Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
ФУРОСЕМИД ТАБЛЕТКА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

ФУРОСЕМИД ТАБЛЕТКА 40МГ №50

5 000 so'mdan
(4125)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
FUROSEMIDE
Ishlab chiqaruvchi
ФАРМАК
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Диуретические препараты
Dori tafsilotlari
Tarkibi: 
Taʼrifi:
Farmakoterapevtik guruhi:
Qoʻllanilishi
Dori shakli:
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Tarkibi: 

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: 

faol modda: furosemid – 40 mg, 

yordamchi moddalar: sut qandi, kartoshka kraxmali, kraxmal 1500 (qisman oldindan jelatinlangan makkajoʻxori kraxmali), magniy stearati.

 

Taʼrifi:

 oq rangdan och-sariq tusligacha boʻlgan, yassi yuzali, faskali tabletkalar.

 

Farmakoterapevtik guruhi:

 Yuqori faol diuretiklar. Sulfonamidlar.

 

 

Qoʻllanilishi

Yurak yoki buyrak kasalligi oqibatida kelib chiqqan shishlar.

Jigar kasalligi oqibatida kelib chiqqan shishlarda, odatda kaliyni tejovchi vositalar bilan birga qoʻllaniladi.

Tiazid diuretiklarini qabul qilish mumkin boʻlmagan surunkali buyrak yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlarda arterial gipertenziyada qoʻllanadi. (ayniqsa kreatinin klirensi minutiga 30 ml dan kam boʻlganda).

 

Dori shakli:

 tabletkalar 40 mg.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Dozalash tartibi koʻrsatmalarga, klinik vaziyatga, patsiyentning yoshiga qarab, individual ravishda belgilanadi. Davolash jarayonida dozalash tartibiga diuretik javobning kattaligi va patsiyent holatining dinamikasiga qarab, tuzatish kiritiladi. Ichga qabul qilinadi.

Kattalar. Yurak, buyrak yoki jigar kasalliklari oqibatidagi shishlarda:

  • oʻrtacha ogʻirlikdagi holat: kuniga ½-1 tabletka buyuriladi.
  • ogʻir holat: kuniga 2-3 tabletka 1 yoki 2 marta qabul qilishga, yohud kuniga 3-4 tabletka 2 marta qabulga qilishga buyuriladi.

Arterial bosim oshganida va surunkali buyrak yetishmovchiligida: boshqa antigipertenziv vositalar (renin-angiotenzin tizimining antagonistlari) bilan birga, kuniga ½-3 tabletka bir yoki ikki marta qabul qilishga buyuriladi.

Bolalar: Shishlarni davolash uchun sutkalik doza 1kg tana vazniga 1-2 mg 1-2 marta qabulga buyuriladi.

Keksa patsiyentlarda qoʻllanishi. Keksa patsiyentlarda dozani tanlash va uni boshqarishni odatda terapevtik dozalar diapozonining past darajasidan boshlab, ehtiyotkorlik bilan oʻtkazish zarur.

 

 

Nojoʻya taʼsirlari

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: arterial gipotenziya, ortostatik gipotenziya, kollaps, taxikardiya, aritmiyalar.

Nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, bosh ogʻrigʻi, mushaklarni kuchsizligi, boldir mushaklarini tirishishlari (tetaniya), paresteziyalar, apatiya, adinamiya, holsizlik, lanjlik, uyquchanlik, ongni chalkashishi.

Sezgi aʼzolari tomonidan: koʻrishni va eshitishni buzilishi.

Ovqat-hazm qilish tizimi tomonidan: anoreksiya, ogʻizni qurishi, chanqoqlik, koʻngil aynishi, qusish, diareya, qabziyat, xolestatik sariqlik, pankreatitni zoʻrayishi.

Siydik-jinsiy tizimi tomonidan: oliguriya, siydikni oʻtkir tutilishi (prostata bezining adenomasida), interstitsial nefrit, gematuriya, impotensiya.

Allergik reaksiyalar: purpura, eshakemi, eksfoliativ dermatit, koʻp shaklli eritema, vaskulit, nekrozlovchi angiit, terini qichshishi, etni uvishishi, isitma, fotosensibilizatsiya, anafilaktik shok.

Qon yaratish aʼzolari tomonidan: leykopeniya, trombotsitopeniya, agranulotsitoz, aplastik anemiya.

Suv-elektrolit almashinuvi tomonidan: gipovolemiya, degidratatsiya, gipokaliyemiya, giponatriyemiya, gipoxloremiya, gipokalsiyemiya, gipomagniyemiya, metabolik alkaloz.

