Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Эпирубицин Напрод

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Эпирубицин Напрод ЛИОФИЛИЗАТ ДЛЯ ИНЪЕКЦИЙ 50мг №1

525 000 so'mdan
(4251)
Dorixonalardagi narx
Xaritada topish
Tavsif
Эпирубицин Напрод ЛИОФИЛИЗАТ ДЛЯ ИНЪЕКЦИЙ 50мг №1
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
Chiqarilish shakli
Farma. Guruh
Dori tafsilotlari
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Farmakologik ta'sir
Dori shakli
Farmakokinetikasi
Nojo'ya samaralari
Maxsus shartlar
Qo'llanilishi
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Maxsus saqlash sharoitlari
Dozirovkasi
Dozani oshirib yuborilishi
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
1 flakon quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 10 mg/50 mg epirubitsin gidroxloridi;
yordamchi moddalar: laktoza, metilparaben, xlorid kislotasi, natriy gidroksidi, in'ektsiya uchun suv.
 
 
Farmakologik ta'sir
Epirubitsin antratsiklinlar guruhidan bo'lgan sitostatik antibiotik hisoblanadi. Epirubitsinning ta'sir mexanizmi uni DNK bilan bog'lanish xususiyatiga bog'liq. Hujayra kul'turalarini ishlatib o'tkazilgan eksperimentlarda, preparatni xujayraga tez kirishi, uni yadroda joylashishi, shuningdek nuklein kislotalari sintezini va mitozni ingibitsiya qilish aniqlangan. Epirubitsinni eksperimental o'smalarning keng doirasiga, shu jumladan L1210 va P388 leykozlari, SA180 sarkomasi (zalvor va astsitik shakli), B16 melanomasi, sut bezining raki, Lewis o'pka raki va chambar ichak 38 rakiga nisbatan faolligi namoyish qilingan. U shuningdek timussiz yalang'och sichqonlarga ko'chirib o'tkazilgan odam o'smalarida (melanoma, sut bezi, o'pka, prostata va tuxumdaon raki) ham faollik namoyon qilgan.
 
Dori shakli
Kulrang rezina tiqinlar bilan berkitilgan va siqiluvchi alyumin qalpoqchalar bilan yopilgan tiniq rangsiz shisha flakonlar.
Xar bir flakon tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
O'ramlarning o'lchamlari:
1 flakon 10 mg
1 flakon 50 mg
 
Farmakokinetikasi
Epirubitsin 60-150 mg/m2 dozalar doirasida to'g'ri chiziqli farmakokinetikasi bilan xarakterlanadi.
Infuziyani davomiyligi va davolash tartibi preparatni plazmadagi klirensiga ta'sir ko'rsatmaydi.
Buyraklar va jigar funktsiyasi normal bo'lgan patsiyentlarda epirubitsin 60-150 mg/m2 dozalarda vena ichiga yuborilganidan keyin, uning qon plazmasidagi kontsentratsiyasi juda tez birinchi faza va sekin terminal faza bilan uch fazada pasayadi; preparatning o'rtacha yarim chiqarilish davri taxminan 40 soatni tashkil qiladi. Shu dozalarda preparatning klirensi va metabolizmi parametrlarining qiymatlarida to'g'ri chiziqlilik aniqlangan. Kalamushlardagi taqsimlanishi bo'yicha tekshirishlarda, epirubitsinni gematoentsefalik to'siq orqali o'tmasligi ko'rsatilgan.
Preparatning asosiy metabolitlari epirubitsinol (13-ON-epirubitsin), epirubitsin va epirubitsinolning glyukuronidlari hisoblanadi. 4-O-glyukuronlanish epirubitsin va doksorubitsinning parchalanishini farqlaydi, bu epirubitsinni nisbatan tez chiqarilishini va uni kamroq toksikligini tushuntiradi. Asosiy metabolitni (epirubitsinolning) plazmadagi kontsentratsiyasi turg'un past bo'lgan va amalda o'zgarmagan preparatdagilarga parallel ravishda o'zgargan.
Epirubitsin jigarda faol metabolizmga uchraydi.
Epirubitsinning plazmadagi klirensini yuqori qiymatlari (0,9 l/min) va uning sekin chiqarilishi, preparatning yuqori taqsimlanish hajmini aks ettiradi. Jigar faoliyatining buzilishlari bo'lgan patsiyentlarda, plazma klirensi pasayadi. 48 soat davomida siydik bilan chiqariladigan miqdori preparatning yuborilgan dozasining taxminan 9-10% to'g'ri keladi.
Qovuqning yuzaki rakida epirubitsin qovuq ichiga qo'llangan hollarda, o'sma to'qimasi sog'lom to'qimaga qaraganda, 2-10 marta ko'p epirubitsinni yutadi.
 
Nojo'ya samaralari
Quyida epirubitsin qo'llanganda aniqlangan nojo'ya ta'sirlar sanab o'tilgan; ularning uchrash tez-tezligini quyidagi me'zonlari ishlatilgan

 

juda tez-tez (10 nafardan ≥1da); tez-tez (100 nafardan ≥1da, ammo 10 nafardan ≤1da); tez-tez emas (1000 nafarda ≥1da, ammo 100 nafarda ≤1da); kam hollarda (10000 nafarda ≥1da, ammo 1000 nafarda ≤1da); juda kam hollarda (10000 nafarda ≤1da); noma'lum (mavjud bo'lgan ma'lumotlar asosida baholash mumkin emas).

Nojo'ya samaralarning rivojlanishi 10% dan ortiq patsiyentlarda kutilishi mumkin. Eng tarqalganlari miyelosupressiya, me'da-ichak nojo'ya samaralari, anoreksiya, alopetsiya va infektsiya hisoblanadi.

 

Аъзолар тизими синфи

Тез-тезлиги

Ножўя таъсирлари

Инфекциялар ва инвазиялар

Тез-тез

Инфекциялар

Тез-тезлиги номаълум

Септик шок (миелосупрессиянинг натижаси бўлиши мумкин), сепсис, пневмония

Хавфсиз, хавфли ва таснифланмаган ўсмалар (жумладан кисталар ва полипларни)

Кам ҳолларда

Ўткир миелолейкоз, ДНК ни шикастловчи ўсмага қарши воситалар билан бир вақтда эпирубицинни олаётган пациентларда лейкоз олди босқичи ёки усиз бўлган иккиламчи ўткир миелоидли лейкоз. Бу лейкозлар қисқа (1-3 йил) латент даврига эга.

Қон яратиш ва лимфатик тизими томонидан бузилишлар

Жуда тез-тез

Миелосупрессия (лейкопения, гранулоцито-

пения, анемия ва фебрил нейтропения).

Юқори дозаларда оғир қайтувчи нейтропения

(≤500 нейтрофиллар/м2 ≤7 кун давомида) ривожланиши мумкин.

Тез-тез эмас

Тромбоцитопения

Тез-тезлиги номаълум

Миелосупрессия натижасидаги қон кетиши ва тўқима гипоксияси

Иммун тизими томонидан бузилишлар

 

 

Кам ҳолларда

 

 

 

Анафилаксия (шок биланёки усиз кечувчи ёки, анафилактик/анафилактоид реакциялар, шу жумладан тери тошмалари, қичишиш, тана хароратини ошиши ва этни увишиши).

