Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
ЭТАМЗИЛАТ АМПУЛЫ

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

ЭТАМЗИЛАТ АМПУЛЫ 12,5% 2МЛ №10

8 000 so'mdan
(3154)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
ETAMSYLATE
Ishlab chiqaruvchi
КИЕВ ВИТАМИННЫЙ ЗАВОД
Chiqarilish shakli
АМП
Farma. Guruh
Pharm Group Name
Dori tafsilotlari
Dori shakli
Farmakologik xususiyatlari
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Nojo‘ya ta‘sirlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Maxsus ko‘rsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Dori shakli

in‘eksiya uchun eritma

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Etamzilat qon ketishini oldini olish va to‘xtatish uchun vositadir. U gemostaz mexanizmining birinchi bosqichiga (endoteliy va trombositlar o‘rtasidagi o‘zaro ta‘sir) ta‘sir qiladi. Etamzilat trombositlarning adgezivligini oshiradi, kapillyarlar devori mustahkamligini normallashtiradi, va shu yo‘l bilan ularning o‘tkazuvchanligini pasaytiradi, trombositlar dezagregasiyasini, vazodilatasiyani va kapillyarlarning oshgan o‘tkazuvchanligini chaqiruvchi prostaglandinlar biosintezini ingibisiya qiladi. Buning natijasida qon ketish vaqti ancha sezilarli kamayadi, qon yo‘qotilishi kamayadi.

Farmakokinetikasi

Preparat vena ichiga yuborilganidan keyin gemostatik ta‘siri 5-15 minutdan so‘ng aniqlanadi, maksimal ta‘siri esa – 1-2 soatdan keyin namoyon bo‘ladi. Preparat 4-6 soat davomida samarali bo‘lib, shundan so‘nggina samarasi asta-sekin yo‘qoladi. Etamzilat
500 mg dozada vena ichiga yuborilgandan so‘ng qon plazmasidagi uning eng yuqori darajasiga 10 minutdan keyin erishiladi va u 50 mkg/ml ni tashkil etadi.

Yuborilgan dozaning taxminan 72% birinchi 24 soat davomida siydik bilan o‘zgarmagan holda chiqariladi. Yarim chiqarilish davri –  taxminan 2 soatni tashkil etadi. Etamzilat yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi va ko‘krak sutiga ajralib chiqadi.

Qo‘llanilishi

Yuza joylashgan va ichki kapillyarlardan turli etiologiyali qon quyilishlarini, ayniqsa qon ketishi endoteliyni shikastlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan quyidagi holatlarda oldini olish va nazorat qilishda qo‘llaniladi:

  • otorinolaringologiyada, ginekologiyada, akusherlikda, urologiyada, stomatologiyada, oftalmologiyada va plastik jarrohlikda jarrohlik operasiyalari vaqtida va undan keyin qon ketishlarini oldini olish va davolash;
  • turli etiologiyali va lokalizasiyaga ega kapillyardan qon ketishlarini:
  • gematuriya, metrorragiya, birlamchi gipermenoreya, bachadon ichki homilaga qarshi vositalari bo‘lgan ayollarda gipermenoreya, burundan qon ketishi, milklarda qon ketishini oldini olish va davolash;
  • neonatologiya: chala tug‘ilgan chaqaloqlarda periventrikulyar qon ketishini oldini olish uchun.
Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat vena ichiga (sekin) yoki mushak ichiga yuboriladi. Kattalar uchun optimal sutkalik doza 1 kg tana vazniga 10-20 mg etamzilatni tashkil etadi, uni 3-4 marta qabul qilishda yuboriladi. Bolalar uchun sutkalik doza kattalarning sutkalik dozasini yarmini tashkil etadi.

Operativ aralashuvdan oldin 1-2 ampulaning ichidagi modda vena ichiga yoki mushak ichiga yuboriladi. Operasiya vaqtida 1-2 ampulaning ichidagi modda vena ichiga yuboriladi; bu dozani takroran yuborish mumkin. Operasiyadan keyin 1-2 ampulaning ichidagi moddani har 6 soatda qon ketish xavfi yo‘qolgunicha yuboriladi.

Neonatologiyada Etamzilat tana vazniga 12,5 mg/kg (0,1 ml = 12,5 mg) dozada vena ichiga yoki mushak ichiga yuboriladi. Davolashni bola tug‘ilganidan keyin ilk 2 soatlar davomida boshlash lozim. Preparatni yuborishni 4 sutka davomida xar 6 soatda yig‘indi doza 200 mg/kg gacha yetgunicha o‘tkazish kerak.

