glyukoza darajasini pasayishi.

Postmarketing tadqiqotlar (tez-tezligi noma‘lum):

Postmarketing tadqiqotlar o‘tkazilishi va adabiyotlar skriningi vaqtida artralgiya (gohida jiddiy), gepatit, jigar funksiyasini buzilishi (davolash to‘xtatilganida qaytuvchan bo‘lgan), eshakemi, pankreatit, terining bullyoz va eksfoliativ shikastlanishlari (shu jumladan bullyoz pemfigoid), pankreatit kabi nojo‘ya reaksiyalar aniqlangan.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Vildagliptin yoki har qanday yordamchi moddalarga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

 

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Galvus® preparati dorilarning o‘zaro ta‘siri rivojlanishi bo‘yicha past potensialga ega. Galvus® preparati P (CYP) 450 sitoxromi tizimi fermentlari substrati bo‘lmaganligi, shuningdek CYP 450 fermentlarini ingibisiya va induksiya qilmaganligi tufayli, Galvus® preparatini ushbu ferment tizimining substratlari, ingibitorlari yoki induktorlari bo‘lgan boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri ehtimoli kam.

Birga qo‘llanilganida vildagliptin CYP1A2, CYP2C8, CYP2C9, CYP2C19, CYP2D6, CYP2E1 va CYP3A4/5 fermentlarining substratlari bo‘lgan preparatlar metabolizmi tezligiga shuningdek ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Vildagliptinni qandli diabetning 2 tipida majmuada tez-tez buyuriladigan dori vositalari, shuningdek tor terapevtik diapazoniga ega preparatlar bilan o‘zaro ta‘siri bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar

Galvus® preparatining qandli diabetning 2 tipini davolashda tez-tez foydalaniladigan preparatlar (glibenklamid, pioglitazon, metformin) yoki tor terapevtik diapazoniga ega preparatlar (amlodipin, digoksin, ramipril, simvastatin, valsartan, varfarin) bilan klinik jihatdan ahamiyatli o‘zaro ta‘siri aniqlanmagan.

Diabetga qarshi boshqa peroral dori vositalarini qabul qilishdagi kabi vildagliptinni gipoglikemik ta‘siri ma‘lum preparatlar, shu jumladan tiazidlar, kortikosteroidlar, tireoid preparatlari va simpatomimetiklar bilan bir vaqtda qo‘llanilganida pasayishi mumkin.

 

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Galvus® preparati insulinga qaram pasientlarda insulin o‘rnini bosa olmaydi. Preparat qandli diabetning 1 tipi bo‘lgan pasientlarda yoki diabetik ketoasidozni davolash uchun qo‘llanilishi mumkin emas.

Buyrak funksiyasini buzilishlari

Buyrak yetishmovchiligi terminal bosqichda, gemodializda bo‘lgan bemorlarda qo‘llash tajribasi cheklangan. Shu sababli Galvus® preparatini bunday pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash zarur. Buyrak yetishmovchiligi terminal bosqichda bo‘lgan bemorlarda sutkada tavsiya etiladigan dozasi bir kunda 1 marta 50 mg ni tashkil etadi.

Jigar funksiyasini buzilishlari

Galvus® preparati jigar funksiyasini buzilishi bo‘lgan pasientlarga, shu jumladan davolash boshlanishidan oldin ALT yoki AST ning dastlabki qiymatlari NYUCH dan >2,5 marta ortiq bo‘lgan pasientlarga tavsiya etilmaydi.