Metabolik buzilishlar: giperglikemiya, gipoxolesterinemiya, giperurikemiya, glyukozuriya.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
  • Furosemidga yoki yordamchi moddalardan birontasiga oʻta yuqori sezuvchanlik; 
  • oʻtkir buyrak yetishmovchiligi;
  • jigar ensefalopatiyasi; 
  • siydik chiqarish yoʻllarining obstruksiyasi;
  • gipovolemiya yoki degidratatsiya;
  • dekompensatsiyalangan giponatriyemiya;
  • homiladorlik, emizish;
  • litiy bilan majmuada qoʻllash;
  • galaktozemiya;
  • glyukozo-galaktozani kam soʻrilishi sindromi, laktaza yetishmovchiligi;
  • ogʻir buyrak yetishmovchiligida gemodializda boʻlgan (kretinin klirensi minutiga
    30 ml dan kam boʻlgan) bemorlarda furosemidning ekskretsiyasi asosan safro bilan amalga oshiriladigan, furosemidni toʻplanib qolish xavfi sababli gepatit va gepatotsellyular yetishmovchilik.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Tavsiya qilinmaydi: Furosemid va xloralgidratni, aminoglikozid antibiotiklarni birga qabul qilish tavsiya qilinmaydi.

Quyidagilar bilan birga davolashda alohida ehtiyotkorlik bilan qoʻllanadi: sisplatin bilan (buyraklarni shikastlanishi), AAF ingibitorlari va angiotenzin retseptorlarining blokatorlari bilan (buyrak yetishmovchiligi), risperidon bilan (keksa patsiyentlarda).

Nosteroid yalligʻlanishga qarshi vositalar (NYAQV), shu jumladan atsetilsalitsil kislotasini bir vaqtda buyurish, furosemidning samarasini pasaytirishi, oʻtkir buyrak yetishmovchiligini chaqirishi mumkin.

Fenitoin, probenetsid, metotreksat bir vaqtda buyurilganida, ushbu dori vositalarning toksikligini oshishi bilan birga, furosemidning samaradorligi pasayishi mumkin.

Glyukokortikosteroidlar, karbenoksolon, chuchukmiyani katta miqdorda bir vaqtda qoʻllanganda va surgi vositalarini uzoq vaqt qoʻllanganda gipokaliyemiya kuchayishi mumkin.

Arterial bosimni pasaytiruvchi dori vositalarning (antigipertenziv, diuretik va boshqa preparatlar) taʼsiri furosemid bilan bir vaqtda ishlatilganida kuchayishi mumkin. Gipoglikemik vositalar va qon tomirlarni toraytiruvchi aminlarning (epinefrin/adrenalin, norepinefrin/noradrenalin) samaradorligini pasayishi, teofillin va kuraresimon vositalarning esa – kuchayishi mumkin.

Furosemid va ayrim sefalosprorinlar bilan yuqori dozalarda bir vaqtda davolanayotgan patsiyentlarda buyrak funksiyasi yomonlashishi mumkin.

Siklosporin A va furosemid bir vaqtda qoʻllanganida ikkilamchi podagrik artritni rivojlanish xavfi oshishi mumkin.

Furosemidni rentgenokontrast vositalar bilan birga ishlatilganida buyraklar funksiyasi koʻproq darajada buzilishi mumkin.

 

 

Maxsus koʻrsatmalar

Dori vositasini tasodifan qabul qilish gipovolemiyaga olib kelishi mumkin.

Gepatotsellyular yetishmovchilikda davolashni elektrolitlarni qaʼtiy nazorati ostida, jigar ensefalopatiyasi xavfini hisobga olib, ehtiyotkorlik bilan oʻtkazish kerak. Zarurat boʻlganida, davolashni darhol toʻxtatish lozim. Siydik yoʻllarini qisman obstruksiyasi holatlarida furosemidni qabul qilish siydikni tutilishiga olib kelishi mumkin. Diurezni, ayniqsa furosemid bilan davolashni boshida sinchkov monitoringini taʼminlash kerak. Sulfanilamidlarga va sulfonilmochevina hosilalariga yuqori sezuvchanligi boʻlgan patsiyentlar furosemidga kesishgan sezuvchanlikka ega boʻlishlari mumkin.

Tiazid diuretiklar qoʻllanganda fotosezuvchanlik reaksiyasi holatlari aniqlangan. Fotosezuvchanlik reaksiyasi paydo boʻlgan holatlarda furosemidni bekor qilish tavsiya qilinadi. Agar zarurat boʻlsa terining quyosh nurlari yoki suʼniy manbalarning ultrabinafsha nurlanishi taʼsiriga uchrashi mumkin boʻlgan ochiq sohalarini himoyalash tavsiya qilinadi. 

