Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
ЭКЗОДЕРИЛ РАСТВОР

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

ЭКЗОДЕРИЛ РАСТВОР 1% 20МЛ №1

37 000 so'mdan
(2080)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
LEK DD
Chiqarilish shakli
Р-Р
Farma. Guruh
Pharm Group Name
Dori tafsilotlari
Nojoʻya taʼsirlari
Boshqa dori preparatlar bilan oʻzaro taʼsiri va oʻzaro taʼsirning boshqa turlari
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Berish tartibi
Taʼrifi
Chiqarilish shakli
Qoʻllanilishi
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Qoʻllash usuli va dozalari
Qoʻllash davomiyligi
Dozani oshirib yuborilishi
Nojoʻya taʼsirlari

Barcha dorilar kabi, garchi ular har birida rivojlanmasa ham, Ekzoderil® noxush samaralar chaqirishi mumkin. Nojoʻya samaralarining tez-tezligi nomaʼlum. Alohida hollarda quruqlik tuygʻusi, achishish yoki qizarish paydo boʻlishi mumkin.

 

Boshqa dori preparatlar bilan oʻzaro taʼsiri va oʻzaro taʼsirning boshqa turlari

Agar Siz har qanday boshqa dori vositalarini qabul qilayotgan boʻlsangiz, qabul qilishni rejalashtirayotgan boʻlsangiz yoki yaqinda qabul qilgan boʻlsangizsiz, bu haqida oʻz shifokoringizga yoki farmatsevtga xabar bering.

Boshqa dori vositalari yoki alkogol bilan oʻzaro taʼsiri aniqlanmagan.

 

Saqlash sharoiti

30oS dan yuqori boʻlmagan haroratda, bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Ochilgan flakon 25oS dan yuqori boʻlmagan haroratda 6 oydan  ortiq saqlanmasin.

 

Yaroqlilik muddati

5 yil. Oʻramida koʻrsatilgan yaroqlilik muddati oʻtgach ishlatilmasin.

 

Berish tartibi

Retseptsiz beriladi

Taʼrifi

Tiniq, rangsiz yoki biroz sariq, etanol hidiga ega eritma.

 

Chiqarilish shakli

Sirtga qoʻllash uchun 10 ml va 20 ml dan 1% li eritma toʻq shisha flakonlarda;
1 flakondan ilova-varaqasi bilan karton qutida.

 

Qoʻllanilishi

Ekzoderil® naftifin faol modda saqlaydi va zamburugʻli infeksiyalarda sirtga qoʻllash uchun moʻljallangan.

Ekzoderil® dermatofitlarga qarshi samarali, achitqi, mogʻor va boshqa zamburugʻlarga
(masalan, Sporothrix schenkii) qarshi oʻrtacha faol.

U shuningdek koʻpincha mikozlarga yondosh boʻlgan turli mikroorganizmlarga qarshi ham antibakterial faollik namoyon qiladi.

Klinik qoʻllanganida naftifinning yalligʻlanishga qarshi taʼsiri aniqlangan, shu tufayli yalligʻlanish belgilari (qizarish, shish, qipiqlanish) va, ayniqsa, qichishish tez yoʻqoladi.

Ekzoderil® naftifinga sezgir qoʻzgʻatuvchilar chaqirgan zamburugʻli infeksiyalarni mahalliy davolash uchun qoʻllanadi:

– yondosh qichishish yoki usiz teri va teri burmalarining zamburugʻli infeksiyalari;

– tirnoqlarning zamburugʻli infeksiyalari;

– teri kandidozlari;

– qipiqlanuvchi temiratki.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Naftifinga, propilenglikolga yoki preparatning boshqa yordamchi moddalariga oʻta yuqori sezuvchanlik.

Ishlatishdagi alohida ogohlantirishlar va ehtiyotkorlik choralari

Ekzoderil® eritmasi oftalmologiyada qoʻllash uchun moʻljallanmagan.

Eritmani ochiq jarohatlar yoki yoriqlarda qoʻllash mumkin emas.

