Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Этопозид КОНЦЕНТРАЦИЯ

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Этопозид КОНЦЕНТРАЦИЯ ДЛЯ ИНФУЗИИ 100мг/5мл №1

75 000 so'mdan
(4279)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Etoposide
Ishlab chiqaruvchi
ИНДИЯ
Chiqarilish shakli
КОНЦ Д/ИНФ
Farma. Guruh
Противоопухлевые препараты
Dori tafsilotlari
Maxsus shartlar
Qo'llanilishi
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Farmakodinamikasi
Farmakokinetikasi
Nojo'ya samaralari
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Maxsus saqlash sharoitlari
Dozirovkasi
Dozani oshirib yuborilishi
Maxsus shartlar

Etopozidni faqat onkologik kasalliklarni ximoterapiya o'tkazish tajribasiga ega bo'lgan shifokor kuzatuvi ostida qo'llash kerak. Ushbu preparatni qo'llaganda yuborish joyida reaktsiyalar bo'lishi mumkin.
Ekstravazatsiyaga yo'l qo'ymaslik uchun, etopozidni vena orqali yuborganda alohida ehtiyotkorlikka amal qilish kerak. Infuziya vaqtida kelib chiqishi mumkin bo'lgan infilьtratsiyani hisobga olib, yuborilayotgan joyni sinchiklab kuzatib turish kerak. Hozirgi paytda ekstravazatsion reaktsiyalarni maxsus davolash usuli noma'lum.
Og'ir miyelosupressiya infektsiya va qon ketishga olib kelishi mumkin. Etopozid bilan davolangandan keyin miyelosupressiya rivojalanishi natijasida o'lim holatlari kuzatilganligi haqida xabarlar bo'lgan. Etopozid Naprod preparati bilan davolash vaqtida va undan keyin patsiyentlarni miyelosupressiya kelib chiqishini hisobga olib, tez-tez va sinchiklab tekshirib turish kerak. Dozani cheklovchi miyelosupressiya Etopozid Naprod toksikligining asosiy ko'rinishi hisoblanadi.
Etopozid Naprod bilan davolashdan oldin va keyingi har bir dozani yuborishdan oldin quyidagi ko'rsatkichlarni: trombotsitlar va leykotsitlar soni, gemoglobin, leykotsitar formulasini tekshirish kerak. Agar Etopozid Naprod bilan davolashdan oldin nur yoki ximoterapiya o'tkazilgan bo'lsa, suyak ko'migi faoliyatini tiklashni ta'minlash uchun bu turdagi davolashlar va Etopozid bilan davolash orasida yetarli intervalga amal qilish kerak.
Jigar funktsiyasi va periferik qon ko'rsatkichlarni nazorat qilib turish kerak.
Agar sitopeniya sababi havfli o'sma bo'lmasa, neytrofillar soni 1500/mm3 yoki trombotsitlar soni 100000/mm3 dan kam bo'lsa preparatni buyurish mumkin emas.
Bolalar va o'smirlar
Etopozidni qo'llashda havfsizligi va samaradorligi bolalar va o'smirlarda o'rganilmagan.
Yordamchi moddalar to'g'risida ma'lumotlar
Preparat yordamchi modda sifatida 260,60 mg/ml miqdorda etanol saqlaydi. Etopozidning 120 mg/m2 dozasida patsiyent tana maydoni 1,6 m2 ga teng bo'lganda 2,5 g etanol qabul qiladi. Buni patsiyentlarda disulьfiram qo'llaganda va anamnezida alkogolizmi bo'lgan patsiyentlarda hisobga olish kerak.
Etopozid Naprod tarkibida benzil spirti bo'lgani tufayli u 6 oygacha bo'lgan chaqaloqlarda metabolik atsidoz rivojalnish xavfi bo'lgani sababli qo'llanmasligi kerak.
Etopozid Naprod polisorbat 80 saqlaydi O'zida polisorbat 80 saqlovchi Ye vitamini preparati in'ektsiyalarni qabul qilgan vaqtda chala tug'ilgan chaqaloqlar hayoti uchun xavfli jigar va buyrak yetishmovchiligi sindromi, o'pka funktsiyasining yomonlashuvi, trombotsitopeniya va astsit rivojlanishi to'g'risida xabarlar berilgan.
Homiladorlik va emizish davri
Homiladorlik
Etopozidni homiladorlikda qo'llash jiddiy tug'ma nuqsonlarga olib kelishi mumkin deb taxmin qilinadi. Kalamushlar va sichqonlarda o'tkazilgan tadqiqotlar etopozidning teratogen ta'siri aniqlangan. Homilador ayollar ishtirok etgan nazoratlangan tadqiqotlar o'tkazilmagan. Homiladorlikda etopozidni juda zarur bo'lganda qo'llash kerak. Ushbu preparat bilan davolash vaqtida tug'ruq yoshidagi ayollar kontratseptsiyaning ishonarli usullarini qo'llashlari kerak. Agar preparat homiladorlik paytida qo'llansa yoki davolanish vaqtida homiladorlik yuzaga kelsa, genetik maslahat markaziga murojaat qilish va davolash foydasini homila uchun potentsial xavfiga nisbatini o'lchab turish kerak.
Laktatsiya
Etopozidning ko'krak sutiga ajralib chiqishi to'g'risida ma'lumotlar yo'q, lekin emizikli bola uchun xavf borligini inkor etmaslik kerak. Ko'pchilik preparatlar ko'krak sutiga o'tgani va emizikli chaqaloqlarda etopozidning og'ir nojo'ya ta'sirlari kelib chiqishi mumkin bo'lgani tufayli, yoki emizishni to'xtatish yoki ona uchun preparat bilan davolash ahamiyatini sinchiklab baholab, davolashni to'xtatish kerak.
Etopozid emizish davrida qat'iyan qo'llash mumkin emas; preparat bilan davolanayotganda emizishni to'xtatish kerak.
Fertillik
Etopozidning mutagenligini hisobga olgan holda erkaklar va ayollar davolanish vaqtida va tugagandan so'ng kamida 6 oy davomida kontratseptsiyaning ishonarli usullarini qo'llashlari kerak. Davolash kursi tamom bo'lgandan keyin homiladorlikni rejalashtirayotgan ayollar genetik maslahat markaziga murojaat qilishlari kerak. Etopozid bilan davolanish natijasida erkaklarda fertillik pasayishi mumkin bo'lgani tufayli keyinchalik homila bo'lishi uchun sperma konservatsiyasini ko'rib chiqish tavsiya etiladi.

Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash
Etopozidning transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri bo'yicha tadqiqot o'tkazilmagan. Uyquchanlik, yuqori toliqish xissi yoki ko'rishni vaqtinchalik yo'qolishi kabi nojo'ya ta'sirlar kelib chiqqanda, transport vositalari haydash va mexanizmlar bilan ishlash tavsiya etilmaydi.

Qo'llanilishi

Etopozid Naprod venaga yuboriladigan o'smalarga qarshi preparat hisoblanadi.
Uni majmuaviy davolashda quyidagi onkologik kasalliklarni davolashda foydalaniladi:
mayda hujayrali o'pka raki;
tuxumdonnig refrakter semenom bo'lmagan raki;
o'tkir miyelomonotsitar va miyelotsitar leykoz (AML, FAB-tip osti M4 yoki M5), induktsion ximoterapiya samara bermaganda;
o'tib ketgan bosqichdagi mayda hujayrali bo'lmagan o'pka rakini palliativ davolash;
standart davolash samara bermaganda Xodjkin kasalligining kechki bosqichini reinduktsion davolash;
yuqori darajada xavfli noxodjkin limfomani induktsion davolash;
yuqori darajada xavfli xoriokartsinomani induktsion va reinduktsion davolashda qo'llanadi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Etopozidga yoki yordamchi moddalarga bo'lgan yuqori sezuvchanlik;
og'ir jigar disfunktsiyasida;
og'ir buyrak disfunktsiyasi (kreatinin klirensi <15 ml/min)
og'ir miyelosupressiya;
arteriya ichiga yoki bo'shliqlariga (qorin, ko'krak va boshqa bo'shliqlarga) yuborish;
laktatsiya davri
sariq isitma qarshi vaktsinatsiya yoki immuno tanqisligi bo'lgan patsiyentlarda boshqa tirik vaktsinalar bilan bir vaqtda qo'llash mumkin emas.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

