Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
ЭТОКСИСКЛЕРОЛ АМПУЛЫ

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

ЭТОКСИСКЛЕРОЛ АМПУЛЫ 10МГ/МЛ 2МЛ №5

324 800 so'mdan
(2752)
Dorixonalardagi narx
Xaritada topish
Tavsif
ЭТОКСИСКЛЕРОЛ АМПУЛЫ 10МГ/МЛ 2МЛ №5
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
Chiqarilish shakli
Farma. Guruh
Dori tafsilotlari
Dori shakli: 
Tarkibi:
Ta‘rifi: 
Farmakoterapevtik guruhi: 
Farmakologik xususiyatlari
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalar
Nojo‘ya ta‘sirlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Maxsus ko‘rsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli: 

vena ichiga yuborish uchun eritma

 

Tarkibi:

1 ampula (2 ml) eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: luromakrogol-400 – 10 mg, 20 mg yoki 60 mg;

yordamchi moddalar: 96% li etanol 84,00/84,00/84,00 mg, natriy gidrofosfati 2,40/4,80/9,60 mg kaliy gidrofosfati 0,86/1,70/3,40 mg, in‘eksiya uchun suv 2,0 ml gacha.

 

Ta‘rifi: 

tiniq rangsiz yoki biroz sarg‘ish-yashil eritma.

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

venosklerotik vosita.

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Lauromakrogol-400 (polidokanol) oqsil denaturasiyasini chaqirib, qon tomirlar endoteliysini shikastlaydi. Endoteliyni shikastlanish darajasi yuborilgan preparatning konsentrasiyasi va hajmiga bog‘liq.

Etoksisklerol yuborilishi bilanoq darhol qo‘yiladigan ezuvchi bog‘lov venalar devorini ezadi va shu yo‘l bilan haddan tashqari tromb hosil bo‘lishini hamda boshlang‘ich shakllangan qon tomir devori oldi trombini rekanalizasiyasini oldini oladi. Shunday yo‘l bilan shakllanuvchi fibroz chandiq venalarni sklerozga uchrashini ta‘minlaydi.

Lauromakrogol-400 shuningdek og‘riqsizlantiruvchi xususiyatlarga ham ega. U nafaqat sezuvchan reseptorlarning mahalliy qo‘zg‘aluvchanligini pasaytiradi, balki sezuvchan nervlar orqali ortga qaytuvchan aloqani ham uzadi, bu skleroterapiyani o‘tkazganda og‘riqni yo‘qolishiga olib keladi.

Farmakokinetikasi

Lauromakrogol-400 ning yarim chiqarilish davri ikki fazali bo‘lib, yakuniy davri 4,09 soatni tashkil etadi; umumiy klirensi – soatiga 11,7 l; umumiy dozaning 89% qondan birinchi 12 soat davomida chiqariladi.

Lauromakrogol-400 (polidokanol) ni ko‘krak sutiga tushishi to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q.

 

Qo‘llanilishi

Varikoz kengaygan venalar, teleangiektaziyalar va gemorroidal tugunlarni sklerozini chaqirish uchun qo‘llaniladi.

 

Qo‘llash usuli va dozalar

Etoksisklerol qat‘iy ravishda vena ichiga, shu jumladan teleangiektaziyalarda xam vena ichiga yuborilishi lozim!

Preparat juda ingichka ignalar (xuddi insulinnikiga o‘xshash) va erkin harakatlanuvchi porshenli shpris yordamida yuboriladi. Vena devorini teguvchi yo‘nalishda teshish, preparatni esa aynan vena ichiga asta-sekin yuborish kerak.

In‘eksiyalar oyoqlar faqat gorizontal yoki gorizontaldan 30-45° ga biroz ko‘tarilgan holatda bo‘lganida yuboriladi.

In‘eksiyani tugatgandan keyin igna tiqilgan joyni tampon bilan bosiladi va ezuvchi bog‘lov qo‘yiladi, bemorga esa, davolash muassasasidan ketmay, 30 minut davomida yurish tavsiya qilinadi.

Teleangiektaziyalarni skleroziga erishilganidan keyin ezuvchi bog‘lov 2-3 kunga qo‘yiladi, mayda venalar sklerozi o‘tkazilganda – 5-7 kunga, o‘rta va yirik varikoz kengaygan venalar sklerozi o‘tkazilganda – 3-5 haftaga qo‘yiladi. Venalarni yaqqol varikoz kengayishida elastik bintlarni yoki II-III sinfi kompressiyasiga ega tibbiy paypoqlarni uzoq muddatga (bir necha oy davomida) ishlatish tavsiya qilinadi.

