Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
ФОЛИЕВАЯ КИСЛОТА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

ФОЛИЕВАЯ КИСЛОТА ТАБЛЕТКА 1МГ №50

4 000 so'mdan
(3057)
Dorixonalardagi narx
Xaritada topish
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
FOLIC ACID
Ishlab chiqaruvchi
МАРБИОФАРМ
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Витамины и родственные препараты
Dori tafsilotlari
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli:
Tarkibi:
Taʼrifi: 
Farmakoterapevtik guruhi: 
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar.
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Saqlash sharoiti

Original oʻramda 25°S dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept boʻyicha

Dori shakli:

 tabletkalar

 

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 1 mg yoki 5 mg folat kislotasi;

yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, mikrokristall sellyuloza, oldindan jelatinlangan kraxmal, magniy stearati.

 

Taʼrifi: 

1 mg dozali tabletkalar: bir qavatli, dumaloq shaklli, och sariq rangdan to sariq ranggacha boʻlgan tabletkalar, yuqori va pastki yuzalari yassi, chetlari qiyali. 

Tabletkalar yuzasida biroz nuqtali dogʻlar boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi. Sindirilganda lupa ostida nisbatan bir hil struktura koʻrinadi; 

5 mg dozali tabletkalar: bir qavatli, dumaloq shaklli, sariq rangdan toʻq sariq ranggacha boʻlgan tabletkalar, yuqori va pastki yuzalari yassi, chetlari qiyali. 

Tabletkalar yuzasida biroz kiritmalar boʻlishi mumkin. Sindirilganda lupa ostida nisbatan bir hil struktura koʻrinadi.

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

Antianemik vositalar. Folat kislotasi va uning hosilalari.

 

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Preparat ichga qabul qilinadi.

Davolash maqsadida kattalar va emizikli ayollarga sutkada 5 mg gacha buyuriladi. Davolash kursi 20-30 kunni tashkil etadi. 1 oylik tanaffus bilan 2-3 kurs oʻtkazish tavsiya qilinadi. Preparat uzoq vaqt qoʻllanilganda vitamin V12 (sianokobalamin) bilan majmuaviy qoʻllash tavsiya qilinadi.

Homiladorlikni rejalashtirayotgan va xavf guruhida boʻlgan ayollarga nerv naychasining tugʻma nuqsonlarini homilada rivojlanishini oldini olish uchun homiladorlik yuzaga kelishidan oldin 4 hafta davomida 5 mg dan buyuriladi va homiladorlikning birinchi uch oyi ichida davom ettiriladi.

Toʻlaqonli boʻlmagan yoki sifatsiz ovqatlanish bilan bogʻliq boʻlgan folat kislotasi tanqisligini oldini olish uchun-sutkada 1-5 mg.

Davolash kursi – 20-30 kun.

1 oydan keyin davolash kursini qayta oʻtkazilishi tavsiya qilinadi.

Megaloblast anemiyada folat kislotasi sutkada 5 mg dan 4 oy davomida buyuriladi.

Spru, makrotsitlar anemiya, malabsorbsiya, ichak yalligʻlanish kasalliklari, seliakiya kasalliklari boʻlgan patsiyentlarga sutkada 5-15 mg qabul qilish tavsiya etiladi.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Preparat yaxshi oʻzlashtiriladi.

Meʼda-ichak yoʻllari tomonidan: anoreksiya, koʻngil aynishi, qorin dam boʻlishi, qabziyat, ogʻizda achiq taʼm sezish.

Immun tizimi tomonidan: yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, shu jumladan eritema, toshmalar, qichishish, eshakemi, hansirash, anafilaktik reaksiyalar, shu jumladan shok.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar.

Folat kislotasi yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik, xafli oʻsmalar, xavfli anemiyalar, kobalaminning davolanmagan tanqisligi.

 

 

Maxsus koʻrsatmalar

Preparat etiologiyasi aniqlanmagan anemiyali patsiyentlarga ehtiyotlik bilan buyuriladi, chunki folat kislotasi kasallik gematologik koʻrsatkichlarini yaxshilab, xavfli anemiyalar tashhisiga halaqit berishi va shu orqali nevrologik asoratlar kuchayishiga olib kelishi mumkin. Pernitsioz anemiyada preparatni faqat sianokobalamin bilan birga qoʻllash kerak. Qonda sianokobalamin konsentratsiyasi kamayishi xavfi boʻlgani uchun folat kislotasini yuqori dozalarda uzoq vaqt qabul qilish tavsiya etilmaydi.

