Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Галавит СВЕЧИ

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Галавит СВЕЧИ РЕКТАЛЬНЫЕ 50мг №10

105 000 so'mdan
(3784)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Galavit
Ishlab chiqaruvchi
СЭЛВИМ
Chiqarilish shakli
СУПП РЕКТ
Farma. Guruh
Иммуномодуляторы
Dori tafsilotlari
Dori shakli: 
Tarkibi:
Taʼrifi: 
Farmakoterapevtik guruhi: 
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli: 

rektal suppozitoriylar

 

Tarkibi:

1 suppozitoriy quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 50 mg aminodigidroftalazindion natriy (Galavit®);

yordamchi moddalar:  vitepsol W-35 (yogʻ kislotalarining glitseridlari) – 575 mg, vitepsol N-15 (yogʻ kislotalarining glitseridlari) – 575 mg.

 

Taʼrifi: 

oqdan to sargʻish tusli oq rangligacha boʻlgan, torpedasimon shaklli, uzunasiga kesimda koʻrinadigan dogʻlari boʻlmagan suppozitoriy.

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

immunomodulyator vosita.

 

 

Farmakologik xususiyatlari

Preparatning taʼsir mexanizmi makrofaglarning funksional-metabolik faolligiga taʼsir qilish qobiliyati bilan bogʻliq.

Yalligʻlanish kasalliklarida preparat yalligʻlanish reaksiyalarining darajasini, ularning siklikligini, shuningdek intoksikatsiyaning yaqqolligini belgilovchi oʻta yuqori faollashgan makrofaglar tomonidan oʻsmalar nekrozi omili, interleykin-1 va boshqa yalligʻlanishga qarshi sitokinlar, kislorodning faol shakllarini oshiqcha sintezini 6-8 soatga qaytar ingibitsiya qiladi. Makrofaglarning funksional holatini normallashishi ularning antigen ifodalovchi va boshqaruvchi faoliyatini tiklanishiga va autoagressiya darajasini kamayishiga olib keladi. Preparat fagotsitozni kuchaytirib va infeksion kasalliklarga organizmning nospetsifik rezistentligini oshirib, neytrofil granulotsitlarning bakteritsid faolligini ragʻbatlantiradi.

Farmakokinetikasi

Organizmdan asosan buyraklar orqali chiqariladi. Rektal qoʻllanganidan keyin yarim chiqarilish davri 40-60 minutni tashkil qiladi. Asosiy farmakologik samaralari 72 soat davomida kuzatiladi.

 

Qoʻllanilishi

1 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan bolalarda majmuaviy davolash tarkibida immunomodulyator va yalligʻlanishga qarshi vosita sifatida:

  • intoksikatsiya va/yoki diareya bilan kechuvchi ichakning infeksion kasalliklari;
  • meʼda va 12 barmoq ichak yara kasalligi;
  • virusli gepatitlar;
  • gerpes virusi chaqirgan surunkali qaytalanuvchi kasalliklar;
  • papilloma virusi chaqirgan kasalliklar;
  • yiringli jarrohlik kasalliklar (kuyishli shikastlanishlar, qaytalanuvchi furunkulyoz, surunkali osteomiyelit, omnetit bilan gangrenoz appenditsit, peritonit, yiringli plevrit);
  • astenik xolatlar, nevrotik va somatoform buzilishlar, jismoniy mehnat qobiliyatini pasayishi;
  • operatsiyadan keyingi yiringli-septik asoratlar va ularni oldini olish (shu jumladan onkologik bemorlarda);
  • bakterial va virusli etiologiyali urogenital infeksiyalarni davolash va oldini olish;
  • ogʻiz boʻshligʻi va tomoq shilliq qavatining yalligʻlanish kasalliklari, paradontning kasalliklari;
  • bakterial va virusli etiologiyali nafas yoʻllari va LOR-aʼzolarining tez-tez qaytalanuvchi kasalliklari (tez-tez kuzatiladigan OʻRVI, bronxit, pnevmoniya, surunkali tonzillit, surunkali otit, surunkali adenoidit);
  • gripp va oʻtkir reapirator infeksiyalarni oldini olishda qoʻllanadi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Rektal buyuriladi. Suppozitoriy kontur oʻramdan chiqarib olinadi va soʻngra toʻgʻri ichakka kiritiladi. Oldindan ichakni boʻshatish tavsiya etiladi.

Preparatning dozasi va qoʻllashning davomiyligi kasallikning xarakteri, ogʻirligi va davomiyligiga bogʻliq.

