Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
ФУРАЦИЛИН ТАБЛЕТКА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

ФУРАЦИЛИН ТАБЛЕТКА 20МГ №10

850 so'mdan
(4510)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
NITROFURAL
Ishlab chiqaruvchi
ZUNNUR SERVIS FARM
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Антисептические препараты
Dori tafsilotlari
Dori shakli: 
Tarkibi:
Taʼrifi: 
Farmakoterapevtik guruhi: 
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli: 

mahalliy va sirtga qoʻllash uchun eritma tayyorlash uchun tabletkalar.

 

Tarkibi:

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: nitrofural (furatsilin) – 20 mg, 

yordamchi modda: natriy xloridi – 800 mg.

 

Taʼrifi: 

sariq yoki koʻkimtir-sariq rangli, yuzasi notekis boʻyalgan, yassi silindrik shaklli, faska va riskali tabletkalar.

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

mikroblarga qarshi vosita – nitrofuran.

 

 

 

Farmakologik xususiyatlari

Mikroblarga qarshi vosita. Grammusbat va grammanfiy bakteriyalar (shu jumladan Staphylococcus spp., Streptococcus spp., Escherichia coli, Clostridium perfringens) ga nisbatan faol. Mikroorganizmlarni boshqa mikroblarga qarshi (nitrofuran guruhidan boʻlmagan) vositalarga chidamliligida samarador. Boshqa kimyoterapevtik vositalariga nisbatan boshqacha taʼsir mexanizmiga ega: mikrob flavoproteinlari 5-nitroguruhini tiklaydi, hosil boʻladigan yuqori reaktiv aminohosilalar oqsillarning, shu jumladan ribosomalarning va boshqa makromolekularaning konformatsiyasini oʻzgartirib,  hujayralarning halok boʻlishini chaqiradi. Chidamlilik asta-sekin rivojlanadi va yuqori darajaga yetmaydi.

Farmakokinetikasi

Mahalliy va sirtga qoʻllanganida soʻrilishi ahamiyatsiz. Gistogematik toʻsiqdan oson oʻtadi va suyuqlik va toʻqimalarda bir tekis taqsimlanadi. Metabolizmining asosiy yoʻli – nitroguruhining tiklanishi. Buyraklar orqali va qisman safro bilan chiqariladi.

 

 

Qoʻllanilishi

Sirtga: yiringli yaralar, yotoq yaralar, II-III darajali kuyishlar, terining mayda shikastlanishlari (shu jumladan, shilinish, tirnalish, yoriqlar, kesib olishlar).

Mahalliy: blefarit, konʼyunktivit, tashqi eshituv yoʻllarining furunkuli, osteomiyelit, burunning yondosh boʻshliqlari, plevra empiyemasi (boʻshliqlarni yuvish); oʻtkir tashqi va oʻrta otit, angina, stomatit, gingivitda qoʻllanadi. 

 

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Mahalliy, sirtga qoʻllanadi.

Sirtga 0,02% li suvli (1:5000) yoki spirtli 0,066% li (1:1500) eritmalari koʻrinishida – jarohatlar yuviladi va xoʻllangan bogʻlovlar qoʻyiladi. 

Boʻshliq ichiga (suvli eritma): burunning qoʻshimcha boʻshliqlarining empiyemasi (shu jumladan gaymoritda) – boʻshliqni yuvish; operatsiyadan keyingi osteomiyelit – keyinchalik nam bogʻlovni qoʻyish bilan boʻshliqni yuvish; plevra empiyemasi – yiring olib tashlangandan keyin plevra boʻshligʻini yuvish oʻtkaziladi va 20-100 ml suvli eritma yuboriladi. Siydik chiqarish kanali va qovuqni yuvish uchun suvli eritma bilan 20 minutli ekspozitsiya qilinadi.

Otitlarda – tana haroratigacha isitilgan spirtli eritma tashqi eshitish yoʻliga 5-6 tomchidan tomiziladi. 

Blefarit, konʼyunktivit – suvli eritma konʼyunktiva qopchasiga tomiziladi.

Ogʻiz va tomoqni chayqash uchun – 20 mg (1 tabletka) 100 ml suvda eritiladi.

Suvli eritmani tayyorlash uchun 1 qism nitrofural 5000 qism 0,9% li natriy xloridi eritmasida yoki distillangan suvda eritiladi. Spirtli eritma 70% li etanolda tayyorlanadi.

 

 

Nojoʻya taʼsirlari

Allergik reaksiyalar – teri toshmasi, dermatit boʻlishi mumkin.

 

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Oʻta yuqori sezuvchanlik, qon ketishi, allergodermatozlarda qoʻllash mumkin emas.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Boshqa dori vositalari bilan oʻzaro taʼsiri taʼriflanmagan.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Homiladorlik va laktatsiyada qoʻllanishi

Homiladorlik va laktatsiyada qoʻllanishiga ruxsat beriladi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach ishlatilmasin.

 

 

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilishi hollari toʻgʻrisida xabar berilmagan.

 

 

Chiqarilish shakli

Mahalliy va sirtga qoʻllash uchun eritma tayyorlash uchun tabletkalar, 20 mg.

10 tabletkadan kontur uyali yoki kontur uyasiz oʻramlarda. 

2 kontur uyali oʻram qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi. Kontur oʻramlar teng miqdorlardagi qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi bilan birga guruh qutiga joylanadi.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 2°S dan 25°S gacha haroratda saqlansin. 

 

Yaroqlilik muddati

5 yil. 

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retseptsiz.