Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Дротаверин ТАБЛЕТКА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Дротаверин ТАБЛЕТКА 40мг №30

9 431 so'mdan
(1495)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Drotaverine
Ishlab chiqaruvchi
ЛЕКФАРМ
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Спазмолитики
Dori tafsilotlari
Chiqarilish shakli:
Ta‘rifi:
Tarkibi: 
Farmakoterapevtik guruhi:
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Nojo‘ya ta‘siri
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Maxsus ko‘rsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Chiqarilish shakli:

tabletkalar.

 

Ta‘rifi:

 sariq yoki yashil tusli sariq rangli faskali yassi silindrik tabletkalar.  

Tarkibi: 

har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi.

faol modda: drotaverin gidroxloridi – 40 mg;

yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, kartoshka kraxmali, talk, stearin kislotasi.

 

Farmakoterapevtik guruhi:

Sintetik spazmolitiklar. Papaverin hosilalari.

Qo‘llanilishi

-biliar tizimining kasalliklari: xolesistolitiaz, xolangiolitiaz, xolesistit, perixolesistit, xolangit, papillit bilan bog‘liq silliq mushaklarning spazmi;

-siydik- chiqarish yo‘llarining silliq mushaklarini spazmi: nefrolitiaz, uretrolitiaz, pielit, sistit, qovuqning tenezmlarida qo‘llaniladi.

Yordamchi davolash dori vositasi sifatida:

– quyidagi me‘da-ichak kasalliklari: me‘da va o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligi, gastrit, kardiya va privratnik sohalarining spazm, enterit, kolit, qabziyat va meteorizm bilan kechadigan spastik kolit bilan bog‘liq silliq mushaklarning spazmlarida;

– zo‘riqish oqibatidagi bosh og‘riqlarida;

– akusherlik va ginekologiyada: dismenoreyada qo‘llaniladi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga, kattalarga 40-80 mg (1-2 tabletka) dan sutkada 3 marta buyuriladi; 1-6 yoshlik bolalarga 10-20 mg li bir martalik dozada (1/4-1/2 tabletka) buyuriladi, maksimal sutkalik doza-120 mg (3 tabletka); 6 dan 12 yosh gacha bo‘lgan bolalarga –bir martalik doza-20 mg (1/2 tabletka), maksimal sutkalik doza-200 mg (5 tabletka) ni tashkil etadi. Buyurishlar soni sutkada- 2-3 marta.

Nojo‘ya ta‘siri

Turli nojo‘ya reaksiyalarni paydo bo‘lish tezligini baholashda quyidagi gradasiyalardan foydalanilgan: juda tez-tez->1/10, tez-tez-1/100 dan <1/10 gacha, ba‘zida-1/1000 dan <1/100 gacha, kam hollarda -1/10 000 dan <1/1000 gacha, juda kam hollarda -<1/10 000.

Me‘da ichak yo‘llari tomonidan: kam hollarda-ko‘ngil aynishi, qabziyat.

Nerv tizimi tomonidan: kam hollarda -bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyqusizlik.

Yurak qon-tomir tizimi tomonidan: kam hollarda- yurak urishini tezlashishi, arterial arterial qon bosimini pasayishi.

Immun tizimi tomonidan: kam hollarda- allergik reaksiyalar (Kvinke shishi, eshakemi, toshma, qichishish).

Nojo‘ya ta‘sirlar paydo bo‘lgan hollarda dori vositasini qabul qilishni bekor qilish kerak. Ilova-varaqada ta‘riflanmagan nojo‘ya samaralar paydo bo‘lgan hollarda, bu haqida davolovchi shifokorni xabardor qilish lozim.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

-dori vositasining faol moddasiga yoki har qanday yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlik;

-og‘ir jigar va buyrak yetishmovchiligi;

-og‘ir yurak yetishmovchiligi (yurakdan otilib chiqadigan qon hajmini pasayishi sindromi);

-6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Drotaverin levodopa bilan bir vaqtda qo‘llanganda uning parkinsonizmga qarshi samarasini susaytirishi mumkin.

 

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Dori vositasini gipotenziyada qo‘llash yuqori ehtiyotkorlikni talab etadi.

Drotaverin tabletkasi 53 mg laktoza saqlaydi. Tavsiya qilingan dozaga muvofiq qabul qilinganda har bir doza bilan 159 mg laktoza qabul qilinadi. Bu laktozani o‘zlashtiraolmaslik bilan xastalangan shaxslarda me‘da-ichak buzilishlarini chaqirishi mumkin. Ushbu dori shakli laktaza, tanqisligi, galaktozemiya yoki glyukoza/galaktozani so‘rilishini buzilishi bilan hastalangan bemorlar uchun to‘g‘ri kelmaydi.

Buyrak va jigar funksiyasini buzilishlari bo‘lgan shaxslarda qo‘llanilishi

Buyrak va jigar funksiyasini buzilishlari bo‘lgan shaxslarda qo‘llash taviya qilinmaydi.

Keksa yoshdagi pasientlar

Dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.

Bolalar

Bolalarda qa‘tiy ko‘rsatma bo‘yicha qo‘llash kerak, chunki bu guruh bemorlarda preparatni qo‘llanishi yetarli darajada o‘rganilmagan.

Homiladorlik va laktasiya

Drotaverinni homiladorlik davrida qo‘llash teratogen va embriotoksik ta‘sirlarga olib kelmaydi. Ammo homiladorlikda dori vositasi ehtiyotkorlik bilan buyurilishi zarur.

Kerakli klinik ma‘lumotlar yo‘qligi sababli, laktasiya davrida buyurish tavsiya qilinmaydi.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Bemorlarni bosh aylanishi paydo bo‘lganida ularni transportni va potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish kabi potensial xavfli harakatlardan saqlanishlari kerakligi to‘g‘risida xabardor qilish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: yurak ritmini va o‘tkazuvchanligini buzilishi, jumladan o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan Gis tutami oyoqchalarini to‘liq blokadasi va yurakni to‘xtab qolishi..

Davolash: pasient kuzatuv ostida bo‘lishi va simptomatik va samarani bir maromda ushlab turuvchi davolashni qabul qilishi kerak. Qusishni chaqirish va/yoki me‘dani yuvish tavsiya qilinadi.

Chiqarilish shakli

10 tabletkadan PVX plyonka va alyumin folgali kontur uyali o‘ramda. 2 kontur uyali o‘ram ilova-varaqa bilan karton qutida.

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan va namdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.