Etamzilatni mahalliy ravishda (teri trasplantati, tish oldirish) preparat shimdirilgan steril doka salfetkani qo‘yish yordamida qo‘llash mumkin.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Nerv tizimi tomonidan: kam hollarda – bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, yuzni qizib ketishi, oyoqlarni paresteziyasi.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: juda kam hollarda – tromboemboliya, arterial gipotenziya.

Ovqat hazm qilish yo‘llari tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, epigastral sohada og‘riq, diareya.

Immun tizimi tomonidan: kam hollarda – allergik reaksiyalar, tana haroratini oshishi, terida toshmalar, anafilaktik shok, angionevrotik shishning bir holati ta‘riflangan.

Nafas tizimi tomonidanbronxospazm.

Endokrin tizimi tomonidan: juda kam hollarda – o‘tkir porfiriya.

Suyak-mushak tizimi tomonidan: kam hollarda – belda og‘riq.

Teri tomonidanqichishish, eshakemi.

Boshqalarto‘qimalar perfuziyasini pasayishi, bu biroz vaqtdan keyin o‘z-o‘zidan tiklanadi.

Barcha nojo‘ya samaralar kuchsiz va o‘tkinchidir.

O‘tkir limfatik va mieloid leykemiyada qon ketishini oldini olish uchun etamzilat bilan davolangan bolalarda ko‘pincha og‘ir leykopeniya aniqlangan.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Etamzilatga yoki preparatning har qanday boshqa komponentiga yuqori sezuvchanlik; natriy sulfitiga o‘ta yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas. Bronxial astma, o‘tkir porfiriya, qon ivishini oshishi, antikoagulyant vositalar chaqirgan gemorragiyalar, bolalardagi gemoblastoz (limfatik va mieloid leykemiya, osteosarkoma) da qo‘llash mumkin emas.

Davolashni bachadonning fibroz tuzilmalari borligi istisno qilinganidan keyin boshlash mumkin.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Agar Etamzilat fiziologik eritma bilan aralashtirilsa, uni darhol qo‘llash lozim.

Reopoliglyukinni yuborishdan oldin qabul qilish, oxirgining antiagregasion ta‘sirini bartaraf etadi, reopoliglyukinni yuborgandan so‘ng qabul qilish gemostatik ta‘sir ko‘rsatmaydi. Aminokapron kislotasi, vikasol bilan birga qo‘llash mumkin.

Nomutanosiblik.

Ampulaning ichidagi moddani bir shprisda boshqa preparatlar bilan aralashtirish mumkin emas.

Etamzilat eritmasi natriy gidrokarbonati eritmasi va natriy laktati kukuni bilan nomutanosibdir.

Maxsus ko‘rsatmalar

Ilgari trombozlar yoki tromboemboliyalar qayd etilgan pasientlarga, shuningdek antikoagulyant vositalar tomonidan chaqirilgan gemorragiyalarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Antikoagulyantlar dozasini oshirib yuborilishi bilan bog‘liq gemorragik asoratlarda, spesifik antidotlarni qo‘llash kerak.

Preparat trombositlar soni kamayganda samarasizdir.

Davolashni boshlashdan oldin qon ketishining boshqa sabablarini istisno qilish kerak.

Qon ivish tizimi ko‘rsatkichlarini buzilish bo‘lgan pasientlarni Etamzilat bilan davolashni, qon ivish tizimi omillarining nuqsoni yoki aniqlangan tanqislikni barataraf etuvchi dori vositalarini yuborish bilan to‘ldirish kerak.

In‘eksion eritmaning rangi o‘zgargan hollarda preparatni qo‘llash man etiladi.

Homiladorlik va laktasiya davrilarida qo‘llanishi.

Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanmaydi.

Etamzilat bilan davolanish vaqtida emizishni to‘xtatish kerak.

Bolalar.

Gemoblastozi (limfatik va mieloid leykemiya, ostesarkomasi) bo‘lgan bolalarda preparatni qo‘llash mumkin emas.

Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir etish xususiyati.

Etamzilat bilan davolanish vaqtida avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda ehtiyotkorlikka amal qilish lozim, chunki bosh aylanishi yuz berishi mumkin.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Etamzilatning dozasini oshirib yuborilishi haqida ma‘lumotlar yo‘q.