Songa va oyoqning konik shaklida bog‘lovni siljishini oldini olish uchun adgeziv kompression bintlarni qo‘llash tavsiya qilinadi.

Sklerozni chaqiruvchi davolashning natijasi ezuvchi bog‘lov to‘g‘ri qo‘yilganida ancha sezilarni oshadi. Bu bog‘lovlarni faqat oyoqlar yuqoriga ko‘tarilgan hollarda yechishga ruxsat beriladi. Har gal o‘rindan turishdan oldin, xatto qisqa vaqtga bo‘lsa ham, bog‘lov qaytadan qo‘yiladi.

Varikoz kengaygan venalarning tarqalganligi va og‘irlik darajasiga qarab, skleroz chaqiruvchi davolashni 1-2 haftadan keyin takrorlash mumkin bo‘ladi.

Lauromakrogol-400 umumiy sutkalik dozasi tana vazniga 2 mg/kg dan oshmasligi kerak.

Shunday qilib, tana vazni 70 kg bo‘lgan bemorga sutkada 5 mg/ml Etoksisklerol eritmasining 28 ml da, 10 mg/ml Etoksisklerol eritmasining 14 ml da yoki 30 mg/ml Etoksisklerol eritmasining 4,6 ml da saqlanuvchi 140 mg lauromakrogol-400 ni yuborish mumkin.

Odatda, Etoksisklerolning maksimal dozalari qo‘llanmaydi.

Venalarni yaqqol varikoz kengayishida sklerozni chaqirishni bir necha bosqichda o‘tkazish kerak. Birinchi bosqichda, ayniqsa yuqori sezuvchanlik reaksiyalariga moyilligi bo‘lgan pasientlarda, preparatning ko‘pi bilan bir in‘eksiyasi yuboriladi. 1-2 haftadan keyin birinchi in‘eksiyaning natijalarini va skleroz chaqiriladigan sohaning o‘lchamini hisobga olgan holda, maaksimal dozalarni oshirmay, preparatni yuborishni takroran o‘tkazish mumkin.

Varikoz kengaygan venalarning diametriga qarab, Etoksisklerolning turli konsentrasiyalari qo‘llaniladi.

Etoksisklerol 5 mg/ml li eritma ko‘rinishida teleangiektaziyalarni va markaziy venalar teleangiektaziyalarini sklerozini chaqirish uchun qo‘llaniladi.

Etoksisklerol 10 mg/ml li eritma ko‘rinishida – markaziy venalar teleangiektaziyalarini, retikulyar varikoz va mayda varikoz kengaygan venalarni (teri osti venalarini) sklerozini chaqirish uchun qo‘llaniladi.

Etoksisklerol 30 mg/ml li eritma ko‘rinishida – o‘rtacha va yirik varikoz venalarni va I va II darajali gemorroidal tugunlarni sklerozini chaqirish uchun qo‘llaniladi.

Varikoz teri osti venalarini sklerozini chaqirish

Teleangiektaziyalarni sklerozini chaqirish

Sklerozi chaqiriladigan venaning diametriga qarab, bir in‘eksiyada 5 mg/ml li Etoksisklerol eritmasining 0,1-0,2 ml yuboriladi.

Markaziy venalar teleangiektaziyalarini sklerozini chaqirish

Sklerozi chaqiriladigan venaning diametriga qarab, bir in‘eksiyada 5 mg/ml yoki
10 mg/ml li Etoksisklerol eritmasining 0,1 dan 0,2 ml gacha miqdori yuboriladi.

Mayda varikoz kengaygan venalarni va retikulyar varikozni sklerozini chaqirish

Sklerozi chaqiriladigan venaning diametriga qarab, bir in‘eksiyada 10 mg/ml li Etoksisklerol eritmasining 0,1 dan 0,3 ml gacha miqdori yuboriladi.

O‘rtacha va yirik varikoz kengaygan venalarni sklerozini chaqirish

O‘rtacha va yirik varikoz kengaygan venalarni sklerozini chaqirish uchun Etoksisklerolning 30 mg/ml eritmasi qo‘llaniladi, muolajani esa bir necha bosqichda o‘tkaziladi. Birinchi bosqichda ko‘pi bilan 0,5-1,0 ml Etoksisklerol bir marta yuboriladi. Birinchi marta yuborish natijalari va sklerozi chaqiriladigan sohaning o‘lchamiga qarab, keyinchalik bir nechta in‘eksiyalarni (har biri 2 ml gacha) bajarishni o‘tkazish va laurmakrogol-400 ning maksimal dozasini oshirish mumkin.

