Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Дро-шпа ТАБЛЕТКА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Дро-шпа ТАБЛЕТКА 40мг №50

6 500 so'mdan
(2433)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Drotaverine hydrochloride
Ishlab chiqaruvchi
ДЕНТАФИЛ
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Спазмолитики
Dori tafsilotlari
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli: 
Ta‘rifi:
Farmakoterapevtik guruhi: 
Farmakologik xususiyatlari
Farmakokinetikasi
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozasi
Nojo‘ya ta‘sirlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Maxsus ko‘rsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi

Katta dozalarda bo‘lmacha – qorincha o‘tkazuvchanligini buzadi, yurak mushakning qo‘zg‘aluvchanligini pasaytiradi, yurak to‘xtashini va nafas markazining falajligini chaqirishi mumkin.

 
 
Chiqarilish shakli
Tabletkalar 40 mg dan. 10, 20, 50 va 100 tabletkalardan blisterlarda va flakonlarda.
 
Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 
Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Dori shakli: 

tabletkalar

faol modda: drotaverin gidroxlorid – 40 mg;

yordamchi moddalar: sut qandi, kartoshka kraxmali, magniy stearati, stearin kislotasi.

 

Ta‘rifi:

 yashil-sariq rangli, yassi yuzali, faskali tabletkalar. Biroz marmarlikga yo‘l qo‘yiladi.

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

Spazmolitik vosita.

Farmakologik xususiyatlari

Miotrop spazmolitik. Silliq mushak hujayralariga kalsiy ionlarining kirishini kamaytiradi (fosfodiesterazani susaytiradi, hujayra ichida sAMF ning to‘planishiga olib keladi). Ichki a‘zolarning silliq mushaklari tonusini va ichakning xarakat faolligini pasaytiradi, qon tomirlarini kengaytiradi. Vegetativ nerv tizimiga ta‘sir qilmaydi, markaziy nerv tizimiga o‘tmaydi.

Silliq mushaklarga bevosita ta‘sirining borligi, M-xolinoblokatorlar guruhiga mansub preparatlarni qo‘llash mumkin bo‘lmagan hollarda (yopiq burchakli glaukoma, glaukoma, prostata bezining giperplaziyasi) spazmolitik sifatida ishlatish imkonini beradi.

 

Farmakokinetikasi

Peroral qabul qilinganida so‘rilishi yuqori, yarim so‘rilish davri – 12 minut. Biokiraolishligi – 100%. To‘qimalar bo‘ylab bir tekis taqsimlanadi, silliq mushak hujayralariga kiradi. Qonda maksimal konsentrasiyaga erishish vaqti – 2 soat. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 95-98%. Asosan buyraklar orqali, kam darajada – safro bilan chiqariladi. Gematoensefalik to‘siq orqali o‘tmaydi.

 
Qo‘llanilishi

Surunkali gastroduodenitda, surunkali xolesistitda, o‘t-tosh kasalligida, postxolesistektomik sindromida, me‘da va 12 barmoq ichakning yara kasalligida, kardio- va pilorospazmda, spastik kolitda, silliq mushaklarni spazmi bilan bog‘liq og‘riq sindromi va funksional holatlarini oldini olish va davolash.

Periferik arterial tomirlar, bosh miya qon tomirlarining spazmi, buyrak – tosh kasalligi, algodismenorreya, bachadon qisqarishlarini kuchsizlantirish va tug‘riqlarda bachadon bo‘yni spazmini olish uchun, instrumental tekshirishlarni o‘tkazishda qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozasi

Kattalarga ichga 0,04-0,08 g dan sutkada 2-3 marta buyuriladi. 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga bir martalik dozada 0,01-0,02 g, 6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 0,02 g sutkada 1-2 marta buyuriladi.

 
Nojo‘ya ta‘sirlari

Bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyqusizlik, yurak urishi, arterial bosimni pasayishi, tezlashgan yurak urishi, qizish hissi, terlash, allergik teri reaksiyalari, me‘da-ichak buzilishlari (ko‘ngil aynishi, qabziyat) kuzatiladi.

 
 
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, yaqqol jigar, buyrak, yurak yetishmovchiligi, II–III darajali atrioventrikulyar blokada, kardiogen shok, arterial gipotenziyada qo‘llash mumkin emas.

Koronar arteriyalarning yaqqol aterosklerozi, prostata bezining giperplaziyasi, glaukomasi bo‘lgan pasientlarga, homiladorlik va laktasiya davrida ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.

 
Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Bir vaqtda qo‘llanganida levodopaning parkinsonizmga qarshi samarasini susaytirishi mumkin.

Papaverin, bendazol va boshqa spazmolitiklarning (shu jumladan M-xolinoblokatorlar) ta‘sirini, trisiklik antidepressantlar, xinidin va prokainamid chaqirgan arterial bosimning pasayishini kuchaytiradi.

Morfinning spazmogen faolligini kamaytiradi.

Fenobarbital drotaverin gidroxloridning spazmolitik ta‘sirining yaqqolligini oshiradi.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparat laktoza saqlaydi. Bu laktozani o‘zlashtiraolmaydigan shaxslarda me‘da-ichak shikoyatlarini chaqirishi mumkin. Ushbu shakli laktoza, galaktozani yoki glyukoza/galaktozani so‘rilishini buzilish sindromi bo‘lgan bemorlar uchun to‘g‘ri kelmaydi. Hayvonlardagi tadqiqotlari eksperimentlari va klinik ma‘lumotlarni retrospektiv tekshirishlari drotaverinni homiladorlik davrida qo‘llash teratogen va embriotoksik ta‘sirlarga olib kelmasligini ko‘rsatadi. Ammo preparatni afzalligi va xavfi nisbatini sinchiklab baholagandan keyin qo‘llash tavsiya qilinadi. Kerakli klinik ma‘lumotlarning yo‘qligi sababli laktasiya davrida buyurish tavsiya qilinmaydi. Terapevtik dozalarda ichga qabul qilinganda drotaverin avtomobilni boshqarish va diqqatni yuqori jamlashni talab qiluvchi ishlarni bajarish qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi. Bironta nojo‘ya ta‘sirlari paydo bo‘lganida transportni haydash va stanoklarda ishlash masalasini shaxsiy ko‘rib chiqish talab qilinadi.

Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash va uni yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatmaslik lozim.