  • Diareya sindromi bilan birga kechuvchi oʻtkir infeksion ichak kasalliklarida: boshlangʻich doza bir marta 2 50 mg li suppozitoriyni tashkil qiladi, soʻngra 1 suppozitoriydan kuniga 2 marta intoksikatsiya simptomlari yoʻqotilgunicha. Keyinchalik kursni 1 suppozitoriydan 72 soatlik interval bilan davom ettirish mumkin. Kurs – 20 50 mg li suppozitoriy.
  • Meʼda va 12 barmoq ichak yara kasalligining oʻtkir davrida: 2 kun 2 suppozitoriydan kuniga 1 marta, soʻngra 1 suppozitoriydan 72 soatlik interval bilan. Kurs – 15-25 suppozitoriy. Surunkali davrida: 5 kun 1 suppozitoriydan kuniga 1 marta, soʻngra bittadan – har 72 soatda. Kurs – 20 suppozitoriy.
  • Virusli gepatitlarda: boshlangʻich doza bir marta 2 suppozitoriyni tashkil qiladi, soʻngra bittadan – kuniga 2 marta intoksikatsiya va yalligʻlanish simptomlari yoʻqolgunicha. Keyinchalik kurs 1 suppozitoriydan 72 soatlik interval bilan davom ettiriladi. Kurs – 20 suppozitoriy.
  • Gerpes virusi chaqirgan surunkali qaytalanuvchi kasalliklarda: 1 suppozitoriydan har kuni 5 kun davomida, soʻngra bittadan kunora – 15 suppozitoriy.
  • Papilloma virusi chaqirgan infeksiyalarda: 5 kun 1 suppozitoriydan kuniga 1 marta, soʻngra bir suppozitoriydan kunora. Kurs – 20 suppozitoriy.
  • Yiringli xirurgik kasalliklarda (kuyishli shikastlanishlar, qaytalanuvchi furunkulyoz, surunkali osteomiyelit, omentit bilan gangrenoz appenditsit, surunkali plevritda): 5 kun bir suppozitoriydan xar kuni, soʻngra 1 suppozitoriydan kunora 10 kun davomida.
  • Astenik holatlarda, nevrotik va somatoform buzilishlarda: 5 kun bir suppozitoriydan har kuni, soʻngra bittadan har 72 soatda. Kurs – 15 suppozitoriy. Jismoniy ishlash qobilyatini oshirish uchun: 1 suppozitoriydan kunora, kursga – 5 suppozitoriy.
  • Operatsiyadan oldingi va keyingi davrda xirurgik asoratlarni oldini olish va davolash uchun (shu jumladan onkologik bemorlarda): 1 suppozitoriydan kuniga 1 marta – 5 suppozitoriy operatsiyagacha, 5 – operatsiyadan keyin bittadan kunora va 5 suppozitoriy – 72 soatlik interval bilan buyuriladi. Kasallikning ogʻir kechishida boshlangʻich doza 2 suppozitoriy bir marta yoki bittadan kuniga 2 marta. Kurs – 20 suppozitoriy.
  • Bakterial va virusli etiologiyali urogenital infeksiyalarni davolash va oldini olishda: 1 kuni 1 suppozitoriydan kuniga 2 marta, soʻngra 1 suppozitoriydan kunora. Kurs – 10-15 suppozitoriy (patologik jarayonning ogʻirligiga qarab),
  • Ogʻiz boʻshligʻi va tomoq shilliq qavatining yalligʻlanish kasalliklarida, parodontning kasalliklarida: boshlangʻich doza 1 suppozitoriydan har kuni – 5 suppozitoriy, soʻngra bittadan – 72 soatlik interval bilan. Kurs – 15 suppozitoriy.
  • Nafas yoʻllari va LOR-aʼzolarining tez-tez qaytalanuvchi bakterial va virus etiologiyali kasalliklarida: (tez-tez kuzatiladigan OʻRVI, bronxit, pnevmoniya, surunkali tonzillit, surunkali otit, surunkali adenoidit): bir suppozitoriydan xar kuni 5 kun davomida, soʻngra 1 suppozitoriydan kunora 10 kun davomida. Kurs – 15 suppozitoriy.

Gripp va oʻtkir respirator infeksiyalarni oldini olish uchun: bir suppozitoriydan kuniga 1 marta. Kurs – 5 suppozitoriy

Nojoʻya taʼsirlari

Kam hollarda allergik reaksiyalar boʻlishi mumkin.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Shaxsiy oʻzlashtiraolmaslik.  1 yoshgacha boʻlgan bolalarda qoʻllash mumkin emas.

 

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Bir vaqtda qoʻllanganida antibiotiklarning kursli dozalarini pasaytirish mumkin. Boshqa dori preparatlari bilan nomutanosiblik hollari aniqlanmagan.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Preparatni yaroqlilik muddati tugaganidan keyin qoʻllash mumkin emas va bolalar ololmaydigan joyda saqlash kerak.

 

Chiqarilish shakli

Rektal suppozitoriylar 50 mg. 5 donadan kontur uyali oʻramda, 1 yoki 2 kontur oʻramdan qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi bilan birga karton qutida.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retseptsiz.