Овқатланишни ва моддалар алмашинувини бузилишлари

Тез-тез

Анорексия, дегидратация

Кам ҳолларда

Гиперурикемия

Нерв тизими томонидан бузилишлар

Кам ҳолларда

Бош айланиши

Кўриш аъзоси томонидан бузилишлар

Номаълум

Конъюнктивит, кератит

Юрак томонидан бузилишлар

Кам ҳолларда

Сурункали юрак етишмовчилиги (ҳансираш, шишлар, жигарни катталашиши, асцит, ўпка шиши, плевра бўшлиғида экссудат, галоп ритми), кардиотоксиклик (ЭКГ да ўзгаришлар, аритмиялар, кардиомиопатиялар), қоринча тахикардияси, брадикардия, АВ-блокада, Гис тутами оёқчасининг блокадаси,

Қон томир тизими томонидан бузилишлар

Тез-тез

Оқиб келишлар

Тез-тез эмас

Флебит, тромбофлебит

Номаълум

Шок, тромбоэмболия, шу жумладан ўпка артериясининг эмболияси (алоҳида ҳолларда ўлим билан якунланувчи)

Овқат ҳазм қилиш тизими томонидан бузилишлар

Тез-тез

Шиллиқ қаватини яллиғланиши (даволаш бошланганидан кейин 5-10 кун ўтгач ривожланиши мумкин), эзофагит, стоматит, кўнгил айниши, қусиш, диарея (сувсизланишга олиб келиши мумкин), қорин оғриғи.

Номаълум

Эрозиялар, яралар, оғриқ ва ачишиш, қон кетиши, оғиз бўшлиғи шиллиқ қаватини гиперпигментацияси

Тери ва тери ости ёғ клетчаткаси томонидан ўзгаришлар

Жуда тез-тез

Алопеция (60-90% ҳолларда; эркакларда у юзда тукларнинг ўсишини пасайиши билан бирга кечади). Алопеция дозага боғлиқ ва кўпчилик ҳолларда қайтувчи бўлади.

Кам ҳолларда

Эшакеми

Номаълум

Маҳаллий токсиклик, тошма, қичишиш, терини ўзгаришлари, эритема, гиперемия, тери ва тирноқларнинг ўзгаришлари (гиперпигментация), ёруғликка сезувчанлик, илгари нурлантирилган терининг ўта юқори сезувчанлиги (илгари нурлантирилган сохада махаллий нурли реакцияларнинг қайталаниши)

Сийдик чиқариш тизими томонидан бузилишлар

Жуда тез-тез

Юборилгандан кейин 1-2 кун давомида сийдикнинг қизил рангига бўялиши

Репродуктив тизими ва сут безлари томонидан бузилишлар

Кам ҳолларда

Номалум

Аменорея, азоспермия

Пременопаузадаги аёлларда менопаузани муддатидан олдин юз бериши

Тизимли бузилишлар ва юбориш жойидаги асоратлар

Тез-тез

Инфузия жойида эритема

Кам ҳолларда

Дармонсизлик, кучсизлик, тана хароратини ошиши (аҳамиятлигача), этни увишиши.

Номаълум

Флебосклероз, локал оғриқ, оғир гиподермит, тасодифий вена атрофига инъекциядан кейин тўқималарнинг некрози

Лаборатория ва инстру-

ментал текширишлар- даги ўзгаришлар

Кам ҳолларда

Трансаминазалар фаоллигини ўзгариши

Номаълум

Чап қоринча чиқариб ташлаш фракциясини симптомсиз пасайиши

Травмалар, захарланиш

лар ва муолажали асоратлар

Тез-тез

Қовуқ ичига юборилганидан кейин кимёвий, баъзида геморрагик цистит аниқланган

Qovuq ichiga yuborilganidan keyin

Qovuq ichiga instillyatsiyadan keyin ta'sir qiluvchi moddaning faqat katta bo'lmagan miqdori qayta so'rilishi tufayli, preparatga og'ir tizimli nojo'ya reaktsiyalar, shuningdek allergik reaktsiyalar bu holda juda kam.

Achishish va tez-tez siyish (pollakiuriya) kabi mahalliy reaktsiyalar ko'proq kuzatiladi. Ba'zida bakterial yoki kimyoviy sistit aniqlangan. Bu nojo'ya ta'sirlar ko'p hollarda qaytuvchi bo'ladi.

 

Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar

- Epirubitsin gidroxloridga yoki yordamchi moddalardan xar qandayiga, boshqa antratsiklinlarga yoki antratsendionlarga o'ta yuqori sezuvchanlik.

- Laktatsiya.

Parenteral qo'llanganda

Oldingi kimyoterapiya va (yoki) nur bilan davolash chaqirgan yaqqol miyelosupressiya

Ilgari epirubitsinning va (yoki) boshqa antratsiklinlarning (doksorubitsin yoki daunorubitsin) va antratsendionlarning maksimal yig'indi dozalarini olgan patsiyentlarga yuborish.

O'tkir tizimli infektsiyalar.

Og'iz bo'shlig'i va (yoki) me'da-ichak yo'llari a'zolari shilliq qavatlarining yaqqol yallig'lanishi.

Jigar funktsiyacining og'ir buzilishlari.

Xozirgi vaqtda yoki anamnezda bo'lgan kardiologik kasalliklar, masalan, o'sib boruvchi yurak yetishmovchiligi, IV funktsional sinfi yurak yetishmovchiligi (tinch holatdagi yetishmovchilik), og'ir aritmiyalar va gemodinamikaning og'ir buzilishlari bilan o'tkazuvchanlikning buzilishlari, miokardning o'tkir yallig'lanish kasalliklari, beqaror stenokardiya, o'tkir miokard infarkti yoki III va IV funktsional sinfi yurak yetishmovchiligiga olib kelgan, ilgari o'tkazilgan miokard infarkti, kardiomiopatiya.

Sariq isitmaga qarshi vaktsina bilan birga qo'shish.

Qovuq ichiga yuborishda

Epirubitsin qovuq devoriga o'sib kirgan invaziv o'smalarni davolash maqsadida qovuq ichiga yuborilmaydi.

Siydik chiqarish yo'llarining infektsiyalari.

Qovuqning yallig'lanishi.

Qoldiq siydikning katta hajmi.

Qisqargan qovuq.

Qovuqni kateterizatsiya qilishdagi qiyinchiliklar.

Gematuriya.