Tabletkalar laktoza saqlaydi, shuning uchun uni juda kam uchraydigan nasliy galaktozani oʻzlashtiraolmaslik, ogʻir laktoza yetishmovchiligi yoki glyukoza-galaktoza malabsorbsiyasi bor patsiyentlarga qoʻllash tavsiya etilmaydi.

Keksa yoshdagi patsiyentlar uchun uzok vaqt davolashni oʻtkazishdan oldin kobalamin soʻrilishi testini oʻtkazish kerak.

Bu dori vositasi sogʻlom homilador ayollar uchun moʻljallanmagan , ularga pas dozalarni tavsiya etish mumkin, lekin folat kislotasi tanqisligi boʻlgan homilador ayollarga yoki nerv naychasi nuqsonlari retsidivi xavfi bor ayollarga buyurish kerak.

Homiladorlik yoki emiziklik davrida qoʻllanishi

Homilada tugʻma nuqsonlar: nerv naychasi nuqsonlari (gidrotsefaliya, miya churrasi, “boʻri ogʻzi”, “quyon labi”) rivojlanishining oldini olish uchun tavsiya qilingan dozalarda homiladorlikni rejalashtirayotgan yoki xavf guruhidagi ayollarga qoʻllash koʻrsatilgan.

Preparatni tasiya etilgan dozalarda emizish davrida qoʻllash mumkin.

Folat kislotasi koʻkrak suti tarkibiga oʻtadi.

Tugʻma nuqsonlar va nerv naychasining baʼzi nuqsonlari boʻlishini folat kislotasi tanqisligi yoki folat kislotasi metabolizmining buzilishi bilan bogʻlash mumkin.

Baʼzi dori vositalari, masalan, tirishishga qarshi, oʻsmalarga qarshi preparatlarning homiladorlikning boshlangʻich davrlarida folat kislotasi metabolizmiga aralashuvi yoki folat kislotasi tanqisligini keltirib chiqarib tugʻma anomaliyalarga olib keladi.

Vitamin yoki uning metabolitlarining yoʻqligi beixtiyor abort yuz berishi va homila rivojlanishi sekinlashishiga olib keladi.

Bolalar

Bolalarda qoʻllanilmasin.

 

Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligi qobiliyatiga taʼsiri

Tegishli qoʻllanilganda folat kislotasi avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga taʼsir etmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach qoʻllanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilishining holatlari qayd qilinmagan. Juda yuqori dozalarda qoʻllash patsiyentga ziyon keltirmasligi kerak.

 

 

Chiqarilish shakli

50 tabletkadan konteynerda; 1 konteynerdan qutida.

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi 

Preparat qabul qilingandan keyin folat kislotasi metabolizmni turli jarayonlarida ishtirok etuvchi, koferment vazifasini bajaradigan tetragidrofolatgacha tiklanadi. U megaloblastlarni normal yetilishi va normoblastlar hosil boʻlishi uchun zarur.

Eritropoezni ragʻbatlantiradi, aminokislotalar (shu jumladan metionin, serin, glitsin, va gistidin), nuklein kislotalari, purinlar, pirimidinlar sintezida, xolin almashinuvida ishtirok etadi. Teratogen omillarga nisbatan himoya funksiyasini bajaradi. Bundan tashqari, u yoʻldoshni normal yetilishi va faoliyat koʻrsatishini taʼminlashda ishtirok etadi.

Folat kislotasi spermatazoidlar yetilishi jarayonida katta ahamiyatga ega va undan erkaklar bepushtligini davolashda foydalanish mumkin.

Folat kislotasi tanqisligida megaloblast tipdagi qon ishlab chiqarish rivojlanadi, homilador ayollarda bu holat homilada tugʻma nuqsonlar (nerv naychasining kamchiligi, gidrotsefaliya) rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Folat kislotasi tanqisligining eng koʻp uchraydigan oqibati shikastlangan toʻqimalarning tiklanish qobiliyatining pasayishi hisoblanadi. 

