Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Энтерол ПАКЕТИК

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Энтерол ПАКЕТИК 250мг №20

64 000 so'mdan
(2789)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Saccharomyces boulardii
Ishlab chiqaruvchi
БИОКОДЕКС
Chiqarilish shakli
ПАК
Farma. Guruh
Пробиотики
Dori tafsilotlari
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Maxsus koʻrsatmalar
Homiladorlik va laktatsiya davri
Dozani oshirib yuborilishi
Dori shakli: 
Tarkibi:
Taʼrifi: 
Farmakoterapevtik guruhi: 
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati

3 yil

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retseptsiz.

Maxsus koʻrsatmalar

Enterol® 250 ni juda issiq (50°S dan yuqori) yoki juda sovuq ovqat yoki suyuqlik bilan aralashtirish mumkin emas. Alkogol bilan birga qabul qilinmasin.

Agar 2 kun davomida diareya toʻxtamasa, preparatni keyinchalik qoʻllash yuzasidan shifokor bilan maslahatlashish kerak. Suv-tuz muvozanatini tiklash uchun eritmalarni qoʻllash zarur. Regidratatsion eritmaning xajmi yoʻqotilgan xajmga ekvivalent boʻlishi kerak, yaʼni 1 kg tana vazniga 50-100 ml. Oʻtkir yoki davomli diareya, qusish yoki ovqatlanishdan saqlanish holatlarida suv muvozanatini tiklash usullarini tanalash kerak – peroral yoki parenteral.

Kapsula va paketchalarning butunligini buzilishlarida markaziy venoz kateteri boʻlgan patsiyentlarda qoʻllaganda kolonizatsiya natijasi tufayli fungemiya xavfi paydo boʻladi. Markaziy venoz kateteri boʻlgan bemorlarda gematogen zamburugʻli infeksiya paydo boʻlishi haqida xabar berilgan (ushbu holatda Saccharomyces boulardii qoʻllanilmagan). Koʻpincha buning oqibati boʻlib gipertermiya hisoblanadi, qon sinamalarida Saccharomyces mavjudligi aniqlangan. Ushbu simptomlar zamburugʻlarga qarshi davolash va kateterni olib tashlangandan keyin oʻtib ketadi.

 

Homiladorlik va laktatsiya davri

 

Enterol® 250 ni homiladorlik va laktatsiya davrida faqat ona uchun kutilayotgan foyda homila yoki bola uchun potensial xavfdan yuqori boʻlgandagina qoʻllash mumkin.

Dori vositasini avtotransportni boshqarish va harakatlanuvchi mexanizmlar bilan ishlash qoliyatiga taʼsirining oʻziga xosligi

Taʼsir qilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Saccharomyces boulardii tizimli qon oqimiga soʻrilmaydi, shuning uchun dozani oshirib yuborilishi uchun sabab yoʻq.

Dozani oshirib yuborilgan holatlarda biron-bir choralar talab etilmaydi.

 

Dori shakli: 

peroral qoʻllash uchun eritma tayyorlash uchun dozalangan kukun

 

Tarkibi:

Bir paket quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: bulardi Saxaromitsetlarining CNCM-I745 liofilizatsiya qilingan achitqilari 250,0 mg, laktoza monogidrati 32,5 mg,

yordamchi moddalar: fruktoza, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, “Tutti-frutti” taʼm qoʻshimchasi (maltodekstrin, sorbitol, vanilin, izoamilatsetat, metilbutirat, “Apelsin” hushboʻyi, “Limon” hushboʻyi, konsentratsiyalangan olma sharbati).

 

Taʼrifi: 

och-jigarrang rangli, meva hidli kukun.

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

diareyaga qarshi vositalar

 

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Enterol® 250 – mikroblarga qarshi va diareyaga qarshi taʼsirga ega biologik tabiatli preparatdir. Saccharomyces boulardii askospor achitqilarning patogen boʻlmagan shtammlari boʻlganligi va bakteriyalarga qarshi preparatlarga genetik chidamli boʻlganligi tufayli, ichak kasalliklarida keng qoʻllanila boshladi, chunki ular meʼda-ichak yoʻllaridan oʻtib, ularda koloniya hosil qilmaydi, ichakda doimiy darajada saqlanib turuvchi ahamiyatli konsentratsiyalarga tez erishadi, normal rezident mikrofloraga taʼsir qilmaydi va ovqat-hazm qilish yoʻllaridan tashqariga chiqmaydi.

Saccharomyces boulardii ning antibiotiklarga va koʻpgina boshqa preparatlarga chidamliligini, shuningdek ularning zamburugʻlarga qarshi preparatlarga sezgirligini taʼkidlash kerak. Saccharomyces boulardii ning antibiotiklarga genetik chidamliligi ichak yoʻllarining normal biotsenozini himoya qilish uchun antibiotiklar bilan bir vaqtda qoʻllash imkonini beradi.

