Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Эритромицин МАЗЬ

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Эритромицин МАЗЬ 10тыс ЕД/г 15г №1

6 900 so'mdan
(3950)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Erythromycin
Ishlab chiqaruvchi
СИНТЕЗ
Chiqarilish shakli
МАЗЬ
Farma. Guruh
Антибиотики
Dori tafsilotlari
Farmakoterapevtik guruhi: 
Farmakologik xususiyatlari
Farmakokinetikasi
Qoʻllanilishi
Tarkibi:
Dori shakli: 
Taʼrifi: 
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Farmakoterapevtik guruhi: 

Antibiotik (makrolidlar guruhi).

 

Farmakologik xususiyatlari

Eritromitsin – Streptomyces erythreus tomonidan ishlab chiqariluvchi, makrolidlar guruhiga mansub antibiotikdir. Mahalliy qoʻllanilganida antibakterial taʼsir koʻrsatadi. Ribosomalarning 50S subbirligi bilan qaytuvchan bogʻlanadi, bu aminokislotalarning molekulalari orasida peptid bogʻlarini hosil boʻlishini buzadi va mikroorganizmlarning oqsil sintezini bloklaydi (nuklein kislotalari sinteziga taʼsir koʻrsatmaydi). Yuqori dozalarda qoʻllanganda qoʻzgʻatuvchining turiga bogʻliq holda bakteritsid taʼsir koʻrsatishi mumkin. Konʼyunktiva, koʻzning shox pardasini yuza koʻz infeksiyalarini chaqiruvchi sezgir mikroorganizmlar, shu jumladan Neisseria gonorrhoeae, Chlamydia trachomatis ga nisbatan samarali.

 

Farmakokinetikasi

Koʻzning shox pardasi va koʻz suyuqligiga soʻriladi. Mahalliy qoʻllanganda tizimli soʻrilishi past. Biokiraolishligi 30-65% ni tashkil qiladi. Organizmning koʻpgina toʻqimalari va suyuqliklarida taqsimlanadi. Plazma oqsillari bilan bogʻlanishi 70-90% ni tashkil qiladi. Faol boʻlmagan metabolitlarini qisman hosil qilib, jigarda metabolizmga uchraydi. Yarim chiqarilish davri – 1,4-2 soat. Ichak va buyraklar orqali chiqariladi.

 

Qoʻllanilishi

Sezgir mikroorganizmlar chaqirgan koʻz infeksiyalari: konʼyunktivit (shu jumladan yangi tugʻilgan chaqaloqlarda), bakterial blefarit, blefarokonʼyunktivit, meybomit; bakterial keratit, xlamidiyalar chaqirgan konʼyunktivitlar, blefarokonʼyunktivitlar, traxomani majmuaviy davolashda; yangi tugʻilgan chaqaloqlarda blennoreyani oldini olishda qoʻllaniladi.

 

Tarkibi:

1 g surtmada quyidagilar saqlanadi:

Faol modda: Eritromitsin – 10 ming TB.

Yordamchi moddalar: lanolin (suvsiz lanolin) – 0,4 g, natriy disulfiti (natriy metasulfiti, natriy pirosulfiti) – 0,0001 g, “koʻz surtmalari uchun” vazelin – 1 g gacha.

 

Dori shakli: 

Koʻz surtmasi

 

Taʼrifi: 

Och-sariqdan qoʻngʻir-sariq rangligacha boʻlgan surtma.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Surtmani pastki qovoq ortiga 1-1,3 sm uzunlikdagi tizimcha koʻrinishida olib kuniga 3 marta qoʻyiladi.

Yangi tugʻilgan chaqaloqlar oftalmiyasi, bakterial konʼyunktivit, blefarit, blefarokonʼyunktivit, meybomit, keratitni majmuaviy davolashda davolash davomiyligi kasallikning shakli va ogʻirlik darajasiga bogʻliq, ammo 14 kundan oshmasligi kerak.

Travxomani davolashda – kuniga 4-5 marta qoʻyiladi, davolashni follikulani ochish bilan birga olib borish kerak. Yalligʻlanish jarayoni bartaraf qilinganidan keyin preparat kuniga 2-3 marta qoʻllaniladi. Traxomani davolash davomiyligi 4 oygacha.

Xlamidiyalar chaqirgan konʼyunktivitni davolashda surtmani kuniga 4-5 marta konʼyunktiva boʻshligʻiga qoʻyiladi, davolash davomiyligi kasallikning ogʻirlik darajasiga bogʻliq, 3 oygacha.

Yangi tugʻilgan chaqaloqlarda blennoreyani oldini olish uchun 0,5-1 sm uzunlikdagi surtma tizimchasini pastki qovoq ortiga bir marta qoʻyiladi.

 

 

Nojoʻya taʼsirlari

Mahaliy reaksiyalar: giperemiya, koʻz shilliq qavatini taʼsirlanishi, koʻrishni noaniqligi, allergik reaksiyalar.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Preparat komponentlariga shaxsiy yuqori sezuvchanlik, jigar va buyrak faoliyatini ogʻir buzilishlari, anamnezida sariqlik boʻlgan patsiyentlarda.

Ehtiyotkorlik bilan.

Keksalarda, buyrak va jigar faoliyatini buzilishlarida.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Preparat linkomitsin, klindamitsin, xloramfenikol bilan nomutanosib (antagonizm). Beta-laktam antibiotiklarining (penitsillinlar, sefalosporinlar, karbopenemlar) bakteritsid taʼsirini susaytiradi.

Aminoglikozidlar bilan farmatsevtik jihatdan nomutanosib. Kortikosteroidlar bilan qoʻllashda ularning samarasini kuchayishiga olib keladi.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Yangi tugʻilgan chaqaloqlar oftalmiyasini oldini olishda eritromitsin koʻz surtmasini koʻzdan yuvib tashlash mumkin emas.

Onasida klinik yaqqol namoyon boʻlgan gonoreyasi boʻlgan bolalarda eritromitsin oftalmologik dori vositasi sifatida parenteral qoʻllash uchun penitsillin G ning suvli eritmasi bilan bir vaqtda qoʻllaniladi.

Tuba ochilganidan keyin 1 oy davomida ishlatish kerak.

Homiladorlikda va emizish davrida qoʻllanilishi

Homiladorlikda faqat juda zarur boʻlgan holdagina, ona uchun boʻlishi mumkin boʻlgan foyda, homila uchun xavfdan ustun boʻlgandagina qoʻllash mumkin.

Emizish davrida preparatni buyurish zarurati tugʻilganda, emizishni toʻxtatish kerak.

Transport vositasini boshqarish, mashinalar va mexanizmlarga xizmat koʻrsatish qobiliyatiga taʼsiri

Davolash vaqtida transport vositalarini boshqarish va qoʻllashdan keyinoq koʻrishning aniqligini talab qiluvchi mashinalar va mexanizmlarga xizmat koʻrsatishdan saqlanish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach qoʻllanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Preparatning dozasini oshirib yuborilishi haqida maʼlumotlar yoʻq.

 

Chiqarilish shakli

Koʻz surtmasi 10 ming TB/g.

10 g dan alyumin tubalarda.

Har bir tuba qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 5°S dan 15°S gacha boʻlgan xaroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept boʻyicha.