Farmakokinetikasi

Folat kislotasi meʼda-ichak yoʻllaridan, asosan oʻn ikki barmoq va ingichka ichakdan yahshi va toʻliq soʻriladi. U barcha toʻqimalarda bir tekis taqsimlanadi, orqa miya suyuqligida koʻproq toʻplanadi. Qon plazmasidagi eng yuqori darajadagi konsentratsiyasiga peroral qabul qilingandan 30 dan 60 minutdan keyin erishadi. 

Plazmada glyutamin kislotasi bilan bogʻlanib koferment hosil qiladigan faol modda       5-metiltetragidrofolatgacha metabolizmga uchraydi. Jigarda folat kislotasining umumiy zahirasining 50% gacha saqlanadi. Taxminan 70% qon plazmasi oqsillari bilan bogʻlanadi. 

Glomerulyar filtratsiya yoʻli orqali siydikdan chiqariladi. 5 mg doza qabul qilingandan keyin folat kislotasi siydikdan 5 soatdan keyin chiqib ketadi.

 

 

Qoʻllanilishi
  • Folat kislotasi tanqisligi bilan bogʻliq boʻlgan anemiyalar: dori vositalari va ionlashtiruvchi reaksiya chaqirgan makrotsitlar anemiya va leykopeniya; megaloblast anemiya, postrezeksion anemiya, keksa yoshdagi patsiyentlardagi sideroblast anemiya, ichak yalligʻlanishi kasalliklari (Kron kasalligi, nospetsifik yarali kolit) dagi anemiyalar; malabsorbsiya sindromi (glyutenli enteropatiya yoki seliakiya), spruni davolash va oldini olish;
  • homiladorlikni rejalashtirgan va xavf guruhidagi ayollarda homilada tugʻma nuqsonlar: nerv naychasining nuqsonlari (gidrotsefaliya, miya churralari, “boʻri ogʻzi”, “quyon labi”) rivojlanishining oldini olish;
  • folat kislotasi antagonistlari (metotreksat, sulfametaksazol-trimetoprim majmuasi, tirishishga qarshi preparatlar (fenitoin, primidon, fenobarbital) bilan uzoq vaqt davolash;
  • toʻlaqonli boʻlmagan yoki sifatsiz ovqatlanish bilan bogʻliq boʻlgan folat kislotasi tanqisligi;
  • spermatogenez pasayishi (oligospermiya) natijasida kelib chiqqan erkaklar bepushtligini davolash;
  • polinevritlar va polineyropatiyalar, shu jumladan  alkogol eiologiyali.

 

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Folat kislotasi qon plazmasida fenobarbital, fenitoin va primidon konsentratsiyasini pasaytirishi mumkin va shu orqali epileptik hurujlarini kelib chiqish ehtimolini oshiradi.

Xloramfenikol va kotrimaksazol folat kislotasini metabolizmiga taʼsir etishi mumkin. Sulfasalazin folat kislotasi soʻrilish darajasini pasaytirishi mumkin. Folat kislotasi metotreksatning toksik va terapevtik taʼsiriga taʼsir etishi mumkin.

Antibakterial preparatlar folat metabolizmiga taʼsir etishi mumkin. Etanol va aspirin folat kislotasi chiqarilishini oshirishi mumkin. Folatlar litiy samaradorligini oshiradi. Azot oksidi folat kislotasining oʻtkir tanqisligini chaqirishi mumkin.

Flyuorouratsil bilan bir vaqtda qoʻllash mumkin emas.

Alyuminiy yoki magniy saqlovchi antatsid preparatlar folat kislotasi oʻzlashtirilishini kamaytirishi mumkin, shuning uchun patsiyentlarga antatsidlarni folat kislotasini qoʻllagandan 2 soat keyin qabul qilish tavsiya etiladi.

Folat kislotasi ichakda ruhni soʻrilishini kamaytirishi mumkin.

Folat kislotasi tanqisligini oral kontratseptivlar, tuberkulyozga qarshi preparatlar, alkogol, folat kislotasi antagonistlari – pirimetamin, triamteren, trimetoprim, sulfanilamidlar chaqirishi mumkin.