 
Maxsus shartlar
Davolashni faqat onkologik kasalliklarni davolash tajribasiga ega shifokorlar o'tkazishlari kerak. Preparatni yuborish qat'iy tartiblarga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Epirubitsin gidroxloridi bilan davolash boshlangungacha patsiyentlarda sitostatiklarni oldingi yuborishdan keyin rivojlangan o'tkir toksiklikning (stomatit, neytropeniya, trombotsitopeniya va yoyilgan infektsiyalar kabi) ko'rinishlari yo'qotilishi kerak.
Epirubitsin gidroxloridini yuqori dozalari (masalan, ≥90 mg/m2 3-4 xaftada 1 marta) bilan davolash, umuman standart dozalarda (≤90 mg/m2 3-4 xaftada 1 marta) kuzatiladiganga o'xshash nojo'ya ko'rinishlar chaqiradi, lekin neytropeniya va stomatit/mukozitning og'irligi yuqori bo'lishi mumkin.
Epirubitsin gidroxloridini yuqori dozalari bilan davolash, og'ir miyelosupressiya bilan bog'liq bo'lgan klinik xolatlar tufayli, alohida e'tiborni talab qiladi.
Epirubitsin bilan kontaminirlangan predmetlarni tozalash uchun, gipoxlorit natriyning 10% li eritmasini qo'llash mumkin. Rangsizlanish epirubitsinni oksidlanishli faolsizlantirilishini ko'rsatadi. Teri yoki shilliq qavatlar bilan kontaktda shikastlangan joyni yaxshilab sovunli suvda yuvish kerak.
Yurak funktsiyasi
Kardiotoksiklik antratsiklinlar bilan davolashga xos bo'lgan xavf hisoblanadi. Uning ko'rinishlari erta ham (o'tkir kardiotoksiklik), kechiktirilgan ham bo'lishi mumkin.
Kardiotoksiklikning erta ko'rinishlari
EKG parametrlarini o'zgarishlari (dozadan qat'iy nazar)
Epirubitsinning kardiotoksikligi asosan sinusli taxikardiya ko'rinishida va (yoki) ST-T tishlarning nospetsifik o'zgarishlari kabi elektrokardiogrammadagi (EKG) o'zgarishlarda namoyon bo'ladi, adabiyotlarda taxiaritmiyalar, shu jumladan qorincha ekstrasistolalari, qorincha taxikardiyasi va bradikardiyasi, shuningdek atrioventrikulyar blokada va Gis tutami oyoqchalarining blokadasi keltirilgan. Bu ko'rinishlar odatda keyinchalik kechiktirilgan kardiotoksiklikni rivojlanishi mumkinligidan dalolat bermaydi va kam klinik ahamiyatga ega sifatida qaraladi va, odatda, epirubitsin bilan davolashni to'xtatish kerakligiga ko'rsatma hisoblanmaydi.
Kardiotoksiklikning kechiktirilgan ko'rinishlari
Kardiomiopatiya ko'rinishidagi dozaga bog'liq kumulyatik a'zoli toksiklik.
Bu reaktsiya odatda epirubitsin bilan davolash kursining oxirida yoki davolash to'xtatilganidan keyin 2-3 oylar davomida rivojlanadi. Lekin bunday ko'rinishlarni bundan ham kechroq muddatlarda (davolash yakunlangandan keyin bir necha oydan bir necha yilgacha) rivojlanishi xaqida ham xabarlar berilgan.
Kechiktirilgan kardiomiopatiya odatda chap tomonli yurak yetishmovchiligi va (yoki) hansirash, o'pka shishi, yurakdan pastda joylashgan tana qismlarining shishi, kardiomegaliya va gepatomegaliya, oliguriya, astsit, plevra bo'shlig'ida ekssudat va galop ritmini o'z ichiga oluvchi dimlangan yurak yetishmovchiligi (DYuE) bilan birga kechadi. Hayot uchun havfli DYuE antratsiklinlar chaqirgan kardiomiopatiyaning eng og'ir shakli hisoblanadi va yig'indi dozani cheklovchi preparatning toksikligini ifodalaydi.
DYuE rivojlanishini xavfi epirubitsinning yuqoriroq yig'indi dozalarini - 900 mg/m2 olgan patsiyentlarda oshadi. Kardiomiopatiya xavfini hisobga olib, bu yig'indi dozani faqat alohida ehtiyotkorlik bilan oshirish kerak.
Yurak funktsiyasini epirubitsin bilan davolashni o'tkazishgacha baholash va og'ir yurak yetishmovchiligi xavfini minimallashtirish uchun, davolash kursi vaqtida doimo nazorat qilish kerak. Davolash kursi vaqtida chap qorinchaning chiqarib tashlash fraktsiyasini muntazam nazorat qilish va yurak faoliyatining buzilishlarini birinchi belgilarida epirubitsinni tez bekor qilish yo'li bilan, xavf kamaytirilishi mumkin.
Yurak funktsiyasini dinamik baxolash (chap qorinchaning chiqarib tashlash fraktsiyasi) usullari mulьtigeyterlangan radioizotop angiografiya (MUGA) yoki exokardiografiya hisoblanadi. Yurak funktsiyasining dastlabki baholashni EKG, MUGA yoki exokardiografiya orqali, ayniqsa kardiotoksikliknning yuqori xavfiga ega bo'lgan patsiyentlarda, o'tkazish tavsiya etiladi. So'ngra chap qorinchanning chiqarib tashlash fraktsiyasini baholash maqsadida, xususan antratsiklinlarning yuqori yig'indi dozalarini olgan patsiyentlarda, takroriy MUGA yoki exokardiografiya kerak. Lekin ko'rsatgichni baholash usuli patsiyentni hamma kuzatish jarayonida o'zgarmasligi kerak.
Antratsiklinlar bilan davolash bilan bog'liq bo'lgan kardiomiopatiyani tashxislashni eng informativ usuli, endomiokardning biopsiyasi hisoblanadi. Lekin bu usul invaziv hisoblanadi va oddiy tekshirishlar uchun to'g'ri kelmaydi. EKG ning o'zgarishlari odatda o'tkinchi (qaytuvchi) shikatlanishlarning belgilariga muvofiq keladi. Antratsiklinlar tomonidan induktsiyalangan kardiomiopatiya, QRS kompleksi volьtajini turg'un pasayishi, sistolik intervalni normal qiymatlardan yuqori uzayishi va chap qorinchaning chiqarib tashlash fraktsiyasini pasayishi bilan assotsiatsiyalanadi.
Kardiomiopatiya xavfini hisobga olib, epirubitsinning 900 mg/m2 dan ortiq yig'indi dozasini alohida ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.
Bu ayniqsa tana yuzasi maydoniga epirubitsin gidroxloridinning 600-700 mg/m2 dan yuqori yig'indi dozalarini yuborishga yoki ko'ks oralig'i soxasiga nurli davolash olayotgan patsiyentlarni davolashda, va (yoki) potentsial kardiotoksik dori vositalarini qabul qilayotgan patsiyentlarga taalluqlidir.
Kardiotoksiklik xavfining omillari aniq yoki yashirin yurak-tomir kasalliklari, ko'ks oralig'i soxasi/perikardial soxaga oldingi yoki yo'ldosh nurli davolash, antratsiklinlar yoki antratsendionlar bilan ilgari o'tkazilgan davolash va yurak qisqaruvchanligini pasaytirish qobiliyatiga ega vositalar, yoki kardiotoksik vositalarni (masalan, trastizumaba) yuborish hisoblanadi. Keksa patsiyentlar yuqoriroq xavfga duchor bo'ladilar.
Yurak yetishmovchiligi (Nьyu-York kardiologik assotsiatsiyasining (NYHA) tasnifi bo'yicha II-IV sinfi) trastuzumabni ham monoterapiyada, ham antratsiklinlar, shu jumladan epirubitsin bilan majmuada olayotgan patsiyentlarda kuzatilgan. Bu yurak yetishmovchiligi o'rtacha yoki og'ir darajali bo'lishi mumkin; shuningdek o'lim bilan yakunlangan hollar ham aniqlangan.
Trastuzumab va epirubitsin kabi antratsiklinlarni, ular yurak faoliyatini monitoringi amalga oshiriladigan yaxshi nazorat qilinuvchi klinik tekshirishlar chegaralarida qo'llanadigan hollardan tashqari, majmuada qo'llash mumkin emas. O'tmishda antratsiklinlar bilan davolash olgan patsiyentlarda, trastuzumab bilan davolashda kardiotoksiklik xavfi mavjud, garchi bu xavf, trastuzumab va antratsiklinlarni yondosh yuborilgan holga qaraganda past bo'lsa ham.
Trastuzumabning yarimchiqarilish davri taxminan 28-38 kunni tashkil qilganligi tufayli, trastuzumab davolash to'xtatilganidan keyin xatto 27 haftagacha tizimli qon oqimida saqlanishi mumkin. Epirubitsin kabi antratsiklinlarni olayotgan patsiyentlar, trastuzumabni qo'llash to'xtatilgandan keyin, kardiotoksiklikning yuqori xavfiga duchor bo'lishlari mumkin. Shifokorlar trastuzumabni qo'llash to'xtatilganidan keyin
27 xaftadan kam bo'lmagan vaqt davomida iloji boricha antratsiklinlar asosidagi davolashni buyurishdan saqlanishlari kerak. Epirubitsin kabi antratsiklinlar qo'llanganida, patsiyentning yurak funktsiyasi sinchiklab nazorat qilinishi kerak.
Agar epirubitsin bilan davolashdan keyin buyurilgan trastuzumab bilan davolash vaqtida yurak yetishmovchiligining simptomlari rivojlansa, uni standart davolashni o'tkazish kerak.
Preparatning yuqori yig'indi dozalarini olgan va xavf omillari bo'lgan patsiyentlarda, yurak funktsiyasi ayniqsa sinchiklab nazorat qilinishi kerak. Lekin kardiotoksiklik epirubitsinning pastroq yig'indi dozalari yuborilganidan keyin ham, shuningdek xavf omillari bo'lmaganida xam rivojlanishi mumkin. Epirubitsin va boshqa antratsiklinlar yoki antratsendionlarning toksiklik ehtimoli additiv xarakterga egadir.
Gematologik toksiklik
Boshqa sitotoksik vositalarga o'xshab, epirubitsin suyak ko'migi funktsiyasining susayishini chaqirishi mumkin. Qon manzarasini (xususan, qondagi leykotsitlar, neytrofillar, trombotsitlar, eritrotsitldar miqdori) epirubitsin bilan xar bir davolash sikligacha va davolash sikli vaqtida baholash kerak. Dozaga bog'liq, qaytuvchi leykopeniya va (yoki) granulotsitopeniya (neytropeniya) epirubitsinning gematologik toksikligining asosiy ko'rinishi va bu preparatning eng tarqalgan dozani o'tkir cheklovchi toksikligi xisoblanadi. Leykopeniya va neytropeniya, odatda, yuqori dozali sxemalar qo'llanganida og'irroq xarakterga ega bo'ladi, bunda leykotsitlar va neytrofillarning minimal miqdori ko'pchilik hollarda preparat yuborilganidan keyingi 10 va 14-nchi kunlar orasidagi davrga to'g'ri keladi. Lekin, odatda, bu ko'rinishlar o'tkinchi bo'ladi va leykotsitlar/neytrofillarning miqdori normal qiymatlarga ko'pchilik hollarda 21-nchi kuni qaytadi. Shuningdek tromobtsitopeniya yoki anemiya rivojlanishi ham mumkin. Og'ir miyelosupressiyaning klinik ta'siri tana xaroratini oshishi, infektsiyalar, sepsis/septitsemiya, septik shok, qon ketishi, to'qima gipoksiyasi va o'limni o'z ichiga oladi.
Ikkilamchi leykoz
Antratsiklinlar, shu jumladan epirubitsin olayotgan patsiyentlarda, ikkilamchi leykoz xollari aniqlangan, ular leykoz oldi bosqichi bilan ham, usiz ham kechishi mumkin.
Ikkilamchi leykoz bunday preparatlarni DNK ni shikastlovchi o'smaga qarshi preparatlar bilan majmuada qo'llanganida yoki nurli davolash bilan qo'shilganida ko'proq uchraydi. U shuningdek ilgari sitotoksik preparatlar bilan jadal davolash olgan, yoki antratsiklinlarning dozasi oshirilgan patsiyentlarda kuzatilishi mumkin. Leykozni bu turi 1 dan 3 yilgacha bo'lgan yashirin davrga ega bo'lishi mumkin
Me'da-ichak yo'llari tomonidan noxush ko'rinishlar
Epirubitsin emetogen ta'sirga ega. Shilliq qavatlarning yallig'lanishi, stomatit odatda preparat yuborilgandan keyingi erta muddatlarda namoyon bo'ladi va og'ir hollarda bilan bir necha kun davomida shilliq qavatlarda yaralarni hosil qilib kuchayishi mumkin. Ko'pchilik patsiyentlarda bu noxush ko'rinishlar davolashning uchinchi xaftasida yechiladi.
Jigar funktsiyasi
Epirubitsin asosan gepatobiliar tizimi orqali chiqariladi. Davolash kursigacha bo'lgan vaqtda va kursi vaqtida va jigar yetishmovchiligini istisno qilish maqsadida jigar faoliyatini (AST faolligini, umumiy bilirubinning kontsentratsiyasini) nazorat qilish kerak. Jigar funktsional sinamalarining (AST, bilirubin) qiymatlari yuqori bo'lgan patsiyentlarda preparatning klirensi past bo'lishi mumkin, u epirubitsinning toksikligini oshishiga olib kelishi mumkin. Bunday patsiyentlar uchun pastroq dozalar tavsiya etiladi. (4.2 va 5.2 bo'lmilarga qarang) Jigar funktsiyasini og'ir buzilishlari bo'lgan patsiyentlar epirubitsin olmasliklari kerak.
Buyraklar funktsiyasi
Buyraklar funktsiyasi pasaygan patsiyentlarda davolash oldidan va davolash vaqtida zardobda kreatinin kontsentratsiyasini nazorat qilish kerak. Zardobda kreatini kontsentratsiyasi yuqori (≥5mg/dl) bo'lgan patsiyentlarda preparatni dozasini kamaytirish kerak.
In'ektsiya joyidagi reaktsiyalar
Katta bo'lmagan tomirga in'ektsiya yoki bir venaga takroriy in'ektsiyani qilinishi natijasida fleboskleroz rivojlanishi mumkin. Yuborishning tavsiya etilgan usullariga amal qilib, in'ektsiya joyida flebit/tromboflebit xavfini minimumga keltirish mumkin.
Ekstravazatsiya
Epirubitsinni qat'iy vena ichiga yuborish kerak; vena oldiga yuborish to'qimalarning mahalliy nekrozini va tromboflebitni chaqiradi.
Vena ichiga yuborishda epirubitsinning ekstravazatsiyasi lokal og'riq, to'qimalarning jiddiy shikastlanishini (puffaklar xosil bo'lishi, og'ir gipodermit) va nekroz chaqirishi mumkin.
Epirubitsinni vena ichiga yuborish vaqtida ekstravazatsiya belgilari paydo bo'lgan xolda, preparatning infuziyasini darxol to'xtatish kerak.
Antratsiklinlarning ekstravazatsiyasini noxush samaralardan saqlanish yoki ularning paydo bo'lish xavfini pasaytirish, darhol spetsifik davolashni, masalan, deksrazoksanni qo'llash yo'li bilan mumkin (qo'llash bo'yicha muvofiq yo'riqnomaga qarang).
Preparat yuborilgan igna, boshidan joyida qoldirilishi va qisqa aspiratsiyadan keyin olinishi kerak. Shundan keyin og'riqni yengillashtirish uchun ekstravazat joyi sovutilishi va sovutilgan holatda gialuron kislotasi va dimetilsulьfoksid yordamida tutib turilishi kerak. Qo'l ko'tarilgan holatda bo'lishi kerak.
Keyinchalik patsiyent sinchkov nazorat ostida bo'lishi kerak, chunki to'qimalarning nekrozini rivojlanishi ekstravazatsiyadan keyin bir necha xafta o'tgach ham rivojlanishi mumkin.
To'qimalarning nekrozi rivojlanganda shikastlangan to'qimalarni olib tashlash mumkinligi bo'yicha plastik xirurg bilan maslahatlashish kerak.
Boshqa reaktsiyalar
Epirubitsinni, ishlatgandan keyin tromboflebit va tromboemboliyalarning, shu jumladan o'pka arteriyasining tromboemboliyasini (ayrim xolllarda o'lim bilan yakunlanuvchi) rivojlanishi haqida yakka xabarlar bor.
O'sma lizisini sindromi
O'sma hujayralarining tez dorili induktsiyalangan lizisi (o'sma lizisi sindromi) bilan birga kechuvchi purinlarning yaqqol ifodalangan katabolizmi tufayli, epirubitsin giperurikemiya chaqirishi mumkin. Shuning uchun davolash boshlanganidan keyin qonda siydik kislotasi, kaliy, fosfat, kalьtsiy va kreatininning kontsentratsiyalarini nazorat qilish kerak. Giperurikemiyani oldini olish maqsadida yo'qotilgan suyuqlik o'rnini to'ldirish, siydikni ishqoriylashtirish va allopurinol bilan profilaktik terapiya, o'sma lizisi sindromining potentsial asoratlarini minimallashtirish qobiliyatiga ega.
Immunosupressiya va infektsiyalarga yuqori beriluvchanlik
Kimyoterapevtik preparatlar, epirubitsinni ham qo'shib, davolash fonida rivojlangan immuntanqisligi bo'lgan bemorlarga tirik yoki kuchsizlantirilgan tirik vaktsinalarni yuborish, jiddiy yoki halokatli infektsiyaga olib kelishi mumkin.
Epirubitsin bilan davolash olayotgan patsiyentlar, tirik vaktsinalar bilan immunizatsiyadan saqlanishlari kerak. O'ldirilgan yoki faolsizlantirilgan vaktsinalarni yuborish mumkin, lekin bunday vaktsinalarga reaktsiya pasaygan bo'ladi.