1 ml kontsentrat kuydagilarni saqlaydi:
faol modda: etopozid – 20 mg;
yordamchi moddalar: 96% li etanol, benzil spirti, makrogol 300, polisorbat 80, limon kislotasi.
Ta'rifi: och sariq rangli tiniq eritma.

Farmakodinamikasi

Etopozid podofillinning yarim sintetik lipofil hosilasi hisoblanadi; kuchli sitotoksik ta'sirga va dozaga bog'liq samaraga ega. Ta'sir etish mexanizmi topoizomeraza II (DNK zanjirlarini ochuvchi ferment) ga ta'siri va terminal fazada DNK sintezini susaytiradi, shu orqali DNK ni bittali va ikkitali zanjirlari parchalanishiga asoslangan. Hujayralar o'limi etopozidning kontsentratsiyasi va ta'sir etish davomiyligiga bog'liq.
Etopozid hujayra fazasiga spetsifiklikka ega hujayra siklining S-fazada va dastlabki G2-fazada bloklaydi. U ma'lum bo'lgan podofillotoksiinlardan shu bilan farq qiladiki, metafazada to'planmaydi, lekin hujayralar bo'linishini bloklaydi va hujayralarning bo'linish fazasida o'limga olib keladi.

Farmakokinetikasi

Etopozidning farmakokinetikasi har xil patsiyentlarda ahamiyatli darajada farq qiladi. Etopozidning taqsimlanishi tezda amalga oshadi, plazma oqsillari bilan bog'lanishi taxminan 94% ni tashkil etadi. Plazmadan chiqib ketish kinetikasi bioeksponentsial egri chiziq bilan tavsiflanadi va ikki fazali jarayon deb ta'riflash mumkin; yarim chiqarilishning boshlang'ich davri taxminan 1,5 soat va terminal yarim chiqarish davri 4-11 soatga teng. Taqsimlanishning o'rta hajmi taxminan tana vaznining 32% tashkil etadi. Etopozid nisbatan ko'p bo'lmagan miqdorda orqa miya suyuqligidan o'tadi. Yuborilgan dozaning taxminan 45% siydik orqali chiqarilib yuboriladi, uchdan ikki qismi organizmdan 72 soat davomida chiqib ketadi. Fenilbutazon, natriy salitsilati, atsetilsalitsil kislotasi etopozidning oqsillar bilan bog'lanishiga ta'sir etishi mumkin.

