Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
ЭССЕНЦИАЛ МР

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

ЭССЕНЦИАЛ МР АМПУЛЫ 250мг 5мл №5

54 000 so'mdan
(1010)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
МЕРРИМЕД
Chiqarilish shakli
АМП
Farma. Guruh
Pharm Group Name
Dori tafsilotlari
Maxsus shartlar
Qo'llanilishi
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Maxsus saqlash sharoitlari
Dozirovkasi
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Dori shakli
Farmakodinamikasi
Farmakokinetikasi
Nojo'ya samaralari
Maxsus shartlar
Faqat tiniq eritma ishlatilsin!
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi
Homiladorlikda, tarkibida platsentar to'siqdan o'tadigan benzil spirti bo'lgani tufayli ehtiyotkorlik bilan qo'llash lozim (tarkibida benzil spirti bo'lgan dori vositalari ta'sirida tug'ilgan chaqaloqlar va chala tug'ilgan chaqaloqlarda o'limga olib keluvchi hansirash sindromini rivojlanishi kuzatilgan).
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o'tgach qo'llanilmasin.
 
Qo'llanilishi
Jigarning yog'li degeneratsiyasi (shu jumladan qandli diabetda), o'tkir va surunkali gepatitlar, jigar sirrozi, jigar hujayralarning nekrozi, jigar komasi va prekoma, jigarni toksik shikastlanishi; homiladorlik toksikozi, operatsiya oldi va operatsiyadan keyingi davolash, ayniqsa gepatobiliar sohasidagi operatsiyalarida, psoriaz, radiatsion sindromda qo'llaniladi.
 
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Preparatning ingrediyentlaridan birontasiga yuqori sezuvchanlik bo'lganda preparatni qo'llash mumkin emas.
Preparatni 3 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash mumkin emas.
 
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Hozirgi vaqtgacha noma'lum.
 
Maxsus saqlash sharoitlari
Saqlash sharoiti
2ºS dan 8ºS gacha bo'lgan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati
3 yil.
 
 
Dozirovkasi

Preparat vena ichiga yuborish uchun mo'ljallangan bo'lib, mahalliy reaktsiyalarni chaqirish ehtimoli bo'lgani tufayli mushak ichiga yuborish tavsiya etilmaydi. Shifokorning boshqa tavsiyalari bo'lmaganida vena ichiga asta-sekin, kuniga 1-2 ampula (5-10 ml) yoki og'ir holatlarda 2-4 ampuladan (10-20 ml) yuboriladi.
Ikkita ampula ichidagi dori vositasini bir vaqtda yuborish mumkin. Boshqa dori vositalari bilan bir shpritsda aralashtirish mumkin emas.
Vena ichiga yuborilayotganda dori vositasini bemor qoni bilan 1:1 nisbatda aralashtirib yuborish tavsiya etiladi.
Preparatni suyultirish zarurati tug'ilganida, infuzion yuborish uchun faqat 5% va 10% li dekstroza eritmasi ishlatiladi, yuborish vaqtida suyultirilgan eritma tiniq bo'lishi kerak.
Preparatni elektrolitli eritmalar (izotonik eritma, Ringer eritmasi) bilan suyultirish mumkin emas!

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
5 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: soya dukkakdoshlarining quritilgan substantsiyasidan olingan, 93% (3-sn-fosfatidil) xolin saqlovchi fosfatidilxolin, sinonimlari - “essentsial fosfolipidlar”, “EPL®”-250 mg.
yordamchi moddalar: 126,50 mg dezoksixolat kislotasi; 13,40 mg natriy gidroksidi; 45,00 mg benzil spirti; 12,00 mg - natriy xloridi; 0,50 mg riboflavin, in'ektsiya uchun suv - 5 ml gacha.
 
 
Dori shakli
250 mg/5 ml vena ichiga yuborish uchun eritma.
5 ml dan preparat o'rta qismi siqilgan to'q shisha ampulalarda.
5 ampuladan PVX kontur o'ramda.
1 kontur o'ramdan qo'llash bo'yicha yo'riqnomasi bilan birga karton qutida.
 