Reproduktiv tizimi
Epirubitsin genotoksik bo'lishi mumkin. Epirubitsin olayotgan erkaklar va ayollar kontratseptsiyaning samarali usullarini qo'llashlari kerak. Davolash yakunlanganidan keyin bolaga ega bo'lishini hohlovchi patsiyentlarga, qat'iy genetik maslahatdan o'tishni tavsiya etish kerak.Epirubitsin olayotgan, ayol va erkak jinsidagi jinsiy hamkorlar, bu preparat bilan davolashning hamma davrida va u yakunlangandan keyin 6 oygacha kontratseptsiyaning samarali usullarini qo'llashlari kerak. Epirubitsinni olayotgan erkaklarga, uni jarayonida bepushtlik rivojlanishi mumkinligi tufayli, davolash boshlangungacha urug' suyuqligini konservatsiya qilish masalasi bo'yicha maslahat olish tavsiya etiladi.
Qo'shimcha ogohlantirishlar va boshqa yuborish yo'llariga nisbatan ehtiyotkorlik choralari
Qovuq ichiga yuborish
Epirubitsinni yuborish kimyoviy sistit simptomlarini (dizuriya, poliuriya, nikturiya, stranguriya, gematuriya, qovuq sohasida diskomfort, qovuq devorining nekrozi kabi) va qovuq strikturasini chaqirishi mumkin. Kateterizatsiya qilishning qiyinchiliklarida (masalan, qovuq o'smalari tufayli uretraning obstruktsiyasi) alohida e'tibor talab etiladi.
Arteriya ichiga yuborish
Epirubitsinni arteriya ichiga yuborish (birlamchi jigar-xujayrali rakni yoki jigarga o'tgan metastazlarni lokallangan yoki regionar davolash uchun kateter orqali arterial embolizatsiya), me'da/o'nikki barmoq ichak yarasi (ehtimol, preparatni me'da arteriyasiga reflyuksi tufayli) va dorili stenozlovchi xolangitning oqibatidagi o't-safro yo'llarining torayishini o'z ichiga oluvchi lokal yoki regionar ko'rinishlarga olib kelishi mumkin (tizimli toksikligiga qo'shimcha, sifat jihatdan, epirubitsin vena ichiga yuborilganidan keyin kuzatiladiganga o'xshash).
Bu yuborish yo'lini ishlatish, bu tomir bilan orqali qon bilan ta'minlanuvchi to'qimalarning tarqalgan nekroziga olib kelishi mumkin.
Yordamchi moddalar
Ushbu dori vositasi 1 ml da 0,154 mmolь (3,54 mg) natriy saqlaydi. Natriy miqdori nazoratda bo'lgan parhezga rioya qiluvchi patsiyentlarni davolashda buni hisobga olish kerak.
Yuborilganidan keyin bir yoki ikki kun davomida epirubitsin siydikka qizil rang berishi mumkin.
Fertillikka ta'siri, homiladorlik va emizishda qo'llanishi
Homiladorlik davrida qo'llanishi:
Bola tug'ish yoshidagi ayollar davolanish vaqtida homiladorlik yuz berishidan saqlanishlari va kontratseptsiyaning samarali usullaridan ishlatishlari kerakligi xaqida ogohlantirilgan bo'lishlari kerak.
Hayvonlardagi eksperimental ma'lumotlar, homilador ayolga yuborilganda epirubitsin homilaga zarar yetkazishi mumkinligini ko'rsatadi. Ko'pchilik boshqa o'smalarga qarshi vositalari kabi, epirubitsin hayvonlarda o'zining mutagen va kantserogen faolligini namoyish qilgan.
Agar ushbu preparat homiladorlik davri davomida ishlatilsa, yoki uni olayotgan patsiyentda homiladorlik yuz bersa, patsiyentni bunday davolashni homila uchun potentsial xavfi xaqida xabardor qilish kerak.
Homiladorlikda bu preparatni ishlatishni tekshirishlari o'tkazilmagan. Homiladorlik vaqtida epirubitsinni, faqat agar ona uchun potentsial foyda, homila uchun xavfdan yuqori bo'lgan holda qo'llash kerak.
Ayollar davolash jarayonida va u yakunlangandan keyin 6 oygacha vaqt davomida homiladorlik yuz berishidan saqlanishlari kerak.