Preparat suyultirmasdan qoʻyiladi va sirtga qoʻllash uchun boshqa preparatlar bilan aralashtirilmaydi, chunki konsentratsiyasi pasayishi tufayli faol moddaning samaradorligi yetarli boʻlmasligi mumkin.

Fototoksik taʼsirga ega  emas va fotosensibilizatsiya chaqirmaydi.

Homiladorlik va emizish

Agar Siz homilador boʻlsangiz yoki emizsangiz, yoki homiladorlikni gumon qilsangiz yoki homilador boʻlmoqchi boʻlsangiz, bu dorini qoʻllashdan oldin, davolovchi shifokor bilan maslahatlashing. Ehtiyotkorlik maqsadida homiladorlik vaqtida va emizish davrida Ekzoderilni qoʻllashdan saqlanish kerak.

Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga taʼsiri

Hozirgi vaqtgacha taʼsiri haqida xabarlar tushmagan.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Ekzoderil® faqat teri yoki tirnoqlarda sirtga qoʻllash uchun moʻljallangan.

Bu dorini faqat shifokor yoki farmatsevt buyurganidek qoʻllang.

Dozalash

Terining zamburugʻli infeksiyalarini davolash uchun sutkada bir marta qoʻllang.

Shikastlangan teri va unga tutash sohalarni quriting, soʻngra eritma bilan bevosita butilkadan yoki paxta tampon yordamida olib yaxshilab hoʻllang.

Koʻzga yoki shilliq qavatlarga tushishidan saqlaning.

Tirnoqlarning zamburugʻli infeksiyalarini davolash uchun preparatni sutkada ikki marta, tirnoqni erkin cheti tomonidan qoʻyib qoʻllang.

Eritmani birinchi marta qoʻllash oldidan tirnoqning shikastlangan qismini qaychi yoki tirnoqlar uchun arracha bilan maksimal yoʻqoting.

Bolalar va oʻsmirlar: bolalar va 18 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlarda naftifinning xavfsizligi va samaradorligi isbotlanmagan (qoʻllash tajribasi yetarli emas).

Buyrak yoki jigar yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlar: dozani toʻgʻrilash talab qilinmaydi.

Keksa patsiyentlar: dozani toʻgʻrilash talab qilinmaydi.

 

Qoʻllash davomiyligi

Infeksiyani qaytalanishini oldini olish uchun, klinik tuzalishdan keyin davolashni yana kamida ikki hafta davom ettiring.

Iloji boricha tezroq tuzalish va takroriy yuqishini oldini olish uchun quyidagi qoidaga amal qiling:

Shikastlangan teri bilan kontaktda boʻluvchi kiyimlarni har kuni almashtirish kerak.

Qoʻpol, zich, havo oʻtkazmaydigan kiyim va poyabzal (masalan, sintetik matoli paypoq, tor poyabzal) kiymang. Shuningdek yuvgandan keyin shikastlangan terini yaxshilab quritish kerak. Idishlarni yuvish uchun lattalarni va sochiqni har kuni almashtirish kerak.

Infeksiyani yanada tarqalishini oldini olish uchun va, ayniqsa, takroriy zararlanishdan saqlanish uchun, oʻz uyingizda, vannaxonada, mehmonxonada, basseynda yalangoyoq yurmang.

Toza, sogʻlom va quruq teri bu zamburugʻ infeksiyasidan eng yaxshi himoyadir.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Naftifin sirtga qoʻllanganida dozani oʻtkir oshirib yuborilishi va hayot uchun xavfli asoratlarni paydo boʻlish ehtimoli kam.

Tasodifan ichga qabul qilingan holda shifokorga murojaat qiling.

Muvofiq simptomatik davolash tavsiya qilinadi.

Agar Sizda bu preparatni ishlatish boʻyicha qoʻshimcha savollar paydo boʻlsa, oʻzingizni shifokoringizga murojaat qiling yoki farmatsevtdan soʻrang.