Nojo'ya samaralari

Nojo'ya samaralar ro'yhati quyidagi tizim-a'zolar sinflari samaralari kelib chiqish tez-tezligi bo'yicha kelitirilgan va ular quyidagicha tasniflangan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha), tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha), kam hollarda (≥1/10000 dan <1/1000 gacha); juda kam hollarda (<1/10000), tez-tezligi nom'lum (mavjud bo'lgan ma'lumotlarga ko'ra aniqlab bo'lmaydi). Har bir toifadagi samaralar tez-tezligi og'irligi kamayib borishi bo'yicha keltirilgan.
Infektsiya va invaziyalar
Kam hollarda: etopozid bilan davolash vaqtida isitma to'g'risida xabarlar kelgan. Juda kam holatdarda sepsis to'g'risida xabarlar bo'lgan.
Xavfsiz, xavfli va aniqlanmagan o'smalar (shu jumladan kista va poliplar)
Tez-tez: o'tkir leykoz
Etopozidni boshqa o'smalarga qarshi preparatlar bilan qo'llanganda o'tkir leykoz rivojlangani to'g'risida xabarlar berilgan va u leykozdan oldingi faza bilan yoki davom etgan, yoki davom etmagan.
Ikkilamchi leykoz rivojlanganda epipodofillotoksinlarni qabul qilgan ba'zi patsiyentlardan 11q23 xromosoma anomaliyasi kuzatilgan. Epipodofillotoksinlarni qabul qilgan patsiyentlardagi ikkilamchi leykozning boshqa o'ziga xos xususiyatiga qisqa latent vaqt kiradi (leykoz rivojlanishi uchun ketgan vaqt taxminan 32 oyga teng). Metabolik buzilishlar: etopozidni boshqa ximioterapevtik preparatlar bilan birga majmuada qo'llaganda o'sma lizisi sindromi kuzatilgan (ba'zi holatlarda o'limga olib kelgan).
Qon va limfatik tizim tomonidan buzilishlar
Juda tez-tez: o'lim bilan yakunlangan miyelosupressiya to'g'risida xabar berilgan.
Anemiya, neytropeniya.
Etopozidning dozasini cheklaydigan toksiklikka miyelosupressiya, asosan leykopeniya va trombotsitopeniya kiradi. Suyak ko'migi faoliyati odatda 20 sutkadan keyin tiklanadi va kumulyativ toksiklik kuzatilmaydi.
Qo'llash usuli va davolash sxemasiga bog'liq holda, granulotsitlar va trombotsitlarning maksimal kamayishi preparat qo'llanilgandan keyin 10-14 kunda kuzatiladi. Preparatni vena orqali yuborilganda maksimal kamayishi og'iz orqali qabul qilishga nisbatan oldinroq kuzatiladi.
Odatda leykopeniya trombotsitopeniyaga nisbatan tez-tez kuzatiladi va odatda o'rtacha va og'ir darajada rivojlanadi (JSST tasnifi bo'yicha III va IV darajadagi). Leykopeniya va og'ir leykopeniya (1000 hujayra/mm3 dan kam) etopozid fosfati qo'llaganda muvofiq ravishda 60-91% va 7-17% holatlarda kuzatilgan. Trombotsitopeniya va og'ir trombotsitopeniya (1 mm3 da 50000 trombotsitdan kam) etopozid/etopozid fosfati qo'llaganda muvofiq ravishda 28-41% va 4-20% holatlarda kuzatilgan. Etopozid qabul qilgan neytropeniyasi bo'lgan patsiyenlarda ko'pincha isitma va infektsiya kuzatilgan.
Qon manzarasi odatda preparatning oxirgi dozasini olgandan 24-28 sutka o'tgandan keyin normallashadi. Etopozid bilan monoterapiyada kumulyativ toksiklik kuzatilmagan. Gemoglobin miqdori kamayishi taxminan 40% patsiyentlarda kuzatilgan.
Tez-tez: og'ir miyelosupressiya natijasida infektsiya va qon ketishlar rivojlanishi mumkin.
Immun tizimi tomonidan buzilishlar
Tez-tez: etopozid yuborilgandan keyin qaltirash, giperemiya, taxikardiya, hansirash, bronxospazm, gipotenziya, kabi anafilaktik reaktsiya simptomlari rivojlanishi mumkin. Infuziya tavsiya qilingandan ko'p amalga oshirilgan bolalarda anafilaktik reaktsiyalar ko'proq kuzatilgan. Anafilaktik reaktsiya rivojalanishida infuziya kontsentratsiyasi (yoki tezligi) ahamiyati noaniq bo'lib qolmoqda. Arterial bosim odatda infuziya to'xtatilgandan keyin bir necha soat davomida me'yorlashadi. Etopozidning birinchi dozasini yuborilganda anafilaktoid reaktsiyalar rivojlanishi mumkin.
