Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
ГАЛОПЕРИДОЛ ТАБЛЕТКА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

ГАЛОПЕРИДОЛ ТАБЛЕТКА 1,5МГ №50

25 000 so'mdan
(1896)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
HALOPERIDOL
Ishlab chiqaruvchi
АЛСИ ФАРМА
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Pharm Group Name
Dori tafsilotlari
Dori shakli: 
Tarkibi:
Taʼrifi:
Farmakoterapevtik guruhi: 
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli: 

tabletkalar

 

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: galoperidol – 1,5 mg yoki 5 mg.

yordamchi moddalar: silak I (laktoza monogidrati, kristall sellyuloza), kolloidli kremniy dioksidi, magniya stearati, talk, natriy glikolyat kraxmali.

 

Taʼrifi:

 oq rangli, yassi yuzali, chetlari kesilgan, dumaloq shaklli, bir tomonida riskasi boʻlgan tabletkalar.

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

Neyroleptik vosita.

 

 

Farmakologik xususiyatlari

Galoperidol – antipsixotik preparat (neyroleptik), butirofenon hosilasi. Yaqqol antipsixotik va qusishga qarshi samara koʻrsatadi.

Galoperidolning taʼsiri bosh miyaning mezokortikal va limbik strukturalardagi markaziy dofamin (D2) va α-adrenergik retseptorlarini bloklashi bilan bogʻliq. Gipotalamusning (D2)-retseptorlarini blokadasi prolaktinni yuqori darajada ishlab chiqarilishi oqibatida tana haroratini pasayishiga, galaktoreyaga olib keladi. Qusishga qarshi taʼsirining asosida qusish markazining triger zonasidagi dofamin retseptorlarini susaytirilishi yotadi. Ekstrapiramid tizimining dofaminergik strukturalarini oʻzaro taʼsiri ekstrapiramid buzilishlarga olib keladi. Kuchli antipsixotik faolligi oʻrtacha sedativ taʼsir bilan qoʻshiladi (kichik dozalarda faollashtiruvchi taʼsir koʻrsatadi). Uyquni chaqiruvchi, narkotiklar, analgetiklar va markaziy nerv tizimining faoliyatini susaytiruvchi boshqa vositalarning taʼsirini kuchaytiradi.

Farmakokinetikasi

Galoperidol asosan ionlanmagan shaklda, passiv difuziya mexanizmi orqali asosan ingichka ichakdan soʻriladi. Qonda maksimal konsentratsiyasiga 2-6 soat oʻtgach erishiladi.

Galoperidolning biokiraolishligi 60-70% tashkil qiladi. Galoperidol plazma oqsillari bilan 90% bogʻlanadi. 10% erkin fraksiya koʻrinishida boʻladi. Eritrotsitlardagi konsentratsiyasining plazmadagi konsentratsiyasiga nisbati 1:12. Galoperidolning toʻqimalardagi konsentratsiyasi qondagiga nisbatan yuqori. Preparat toʻqimalarda toʻplanish xususiyatiga ega. Galoperidol jigarda metabolizmga uchraydi, metaboliti faol emas. Preparat organizmdan asosan metabolitlar koʻrinishida, 60% ahlat va 40% siydik bilan chiqariladi. Preparatning plazmadan yarim chiqarilish davri ogʻiz orqali qoʻllanganidan soʻng oʻrtacha 24 soatni (12-37 soat), mushak ichiga yuborilgandan soʻng oʻrtacha 21 soatni (17-25 soat), tomir ichiga – 14 soatni (10-19 soat) tashkil qiladi. Terapevtik samaraga erishish uchun Galoperidolning qondagi konsentratsiyasi 4 dan 20-25 mg/l gacha boʻlishi yetarlidir. Preparat gematoensefalik toʻsiqdan oʻtadi.

Plazmadagi konsentratsiyasi va farmakokinetik parametrlari shaxsiy qiymatga ega, ular turli odamlarda kuchli farq qiladi.

Galoperidol yoʻldosh orqali oʻtadi, ona suti bilan chiqariladi.

 

Qoʻllanilishi

Preparat shifokor tavsiyasi boʻyicha buyuriladi.

  • Turli etiologiyali qoʻzgʻalish, gallyutsinator va alahsirashli buzilishlar, maniakal holatlar, psixosomatik buzilishlar bilan birga kechuvchi oʻtkir va surunkali psixozlar.
  • Xulqni buzilishlari, shaxsiyatni oʻzgarishlarda (paranoidal, shizoidli va boshqalar), Jilya de lya Turetta sindromi, bolalarda ham, kattalarda ham.
  • Tiklar, Gettington xoreyasi.
  • Uzoq muddat saqlanuvchi va davolashga chidamli qusish, shu jumladan oʻsmaga qarshi davolash bilan bogʻliq boʻlgan xiqichoqda qoʻllanadi.
  • Operativ aralashuvlardan oldin qoʻllanishi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Galoperidolning dozasi shaxsiy ravishda belgilanadi.

