Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Европрост СВЕЧИ

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Европрост СВЕЧИ №10

135 000 so'mdan
(2734)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
ВИШФА. УКРАИНА
Chiqarilish shakli
СУПП
Farma. Guruh
Препараты для лечения урологических заболеваний
Dori tafsilotlari
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsiri
Dozani oshirib yuborilishi
Boshqa dori vositalari bilan oʻzaro taʼsiri
Transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsiri
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Berish tartibi
Dori shakli: 
Tarkibi
Taʼrifi:
Farmakoterapevtik guruhi:
Farmakologik taʼsiri
Qoʻllanilishi
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Qoʻllash usuli va dozalari

Rektal buyuriladi. Ichak oʻz-oʻzidan boʻshalganidan keyin yoki tozalovchi klizmadan soʻng 1 suppozitoriydan kuniga bir marta qoʻllanadi. Kiritilganidan soʻng patsiyentni 30-40 minut davomida oʻrinda yotishi maqsadga muvofiqdir.

Davolash kursi davomiyligini shifokor belgilaydi. Prostata bezining xavfsiz giperplaziyasida Vitaprost® Forte preparati bilan minimal davolash kursi davomiyligi – 15 kun, surunkali prostatitda – 10 kun, giperreaktiv qovuqda – 20 kunni tashkil etadi.

 

Nojoʻya taʼsiri

Juda kam hollarda- allergik reaksiyalar.

 

 

Dozani oshirib yuborilishi

Vitaprost® Forte preparatini dozasini oshirib yuborilish hollari haqida xabar berilmagan.

 

Boshqa dori vositalari bilan oʻzaro taʼsiri

Boshqa dori vositalari bilan oʻzaro taʼsiri yoki nomutanosibligi hollari taʼriflanmagan.

 

Transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsiri

Transport vositalarini va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsir qilmaydi.

 

 

Chiqarilish shakli

Rektal suppozitoriylar 20 mg. 5 suppozitoriydan kontur uyali oʻramda.

Bir yoki ikki kontur uyali oʻram preparatni tibbiyotda qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

 

Saqlash sharoiti

20oS dan yuqori boʻlmagan haroratda.

Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil. Oʻramida koʻrsatilgan yaroqlilik muddati oʻtgandan keyin preparat ishlatilmasin.

 

 

Berish tartibi

Retseptsiz

Dori shakli: 

rektal suppozitoriylar

 

Tarkibi

Bir suppozitoriy quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: prostata ekstrakti – 100 mg suvda eruvchan peptidlarga qayta hisoblaganda 20 mg);

yordamchi moddalar: qattiq yogʻ (Vitepsol, markasi N 15, W 35; supposir, markasi N 15, NAS 50) – 1,25 g vaznli suppozitoriy olish uchun yetarli miqdorda.

 

Taʼrifi:

Sargʻish, och-sariq yoki kulrangroq oq rangligacha boʻlgan, torpedasimon shaklli suppozitoriylar. Suppozitoriyning yuzasida oq dogʻ paydo boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi.

 

Farmakoterapevtik guruhi:

Surunkali prostatitni davolovchi vosita.

Farmakologik taʼsiri

Vitaprost® Forte prostata beziga organotrop taʼsirga ega. Prostata bezining shishi, leykotsitar infiltratsiya darajasini kamaytiradi, epitelial xujayralarining sekretor faolligini normallashtiradi, atsinuslar shirasidagi letsitin zarrachalarining sonini oshiradi, qovuqning mushak tonusini ragʻbatlantiradi. Tromblar hosil boʻlishini kamaytirishi, antiagregant faolligi hisobiga prostata bezida mikrotsirkulyatsiyani yaxshilaydi, prostata bezida venulalar trombozini rivojlanishiga toʻsqinlik qiladi.

Klinik tadqiqotlarning maʼlumotlari asosida, Vitaprost® Forteni prostata bezining hajmini oʻrtacha kamaytirishi isbotlangan. Preparat prostata bezining xavfsiz giperplaziyasida obstruktiv va irritativ simptomatikaning yaqqolligini kamaytiradi, bu siydik oqimining maksimal va oʻrtacha hajm tezligini oshishi va qoldiq siydikning hajmini kamayishida ifodalanadi.

Vitaprost® Forte qovuq devorida shikastlanmagan tomirlarning kengayishi (vazodilatatsiya samarasi) hisobiga qonning mikrotsirkulyatsiyasini yaxshilaydi, bu bilan gipoksiyaga uchragan toʻqimalarga kislorodning yetkazilishini tiklanishiga yordam beradi, bu fiziologik reparatsiyani ragʻbatlantiradi. Qovuq devorini trofik jarayonlarini yaxshilashi va regeneratsiya jarayonlarini ragʻbatlantirishi hisobiga yalligʻlanishga qarshi taʼsir koʻrsatadi. Aʼzodagi qon oqimini faollashishi, qovuqning hajmini oshirib detruzorning adaptatsion va qisqaruvchanlik faolligini yaxshilanishiga yordam beradi.

Detruzorning ishemiyasini pasayishi bilan qovuqning giperreaktivligining yaqqol pasayishini tushuntirish mumkin, u Vitaprost® Forteni qoʻllash tugaganidan keyin ham davom etadi.

Vitaprost® Forte prostata bezi va eyakulyat koʻrsatkichlarini normallashishiga yordam beradi. Ogʻriq va diskomfortni kamaytiradi, dizurik koʻrinishlarni yoʻqotadi, kopulyativ faoliyatni yaxshilaydi.

 

 

Qoʻllanilishi

Surunkali prostatit.

Prostata bezining xavfsiz giperplaziyasi.

Siydikni urgent (imperativ) tutib turaolmaslikni, siyishga urgent (imperativ) qistovlarni va klimakterik va postklimakterik davrdagi ayollarda qovuqning yuqori

faolligini asoratlanmagan shakllaridagi tezlashgan siyishni davolash.

Prostata bezidagi jarrohlik aralashuvlardan oldingi va keyingi holatlarda qoʻllanadi.

 

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qoʻllash mumkin emas.