Laktatsiya
Epirubitsinni ko'krak sutiga chiqarilishi noma'lum. Ko'pchilik preparatlar, shu jumladan boshqa antratsiklinlar ko'krak sutiga chiqarilishi tufayli, va go'daklarda epirubitsinning og'ir nojo'ya reaktsiyalarining ehtimoli borligini xisobga olib, ushbu preparat bilan davolash boshlangunigacha bolani emizishni to'xtatish kerak.
Fertillikni buzilishi
Epirubitsin odam spermatazoidlarida xromosomalarning shikastlanishini chaqirishi mumkin. Epirubitsin olayotgan erkaklarning jinsiy xamkorlari bo'lgan ayollar, bu preparat bilan davolashning hamma vaqti davomida homiladorlik yuz berishidan saqlanishlari kerak. Epirubitsin olayotgan erkaklarga, uning jarayonida bepushtlik rivojlanishi mumkinligi tufayli, davolash boshlangunigacha urug' suyuqligini konservatsiya qilish masalasi bo'yicha maslahat olish tavsiya etiladi.
Epirubitsin amenoreyaga yoki menopauzadagi ayollarda muddatidan oldingi menopauzaga olib kelishi mumkin.
Avtotransport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri
Avtomobilni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri bo'yicha tekshirishlar o'tkazilmagan.
Epirubitsin ko'ngil aynishi va qusish xurujlarini chaqirishi va shuning uchun transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatini vaqtinchalik cheklashi mumkin.
 
