Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
ЭРИНИТ ТАБЛЕТКА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

ЭРИНИТ ТАБЛЕТКА 10МГ №50

11 312 so'mdan
(4507)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
PENTAERITHRITYL TETRANITRATE
Ishlab chiqaruvchi
ФАРМА ВАМ
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Кардиотонические препараты
Dori tafsilotlari
Maxsus ko‘rsatmalar
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli
Farmakologik xususiyatlari
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Nojo‘ya ta‘sirlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar
Dorilar bilan o‘zaro ta‘siri
Maxsus ko‘rsatmalar

Samarasi sekin namoyon bo‘lganligi sababli preparat stenokardiya xurujlarini bartaraf qilish uchun davolanish davrida alkogolli ichimliklar ichishdan chetlanish kerak. Arterial gipotoniyaga moyilligi bo‘lgan keksalarda, xomiladorlik va emizikli davrda preparat extiyotkorlik bilan buyuriladi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 
Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

 
Dori shakli

tabletkalar

Farmakologik xususiyatlari

Organik nitrat. Asosan vena tomirlariga ta‘sir etuvchi periferik vazodilyatator. Pentaeritritil trinitrat ta‘siri yurakning qisqarishi oldidagi (periferik venalarni kengayishi va o‘ng bo‘lmachaga qon kelishini kamayishi) va qisqarganidan keyingi yuklamani kamayishi (umumiy periferik tomirlarning qarshiligini kamayishi), hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri koronar tomirlarni kengaytirishi bilan bog‘liq. Qon bilan ta‘minlanishi kamaygan joylarda qaytadan koronar qon oqishini yaxshilanishiga yordam beradi. Yurak yetishmovchiligida preparat qisqarish oldi yuklamani kamaytirishi xisobiga, miokard ishini kamayishiga yordam beradi. Kichik qon aylanish doirasida bosimni kamaytiradi. Nitrogliseringa nisbatan ta‘siri sekin rivojlanadi, lekin uzoqroq davom etadi. Ichga qabul qilinganda ta‘siri 30-45 minutdan so‘ng namoyon bo‘ladi va 4-5 soat davom etadi.

 

Qo‘llanilishi

Stenokardiya xurujlarini oldini olish uchun (shu jumladan kechgi infarktdan keyingi davrdagi), surunkali yurak yetishmovchiligini kompleks davolash.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Ovqatdan 1 soat oldin ichiladi. Doza individual belgilanadi. Odatda 10 – 20 mg (1-2 tabletka) sutkada 3-4 marta qabul qilinadi. Zarurati bo‘lganida doza 40 mg gacha, sutkada 4 marta yoki 80 mg gacha, sutkada 2 martaga ko‘paytiriladi. Tungi stenokardiya xurujlarini oldini olish uchun 20 mg uyqudan oldin buyuriladi. Davolash  kursi odatda 2-4 xafta davom etadi. Kasallikning xolatiga qarab, davolash  kursi tanaffusdan so‘ng qayta  buyuriladi.

Uzoq vaqt preparat qabul qilinganida tolerantlik rivojlanishi mumkin.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Ortostatik gipotoniya, bosh og‘rig‘i, quloqlarda shovqin, bosh aylanishi. Teri allergik reaksiyalari, charchoqlik xissi, bezovtalik, ko‘p terlash, ichak faoliyatining buzilishi (ich ketish) xolatlari kuzatilishi mumkin. Doza kamaytirilganda yoki preparat qabul qilish to‘xtatilganda nojo‘ya ta‘sirlar o‘tib ketadi.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar

Yaqqol arterial gipotoniya, kollaps, shok, o‘tkir yoki yaqinda o‘tkazilgan miokard infarkti, ko‘z ichki va bosh miya suyagi ichki bosimini oshishida (shu jumladan gemorragik insult, bosh miya  jaroxati, yopiqburchakli glaukoma),  preparatga va boshqa organik nitratlarga yuqori sezuvchanlik.

 
Dorilar bilan o‘zaro ta‘siri

Digidroergotamin bilan birga qo‘llash preparatni antianginal samarasini kamayishiga olib keladi, bu birgalik norasional xisoblanadi. Anaprilin bilan kombinasiyalash rasionaldir, chunki bunda preparatni antianginal ta‘siri kuchayadi.