Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Феромина КАПСУЛА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Феромина КАПСУЛА №30

39 788 so'mdan
(3888)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
НАБРОС ФАРМА
Chiqarilish shakli
КАПС
Farma. Guruh
Витамины и родственные препараты
Dori tafsilotlari
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Farmakologik ta'sir
Farmakokinetikasi
Nojo'ya samaralari
Maxsus shartlar
Qo'llanilishi
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Dozirovkasi
Dozani oshirib yuborilishi
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Har bir kapsuladar quyidagilar saqlanadi:
A vitamini AQSh F. 2000 ME
V1 vitamini Br.F. 10 mg
V2 vitamini Br.F. 3 mg
V6 vitamini Br.F. 6 mg
V12 vitamini Br.F. 10 mkg
Nikotinamid Br.F. 15 mg
S vitamini Br.F. 50 mg
D3 Vitamini Br.F. 400 ME
Ye Vitamini Br.F. 10 mg
Folat kislotasi Br.F. 0.6 mg
Kalьtsiy pantotenati Br.F. 3 mg
Kalьtsiy laktati Br.F. 250 mg
Lizin gidroxloridi AQSh F. 50 mg
Temir fumarati Br.F. 60 mg
Magniy sulьfati Br.F. 3.5 mg
Ruh sulьfati Br.F. 0.5 mg
Mis sulьfati Br.F. 0.3 mg
Kaliy yodidi Br.F. 15 mkg
Natriy ftoridi Br.F. 0.5 mg
Marganets xloridi Br.F. 0.5 mg

Farmakologik ta'sir

Preparatning ta'siri uning tarkibiga kiruvchi vitaminlar va minerallarning samarasiga bog'liq. A vitamini ko'ruv pigmentlarining shakllanishida ishtirok etadi; ko'z to'qimalarini butunligini ta'minlaydi, suyaklarni o'sishini boshqaradi. V1 vitamini koferment sifatida uglevodlar almashinuvida va nerv tizimining faoliyatida ishtirok etadi. V2 vitamini xujayra nafasi va ko'rish qobiliyatining katalizatori, DNK shakllanishida muhim rolь o'ynaydi, to'qimalar regeneratsiyasi (shu jumladan teri xujayralari regeneratsiyasi) jarayoniga yordam beradi. V6 vitamini koferment sifatida aminokislotalar va oqsillar metabolizmida va neyromediatorlar sintezida ishtirok etadi. V12 vitamini folat kislotasi bilan birga nukleotidlar sintezida ishtirok etadi, eritrotsitlarni va nerv qobiqlari xujayralarini shakllanishida ishtirok etadi, organizmni o'sishi uchun zarurdir. Nikotinamid to'qima nafasi, yog'lar va uglevodlar almashinuvi jarayonlarida ishtirok etadi. S vitamini oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini boshqarishda muhim rolь o'ynaydi, kollagen sintezini ta'minlaydi; folat kislotasi va temir metabolizmida, shuningdek steroid gormonlar va katexolaminlar sintezida ishtirok etadi. S vitamini organizmni infektsiyalarga chidamliligini oshiradi, yallig'lanish reaktsiyalarini susaytiradi. D3 vitamini organizmda kalьtsiy va fosfor almashinuvini boshqaradi. Ye vitamini tabiiy antioksidant hisoblanadi. Qon ivishini oshishini bartaraf etadi, periferik qon aylanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Oqsil va gemoglobin sintezida, xujayralarni o'sish jarayonida, skelet mushaklari, yurak va qon tomirlari, jinsiy bezlar faoliyatida ishtirok etadi. Folat kislotasi aminokislotalar, nukleotidlar, nuklein kislotalar sintezida ishtirok etadi; normal eritropoez uchun zarur. Kalьtsiy pantotenati - organizmda pantotenat kislotasi atsetillanish va oksidlanish jarayonlarida muhim rolь o'ynaydigan koferment A ning tarkibiga kiradi. Pantotenat kislotasi uglevod va yog' almashinuvida va atsetilxolin sintezida ishtirok etadi. Kalьtsiy laktati suyak to'qimasini shakllanishida, tishlarni minerallanishida, qon ivishida, nerv o'tkazuvchanligi va mushaklar qisqarishi jarayonlarida, barqaror yurak faoliyatini bir maromda ushlab turishda ishtirok etadi. Lizin gidroxloridi - lizin derli barcha oqsillarning tarkibiga kiradi, u to'qimalarni o'sishi, tiklanishi, antitelalar, gormonlar, fermentlar, alьbuminlarni ishlab chiqarilishi uchun zarur moddadir. Bu aminokislota viruslarga nisbatan, ayniqsa gerpes va o'tkir respirator infektsiyalarni chaqiruvchi viruslarga nisbatan viruslarga qarshi ta'sir ko'rsatadi. Temir eritropoezda ishtirok etadi, gemoglobinning tarkibida kislorodni to'qimalarga tashilishini ta'minlaydi, anemiyani rivojlanishini oldini oladi. Magniy uglevodlar, oqsillar, yog'lar va nuklein kislotalari katabolizmi va anabolizmida, energetik jarayonlarda, nerv qo'zg'alishini o'tkazilishida ishtirok etadi, miokardni qisqarishlariga yordam beradi, nerv mushak o'tkazuvchanligini susaytiradi, spazmolitik xususiyatlarni namoyon etadi, stressga chidamlilikni oshiradi. Ruh – xujayra membranalari metabolizmida va ularni barqarorlashishida ishtirok etuvchi mikroelementdir. Asosiy fermentlarning tarkibiga ikradi, turli biokimyoviy reaktsiyalarda ishtirok etadi. Regeneratsiya jarayonlariga, nerv impulьslarini o'tkazilishiga ta'sir qiladi. Insulinning ta'sirini kuchaytiradi, kortizolning sinteziga yordam beradi. Mis suyaklar, teri va biriktiruvchi to'qimalarning asosiy tarkibiy elementi bo'lgan kollagenni ishlab chiqarilishi uchun zarurdir. U suyaklar, gemoglobin va eritrotsitlarni shakllanishiga yordam beradi. Mis to'qimalarni bitishi, energiyani ishlab chiqarilishi jarayonlariga jalb qilingan, teri, soch ranglarini shakllanishida va ta'mni sezishda ishtirok etadi. Mis nerv tizimi va suyalarni sog'lomligi uchun zarurdir. Kaliy yodidi organizmda yod tanqisligini to'ldiradi. Organizmga fiziologik miqdorlarda tushganida kaliy yodidi yodni yetishmovchiligi tufayli buzilgan qalqonsimon bezi gormonlarini sintezini normallashtiradi. Natriy ftoridi –fosfor va kalьtsiy ishtirokida, ftor tish emalining mayda yoriqlariga kirib olib va notekisliklarni silliqlab, kariyesni rivojlanishini oldini olish xususiyatiga ega. U shuningdek qon yaratilishi jarayonida ishtirok etadi, osteoporozni profilaktikasini ta'minlashga yordam beradi, immunitetni kuchaytiradi, sinishlarda suyak to'qimasi regeneratsiyasini tezlashtiradi. Marganets oqsillar va yog'lar metabolizmi, nerv va immun tizimini sog'lom holatda tutib turish uchun, qonda qand miqdorini boshqaruvi uchun kerak elementdir. Marganets energiyani ishlab chiqarilishida ishtirok etadi va suyaklarni normal o'sishi va reproduktiv faoliyat uchun talab etiladi.