Etopozid qo'llanilganda o'limga olib keluvchi o'tkir bronxospazm reaktsiyalari to'g'risida habarlar mavjud. Etopozid fosfati in'ektsiyani qabul qilgan patsiyentlarda yuz giperemiyasi 2% patsiyentda va teri toshmalari 3% patsiyentda kuzatilgan. Bunday reaktsiyalar odatda davolashni to'xtatganda va (zarur bo'lganda) kortikosteroidlar, adrenalin (epinefrin) kabi simpotomimetik vositalar, gistaminga qarshi preparatlar yoki hajm to'ldiruvchi eritmalar qo'llanilganda o'tib ketadi. Preparat tarkibidagi benzil spirti juda kam holatlarda yuqori sezuvchanlik reaktsiyalarni chaqirish mumkin
Metabolizmi va oziqlanishni buzilishi
Kam hollarda: etopozid qo'llanilganda giperurikemiya kuzatilgan.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar
Tez-tez: bosh aylanishi
Tez-tez emas: periferik neyropatiya (0,7-2% holatlarda). MNT ga ta'siri 0-3% (toliqish, uyquchanlik).
Tirishishlar.
Kam hollarda: ongni chalkashishi, giperkeneziya, akineziya, uyquchanlik, yuqori toliqish, ta'm sezishni buzilishlari, ko'rishni vaqtinchalik yo'qolishi. Tirishishlar (ba'zan allergik reaktsiyalar bilan bog'liq), miya po'stlog'i genezli o'tib ketuvchi ko'rlik, neyrotoksiklik (masalan, uyquchanlik va yuqori toliqish).
Ko'rish a'zosi tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas: ko'ruv nervi nevriti.
Yurak tomonidan buzilishlar
Tez-tez: etopozid qo'llanilganda miokard infarkti va yurak ritmining buzilishlari kuzatilgan.
Qon tomirlar tomonidan buzilishlar
Tez-tez: vena orqali tez yuborilganda arterial bosimni o'tib ketuvchan pasayishlari. Arterial bosimning o'tib ketuvchan pasayishlari yurak toksikligi yoki EKG dagi o'zgarishlar bilan bog'liq bo'lmagan. Qon bosimi odatda infuziya to'xtatilgandan keyin va/yoki tutib turuvchi davolash buyurilgandan keyin tiklanadi. Etopozid Naprodning infuziyasi qayta tiklanganda preparatni kiritish tezligini pasaytirish kerak.
Yuborilgandan keyingi vaqtlarda gipotenziya kuzatilmagan.
Klinik tadqiqotlarda etopozid qo'llanilganda gipertenziya va (yoki) qizib ketishlar kuzatilgan. Arterial bosim preparatni yuborishni to'xtatilgandan keyin bir necha soat davomida me'yorga qaytgan.
Etopozid qabul qilayotgan patsiyentlarda klinik ahamiyatli gipertenziya rivojlansa tegishli tutib turuvchi davolashni boshlash kerak.
Flebit.
Nafas tizimi va ko'ks oralig'i tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas: etopozid bilan davolash to'xtatilganda nafas olish spontan tiklangan apnoe rivojlanishi to'g'risida xabarlar mavjud. O'lim bilan yakunlangan broxospazmning to'satdan yuzaga kelgan xuruji kuzatilgan. Yo'tal, laringospazm va sianoz.
Kam hollarda: interstitsial pnevmonit/o'pka fibrozi. Pnevmoniya.
Me'da-ichak yo'llari tomonidan buzilishlar
Juda tez-tez: qorinda og'riqlar, qabziyat, ko'ngil aynishi va qusish etopozid toksikligining asosiy ko'rsatkichlari hisoblanadi; odatda bu ko'rinishlarni qusishga qarshi davolash qo'llash orqali nazorat qilish mumkin. Ko'ngil aynishi va qusish etopozidni vena orqali yuborilganda taxminan 31-43% patsiyentda kuzatiladi.
Etopozid bilan vena orqali davolanayotgan patsiyentlarning 10-13% da ishtahaning yo'qolishi, 1-6% patsiyentlarda stomatit kuzatiladi. Ich ketish 1-13% holatda kuzatilgan.
Tez-tez: shilliq qavatlarning yallig'lanishi (1-6% holatda stomatit va ezofagitlar). Diareya.
Kam hollarda: disfagiya, disgevziya.
Jigar va o't chiqarish yo'llari tomonidan buzilishlar