Saccharomyces boulardii ning asosiy taʼsir mexanizmi:

  • bevosita antagonizm (mikroblarga qarshi taʼsiri), nospetsifik immun himoyasini kuchaytirish, shuningdek IgA va qolgan immunoglobulinlarning sekretor komponentlarini ishlab chiqarilishini oshishi hisobiga Saccharomyces boulardii ning Clostridium dificile, Clostridium pneumoniae, Staphylococcus aureus, Pseudomonas aeruginosa, Candida krusei, Candida pseudotropical, Salmonella typhi, Ecsherichia coli, Shigella dysenteriae, Proteus, a tak je, Enthamoeba hystolitica, Lambliae kabi ichak mikroflorasini izdan chiqaruvchi patogen va shartli-patogen mikroorganizmlar va zamburugʻlarning oʻsishini susaytirish qobiliyati bilan xarakterlanadi;
  • antitoksik taʼsiri S-protein bilan birikkan retseptorlar orqali enterotsitlarga taʼsir etuvchi neytralizatsiya qiluvchi omil sintezi bilan bogʻliq;
  • antisekretor taʼsiri enterotsitlarda sAMF darajasini kamayishi bilan bogʻliq, bu ichak boʻshligʻiga suv va tuz sekretsiyasini kamayishiga olib keladi;
  • fermentativ taʼsiri ingichka ichakning disaxaridazalari (laktaza, saxaraza, maltaza) faolligini oshishi bilan bogʻliq;
  • spermin va spermidin ajralib chiqishi hisobiga ingichka ichak shilliq qavatiga nisbatan trofik samarasi.

Saccharomyces boulardii ning antibiotiklarga genetik chidamliligi ichak yoʻllarining normal biotsenozini himoya qilish uchun antibiotiklar bilan bir vaqtda qoʻllash imkonini beradi.

Achitqilarning tirik shakli, Saccharomyces boulardii ning farmakokinetikasi hayvonlar va odamlarda oʻtkazilgan in vitro va in vivo sharoitdagi turli tadqiqotlar jarayonida aniqlangan. Olingan maʼlumotlar asosida Enterol® 250 ichak mikroflorasini tiklaydi va yaqqol etiopatogenetik diareyaga qarshi taʼsirga ega ekanligini taʼkidlash mumkin.

Farmakokinetikasi

Preparat qabul qilingandan keyin yoʻgʻon ichakda Saccharomyces boulardii ning yuqori konsentratsiyasiga erishiladi, u 24 soat davomida tutib turiladi. Saccharomyces boulardii tizimli qon oqimi va mezenterial limfatik tugunlarga kirmaydi. Davolash tugaganidan keyin Saccharomyces boulardii axlat bilan 3-5 kun davomida toʻliq chiqariladi.

 

Qoʻllanilishi
  • kattalar va bolalarda bakterial etiologiyali oʻtkir va surunkali diareya
  • virusli etiologiyali oʻtkir diareya
  • ichak disbakteriozi
  • sayohatchilar diareyasini oldini olish va davolash
  • OITS bilan assotsiatsiyalangan diareya
  • antibiotiklarni qabul qilish chaqirgan kolit va diareyani oldini olish va davolash
  • taʼsirlangan yoʻgʻon ichak sindromi
  • soxtamembranoz kolit va Clostridium difficile bilan bogʻliq kasalliklar
  • davomli enteral oziqlantirish bilan bogʻliq diareyada qoʻllanadi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Yangi tugʻilgan chaqaloqlar: shifokor kuzatuvi ostida kuniga koʻpi bilan 1 paketcha. Paketcha ichidagisi bevosita qoʻllashdan oldin bir stakan iliq sutda yoki iliq suvda eritiladi yoki bolaga ovqat bilan beriladi.

6 yoshgacha boʻlgan bolalar: 1 paketcha kuniga 1-2 marta.

Kattalar va 6 yoshdan oshgan bolalar: 1-2 paketchadan kuniga 2 marta.

Tavsiya etilgan davolash kursi

  • oʻtkir diareya – 3-5 sutka;
  • surunkali diareya sindromi, taʼsirlangan yoʻgʻon ichak sindromini davolash – 10-14 sutka;
  • antibiotik bilan assotsiatsiyalangan diareya va soxtamembranoz kolitni oldini olish va davolash – antibiotiklar bilan davolash kursi davomida sutkada 2 marta 2 paketcha dozada antibiotiklar bilan birga buyuriladi.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Kam hollarda: markaziy venoz kateteri boʻlgan gospitalizatsiya qilingan patsiyentlarda fungemiya.

Juda kam hollarda: meteorizm, preparatning komponentlariga shaxsiy yuqori sezuvchanlik tufayli qichishish koʻrinishidagi allergik reaksiya.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
  • preparatning komponentlaridan birontasiga oʻta yuqori sezuvchanlik (allergiya)
  • markaziy venoz kateteri boʻlgan patsiyentlar
  • galaktozemiya, laktoza yetishmovchiligi, glyukoza va galaktoza malabsorbsiyasi sindromi qoʻllash mumkin emas.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Peroral yoki parenteral buyurilgan zamburugʻlarga qarshi vositalar bilan bir vaqtda qabul qilinmasin.

 

Chiqarilish shakli

765,0 mg preparat alyumin folga/polietilen plyonka/bosma qogʻozli ikkilangan paketlarga joylanadi. 10 paketdan davlat va rus tillaridagi qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.

 

Saqlash sharoiti

Yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori boʻlmagan haroratda.