Qo'llanilishi
Epirubitsin kattalarda turli xavfli o'smalarni davolash uchun qo'llanadi, shu jumladan:
sut bezining raki.
tuxumdonlarning tarqalgan raki,
me'da raki;
o'pkaning maydahujayrali raki.
Qovuq ichiga yuborilganda epirurubitsin quyidagilarni davolashda samarali:
qovuqning papillyar o'tuvchi-hujayrali raki;
in situ qovuq raki;
qovuqning yuzaki rakini transuretral rezektsiyadan keyingi qaytalanishlarini oldini olish.
 
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Epirubitsin boshqa o'smalarga qarshi preparatlar bilan birga qo'llanishi mumkin, lekin patsiyentlarni additiv toksiklikka, ayniqsa suyak ko'miki, pereferik qon va me'da-ichak yo'llari tomonidan, kuzatish kerak. Epirubitsinni boshqa potentsial kardiotoksik vositalar bilan majmuaviy kimyodavolash tarkibida qo'llanganda, shuningdek boshqa kardiologik vositalar (masalan, kalьtsiy kanallarining blokatorlari) ishlatilganida, butun davolash vaqti davomida yurak funktsiyasini nazorat qilish kerak.
Epirubitsin jigarda faol metabolizmga uchraydi. Yondosh davolash chaqirgan jigar funktsiyasining o'zgarishi, epirubitsinning metabolizmiga, farmakokinetikasiga, terapevtik samaradorligiga va (yoki) toksikligiga ta'sir qilishi mumkin.
Agar patsiyentning yurak funktsiyasi sinchkov kuzatuv ostida bo'lmasa, antratsiklinlarni, epirubitsinni ham qo'shib, boshqa kardiotoksik preparatlar bilan majmuada buyurish mumkin emas. Boshqa kardiotoksik, ayniqsa trastuzumab kabi davomli yarim chiqarilish davriga ega bo'lgan preparatlar bilan davolash to'xtatilganidan keyin antratsiklinlarni olayotgan patsiyentlar ham, kardiotoksiklik rivojlanishini yuqori xavfi guruxida bo'lib qolishlari mumkin.
Trastuzumabning yarim chiqarilish davri taxminan 28-38 kunni tashkil qiladi, trastuzumab davolash tugatilgandan keyin tizimli qon oqimida xatto 27 xaftagacha saqlanishi mumkin. Epirubitsin kabi antratsiklinlarni olayotgan patsiyentlar, trastuzumabni qo'llash to'xtatilgandan keyin kardiotoksiklikning yuqori xavfiga ega bo'lishlari mumkin. Shifokorlar trastuzumabni qo'llash to'xtatilganidan keyin kamida 27 xafta davomida antratsiklinlar asosidagi davolashni buyurishdan saqlanishlari kerak. Epirubitsin kabi antratsiklinlar qo'llanganda, patsiyentning yurak funktsiyasini sinchiklab nazorat qilish kerak.
Epirubitsin olayotgan patsiyentlarda tirik vaktsinalar bilan immunizatsiya qilishdan saqlanish kerak. O'ldirilgan va faolsizlantirilgan vaktsinalar ishlatilishi mumkin, lekin ularga javob pasaygan bo'lishi mumkin.
Milosupressiv preparatlar (ya'ni sitostatiklar, sulьfanilamidlar, xloramfenikol, difenilgidantoin, amidopirin hosilalari va antiretrovirusli preparatlar) bilan davolashda (shu jumladan oldingisida ham) gemopoezni yaqqol buzilishi mumkinligini hisobga olish kerak.
Simetidin, deksverapamil, deksrazoksan, dotsetaksel, interferon a2b, paklitaksel va xinin qo'llanganida, epirubitsin bilan quyidagi o'zaro ta'sirlar kuzatilgan:
Peroral simetidin epirubitsinning (50% ga) va epirubitsinolning (41% ga) AUC ni oshiradi.
Deksverapamil epirubitsinning farmakokinetikasini va, ehtimol, uning suyak ko'miki faoliyatini bostirilishi bilan bog'liq bo'lgan samaralarini kuchaytirishi mumkin.
Deksrazoksanni yuqoriroq dozalarda (900 mg/m2 va 1200 mg/m2) oldindan yuborish, epirubitsinning tizimli klirensini oshirishi va AUC ni kamaytirishi mumkin. Antratsiklinlar va deksrazoksan bilan majmuaviy davolash olayotgan patsiyentlarda, miyelosupressiya ko'proq rivojlanishi mumkin.
Interferon a2b bilan bir vaqtda yuborish, epirubitsinning yarim- chiqarilishining xam terminal, ham umumiy klirensini pasayishiga olib kelishi mumkin.
Epirubitsinni yuborish oldidan paklitakselni yuborish qon plazmasida o'zgarmagan epirubitsin va uning metabolitlarining (lekin ular toksik emas va farmakologik faollikka ega emas) maksimal kontsentratsiyasini oshirish qobiliyatiga ega. Paklitaksel yoki dotsetakselni bir vaqtda yuborish, agar epirubitsin taksandan oldin yuborilsa, epirubitsinning farmakokinetikasiga ta'sir qilmagan. Bunday majmua bu ikki vositalarni yuborish orasida interval borligida ishlatilishi mumkin. Shunday qilib, epirubitsin va paklitakselning infuziyasi kamida 24 soatlik interval bilan bajarilishi kerak. Bir tekshirish, epirubitsindan keyin darhol yuboriladigan dotsetaksel, plazmada epirubitsinning metabolitlari kontsentratsiyasini oshirishi mumkinligini ko'rsatgan.
Xinin epirubitsinni qondan to'qimaga boshlang'ich taqsimlanishini tezlashtirishi va epirubitsinni eritrotsitlarda taqsimlanishiga ta'sir qilishi mumkin.
Epirubitsin jigarda faol metabolizmga uchraydi. Yondosh davolash chaqirgan jigar faoliyatini o'zgarishlari, epirubitsinning metabolizmiga, farmakokinetikasiga, terapevtik samaradorligiga va (yoki) toksikligiga ta'sir qilishi mumkin.
Siydik kislotasini chiqarilishini kechiktiruvchi dori vositalari (masalan, sulьfanilamidlar, ayrim diuretiklar) epirubitsin bilan birga yuborilganida, giperurikemiyaning kuchayishini chaqirishlari mumkin.