Farmakokinetikasi
Preparatning ta'siri uning komponetlarining umumiy ta'siri bilan bog'liqdir, shuning uchun kinetik kuzatishlarni o'tkazishning iloji yo'q, komponetlarni birga hammasini markerlar va bio tadqiqotlar yordamida tekshirib bo'lmaydi.
 
Nojo'ya samaralari
Allergik reaktsiyalar bo'lishi mumkin.
 
Maxsus shartlar

Feromina preparatini tarkibiga A va D vitaminlari, shuningdek temir kiruvchi preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilish tavsiya etilmaydi, chunki bunda ko'rsatilgan moddalarning dozasini oshirib yuborilishini rivojlanish xavfi oshadi.
Preparatni yaroqlilik muddati o'tganidan keyin iste'mol qilish mumkin emas.
Homiladorlik va laktatsiya
Preparatni homiladorlik va emizish davrida qo'llash mumkin. Preparatni qabul qilishni boshlashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o'tganidan keyin ishlatilmasin.

Qo'llanilishi
Avitaminozlar va gipovitaminozlarni oldini olish va davolash, jadal aqliy va jismoniy zo'riqishlar davrida, muvozanatlanmagan ovqatlanishda, vitaminlarga yuqori ehtiyoj bilan kechuvchi holatlarda qo'llaniladi.
 
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
A gipervitaminozi, organizmda temirni xaddan tashqari to'planishi, giperkalьtsiyemiya, giperkalьtsiuriya, siydik tosh kasalligi, preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, bolalarda qo'llash mumkin emas.
 
Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Preparatning tarkibiga kiruvchi askorbin kislotasi sulьfanilamidlar guruhiga mansub mikroblarga qarshi vositalarning farmakologik ta'siri va nojo'ya samaralarini kuchaytiradi. Preparat temir va kalьtsiy saqlaydi, shuning uchun tetratsiklin guruhi antibiotiklari va mikroblarga qarshi vositalar – ftorxinolon hosilalari bilan birga qo'llanganda, oxirgilarni me'da-ichak yo'llaridan so'rilishi sekinlashadi. Tarkibiga alyuminiy, kalьtsiy, magniy kiruvchi antatsid preparatlarni, shuningdek kolestiraminni bir vaqtda qo'llanganda, preparatning tarkibiga kiruvchi temirni so'rilishini sekinlashishi yuz beradi. Preparatni tiazid diuretiklari bilan birga qo'llanganda giperkalьtsiyemiyani rivojlanish xavfi oshadi.

Dozirovkasi
Kattalarga: kuniga 1 kapsuladan ichga ovqat vaqtida buyuriladi. Zarurat tug'ilganda doza davolovchi shifokor tomonidan shaxsiy ravishda tanlanadi. Davolash kursi 1 oydan 1,5 oygacha vaqtni tashkil etadi.
 
Dozani oshirib yuborilishi
Doza oshirib yuborilganda ko'ngil aynishi, qusish, teri qoplamalarini oqarishi, uyquchanlik, tormozlanish yuz berishi mumkin. Davolash: faollashtirilgan ko'mir, me'dani yuvish; zarurat tug'ilganida simptomatik davolash o'tkaziladi.