Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Эпцин РАСТВОР

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Эпцин РАСТВОР ДЛЯ ИНФУЗИИ 100МЛ №1

30 336 so'mdan
(2000)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
ШАЯНА
Chiqarilish shakli
Р-Р
Farma. Guruh
Pharm Group Name
Dori tafsilotlari
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Farmakodinamikasi
Farmakokinetikasi
Nojo'ya samaralari
Maxsus shartlar
Qo'llanilishi
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Dozirovkasi
Bolalar uchun qo'llanilishi
Dozani oshirib yuborilishi
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

ta'sir qiluvchi modda: 100 ml 4,2 g arginin gidroxloridi saqlaydi (100 ml da 20 mmolь arginin va 20 mmolь xloridlar saqlanadi).
yordamchi modda: in'ektsiya uchun suv.

Farmakodinamikasi

Arginin (a-amino-5-guanidinovalerian kislota) – shartli almashtirib bo'lmaydigan aminokislotalar sinfiga kiruvchi aminokislota va organizmning ko'psonli hayotiy muhim faoliyatlarining faol va har tomonlamali boshqaruvchisi hisoblanadi, organizmning og'ir holatalrida muhim protektorli samaralar nomoyon qiladi.
Eptsin antigipoksid, membranalarni barqarorlashtiruvchi, sitoprotektor, antioksidant, antiradikal ta'sir, dezintoksikatsion faollik nomoyon qiladi, o'zini oraliq almashinuv va energiya bilan ta'minlash jarayonlarining faol boshqaruvchisi sifatida nomoyon qiladi, organizmda gormonal balansni tutib turilishida ma'lum rolь o'ynaydi.
Arninin qonda insulin, glyukagon, somatotrop gormoni va prolaktinning miqdorini oshirishi ma'lum, prolin, poliamin, agamantinning sintezida ishtirok qiladi, fibrinogenoliz,spermatogenez jarayonlariga qo'shiladi, membranani depolyarizatsiyalovchi ta'sir nomoyon qiladi.
Arginin jigarda mochevina sintezi siklida asosiy substratlardan biri hisoblanadi. Preparatning gipoamoniyemik samarasi ammiakni mochevinaga aylanishini faollashishi yo'li bilan amalag oshiriladi. Antioksidant, antigipoksik va membranalarni barqarorlashtiruvchi faolligi tufayli, gepatoprotektor ta'sir nomoyon qiladi, gepatotsitlardaenergiya bilan ta'minlanish jarayonlariga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
Eptsin endoteliotsitlarda azot oksidining sintezini katalizlovchi ferment – NO-sintetaza uchun substrat hisoblanadi. Preparat gualinattsiklazani faollashtiradi va tomirlarning endoteliyida siklikguanidinmonofosfatning (tsGMF) darajasinio shiradi, VCAM-1va
MCP-1 adgeziya proteinlarning sintezini bostiradi, shunday qilib, aterosklerotik blyashkalar xosil bo'lishi va rivojlanishini oldini oladi, endotelin-1 sintezini bostiradi, tomir devorining kuchli vazokonstriktori va silliq miotsitlarning proliferatsiyasi va migratsiyasining stimulyatori hisoblanadi. Eptsin shuningdek oksidativ stressning kuchli endogen stimulyatori – asimmetrik dimetilargininning sintezini bostiradi. Preparat T-hujayralarni ishlab chiqaruvchi ayrisimon bezining faoliyatini rag'batlantiradi, jismoniy yuklama vaqtida qondagi glyukozaning miqdorini boshqaradi. Kislota xosil qiluvchi ta'sir nomoyon qiladi va kislota-ishqor muvozanatini to'g'irlanishiga yordam beradi. Eptsin yaqqol kislota xosil qiluvchi ta'sir nomoyon qiladi va kislota-ishqor muvozanatini to'g'irlanishiga yordam beradi.

Farmakokinetikasi
Uzuluksiz vena ichiga infuziyada arginin gidroxloridining qon plazmavsidagi maksimal kontsentratsiyasi yuborish boshlanganidan keyin 20 – 30 minut o'tgach kuzatiladi. Eptsin yo'ldosh to'sig'i orqali o'tadi, buyrak koptokchalarida fil'tirlanadi, lekin buyrak naychalarida amalda to'liq qayta so'riladi.
 
Nojo'ya samaralari
Bosh og'rig'i, qizish hissi, eritma yuborilgan joyda flebit. Kam allergik reaktsiyalar.
 