Nomutanosiblik
Kimyoviy nomutanosibligi tufayli uchun Epirubitsin Naprodni geparin bilan aralashtirish kerak emas. Epirubitsinni boshqa sitostatik preparatlar bilan majmuada yuborilganda, preparatlarni bevosita aralashtirish mumkin emas. Bundan tashqari, epirubitsin ishqoriy eritmalar bilan kontaktga kirishmasligi kerak (gidroliz mumkinligi tufayli).
Suyultirilgandan keyingi turg'unligi
5% li glyukoza va 0,9% li natriy xlorid bilan 0,1 mg/ml va 1,0 mg/ml kontsentratsiyalargacha suyultirilgan eritmalarning kimyoviy va fizik turg'unligi, yorug'likdan himoyalangan sovutgichda saqlanganida 28 kunni tashkil qiladi. Eritmalar xona haroratida (20o - 25oS) 4 kun davomida yetarlicha turg'unligi bilan xarakterlanadi.
Mikrobiologik nuqtai-nazardan eritma tiklangan yoki suyultirilgandan keyin, ko'rsatilgan operatsiyalar nazoratli va validatsiyalangan aseptik sharoitlardan tashqari hollarda darhol ishlatilishi kerak. Ifloslanishdan saqlanish uchun preparat darxol ishlatilishi kerak. Aks holda preparatni saqlash sharoiti va davomiyligi javobgarlik ishlatuvchida bo'ladi; xar qanday holda ham yaroqlilik muddati xona xaroratida 24 soatdan oshmasligi kerak.
Flakondan eritmani faqat bevosita ishlatish oldidan tortib olish kerak.
Qovuq ichiga yuborish uchun 50 ml fiziologik eritmada 30-80 mg epirubitsin saqlovchi eritmani qo'llash tavsiya etiladi.

Utilizatsiya va boshqa ish turlarida maxsus ehtiyotkorlik choralari
Infuzatni faqat maxsus o'rgatilgan xodim aseptik sharoitda tayyorlash kerak.
Xodim sitostatiklar bilan ishlashga o'rgatilgan bo'lishi kerak.
Homilador ayollar bu preparat bilan ishlamasliklari kerak.
Preparat toksik hisoblanadi, bu ishlashda va utilizatsiya qilishda alohida extiyotkorlik choralariga rioya qilishni talab qiladi.
Eritmani tayyorlash vaqtida bu ish uchun maxsus belgilangan joyda ventilyatsiya bo'lgani yaxshi, bir martalik qo'lqoplar, himoya ko'zoynagi, xalat va niqob taqish kerak.
Ishchi yuza bir marta qo'llash uchun mo'ljallangan plastik taglikli shimiladigan qog'oz bilan qoplangan bo'lishi kerak.
Preparatning hamma ishlatilmay qolgan qoldiqlari utilizatsiya qilinishi kerak. Yuborish yoki tozalash uchun ishlatiladigan barcha predmetlar, shu jumladan qo'lqoplar, sitostatiklar uchun mahalliy me'yoriy talablarga muvofiq xavfli chiqindilar kabi utilizatsiya qilinishi kerak.
Ehtiyotkorlik bilan muomala qilish, teri bilan to'qnashidan saqlanish kerak.
Teriga tushganida terining shikastlangan sohasini sovunli suv yoki bikrbonat natriy eritmasi bilan yaxshilab yuvib tashlash kerak. Bunda terini dag'al chetka bilan ishqalash mumkin emas. Qo'lqoplar yechilgandan keyin qo'llarni yuvish kerak
Dori vositasini ko'zlarga tasodifan tushishidan saqlanish uchun extiyotkorlik choralarini ko'rish kerak. Preparatni ko'zlarga tushgan hollarda ularni katta miqdordagi suv va (yoki) natriy xloridining 0,9% li eritmasi bilan yuvish va shifokorga murojaat qilish kerak.
Eritma to'kilgan yoki oqib ketgan hollarda preparatning ta'siriga duchor bo'lgan soxalar yoki materiallar, gipoxlorit natriyning suyultirilgan eritmasi (1% faol xlor) bilan ishlov berish (yaxshisi ularni ho'llash yoki ishlov berish yo'li maqqul, so'ngra suv bilan yuvib tashlash kerak.
 
Maxsus saqlash sharoitlari
15ºS dan 30ºS gacha bo'lgan xaroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.


Yaroqlilik muddati
2 yil.
Yaroqlilik muddati o'tgach qo'llanilmasin.
 
Dozirovkasi
Faqat vena ichiga yoki qovuq ichiga yuborish uchun.

 

Bolalar va o'smirlarda epirubitsin gidroxloridining xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan.

Vena ichiga yuborish

Epirubitsinni sistemaning yon porti orqali yuborish tavsiya etiladi, ignani venada to'g'ri joylashganini tekshirilgandan keyin, u orqali fiziologik eritmani vena ichiga infuziyasi o'tkaziladi. Ushbu usul vena ichiga dori vositasi yuborilganidan keyin ekstravazatsiya xavfini minimallashtirish va venani fiziologik eritma bilan yuvishni ta'minlaydi. Yuborish jarayonida epirubitsin gidroxloridini ekstravazatsiyasi to'qimalarning, xatto ularning nekrozigacha bo'lgan og'ir shikastlanish xavfini oshiradi. Ekstravazatsiyadan saqlanish uchun, extiyotkorlikka rioya qilish lozim. Ekstravazatsiya xolida infuziya darxol to'xtatiladi. Preparatni mayda tomirlarga yuborish yoki bir venaga ko'p marta yuborish, uning skleroziga olib kelishi mumkin.

Standart doza

Kattalar uchun monoterapiyada tavsiya etiladigan doza tana yuzasining maydoniga 60-90 mg/m2 ni tashkil qiladi va vena ichiga 3-5 minut davomida yuboriladi. Yuborishni suyak ko'migining gematologik ko'rsatgichlarini funktsional holatiga qarab 21-kunlik interval bilan takrorlash kerak.

Toksiklik belgilari bo'lganida, shu jumladan og'ir neytropeniya/febril neytropeniya va trombotsitopeniyada (ular 21-nchi kuni saqlanishlari mumkin) dozani to'g'irlashni yoki navbatdagi dozani yuborishni kechiktirish talab etilishi mumkin.

Yuqori dozalari

O'pka rakini yuqori dozalar bilan davolashda monoterapiyada epirubitsinni quydagi sxemalarga muvofiq ravishda yuborish kerak:

O'pkaning maydaxujayrali raki (ilgari o'smaga qarshi davolash olmagan patsiyentlarda): 120 mg/m2 dan 1-nchi kuni, har 3 xaftada.

