Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Дротаверин АМПУЛЫ

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Дротаверин АМПУЛЫ 2МЛ №5

3 602 so'mdan
(4212)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
ЛЕКХИМ-ХАРЬКОВ
Chiqarilish shakli
АМП
Farma. Guruh
Pharm Group Name
Dori tafsilotlari
Dori shakli: 
Taʼrifi:
Farmakoterapevtik guruhi: 
Farmakologik xususiyatlari
Farmakokinetikasi
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar.
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli: 

inyeksiya uchun eritma

faol modda: drotaverin gidroxloridi – 40 mg;

yordamchi moddalar: natriy bisulfiti, 96% etil spirti, inyeksiya uchun suv.

 

Taʼrifi:

 yashil tusli och sariq rangli, tiniq suyuqlik.

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

Spazmolitik vositalar

 

 

Farmakologik xususiyatlari

Miotrop spazmolitik. Kimyoviy tuzilishi va farmakologik xususiyatlari boʻyicha papaveringa yaqin, ammo kuchliroq va davomiyliroq taʼsir koʻrsatadi. Silliq mushak hujayralariga kalsiy ionlarining kelib tushishini pasaytiradi (fosfodiesterazani ingibitsiya qiladi, bu hujayra ichida sAMFning toʻplanishiga olib keladi). Ichki aʼzolarning silliq mushaklarini va ichak peristaltikasini boʻshashtiradi va qon tomirlarini kengaytiradi. Vegetativ nerv tizimiga va markaziy nerv tizimiga taʼsir etmaydi.

 

 

Farmakokinetikasi

Parental tomirdan tashqari yuborilganda drotaverining qon plazmasidan yarim chiqarilish davri (T½) – 10-12 soatni tashkil etadi, moddaning deyarli toʻliq eliminatsiyasi 72 soat davomida aniqlanadi. Markaziy nerv tizimida, yogʻ toʻqimasida, miokardda, buyraklarda va oʻpkalarda yuqori konsentratsiyalarda, eng past konsentratsiyalarida jigarda va meʼdada toʻplanadi. Plazma oqsillari bilan bogʻlanishi – 95–98%. Siydik va safro orqali glyukuron kislotasi bilan konʼyugatlari shaklida (89-99%), ozgina qismi sulfat-konʼyugatlari shaklida chiqariladi.  Parental yuborilganda preparatning taʼsiri 2-4 minutdan keyin namoyon boʻladi. Maksimal samara 30 minutdan keyin boshlanadi.

 

Qoʻllanilishi

Surunkali gastroduodenitda, surunkali xoletsistitda, surunkali xolelitiazda, meʼda va 12 barmoq ichak yara kasalligida, kardio va  pilorospazmda, spastik kolitda, silliq mushaklarni spazmi, periferik arterial qon tomirlarni, bosh miya qon tomirlarini spazmi, buyrak sanchigʻida, algodismenoreya, tugʻruqlarda  bachadonning qiskaririshlarini kuchsizlantirish va bachadoning boʻyin spazmini yoʻqotish uchun, instrumental tekshirishlarni oʻtkazishda qoʻllanadi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Kattalarda mushak ichiga (m/i) va vena ichiga (v/i) qoʻllanadi. Odatda m/i yuborilganda sutkalik doza 1-3 marta yuborishga 40-240 mg (2-12 ml) ni tashkil qiladi. Jigar yoki buyrak sanchiqlarida preparatning 2-4 ml (40-80 mg) ni v/i sekin yuborish tavsiya etiladi. Fiziologik tugʻruqlarda bachadonning boʻynini ochilish fazasini qisqartirish uchun choʻzilish davrining boshida – m/i 40 mg yuboriladi. Agar bu doza kerakli samarani bermasa, 2 soatdan keyin yana 40 mg preparat yuboriladi.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Bosh aylanishi, yurak urib ketishi, arterial bosimni pasayishi, qizib ketish hissi, terlash, teri allergik reaksiyalari. V/i yuborilganda – kollaps, AV blokada, aritmiyalar, nafas markazining susayishi.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar.

Preparat komponentlariga yuqori shaxsiy sezuvchanlik, yaqqol jigar, buyrak, yurak yetishmovchiligi , II–III darajadagi AV blokada, kardiogen shok, arterial gipotenziya. Ehtiyotkorlik bilan – yaqqol koronar arteriyalarni aterosklerozida, prostata bezining giperplaziyasida, glaukomada, xomiladorlik va emizish davrida, 6 yoshgacha boʻlgan bolalarga.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Boshqa spazmolitiklarning samarasini, tritsiklik antidepresantlar, xinidin, novokainamid chaqirgan arterial gipotenziyani kuchaytiradi. Morfinning spazmogen faolligini va levodopaning antiparkinsonik taʼsirini kamaytiradi. Fenobarbital spazmni bartaraf qilinish ehtimolini oshiradi.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Parental yuborilgandan (ayniqsa v/i) keyin avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashdan 1 soat davomida saqlanish lozim, v/i yuborilganida bemor gorizontal holatda boʻlishi kerak.

Preparatni bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach qoʻllanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari:  AV blokada, yurakni toʻxtab qolishi, nafas markazining falaji.

Davolash: simptomatik.

 

Chiqarilish shakli

Inyeksiya uchun eritma, 40 mg/2 ml, ampulalarda.

2 ml va 5 ml li ampulalarni kontur uyali oʻramlarga joylangan.

2 konturli oʻramlar karton qutiga joylangan.

 

Saqlash sharoiti

Yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept buyicha.