Preparat ovqat qabul qilishdan yarim soat oldin ichishga buyuriladi (meʼdaning shilliq qavatini taʼsirlanishini kamaytirish uchun sut bilan qabul qilish mumkin).

Quyida taklif qilingan dozalari oʻrtachadir, preparatning aniq dozasi bemorning reaksiyasiga bogʻliq. Bu kasallikning oʻtkir bosqichida dozani asta-sekin oshirish va tutib turuvchi dozani asta-sekin minimal samaragacha kamaytirishni bildiradi.

Bolalar uchun bolalar dori shakllarini qoʻllash maqsadga muvofiqdir (1,5 mg li tabletkalar yoki tomchilar).

Boshlangʻich sutkalik doza 2-3 qabulga boʻlingan 0,5-5 mg ni tashkil qiladi. Soʻngra doza asta-sekin 0,5-2 mg ga (chidamli hollarda 2-4 mg ga) kerakli terapevtik samaraga erishguncha oshiriladi. Maksimal sutkalik doza – 100 mg. Oʻrtacha terapevtik doza sutkada 10-15 mg ni (shizofreniyaning surunkali shakllarida sutkada 20-40 mg, rezistent hollarida sutkada 50-60 mg ni tashkil qiladi.

Davolash kursining davomiyligi oʻrtacha 2-3 oy tashkil qiladi. Tutib turuvchi doza (zoʻrayish hollaridan tashqari) sutkada 0,5 dan 5 mg gacha (doza asta-sekin kamaytiriladi) tashkil qiladi.

3-12 yoshli bolalarga (15-40 kg vaznli) 0,025-0,05 mg/kg tana vazniga kuniga 2-3 marta, doza 5-7 kunda bir marta 0,15 mg/kg sutkalik dozagacha oshiriladi.

Keksa yoshli va holsizlangan bemorlarga kattalar uchun odatdagi dozaning 1/3-1/2 qismi buyuriladi, u har 2-3 kunda oshiriladi. Qusishga qarshi vosita sifatida 1,5-2 mg dan ichga buyuriladi.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Markaziy nerv tizimi. Turli yaqqollik darajasidagi paroksizmal va oʻtkir ekstrapiramid buzilishlar. Koʻpchilik bemorlarda oʻtib ketuvchi akineto-rigid sindromi, okulogir krizlar, akatiziya, distonik holatlar kuzatiladi. Bu holatlarni yoʻqotish uchun parkinsonizmga qarshi vositalar (siklodol va boshqa) buyuriladi. Ekstrapiramidal buzilishlarning yaqqolligi doza bilan bogʻliq, koʻpincha doza pasaytirganida ularni kamayishi yoki yoʻqolishi mumkin. Qator hollarda nevrologik buzilishlarning belgilari uzoq olib borilgan davolash kursidan keyin preparat bekor qilinganida kuzatiladi, shuning uchun galoperidol forte asta-sekin dozani kamaytirish orqali bekor qilinadi. Xavfli neyroleptik sindromini (XNS) rivojlanishi mumkin. Uzoq muddat galoperidol forte qabul qilinganida kechki diskeneziya rivojlanishi mumkin, ayniqsa keksa yoshli nerv tizimining organik yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlarda, shuning uchun bu toifa bemorlar uchun preparatning dozasi kamaytirilishi kerak. Davolashni boshida korrektorlar buyurilganidan keyin oʻtkinchi boʻshashish, holsizlanish, uyquchanlik, bosh ogʻrigʻi kabalar kuzatilishi mumkin.

Yurak-qon tomir tizimi. Taxikardiya, arterial gipotenziya, baʼzida gipertenziya, EKG tomonidan oʻzgarishlar (QT oraligʻining uzayishi yoki ventrikulyar aritmiyalarni paydo boʻlishi, asosan galoperidol parenteral yuborilganidan soʻng).

Qon. Tranzitor leykopeniya yoki leykotsitoz, anemiya, limfomonotsitoz, kam agranulotsitoz.

Jigar. Jigar faoliyatini buzilishi, sariqlik boʻlishi mumkin.

Teri. toksikodermiya, fotosensibilizatsiya, yogʻ bezlarining giperfunksiyasi.

Meʼda-ichak yoʻllari. Anoreksiya, dispepsiya, ogʻizni qurishi, baʼzida soʻlakni koʻp ishlab chiqarilishi, koʻngil aynishi, qusish, qabziyat, ich ketishi.

