Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Ферро фол

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Ферро фол КАПСУЛА №30

36 000 so'mdan
(3619)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
ДОРА ЛАЙН
Chiqarilish shakli
КАПС
Farma. Guruh
Pharm Group Name
Dori tafsilotlari
Xususiyatlari:
 Tarkibi:
 Qo'llanilishi:
 Qo'llash usuli:
  Nojo`ya ta`sirlari:
  Chiqarilish shakli:
  Saqlash sharoiti:
Xususiyatlari:

Askorbin kislotasi (C vitamini) – qonning ivishi, oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini va qondagi lipidlar miqdorini boshqaradi. Folat kislotasi metobolizmida faol ishtirok etadi. Shuningdek, organism himoya faoliyatini oshirib, qon yaratilish jarayoni va immun tizimini rag'batlantiradi.
Piridoksin gidroxlorid – (B6 vitamini) – koferment sifatida aminokislotalar, oqsillar metobolizmida, shuningdek, neyromediatorlarning sintezida ishtirok etadi.

 
 Tarkibi:
1 dona kapsulada:
– (Temir (II) sulfat 7 gidrat) 150 mg;
– Askorbin kislotasi 60 mg;
– Piridoksin gidroxlorid 1 mg;
Yordamchi moddalar:
Kalsiy stearat, kraxmal (potato starch), saxaroza.
Ferro kapsulasi tarkibiga kiruvchi temir (II) sulfati gemopoetik ta'sir ko'rsatib, organizmda temir tanqisligi o'rnini to'ldiradi. Temir saqlovchi metobolitlar sintezini substrat ravishda ta'minlaydi.
 
 Qo'llanilishi:
– Temir tanqisligi kamqonlikni davolashda, oldini olishda;
– Turli ta'sirlar (jarrohlik aralshuvlari, uzoq muddatli gemodializ, hayz ko'rish qon ketishi) oqibatida kelib chiqqan kamqonlikda;
– Homiladorlik va laktatsiya davrida.
 
 Qo'llash usuli:
FERRO kapsulalari suv bilan birga ovqatdan 10 daqiqa oldin yoki keyin ichga qabul qilinadi.
– Temir tanqisligida 1-2 kapsuladan 2 mahal, 3 oy davomida (anemiyaning og'irligiga qarab);
– Yashirin temir tanqisligi 1-2 kapsuladan kuniga 1 marta 1 oy davomida;
– Homiladorlikning 14-haftasidan boshlab 1 kapsuladan kuniga 1 marta qabul qilish mumkin. Keyingi davolash davri 1 hafta tanaffus yoki shifokor tavsiyasiga ko'ra belgilanadi.
 
  Nojo`ya ta`sirlari:
Juda kam hollarda me'da-ichak sistemasida o'zgarish bo'lishi mumkin.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar:
Preparatning komponentlariga nisbatan yuqori sezuvchanlik.
Dorixonalarda berish tartibi:
Retseptsiz.
 
  Chiqarilish shakli:
Kapsulalar 30,50,60 tadan blisterlarda karton qutida qo'llash bo'yicha yo'riqnoma bilan birga joylanadi.
 
  Saqlash sharoiti:
Yorug'likdan himoyalangan quruq (namlik 70% dan oshmagan) joyda +25ºC dan yuqori bo'lmagan haroratda zich yopilgan holatda bolalar olmaydigan joyda saqlansin.