Tromb hosil bo‘lgan hollarda uni, kesish va bosib chiqarib tashlash yo‘li bilan bartaraf etiladi.

Gemorroidal tugunlarni sklerozini chaqirish

Bitta davolash kursi davomida 30 mg/ml li Etoksisklerolning umumiy dozasi 3 ml dan oshmasligi kerak.

Har bir gemorroidal tugunga preparat 1,0 ml dan oshmagan dozada, qat‘iy ravishda tugunning shilliq qavati ostiga yoki yuqoriroq (kranial) yuboriladi. Erkaklarda joylashishi bo‘yicha soat 11 darajasida bo‘lgan tugunni sklerozini chaqirishda, uretra va prostata bezi yaqin joylashgani tufayli, o‘ziga xos ehtiyotkorlikka amal qilish lozim. Bunda Etoksisklerolning yuboriladigan miqdori 0,5 ml dan oshmasligi lozim. Preparatni yuborishda ichki anal sfinkterni shikastmaslik va uni izdan chiqishini oldini olish uchun ehtiyotkorlikka amal qilish lozim.

Gemorroidal tugunlarning o‘lchamiga qarab, skleroterapiyani 1-2 haftadan keyin takrorlash mumkin.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Quyida keltirilgan nojo‘ya reaksiyalarning tez-tezligi quyidagi gradasiyaga muvofiq belgilangan: juda tez-tez (> 1/10); tez-tez (> 1/100 dan < 1/10 gacha); tez-tez emas ( > 1/1000 dan < 1/100 gacha); kam hollarda ( > 1/10000 dan < 1/1000 gacha); juda kam hollarda
(< 1/10000).

Immun tizimi tomonidan

Juda kam hollarda: anafilaktik shok, angionevrotik shish, tarqalgan teri toshmasi, bronxial astma.

Markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan

Juda kam hollarda: bosh miyada qon aylanishini o‘tkinchi buzilishi, bosh og‘rig‘i, migren, lokal paresteziyalar, hushdan ketish, dezorientasiya, bosh aylanishi.

Ko‘rish a‘zosi tomonidan

Juda kam hollarda: ko‘rishni migrenga o‘xshash simptomlari (buyumni ikkita ko‘rish, ko‘z oldida «chivinlarni uchishi», yorug‘likni ko‘tara olmaslik va ko‘rishni susayishi) ko‘rinishidagi o‘tkinchi buzilishlari.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan

Tez-tez: neovaskulyarizasiya, gematoma.

Tez-tez emas: yuza joylashgan venalar tromboflebiti, flebit.

Kam hollarda: chuqur joylashgan venalar trombozi, intragemorroidal tromboz (gemorroidal tugunlar skleroterapiyasida), qon ketishlari.

Juda kam hollarda: yurakni to‘xtab qolishi, yurakni urib ketishi, o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi, sinokarotid hushdan ketish, qon tomir patologiyasi oqibatidagi kollaps, vaskulit, arterial bosimni oshishi yoki pasayishi.

Nafas a‘zolari tomonidan

Juda kam hollarda: hansirash, ko‘krak qafasida diskomfort hissi, yo‘tal.

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan

Tez-tez emas: perianal sohada yallig‘lanish (gemorroidal tugunlar skleroterapiyasida).

Juda kam hollarda: ta‘mni o‘zgarishi, ko‘ngil aynishi.

Teri va teri osti yog‘ kletchatkasi tomonidan

Tez-tez: preparat yuborilgan joyda teri giperpigmentasiyasi, ekximozlar, preparat yuborilgan joyda achishish hissi.

Tez-tez emas: allergik dermatit, kontakt toshma, eritema, qichishish.

Juda kam hollarda: gipertrixoz (skleroterapiya sohasida).

Reproduktiv tizim tomonidan

Juda kam hollarda: erektil disfunksiya (gemorroidal tugunlar skleroterapiyasida).

Tayanch-harakat apparati tomonidan

Kam hollarda: oyoqlarda og‘riq.

Tizimli reaksiyalar

Juda kam hollarda: isitma, yuz terisini “qizib ketishi”, asteniya.

 

 

Yuborilgan joyda reaksii

Tez-tez: in‘eksiya sohasida og‘riq (qisqa muddatli) in‘eksiya sohasida tromboz (lokal intravarikoz qon quyqasi).

Tez-tez emas: nekroz, zichlashish, shish.

Muolaja vaqtidagi asoratlar

Tez-tez emas: preparatni yuborish joyida nervni shikastlanishi.

