Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Эргокальцимин РАСТВОР

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Эргокальцимин РАСТВОР СПИРТОВОЙ 0.5% 10мл №1

16 000 so'mdan
(1986)
Dorixonalardagi narx
Xaritada topish
Tavsif
Эргокальцимин РАСТВОР СПИРТОВОЙ 0.5% 10мл №1
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
Chiqarilish shakli
Farma. Guruh
Dori tafsilotlari
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan byerish tartibi
Dori shakli: 
Tarkibi:
Taʼrifi:
Farmakoterapevtik guruhi:
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar

Preparat keksa yoshdagi shaxslarga (chunki organizmda kalsiyni toʻplanishini kuchaytirib, u aterokslerotik koʻrinishlarni rivojlanishiga olib kelishi mumkin), gipertireozi boʻlgan bemorlarga, shuningdek 35 yoshdan oshgan homilador ayollarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. D2 vitamini toʻplanish xususiyatga ega, shu sababli u shifokor kuzatuvi ostida qabul qilinadi va uzoq vaqt qoʻllanganida qon va siydikda kalsiy miqdorini tekshirishni oʻtkazish kerak.

Gipervitaminoz belgilari paydo (“Dozani oshirib yuborilishi” boʻlimiga qarang) boʻlgan hollarda preparat bekor qilinadi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach qoʻllanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: (D2 gipervitaminozi) ishtahani yoʻqolishi, koʻngil aynishi, qusish, umumiy xolsizlik, chanqoqlik, bosh ogʻrigʻi, uyquning buzilishi, taʼsirchanlik, gipertermiya, siydik tomonidan oʻzgarishlar (leykotsitlar, oqsil, gialinli silindrlar), poliuriya, D gipervitaminozi kuzatiladi.

Davolash: qusishni chaqirish yoki meʼdani koʻp miqdordagi faollashtirilgan koʻmirli suyuqlikda yuvish va tuzli surgi vositalarini berish lozim. Organizmga kalsiy kirishini keskin cheklash.

 

Chiqarilish shakli

5, 10 ml dan flakon-tomchilagichlarda.

 

Saqlash sharoiti

Yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 100S dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

 

Dorixonalardan byerish tartibi

Retsept boʻyicha.

Dori shakli: 

eritma flakon-tomchilagichda.

 

Tarkibi:

Ergokalsiferol (D2 vitamini) – 5 g, etil spirti 1 l gacha.

 

Taʼrifi:

 rangsiz, tiniq suyuqlik.

 

Farmakoterapevtik guruhi:

 Vitamin.

 

 

Farmakologik xususiyatlari

Ergokalsiferol (D2 vitamini) organizmda fosfor va kalsiy almashinuvini boshqaradi, ichakda ularning soʻrilishiga (uning shilliq qavatini oʻtkazuvchanligini oshishi hisobiga) va suyak toʻqimasida adekvat toʻplanishiga yordam beradi. Ergokalsiferolning taʼsiri kalsiy va fosfor birikmalarini bir vaqtda kirishida kuchayadi. Preparatning faolligi halqaro birliklarda (XB) koʻrsatiladi. 1 XB 0,000025 mg (0,025 mkg) kimyoviy toza D2 vitamini saqlaydi.

 

Qoʻllanilishi

Ergokalsiferol raxitni oldini olish va davolash uchun, shuningdek kalsiy almashinuvining buzilishi bilan bogʻliq boʻlgan suyak kasalliklarida (osteoporozni turli shakllari, osteomalyatsiya), qalqonsimon bezi oldi bezlari faoliyatini buzilishlarida (tetaniya), tuberkulyozni baʼzi shakllarida, psoriaz, yugirikda qoʻllanadi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Bir tomchi preparat taxminan 4000 XB, 1 ml – 200000 XB saqlaydi. Preparat ichga sutkada 10000-100000 XB dan ovqat vaqtida qabul qilinadi. Eng yuqori sutkalik doza – 100000 XB tashkil qiladi. Yangi tugʻilgan chaqaloqlar va emizikli bolalarda raxitni oldini olish uchun D2 vitamini homilador ayollarga homiladorlikni 30-32 haftaligidan 400000-600000 XB dan boʻlingan dozalarda 10 kun davomida va emizikli onalarga har kuni 500 HB dan emizishni birinchi kunidan boshlab, to preparatni bolaga buyurish boshlangunicha beriladi. Profilaktik vosita sifatida bolalarga boʻlib-boʻlib 500-1000 XB dan har kuni hayotining 1-nchi yili davomida yoki 50000 XB dan haftada 1 marta 8 hafta davomida yoki tezlashtirilgan sxema boʻyicha 300000-400000 XB 10-12 kun davomida beriladi. Oʻz vaqtida tugʻilgan bolalarga 3 haftaligidan boshlab profilaktika maqsadida bir davolash kursiga 300000 HB gacha buyuriladi. Chala tugʻilgan chaqaloqlarga, egizaklarga va sunʼiy oziqlanishda boʻlgan bolalarga hayotini 2 haftasidan boshlab bir kurs davomida 600000 XB gacha buyuriladi. I darajadagi raxiti boʻlgan bolalarni davolash uchun kuniga 10000-15000 XB dan 30-40 yoki 10 kun davomida, davolash kursi davomida 500000-600000 XB kerak, II darajadagi raxitda – davolash kursi davomida 600000-800000 XB kerak, 30-35 kun (nim oʻtkir kechishida) yoki 10-15 kun (oʻtkir kechishida); III darajadagi raxitda – 800000-1000000 XB, davolash kursi 40-60 kun (nim oʻtkir kechishida) yoki 10-15 kun (oʻtkir kechishida) tashkil qiladi.

Osteoporoz va osteomalyatsiyada D2 vitaminini kuniga 3000 XB dozada buyuriladi. Tetaniya xurujlarini oldini olish uchun kuniga – 1000000 XB gacha vitamin buyuriladi. Tuberkulyozli yugirigi boʻlgan katta bemorlar uchun sutkalik doza 100000 XB ni tashkil qiladi; Tuberkulyozli yugirikli 16 yoshgacha boʻlgan bolalarga, yoshiga qarab, bir kunda 25000 dan 75000 XB gacha buyuriladi. Sutkalik doza ikkiga boʻlinib ovqatlanish vaqtida qabul qilinadi. Davolash kursi 5-6 oyni tashkil etadi.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Preparat odatda yaxshi oʻzlashtiriladi, ammo koʻngil aynishi, qusish, bosh ogʻrigʻi, xolsizlik, taʼsirchanlik, tana vaznini kamayishi, siyishni tezlashishi kuzatilishi mumkin.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Meʼda va oʻn ikki barmoq ichak yara kasalligi, meʼda-ichak yoʻllarining boshqa kasalliklari, jigar, buyrakning oʻtkir va surunkali kasalliklari, yurakni organik shikastlanishlari, tuberkulyozni faol shakllari, giperkalsiyemiyada qoʻllash mumkin emas.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Ergokalsiferol kalsiy tuzlari bilan bir vaqtda qoʻllanilganda D2 vitaminining toksikligi oshadi. Yod preparatlari bilan birga buyurilganda vitamin oksidlanadi. Antibiotiklar (tetratsiklin, neomitsin) bilan birga qoʻllanilganida ergokalsiferolni soʻrilishi buziladi. Mineral kislotalari bilan birga qoʻllash preparatni parchalanishiga va faolsizlanishiga olib keladi.