Endokrin tizimi. Amenoreya, frigidlik, ginekomastiya, impotensiya, giperprolaktenemiya, galaktoriya.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
  • Markaziy nerv tizimining faoliyatini ogʻir toksik susayishi va har qanday etiologiyali komatoz holatlar.
  • Markaziy nerv tizimining piramid va ekstrapiramid buzilishlari bilan birga kechuvchi kasalliklari (Parkinson kasalligi va boshqalar).
  • Buterofenon hosilalariga yuqori sezuvchanlik.
  • Homiladorlik, emizish davri.
  • 3 yoshgacha boʻlgan bolalarda qoʻllash mumkin emas.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Galoperidol markaziy nerv tizimini susaytiruvchi markaziy taʼsir qiluvchi gipotenziv preparatlar, opioid analgetiklar, uxlatuvchi vositalar, antidepressantlar, narkoz uchun vositalar, alkogolning taʼsirini potensiyalaydi.

Parkinsonizmga qarshi preparatlar (levodopa va boshqalar) bilan birga qoʻllanganida dofaminergik strukturalarga antogonistik taʼsiri tufayli, bu vositalarning terapevtik taʼsiri kamayishi mumkin.

Galoperidol adrenalin va boshqa simptomimetiklar taʼsiri jadalligini kamaytirishi va ular qoʻllanganida qon bosimini parodoksal pasayishini chaqirishi mumkin.

Tutqanoqqa qarshi vositalar bilan birga qoʻllanganida ularning dozasini oshirish lozim, chunki galoperidol forte tirishish faolligi boʻsagʻasini pasaytiradi.

Galoperidol antikoagulyantlarning faolligiga taʼsir koʻrsatadi, shuning uchun birga qoʻllanganida ularning dozasini toʻgʻrilash kerak. Galoperidol tritsiklik antidepressantlarning metabolizmini sekinlashtiradi, buning oqibatida plazmada ularning miqdori oshadi va zaharliligi ham oshadi.

Galoperidol forte flyuoksetin va litiy bilan bir vaqtda qabul qilinganida markaziy nerv tizimiga nojoʻya taʼsirining xavfi oshadi, ayniqsa ekstrapiramid reaksiyalar.

Antigistamin preparatlar bilan bir vaqtda buyurilganida antixolinergik samaralari kuchayishi mumkin.

Bir vaqtda choy yoki kofeni isteʼmol qilish galoperidolning taʼsirini kamaytirishi mumkin.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Yurak-qon tomir kasalliklarining dekompensatsiya koʻrinishlari oʻtkazuvchanlikni buzilishi, jigar, oʻpka va buyraklarning ogʻir kasalliklarida ehtiyotkorlikka rioya  qilish kerak.

Galoperidol bilan davolash jarayonida QT oraligʻini uzayishi mumkinligi tufayli, QT sindromida, gipokaliyemiya, QT oraligʻini uzaytiruvchi boshqa preparatlar qabul qilinganida galoperidolni alohida ehtiyotkorlik bilan qoʻllash kerak.

Galoperidolni qabul qilish vaqtida transport vositalarini haydash, mexanizmlarni boshqarish va yuqori diqqatni talab qiladigan ishlarni bajarish man qilinadi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach qoʻllanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Preparatning dozasi oshirib yuborilganida yuqorida qayd qilingan oʻtkir neyroleptik reaksiyalar paydo boʻlishi mumkin. Ayniqsa, tana haroratini koʻtarilishining xavfli neyroleptik sindrom belgilaridan boʻlishi mumkinligiga oʻta ehtiyot boʻlishi kerak. Dozani oshirib yuborilishining ogʻir hollarida xatto komagacha boʻlgan ong buzilishlarining turli shakllari kuzatilishi mumkin.

Dozani oshirib yuborilishini davolash. Neyroleptiklar bilan davolashni toʻxtatish, korrektorlarni buyurish, vena ichiga diazepam, glyukoza eritmasini, nootroplarni, V,S guruhi vitaminlarni yuborish, simptomatik davolash buyuriladi. Xushdan ketgan bemorlarda, nafas yoʻllarining oʻtkazuvchanligini va nafas faoliyatini va qon aylanish parametrlarini tutib turish kerak. Yurak-tomir tizimi va boshqa hayotiy muhim faoliyatlarning holatini doimo nazorat qilish tavsiya etiladi. Tirishish xurujlarida diazepamni qoʻllash kerak.

 

Chiqarilish shakli

Blisterda 10 tabletkadan, 5 blister qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi bilan birga oʻramlarda.

 

 

Saqlash sharoiti

Quruq va yoruqligdan himoyalangan joyda +250S gacha haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept boʻyicha.