Juda tez-tez: gepatotoksiklik. Etopozid jigarda yuqori kontsentratsiyalarga yetadi, shuning uchun jigar disfunktsiyasi bo'lgan patsiyentlarda jigarda to'planishi ehtimoli mavjud.
Tez-tez emas: etopozidning yuqori dozalari qo'llanilganda jigar fermentlari darajasini oshishi mumkin.
Teri va teri osti to'qimasidagi o'zgarishlar
Juda tez-tez: alopetsiya, pigmentatsiya.
Qaytuvchan alopetsiya, ba'zida sochning to'liq yo'qolishiga olib keladi va u taxminan 66% patsiyentlarda kuzatiladi.
Tez-tez: toshmalar, eshakemi, qichishishlar.
Tez emas: yuz va til shishi, ko'p terlash.
Kam hollarda: Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz (bitta o'lim holati), ilgari nurlangan joydagi dermatit.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan buzilishlar
Etopozid buyrakda yuqori kontsentratsiyaga yetadi, shuning uchun buyrak disfunktsiyasida uning uning buyrak to'planishi ehtimoli mavjud.
Reproduktiv tizim va sut bezi tomonidan buzilishlar
Tez-tezligi noma'lum: amenoreya, anovulyator sikllar, fertillikni pasayishi va gipomenoreya.
Umumiy o'zgarishlar va yuborilgan joydagi buzilishlar
Juda tez-tez: asteniya, lohaslik.
Tez-tez: ekstravazatsiya. Preparat sotuvga chiqarilgandan keyin ekstravazatsiya natijasida yumshoq to'qimalarga kuchli mahalliy toksik ta'siri, shish, og'riq, sellyulit va nekroz, shu jumladan teri nekrozi kabi asoratlar to'g'risida xabarlar berilgan. Flebit.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Etopozid boshqa preparatlarning sitotoksiklik va miyelosupressiv ta'sirini kuchaytirishi mumkin (masalan, siklosporin).
Etopozid va siklosporinning yuqori dozalarini birga ichga qabul qilish (kontsentratsiyasi 2000 ng/ml dan oshguncha) etopozid bilan monoterapiya ko'rsatkichlarga nisbatan etopozid ekspozitsiyasi (AUC) 80% ga oshgan va etopozidning umumiy klirensi 38% ga kamaygan.
Sisplatin bilan birga olib boruvchi davolashda etopozidning umumiy klirensi kamayadi.
Fenitoin bilan birga olib boruvchi davolashda etopozid klirensi oshadi va samaradorligi kamayadi.
Nur terapiyasi va miyelosupressiya chaqiradigan preparatlar etopozid induktsiya qilingan miyelosupressiyani kuchaytirishi mumkin. Etopozid kabi miyelosupressiv ta'sirga ega preparatlarni avval yoki bir vaqtda qo'llash additiv va sinergetik samaralar chaqirishi taxmin qilish mumkin.
Peroral antikoagulyantlarning ta'siri kuchayishi mumkin. Varfarin bilan birga davolash xalqaro me'yorlashtirilgan munosabatlarning (XMM) oshishiga olib kelishi mumkin. XMM ni sinchiklab monitoring qilish tavsiya etiladi.
In vitro sharoitida plazma oqsillari bilan bog'lanish 97% ni tashkil etadi. Fenilbutazon, natriy salitsilati va salitsil kislotasi etopozidning oqsillar bilan bog'lanishiga ta'sir etishi mumkin. Klinika oldi tadqiqotlarda antratsiklinlar va etopozid orasida kesishgan rezistentlik borligi ko'rsatilgan.
Etopozid va fosfotazani induktsiya qiluvchi preparatalar (masalan, levamizol gidroxlorid) ni birga qo'llash to'g'risida munosabatlar yo'q.
Bir vaqtda sariq isitmaga qarshi vaktsinatsiya amalga oshirilganda vaktsinaga nisbatan kasallik rivojlanish kabi tizimli reaktsiya yoki o'limning yuqori xavfi bor.
Ximioterapevtik preparatlar keltirib chiqargan immun tanqisligi bo'lgan patsiyentlarda tirik vaktsinalar bilan emlash og'ir infektsiya chaqirishi yoki o'limga olib kelishi mumkin bo'lgani tufayli, tirik vaktsinalarni bunday patsiyentlarda qo'llash mumkin emas
Bo'lishi mumkin bo'lgan ijobiy o'zaro ta'sirlar
Odatda, etopozid boshqa sitostatiklar bilan majmuaviy davolash tarkibida qo'llaniladi va ko'pchiligi bilan sinergik davolovchi samara ko'rsatadi (masalan, metotreksat va sisplatin bilan).