Yuqori dozalar bilan davolashda epirubitsin vena ichiga bolyusli 3-5 minut davomida yoki 30 minutgacha davomiylikdagi infuziya ko'rinishida yuboriladi.

Sut bezining raki

Regionar limfa tugunlariga metastaz bergan sut bezining erta rakini ad'yuvant davolashda, epirubitsinni vena ichiga 100 mg/m2 dan (bir marta davolashning 1-nchi siklida) 120 mg/m2 gacha (ikki yuborishga bo'lingan, siklning 1-nchi va 8-nchi kunlari) vena ichiga yuboriluvchi siklofosfamid va 5-ftoruratsil bilan va tamoksifenni peroral qabul qilish bilan qo'shib yuborish tavsiya etiladi; davolash sikllari xar 3-4 xaftada takrorlanadi.

Oldingi kimyoterapiya yoki nurli davolash, yoshga bog'liq o'zgarishlar yoki suyak ko'migini o'smali infilьtratsiyasi oqibatidagi suyak ko'migi faoliyati pasaygan patsiyentlar uchun pastroq dozalar (60-75 mg/m2 - standart davolash uchun va 105-120 mg/m2 - yuqori dozalar bilan davolash uchun) tavsiya etiladi. 1 sikl uchun umumiy dozani bo'lish va 2-3 ketma-ket kunlar davomida yuborish mumkin.

Turli o'smalardagi monoterapiya va majmuaviy kimyoterapiyada epirubitsinning quyidagi dozalari ishlatiladi:

 

Кўрсатмалар

Эпирубицин гидрохлоридининг дозаси (мг/м2)а

Монотерапия

 

Мажмуавий терапия

Тухумдонларнинг

тарқалган раки

60-90

 

50-100

Меъда раки

60-90

50

 

Ўпканинг майдахужайрали раки

120

 

120

Қовуқнинг раки

50 мг/50 мл ёки 80 мг/50 мл (рак in situ)

Қайталанишни олдини олиш:

50 мг/50 мл хафтада 1 марта, 4 хафта давомида, сўнгра - ойда 1 марта

11 ой давомида

 

а Dozalar odatda 21-kunlik intervallar bilan 1-nchi kuni yoki 1-nchi, 2-nchi va 3-nchi kuni yuboriladi.

Majmuaviy davolash

Agar epirubitsin boshqa sitostatiklar bilan majmuada ishlatilsa, doza muvofiq kamaytirilgan bo'lishi kerak. Odatda ishlatiladigan dozalar yuqoridagi jadvalda keltirilgan.

Jigar funktsiyasining buzilishi

Epirubitsin asosan gepatobiliar tizimi tomonidan chiqariladi. Jigar funktsiyasining buzilishlari bo'lgan patsiyentlarda bilirubinning zardobdagi kontsentratsiyasiga qarab, dozani quyidagi tarzda kamaytirish kerak:

Билирубиннинг зардоб концентрацияси

Дозани пасайтириш

24-51 мкмоль/л

50% га

≥51 мкмоль/л

75% га

Buyraklar funktsiyasining buzilishi

O'rtacha buyrak yetishmovchiligi dozani pasaytirishni talab qilmaydi, chunki epirubitsinning faqat cheklangan miqdori buyraklar orqali chiqariladi. Shunga qaramasdan, zardobdagi kreatininning kontsentratsiyasi ≥5 mg/dl bo'lgan patsiyentlarda dozani to'g'irlash talab qilinishi mumkin.

Qovuq ichiga yuborish:

Qovuqning yuzaki rakini va qovuqning rakini davolash uchun in situ epirubitsin gidroxloridini qovuq ichiga yuborish mumkin. Uni qovuq devoriga o'sib kiruvchi invaziv o'smalarni davolash uchun qovuq ichiga qo'llash kerak emas; bunday vaziyatlarda tizimli davolash yoki xirurgik aralashuv maqsadga muvofiqroq hisoblanadi. Epirubitsin shuningdek yuzaki o'smalarni transuretral rezektsiyasidan keyin qaytalanishini oldini olish uchun qovuq ichiga muvaffaqiyatli ishlatiladi.

Qovuqning yuzaki rakini davolash uchun quyida berilgan jadvalda keltirilgan quydagi sxemalar va suyultirishlar tavsiya etiladi.

8 xar haftalik instillyatsiyalar 50 mg/50 ml dan (preparat fiziologik eritma yoki steril distillangan suvda suyultiriladi).

Mahalliy toksiklik paydo bo'lganda dozani 30 mg/50 ml gacha pasaytirish tavsiya etiladi.

Qovuq raki in situ: 80 mg/50 ml gacha (shaxsiy o'zlashtiraolinishiga qarab).

Qaytalanishni oldini olish uchun: 1 xaftada 50 mg/50 ml dan 4 xafta mobaynida, so'ngra xuddi shu dozada 11 instillyatsiyalar oyda 1 marta.

Qovuqni instillyatsiya qilish uchun eritmalarni suyultirish jadvali

Эпирубицин гидрохлоридини

талаб қилинадиган дозаси

Эпирубицин гидрохлориди-

нинг 2 мг/мл

эритмасини ҳажми

Суюлтирувчининг

ҳажми (инъекция учун стерил сув ёки стерил 0,9%

физиологик

эритма)

Қовуққа инстилляция қилиш

учун умумий

ҳажм

30 мг

15 мл

35 мг

50 мл

50 мг

25 мг

25 мг

50 мг

80 мг

40 мл

10 мл

50 мл

Eritmani qovuq bo'shlig'ida 1 yoki 2 soat davomida tutib turish kerak. Siydik bilan xaddan ziyod suyulib ketishidan saqlanish uchun patsiyentni instillyatsiyagacha bo'lgan 12 soat davomida, suyuqlikni iste'mol qilmasligi xaqida ogohlantirib qo'yish kerak. Instillyatsiya vaqtida patsiyent vaqti-vaqti bilan tana holatini o'zgartirishi (aylantirishi) kerak; instillyatsiyadan keyin ma'lum vaqt davri o'tgandan keyin siyishi mumkinligi xaqida unga ko'rsatma berish kerak.

 
Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari
Epirubitsinning dozasini o'tkir oshirib yuborilishi 10-14 kun davomida og'ir miyelosupressiyaga (asosan leykopeniya va trombotsitopeniya ko'rinishidagi), me'da-ichak toksik samaralarga (asosan shilliq qavatini yallig'lanishi) va yurak-qon tomir asoratlarga (24 soat davomida miokardni o'tkir degeneratsiyasi) olib keladi. Antratsiklinlar qo'llangada letal yurak yetishmovchiligi davolash tugatilganidan keyin bir necha oylar (6 oygacha) yoki xatto bir necha yillar o'tgach kuzatilgan. Patsiyentlar sinchkov kuzatuv ostida bo'lishlari kerak. Yurak yetishmovchiligining belgilari paydo bo'lganda, patsiyentlar standart tavsiyalarga muvofiq davolanish olishlari kerak.
Davolash
Simptomatik. Jiddiy miyelosupressiya holida, qon quyish, antibiotiklarni buyurish va patsiyentni steril palataga yotqizish kabi umumiy samarani bir maromda ushlab turuvchi choralar talab etilishi mumkin.
Epirubitsin gemodializda chiqarilmaydi.