Mahalliy nojo‘ya reaksilar (masalan, nekrozlar), xususan, teri va teri osti to‘qimalarining (va kam hollarda nervlarning) nekrozlari Etoksisklerolni venani o‘rab turuvchi to‘qimalarga behosdan yuborilganda qayd etilgan (paravazal in‘eksiya). Bu asoratlarning xavfi Etoksisklerolning konsentrasiyasi va yuboriladigan hajmi oshgani sayin ortib boradi.

Gemorroidal tugunlarni sklerozini o‘tkazishda in‘eksiya vaqtida va in‘eksiyadan keyin preparat yuborilgan joyda, ayniqsa erkaklarda joylashishi bo‘yicha soat 11 darajasida joylashgan (prostata bezi sohasi) tugunga yuborilganda, achishish, og‘riqlar, diskomfort va bosim hissi kabi nojo‘ch reaksiyalar kuzatilishi mumkin. Bu og‘riqlar, odatda qisqa vaqt davom etadi va kam hollarda 2-3 kun davomida saqlanib qoladi.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
  • zo‘rayish bosqichidagi og‘ir kechuvchi tizimli kasalliklar.

Preparatni oyoqlarning varikoz kengaygan venalarini skleroterapiyasi uchun qo‘llangan hollarda, yuqorida keltirilgan holatlardan tashqari, quyidagi qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar xam mavjud:

  • immobilizasiya holati;
  • arteriyalarning og‘ir kechuvchi obliterasiyalovchi kasalliklari (Fonteyn bo‘yicha III-IV bosqichlar);
  • tromboembolik kasalliklar;
  • tromb hosil bo‘lishini yuqori xavfi (nasliy trombofiliyasi bo‘lgan bemorlarda, trombozni rivojlanishini bir nechta omillari: gormonal kontraseptivlarni ishlatish yoki o‘rinbosar gormonal terapiyani o‘tkazish, semizlikda, chekishda yoki uzoq muddatli immobilizasiyada bo‘lgan bemorlarda).

Preparatni gemorroidal tugunlarni skleroterapiyasi uchun qo‘llangan hollarda, yuqorida keltirilgan holatlardan tashqari, quyidagi qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar ham mavjud:

  • anal sohasini o‘tkir yallig‘lanishi.

Ehtiyotkorlik bilan

Quyidagi holatlarda skleroterapiyani o‘tkazishdan oldin taxmin qilinayotgan foyda darajasi va bo‘lishi mumkin bo‘lgan asoratlar xavfi sinkovlik bilan baholanishi lozim:

  • tana harorati 38°S dan yuqori bo‘lsa;
  • bronxial astma yoki allergiyaning boshqa yaqqol ko‘rinishlari;
  • og‘ir somatik holat.

Oyoqlarning varikoz kengaygan venalarini skleroterapiyasini quyidagi holatlari bo‘lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan o‘tkazish kerak:

  • arteriyalarning Fonteyn bo‘yicha II bosqichi bo‘lgan obliterasiyalovchi kasalliklari, agar davolash kosmetik (teleangiektaziya) maqsadlarida o‘tkazilayotgan bo‘lsa;
  • kompression davolash usullari bilan davolab bo‘lmaydigan oyoqlardagi shishlar;
  • Etoksislkerolni yuborish rejelashtirilgan joyda terining yallig‘lanish kasalliklari;
  • mikroangiopatiya yoki neyropatiya simptomlari;
  • cheklangan harakatchanlik (tavsiyalarga muvofiq preparat yuborilganidan so‘ng 30 minut davomida yura olmaydigan bemorlar).

Gemorroidal tugunlarni skleroterapiyasini quyidagi holatlari bo‘lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan o‘tkazish kerak:

  • ichakning surunkali yallig‘lanish kasalliklari (masalan, Kron kasalligi);
  • trombozlarga ma‘lum moyillik.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Etoksisklerolni boshqa og‘riqsizlantiruvchi vositalar, shu jumladan umumiy anesteziya vositalari bilan bir vaqtda ishlatilganda, bu preparatlarning yurak-qon tomir tizimiga ta‘siri kuchayishi mumkin (bradikardiya, arterial gipotenziya).

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Etoksisklerolni yuborish venoskleroz terapiyani o‘tkazish bo‘yicha tajribaga ega bo‘lgan shifokor tomonidan amalga oshirilishi lozim.

Skleroz chaqiruvchi dori vositalarni arteriya ichiga yuborish mumkin emas, chunki bu og‘ir nekrozlarga va majburiy amputasiyaga olib kelishi mumkin. Bunday hollarda shoshilinch ravishda qon tomir jarrohligi bo‘yicha mutaxassisni jalb etish lozim.