Dori vositasi laktoza saqlaganligi tufayli, uni galaktozani oʻzlashtiraolmaydigan, laktaza yetishmovchiligi yoki glyukoza-galaktozani kam soʻrilish sindromi boʻlgan patsiyentlarda qoʻllash tavsiya qilinmaydi.

Sportchilar. Furosemid antidoping nazoratini oʻtkazishda ijobiy testlarni beradi. 

Kurslik davolash fonida arterial bosimni, qon plazmasidagi elektrolitlar (shu jumladan natriy, kalsiy, kaliy, magniy miqdorini), qoldiq azot, kreatinin, siydik kislotasi miqdorini, kislota-asos holati, jigar funksiyasini vaqti-vaqtida nazorat qilish va davolashga muvofiq tuzatish kiritishni oʻtkazish kerak. Sulfanilamidlarga va sulfonilmochevina hosilalariga yuqori sezuvchanligi boʻlgan patsiyentlar furosemidga kesishgan sezuvchanlikka ega boʻlishlari mumkin.

Furosemid yuqori dozalarda buyurilganida, osh tuzini isteʼmol qilishni cheklash maqsadga muvofiq emas. Gipokaliyemiyani oldini olish uchun kaliy preparatlarini va kaliyni tejovchi diuretiklarni bir vaqtda buyurish (eng avvalo spironalaktonni), shuningdek kaliyga boy parhezga rioya qilish tavsiya qilinadi.

Assiti boʻlgan bemorlarga jigar sirrozi, jigar yetishmovchiligi fonida dozalash tartibini tanlash statsionar sharoitda oʻtkazilishi kerak.  

Buyrak funksiyasini buzilishlari paydo boʻlganida yoki kuchayganida davolashni toʻxtatish tavsiya qilinadi. 

Qandli diabeti boʻlgan yoki glyukozaga tolerantligi pasaygan bemorlarda qon va siydikdagi glyukoza darajasini vaqti-vaqti bilan nazorat qilish talab qilinadi.

Bexush holatdagi, prostata bezining xavfsiz giperplaziyasi, siydik yoʻlini torayishi yoki gidronefrozi boʻlgan bemorlarda siydik chiqarilishini nazorat qilish kerak.

Uzoq vaqt qabul qilish suvsizlanishga olib kelishi mumkin.

Tarkibida laktoza borligi tufayli, tugʻma galaktozemiyada, glyukoza va galaktozani kam soʻrilishi sindromida, laktaza tanqisligida qoʻllash mumkin emas.

Pediatriya amaliyotida qoʻllanishi

Chaqaloqlarda va chala tugʻilgan bolalarda furosemidni yuqori dozalarda uzoq vaqt qoʻllash nefrokalsinoz va/yoki nefrolitiazni rivojlanish xavfini oshiradi. Buyrakning ultratovush monitoringi tavsiya qilinadi.

Jigar va buyrak funksiyasini buzilishlari boʻlgan shaxslarda qoʻllanishi

Oʻtkir buyrak va jigar yetishmovchiligi boʻlgan shaxslarda qoʻllanmaydi.

 

Homiladorlik va laktatsiya davrida qoʻllanishi

Birinchi uch oylik davomida, homiladorlikning II-III uch oyliklarida furosemidni hayotiy koʻrsatmalar boʻyicha qoʻllash mumkin.

Laktatsiya davrida ayollarning suti bilan chiqariladi, shuning uchun davolash davrida emizishni toʻxtatish maqsadga muvofiqdir.

Avtomobilni va potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsiri

Yuqori diqqat va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlari bilan shugʻullanishdan saqlanish lozim.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach qoʻllanilmasin. 

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simtomlari: arterial bosimni pasayishi, kollaps, shok, gipovolemiya, degidratatsiya, gemokonsentratsiya, aritmiyalar, anuriyali oʻtkir buyrak yetishmovchiligi, tromboz, tromboemboliya, uyquchanlik, ongni chalkashishi, falajlik, apatiya.

Davolash: suv-tuz muvozanati va kislota-asos holatini tuzatish, aylanayotgan qon hajmini toʻldirish, simptomatik davolash. Maxsus antidoti yoʻq.

Dozani oshirib yuborish belgilari paydo boʻlganida darhol shifokorga murojaat qilish kerak.

 

Chiqarilish shakli

10 yoki 25 tabletkadan kontur uyali oʻramda, 10 tabletkadan 5 kontur uyali oʻram yoki 25 tabletkadan 2 kontur uyali oʻram (oʻramlar №10x5, №25x2) ilova-varaqasi bilan birga karton qutiga joylangan;

 

Saqlash sharoiti

Yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori boʻlmagan haroratda.  

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.  

 

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor retsepti boʻyicha.