Maxsus shartlar
Buyrak yetishmovchiligi bo'lgan patsiyentlarda infuziyani boshlash oldidan diurezni va qon plazmasidagi kaliyning darajasini tekshirish kerak, chunki preparat giperkaliyemiya rivojlanishiga yordam berishi mumkin. Endokrin bezlarining faoliyati buzilganda preparat ehtiyotkorlik bilan qo'llanadi. Preparat insulin va o'sish gormonining sekretsiyasini rag'batlantirshishi mumkin. Homiladorlik yoki emizish davrida qo'llanilishi: Preparat yo'ldosh orqali o'tadi, shuning uchun homiladorlik davrida uni faqat ona uchun kutilayotgan foyda, homila uchun potentsial havfdan yuqori bo'lgan xolda qo'llash mumkin. Preparatni emizish davrida qo'llashga nisbatan ma'lumotlar yo'q. Bolalar: Preparat 3 yoshdan katta bolalarda qo'llanadi. Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta'sir qilish qobilyati: Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda vaqtida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki prepaarat bosh og'rig'ini chaqirishi mumkin.
 
Qo'llanilishi
Yurak va bosh miya tomirlarining aterosklerozi, periferik tomirlarning aterosklerozi, shu jumladan o'zgarib turuvchi cho'loqlik, diabetik angiopatiya, yurak ishemik kasalligi, arterial gipertenziya ko'rinishlari bilan, o'tkazilgan o'tkir miokard infarkti va miya qon aylanishining o'tkir buzilishlaridan keyingi xolat,miokardiopatiya, surunkali yurak yetishmovchiligi, giperxolesterinemiya, stenokardiya, o'pkalarning surunkali obstruktiv kasalliklari, interstitsial pnevmoniya, ideopatik o'pka gipertenziyasi, surunkali posttromboembolik o'aka gipertenziyasi, turli etiologiyali o'tkir va surunkali gepatitlar, giperamoniyemiya, gipoksik xolatlar, rekonvalestsentsiya jarayonidagi astenik xolatlar, shu jumladan infektsion kasalliklar va operativ aralashuvlardan keyingi, metabolik atsidoz, ayrisimon bezi faoliyatinipasayishi, xomila rivojlanishini kechikishi va preeklampsiya.
 
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Preparatga yuqori sezuvchanlik. Buyraklar faoliyatining og'ir buzilishlari, giperxloremik atsidoz; anamnezdagi allergik reaktsiyalar; kaliy tejovchi diuretiklarni, shuningdek spirinolaktonni qo'llash. 3 yoshgacha bo'lgan bolalar.

Boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'siri va o'zaro ta'sirning boshqa turlari:
Eptsin qo'llanganda, buyrak yetishmovchiligi fonida spirinolakton qabul qilayotgan yoki qabul qilgan bemorlarda preparat yaqqol va turg'un giperkaliyemiya chaqirishi mumkinligini hisobga olish kerak. Kaliy tejovchi diuretiklarni oldingi qo'llash ham qonda kaliyning kontsentratsiyasi darajasini oshishiga yordam berishi mumkin. Aminofillin bilan bir vaqtda qo'llanganda, qonda insulinning darajasini oshishi mkumkin.

Nomutanosiblik: Preparat tiopental bilan nomutanosib.

Dozirovkasi

Preparat vena ichiga tomchilab birinchi 10-15 minutda minutiga 10 tomchi tezlikda, so'ngra yuborish tezligini minutiga 20 tomchigacha oshirish mumkin.
Preparatning sutkalik dozasi – 100 ml eritma.
Markaziy va periferik tomirlardagi qon aylanishining og'ir buzilishlarida,intoksikatsiya, gipoksiya, astenik xolatlarning yaqqol ko'rinishlarida preparatning dozasini sutkada 200 ml gacha oshirilishi mumkin.
Infuzion eritmanang yuborilishini maksimal tezligi soatiga 20 mmolьdan oshmasligi kerak. 12 yoshgacha bolalar uchun preparatning dozasi 1 kg tana vazniga sutkada 5 – 10 ml ni tashkil qiladi.
Metabolik alkalozni davolash uchun doza quydagi tarzda hisoblanishi mumkin:
arginin gidroxloridi (mmolь)
------------------------------------------------ x 0,3 x kg tana vazni
ishqorning oshiqchasi (Ve) (mmolь/l)
Yuborishni hisoblangan dozaning yarmidan boshlash kerak. Mumkin bo'lgan qo'shimcha to'g'irlash kislota-ishqor balansining yangilangan natijalari olingandan keyin o'tkazilishi kerak.

Bolalar uchun qo'llanilishi
Preparat 3 yoshdan katta bolalarda qo'llanadi.
 
Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: buyrak yetishmovchiligi, gipoglikemiya, metabolik atsidoz.
Davolash: doza oshirib yuborilgan xolda preparatning infuziyasini to'xtatish kerak. Fiziologik reaktsiyalarning monitoringini o'tkazish va organizmning hayotiy muhim faoliyatlarini tutib turish kerak. Zarurati bo'lganda diurezni oshirish uchun ishqorlashtiruvchi vositalarni (saluretiklar), elektrolitlarning eritmalarini (natriy xloridining 0,9% li eritmasi, glyukozaning 5% li eritmasi) yuborish kerak.