Barcha skleroz chaqiruvchi preparatlarni yuz sohasida qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatmalar, intravazal in‘eksiyalar arteriyalarda bosimni o‘zgartirishi va ko‘rishni qaytmas buzilishiga (ko‘rlikka) olib kelishi mumkinligi tufayli, juda sinchkov ravishda tahlil qilinishi lozim.

Oyoq panjasi va to‘piq kabi tananing ba‘zi sohalarida Etoksisklerolni behosdan arteriya ichiga yuborish xavfi yuqoridir, shuning uchun ushbu anatomik sohalarda qon tomirlarini sklerozini chaqirishda Etoksisklerolni eng past konsentrasiyada faqat ozgina miqdorini ishlatish tavsiya etiladi.

Gemorroidal tugunlarni skleroterapiyasi og‘riq hissini chaqirmasligi kerak, chunki bu sohada sezuvchan nerv tolalari mavjud emas.

Etoksisklerolning barcha eritmalari 5% li etanol saqlaydi. Buni anamnezida alkogolni xaddan tashqari ko‘p iste‘mol qilganiga ko‘rsatmalar bo‘lgan yoki disulfiram bilan davolanayotgan bemorlarni davolashda e‘tiborga olish lozim.

Homiladorlik va laktasiya davri

Etoksiklerolni homiladorlarda qo‘llash to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda reproduktiv toksiklikni borligi ko‘rsatilgan, lekin teratogen potensial aniqlanmagan. Etoksisklerolni homiladorlik vaqtida, faqat ona uchun foyda homila uchun xavfdan ustun bo‘lgan hollardan tashqari holatlarda yuborish mumkin emas.

Lauromakrogol-400 (polidokanol) ni ko‘krak sutiga tushishi to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q. Emizish davrida skleroterapiyani o‘tkazish zarurati tug‘ilgan hollarda Etoksisklerol yuborilganidan keyin emizishni 2-3 kunga to‘xtatib turish tavsiya qilinadi.

Avtomobilni haydash va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri

Etoksisklerolni avtomobilni haydash va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga salbiy ta‘siri aniqlanmagan.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng qo‘llanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Preparatning ancha yuqori konsentrasiyasi yoki katta hajmi tufayli dozani oshirib yuborilishi preparat yuborilgan joyda va o‘rab turuvchi to‘qimalarda, ayniqsa paravazal in‘eksiyalarda nekrozni rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Davolash

a) Intraarterial in‘eksiyalarda:

  1. Ignani arteriyada qoldirish kerak (agar igna qon tomiridan chiqqan bo‘lsa, uni yana xuddi shu yo‘nalishda kiritish kerak).
  2. Istalgan mahalliy anestetikni epinefrinni (adrenalinni) qo‘shmay, 5-10 ml yuborish kerak.
  3. Arteriya ichiga 10000 TB geparin yuborilsin.
  4. Ishemiyaga uchragan oyoqni paxta bilan o‘rash, atrofiga muz qo‘yish va uni gorizontal holatda qoldirish kerak.
  5. Pasientni qon tomir jarrohligi bo‘limiga shoshilinch ravishda gospitalizasiya qilish kerak.

b) Paravenoz in‘eksiyalarda:

Yuborilgan Etoksisklerolning miqdori va konsentrasiyasiga qarab, sklerozni chaqirish o‘tkazilgan sohaga 5 dan 10 ml gacha fiziologik eritmani, iloji boricha gialuronidaza bilan birga yuborish kerak. Kuchli og‘riqlarda anestetikni (epinefrinsiz) yuborish tavsiya qilinadi.

Spesifik antidoti yo‘q.

 

Chiqarilish shakli

5, 10, 30 mg/ml dan vena ichiga yuborish uchun eritma. 2 ml dan preparat yashil sindirish nuqtasi va rangli halqasi: 30 mg/ml konsentrasiya uchun – ko‘k; 10 mg/ml konsentrasiya uchun – sariq; 5 mg/ml konsentrasiya uchun – kul rang halqasi yoki ko‘k sindirish nuqtasi va rangli halqalari: – 30 mg/ml konsentrasiya uchun – qizil va ikkita ko‘k halqasi; 10 mg/ml konsentrasiya uchun – qizil va sariq; 5 mg/ml konsentrasiya uchun – qizil va ikkita oq halqasi bo‘lgan rangsiz shisha (Yevr.F. bo‘yicha 1 sinf) ampulalarda.

5 ampuladan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

 

Saqlash sharoiti

Saqlash sharoiti

 

Quruq 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Dorixonalardan berish tartibi

 

Resept bo‘yicha