Jigar fermentlari faolligi monitoringi

Jigar disfunksiyasi simptomlari (shu jumladan gepatit) haqida kam sonli xabarlar kelib tushgan bo‘lib, ular odatda, simptomsiz kechgan va klinik oqibatlarga ega bo‘lmagan. Tadqiqotlar natijalari shuni ko‘rsatadiki, jigar funksiyasi davolash to‘xtatilganidan keyin normal holatga qaytadi. Galvus® preparati bilan davolash boshlanishiga qadar dastlabki qiymatlarni bilish uchun jigar funksional sinamalarini tekshirish zarur. Galvus® preparati bilan davolash vaqtida jigar funksiyasini birinchi yil davomida har uch oyda nazorat qilish va keyinchalik davriy tekshirib turish lozim. Agar pasientda aminotransferazalar yuqori faolligi aniqlangan bo‘lsa, ushbu natijani takroriy tadqiqot bilan tasdiqlash, so‘ngra esa jigar funksiyasining biokimyoviy ko‘rsatkichlarini ular normal holatga kelishiga qadar aniqlashni muntazam ravishda o‘tkazish lozim. Agar AST yoki ALT faolligi NYUCH dan 3 marta yoki undan ko‘p ortiq bo‘lsa, preparat qo‘llanilishini bekor qilish lozim.

Galvus® preparati qo‘llanilishi fonida sariqlik yoki jigar funksiyasini buzilishining boshqa belgilari rivojlanganida, davolashni darhol to‘xtatish va davolovchi shifokorga murojaat qilish lozim. Jigar funksiyasini ko‘rsatkichlari normaga kelganidan so‘ng preparat bilan davolashni qayta boshlash mumkin emas.

Yurak yetishmovchiligi

Nyu-York kardiologlar assosiasiya (NYHA) tasnifi bo‘yicha I-III funksional sinfdagi pasientlarda vildagliptinning klinik tadqiqoti shuni ko‘rsatadiki, vildagliptin bilan davolash plaseboga nisbatan yurak chap qorinchasi funksiyasiga yoki mavjud turg‘un yurak yetishmovchiligini yomonlashishiga ta‘sir ko‘rsatmaydi. Vildagliptinni qabul qilgan, NYHA bo‘yicha III funksional sinfdagi pasientlarda klinik tajriba cheklangan va tugallangan natijalar yo‘q.

Klinik sinovlarda NYHA bo‘yicha IV funksional sinfdagi pasientlarda vildagliptinni qo‘llash tajribasi mavjud emas, va demak, mazkur pasientlarda preparat qo‘llanilishi tavsiya etilmaydi.

Teri shikastlanishlari

Klinik oldi toksikologik tadqiqotlar davrida maymunlar qo‘l-oyoqlarida teri shikastlanishlari, shu jumladan qavariq va yaralar qayd etilgan. Klinik tadqiqotlar davrida teri shikastlanishi hollarining ko‘payishi qayd etilmaganiga qaramay, diabetda teri kasalliklari bo‘lgan pasientlarni davolashga nisbatan cheklangan tajriba mavjud. Bundan tashqari, postmarketing davrda terining bullyoz va eksfoliativ shikastlanishlari yuzaga kelishi haqidagi hisobotlar olingan. Shu sababli preparatni diabetli pasientlarga buyurilganida, qavariqlar yoki yaralar kabi teri buzilishlari mavjudligi yuzasidan monitoring o‘tkazilishi tavsiya etiladi.

O‘tkir pankreatit

Vildagliptin qo‘llanilishi o‘tkir pankreatit rivojlanishi xavfi bilan bog‘liq.

Pasientlar o‘tkir pankreatitga xos simptomlar haqida xabardor qilinishi kerak.

Agar pankreatitga shubha bo‘lsa, preparatni qo‘llash to‘xtatilishi kerak. Agar pankreatit tasdiqlansa, u holda Galvus® preparati bilan davolash qayta boshlanmasligi kerak. Anamnezda o‘tkir pankreatiti bo‘lgan pasientlarda preparat qo‘llanilganida ehtiyotkorlikka rioya qilish zarur.

Gipoglikemiya

Ma‘lumki, sulfonilmochevina gipoglikemiyani keltirib chiqaradi. Vildagliptinni sulfonilmochevina bilan birgalikda qabul qilayotgan pasientlar gipoglikemiya rivojlanishi xavfiga moyil bo‘ladilar. Gipoglikemiya rivojlanishi xavfini pasaytirish uchun sulfonilmochevina dozasini kamaytirish talab qilinishi mumkin.