Farmakodinamikasi
Essentsial fosfolipidlar jigarning xujayra qobig'i va xujayra organellalarining asosiy struktur elementlaridir. Jigar kasalliklarida hamisha jigar hujayralarining qobig'i va hujayra organellalarini shikastlanishi o'rin tutadi, bu ular bilan bog'liq bo'lgan fermentlar va retseptorlar tizimi faolligini buzilishiga, jigar hujayralarining funktsional faolligini yomonlashishiga va regeneratsiya xususiyatini pasayishiga olib keladi.
Essentsiale® N preparatining tarkibiga kiruvchi fosfolipidlar o'zining kimyoviy tuzilishi bo'yicha endogen fosfolipidlarga mos keladi, biroq ulardagi ko'p to'yinmagan (essentsial) yog' kislotalarining mikdorini yuqoriligi hisobiga, faolligi bo'yicha endogen fosfolipidlardan ustundirlar. Bu yuqori energetik molekulalarni gepatotsitlarning hujayra membranalarini shikastlangan sohalariga tizilib olishi jigar hujayralarining butunligini tiklaydi, ularning regeneratsiyasiga yordam beradi. Ko'p to'yinmagan yog' kislotalarining sis-ikkitalik bog'lari hujayra qobig'ining fosfolipidlaridagi uglevodorod zanjirlarini parallel joylashishiga to'sqinlik qiladi, hujayra qobig'ining fosfolipid tuzilmasi “yumshab qoladi”, bu ularning oquvchanligi va elastikligini oshishiga olib keladi, moddalar almashinuvini yaxshilaydi. Hosil bo'lgan funktsional bloklar membranalarga birikkan fermentlarning faolligini oshiradi va muhim metabolik jarayonlarni normal, fiziologik yo'l orqali kechishiga yordam beradi.
Essentsiale® forte N preparatining tarkibiga kiruvchi fosfolipidlar neytral yog'lar va xolesterinni oksidlanish jarayonlari kechayotgan joylarga tashib, lipoproteinlar metabolizmini yo'lga soladi, bu asosan yuqori zichlikka ega bo'lgan lipoproteinlarni xolesterin bilan bog'lanish xususiyatini oshishi hisobiga yuz beradi.
Shunday qilib, lipidlar va oqsillarning metabolizmiga; jigarning dezintoksikatsion faoliyatiga; jigar hujayralariga va fosfolipidlar bilan bog'liq fermentlar tizimini tiklanishi va saqlanishiga normallashtiruvchi ta'sir ko'rsatadi; bu oxir-oqibatda jigarda biriktiruvchi to'qimani shakllanishiga to'sqinlik qiladi va jigar hujayralarini tabiiy tiklanishiga yordam beradi.
Fosfolipidlarni safroga ekskretsiya qilinganida litogen indeksini pasayishi va safroni barqarorlashishi yuz beradi.
 
Farmakokinetikasi
Fosfatidilxolin yuqori zichlikka ega lipoproteidlar bilan bog'langan holda jigarga tushadi.
Xolin komponentining yarim chiqarilish davri 66 soatni tashkil qiladi, ko'p to'yinmagan yog' kislotalar komponentining yarim chiqarilish davri 32 soatni tashkil qiladi.
 
Nojo'ya samaralari
Nojo'ya ta'sirlarni paydo bo'lish tez-tezligini baholash maqsadida quyidagi ta'riflar ishlatiladi: juda tez-tez (>1/10); tez-tez (> 1/100 - < 1/10); tez-tez emas (≥1/1000, -<1/100); kamdan kam (> 1/10000 – < 1/1000); juda kam (<1/10000), uchrash tezligi noma'lum (mavjud ma'lumotlar asosida uchrash tezligini aniqlanishi mumkin emas).
Immun tizimi tomonidan:
Kamdan kam hollarda tarkibidagi benzil spirtiga nisbatan yuqori sezuvchanlik kuzatiladi.
Juda kam hollarda - terida allergik toshmalar (toshma, ekzantema yoki toshmalar, eshakemi, qichishish ) kuzatilishщi mumkin.