Maxsus saqlash sharoitlari

Shisha (I sinf) 5 ml flakonlar.
Shisha flakonlar tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnoma bilan karton qutilarga joylangan

Saqlash sharoiti
Yorug'likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo'lmagan haroratda, original o'ramda saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati
2 yil.
O'ramda ko'rsatilgan yaroqlilik muddati o'tgandan keyin ishlatilmasin

Dozirovkasi

Onkologik kasallarni davolashda ximoterapiya o'tkazish tajribasiga ega bo'lgan shifokor tomonidan yoki uning nazorati ostida olib borilishi kerak.

Homilador xodimlar ximoterapevtik preparatlar bilan ishlashga yo'l qo'yilmaydi.

Qo'llash usuli

Preparat suyultirilgandan keyin faqat vena orqali yuborishga mo'ljallangan.

Etopozid Naprod sekin uzoq davom etadigan vena ichi infuziyasi orqali yuboriladi (quyidagilarga qarang).

Infuzion eritma tayyorlash uchun kontsentratni alohida qo'llashdan oldin suyultirish kerak.

To'g'ridan-to'g'ri qo'llashdan oldin Etopozid Naprodning kerakli dozasini glyukozaning 5% li eritmasi yoki in'ektsiya uchun natriy xloridining 0,9% li eritmasi bilan 0,2 dan

0,4 mg/ml kontsentratsiyaga yetguncha suyultiriladi; bunda odatdagi yakuniy kontsentratsiya

0,25 mg/ml dan oshmasligi kerak.

Suyultirilgandan keyin, doza vena ichi infuziyasi orqali 30 minut dan kam bo'lmagan vaqt davomida yuboriladi.

Qo'llashda alohida ehtiyotkorlik choralari

Vena orqali tez yuborilganda gepotenziya holatlari kuzatilgan. Shuning uchun Etopozid Naprod preparati eritmasining infuziya davomiyligi 30 minutdan 60 minutgacha tashkil etishi kerak. Patsiyentlarning o'zlashtiraolishiga bog'liq holda infuziyaga uzoqroq vaqt kerak bo'lishi mumkin. Potentsial boshqa toksik moddalarni qo'llagandagi kabi, Etopozid Naprod qo'llaganda yoki eritmani tayyorlayotgan vaqtda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Etopozid Naprod preparati behosdan tegib ketganda teri reaktsiyalari kelib chiqishi mumkin. Preparat bilan qo'lqopda ishlash tavsiya etiladi. Preparat teriga yoki shilliq qavatlarga tushsa, tekkan joyni zudlik bilan sovun va suv bilan yuvib tashlash lozim.