Yordamchi moddalar

Tabletkalar laktoza saqlaydi. Fruktozani nasliy o‘zlashtiraolmaydigan, Lapp laktaza tanqisligi, glyukoza-galaktoza malabsorbsiyasi bo‘lgan pasientlar Galvus® preparatini qo‘llamasliklari kerak.

Homiladorlik va/yoki laktasiya davrida qo‘llanilishi

Homiladorlik davri

Homilador ayollarda Galvus® preparatini qo‘llash bo‘yicha yetarlicha ma‘lumotlar yo‘q. Hayvonlarda (kalamushlar yoki quyonlarda) o‘tkazilgan tadqiqotlarda Galvus® preparati homilaga teratogen ta‘sir ko‘rsatmagan. Odamlar uchun potensial xavfi noma‘lum. Odamga ta‘siri haqidagi ma‘lumotlar yo‘qligi tufayli homiladorlik davrida qo‘llanilmasligi kerak.

Laktasiya davri

Vildagliptin ko‘krak sutiga ajralishi noma‘lum. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar vildagliptinni sutga ajralishini namoyish etilgan. Galvus® preparatini laktasiya davrida qo‘llash mumkin emas.

18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar

Preparatni 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlarga buyurish tavsiya etilmaydi.

Galvus® preparatini 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlarda qo‘llanilishi samaradorligi va xavfsizligi haqidagi ma‘lumotlar yo‘q.

Dori vositasini avtotransportni boshqarish yoki boshqa potensial xavfli mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘sirining o‘ziga xos xususiyatlari

Galvus® preparatini avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siriga doir tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Preparat bilan davolash fonida bosh aylanishi rivojlanganida pasientlar avtotransportni boshqarmasligi yoki mexanizmlar bilan ishlamasgi kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

 

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari

Vildagliptin bilan dozani oshirib yuborilishi mumkinligi simptomlari haqidagi ma‘lumot Galvus® preparatini 10 kalendar kunigacha sutkada 25 mg, 50 mg, 100 mg,
200 mg, 400 mg va 600 mg dozalarda qabul qilgan sog‘lom ko‘ngillilarda o‘tkazilgan tadqiqotlardan olingan. 200 mg gacha bo‘lgan dozalar ta‘siri yaxshi o‘zlashtirilgan. Preparatni 400 mg dozada qo‘llanilganida mushak og‘rig‘i hollari va yengil va o‘tuvchan paresteziyaning yakka uchraydigan hollari, isitma, shishlar va lipaza faolligining tranzitor (NYUCH dan 2 marta ortiq bo‘lgan darajagacha) oshishi kuzatilgan. Preparatni
600 mg dozada qo‘llanilganida qo‘l panjalari va oyoq kaftlarining shishlari, kreatinfosfokinaza (KFK) faolligini normaning yuqori chegarasidan ortiq oshishi, shuningdek AST faolligi, S-reaktiv oqsil va mioglobin darajalarining oshishi, paresteziya kuzatilgan. Preparat qo‘llanilishi bekor qilinganidan keyin barcha simptomlar yo‘qolgan va laboratoriya ko‘rsatkichlari normaga qaytgan.

Davolash

Preparatni gemodializ yordamida organizmdan chiqarish ehtimoli kam. Biroq vildagliptinning asosiy gidrolizli metaboliti (LAY151) gemodializ yo‘li bilan organizmdan chiqarilishi mumkin.

 

Chiqarilish shakli

7 tabletkadan blisterda, 1 blisterdan karton qutida yoki 14 tabletkadan blisterda, 2 yoki 4 blisterdan karton qutiga joylangan.

 

Saqlash sharoiti

30ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda, original o‘ramida saqlansin, nam ta‘siridan himoya qilinsin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.