Dozalar

Kattalar

Etopozidning tavsiya etilgan dozasi sutkada vena orqali va keyingi 5 kun davomida

60-120 mg/m2 ni tashkil etadi. Etopozid miyelosupressiv ta'sir ko'rsatgani uchun, keyingi davolash kurslari orasi kamida 10-20 kun keyin mumkin. Keyingi kurslar orasidagi interval gematologik bo'lmagan ko'rsatkichlar bo'yicha kamida 21 kunni tashkil etadi. Etopozid Naprod bilan davolashning qayta kurslari faqat qon tahlilida miyelosupressiya belgilari bo'lmaganda amalga oshiriladi.

Ko'pchilik hollarda Etopozid Naprod 100 mg/m2 dozada har kuni 5 kun davomida yoki

120 mg/m2 dozada ikki kunli interval bilan 1, 3 va 5 kuni qo'llaniladi.

Dozaga tuzatish kiritish

Dozaga tuzatish kiritishda majmuadagi boshqa preparatlarning miyelosupressiv ta'siri, shuningdek suyak ko'migining funktsional zahirasini buzishi mumkin bo'lgan avvalgi nur va ximoterapiya ta'sirini hisobga olish kerak.

Agar sitopeniya sababli xavfli o'sma bo'lmasa, Etopozid Naprod bilan davolashning yangi kursini neytrofillar soni 1500/mm3 yoki trombotsitlar 100000/mm3 dan kam bo'lsa, boshlamaslik kerak.

Boshlang'ich dozadagi keyingi dozalarni: 5 kun davomida neytrofillar soni 500/mm3 kamaysa yoki isitmalash yoki infektsiya bo'lsa, trombotsitlar soni 25000/mm3 dan kamaysa, III yoki IV darajadagi har qanday toksiklik rivojlansa yoki buyrak klirensi minutiga

50 ml dan kam bo'lsa tuzatish kiritish kerak.

Preparat yuborilayotgan vaqtda ekstravazatsiyaga yo'l qo'ymaslik kerak.

Bolalar va o'smirlar

Bu toifadagi patsiyentlarda qo'llashning samaradorligi va xavfsizligi to'g'risida ma'lumotlar yetarli emas.

Keksa yoshdagi patsiyentlar (65 yoshdan katta)

Dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Buyrak funktsiyasini buzilishi bo'lgan patsiyentlar.

Buyrak funktsiyasini buzilishi bo'lgan, lekin jigar funktsiyasi normal bo'lgan patsiyentlarda Etopozid dozasini kamaytirish va gematologik ko'rsatkichlarning chegara darajasini va buyrak funktsiyasini nazorat qilib turish kerak. Boshlang'ich sutkalik dozaga quyidagicha tuzatish kiritish kerak:

Креатинин клиренси (мл/мин)

Тавсия этилган суткалик доза (стандарт дозага қараб %)

>50

100

15-50

75

<15

Қўллаш мумкин эмас

Keyinchalik doza dozalash tartibi preparatni o'zlashtiraolinishi va klinik samarasiga qarab buyuriladi.

Dozani oshirib yuborilishi

2,4-3,5 g/m2 umumiy dozani 3 kun davomida vena yuborilganda og'iz bo'shlig'i shilliq qavatining kuchli yallig'lanishi va miyelotoksiklik kelib chiqqan. Etopozidni tavsiya qilingan dozadan ko'p qabul qilgan patsiyentlarda metabolik atsidoz va jigar og'ir toksikligi holatlari kuzatilgan.
Maxsus antidot mavjud emas. Simptomatik va umumiy tutib turuvchi davolash ko'rsatilgan, shuningdek patsiyentni ahvolini sinchiklab kuzatib borish kerak.