Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Доцетаксел КОНЦЕНТРАЦИЯ

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Доцетаксел КОНЦЕНТРАЦИЯ ДЛЯ ИНФУЗИИ 80мг/2мл №1

280 000 so'mdan
(2934)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Docetaxel
Ishlab chiqaruvchi
Esperer Bioresearch Pvt Ltd
Chiqarilish shakli
КОНЦ Д/ИНФ
Farma. Guruh
Противоопухлевые препараты
Dori tafsilotlari
Farmakokinetikasi
Nojo'ya samaralari
Maxsus shartlar
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Farmakodinamikasi
Qo'llanilishi
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Maxsus saqlash sharoitlari
Dozirovkasi
Dozani oshirib yuborilishi
Farmakokinetikasi
Dotsetakselning farmakokinetikasi 1 faza tekshirishlarda preparatni tana yuzasiga
20-115 mg/m2 dozalarda qabul qilgan onkologik patsiyentlarda o'rganilgan.
577 bemorlar bo'yicha populyatsion farmakokinetik taxlil, dotsetakselning farmakokinetikasini patsiyentning yoshi va jinsiga bog'liq emasligini ko'rsatadi.
Modelda taьriflangan farmakokinetik parametrlar, tadqiqotlarning 1 fazasida davomida olingan natijalarga juda yaqin bo'lgan.
So'rilishi
Dotsetaksel tana yuzasiga 100 mg/m2 dozada bir soatlik vena ichiga infuziya yo'li bilan yuborilganidan keyin dotsetakselning qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasi
3,7 mkg/ml, farmakokinetik egri chiziq osti mayloni (AUC) esa - 4,6 soat∙mkg/ml ni tashkil qilgan.
Taqsimlanishi
Dotsetakselning farmakokinetik profili dozaga bog'liq emas va uch kamerali modelь bilan ta'riflanadi. Alьfa-, beta- va gamma fazada yarim chiqarilish davri muvofiq
4 minut, 36 minut va 11,1 soatni tashkil qiladi. Davomli terminal fazasi qisman dotsetakselni periferik kameradan nisbatan sekin ajralib chiqishi bilan bog'liq.
Dotsetakselning 96% dan ko'prog'i qon palazmasi oqsillari bilan bog'lanadi.Chiqarilishi
Umumiy klirensi va taqsimlanishining muvozanatli hajmini o'rtacha ko'rsatgichlari, muvofiq ravishda, 21 l/soat∙m2 va 113 l ni tashkil qildi. Umumiy klirensining ko'rsatgichlarini shaxsiy o'zgaruvchanligi taxminan 50% ni tashkil qilgan.
14S-dotsetakselni yuborish bilan o'tkazilgan tadqiqotlar uch nafar onkologik bemorda o'tkazilgan. Dotsetaksel tret-butil efir guruhini R450-fermenti yordamida oksidlanishli metabolizmidan keyin 7 kun davomida siydik va axlat bilan chiqarilgan. Siydik va axlat bilan chiqarilishi muvofiq, dozaning 6% va 75% ni tashkil qilgan. Axlatda aniqlangan radiofaollikning taxminan 80% 48 soat davomida asosiy nofaol metaboliti va uch ta ikkinchi darajali nofaol metabolitlari ko'rinishida chiqarilgan. Dotsetaksel o'zgarmagan ko'rinishda axlatda juda oz miqdorda aniqlangan.
Jigar faoliyatini yengil yoki o'rtacha buzilishlari (AST va ALT darajalari NYuCh 1,5 marta yuqori ishqoriy fosfotazaning faolligini NYuCh 2,5 martadan ko'proq oshishi bilan birga) bo'lgan bemorlarning katta bo'lmagan sonida (n=23) dotsetakselning umumiy klirensi o'rtacha ko'rsatgichlarda 27% ga past bo'lgan. Organizmda suyuqlikni yengil yoki o'rtacha tutilishi bo'lgan bemorlarda dotsetakselning klirensi o'rtachadan farq qilmaydi; suyuqlikni yaqqol tutilishi bo'lgan bemorlardagi preparatning klirensi bo'yicha ma'lumotlar yo'q.
Boshqa preparatlar bilan farmakokinetik o'zaro ta'siri
Majmuaviy ximioterapiyada dotsetaksel doksorubitsinning klirensiga va doksorubinolning (doksorubitsinning metaboliti) plazmadagi darajasiga ta'sir qilmaydi.
Dotsetaksel, doksorubitsin va siklofosfamidning farmakokinetik parametrlari ular bir vaqtda qo'llanganida o'zgarmaydi.
Kapetsitabin va dotsetakselni bir-birini farmakokinetikasiga o'zaro ta'siri o'rganilgan klinik tadqiqotning 1 fazasi, kapetsitabinni dotsetakselning farmakokinetikasiga ta'siri yo'qligini (Cmax va AUC ga qaraganda) va dotsetakselni kapetsetabinning metaboliti 5'-DFUR ga ta'siri yo'qligini ko'rsatadi.
Sisplatin bilan majmuaviy davolashda dotsetakselning klirensi dotsetaksel bilan monoterapiyadagi bilan bir hil bo'lgan. Sisplatin dotsetakseldan keyin tezda yuborilganida, uning farmakokinetik profili sisplatin bilan monoterapiyadagi bilan bir xil bo'lgan.
Katta o'smalari bo'lgan 12 bemorlardagi tadqiqot, dotsetaksel, sisplatin va 5-ftoruratsilni bunday majmuaviy ximioterapiyada bir-birining farmakokinetikasiga o'zaro ta'siri aniqlanmagan.
Deksametazon bilan standart premedikatsiya olgan 42 bemorlarda prednizonni dotsetakselning farmakokinetikasiga ta'sirini tekshirilgan, dotsetakselning farmakokinetikasini o'zgarishlari aniqlanmagan.
 
Nojo'ya samaralari
Nojo'ya samaralar uchrash tez-tezligiga qarab, quyidagi guruhlarga bo'lingan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 - <1/10), tez-tez emas (≥1/1000 - <1/100), kam hollarda (≥1/10000 - <1/1000) va juda kam hollarda (<1/10000).
Dotsetaksel bilan davolashda ko'proq quyidagi nojo'ya samaralar: neytropeniya (qaytuvchi va nokumulyativ; neytrofillar soni o'rtacha 7-nchi kunida minimumgacha pasayadi, og'ir neytropeniyaning (<500 hujayra/mm3) o'rtacha davomiyligi 7 kunni tashkil qiladi), anemiya, alopetsiya, ko'ngil aynishi, qusish, stomatit, diareya va asteniya aniqlanadi. Nojo'ya reaktsiyalarning og'irligi dotsetaksel boshqa ximioterapevtik vositalar bilan majmuada buyurilganida oshishi mumkin.
Keyinchalik dotsetaksel trastuzumab bilan qo'shilgan kimyoterpiyada aniqlangan ≥10% tez-tezlikdagi nojo'ya samaralar (hamma og'irlik darajalari) haqidagi ma'lumotlar keltirilgan. Dotsetaksel bilan monoterapaiyaga nisbatan, dotsetaksel va trastuzumab bilan majmuaviy kimyoterapiyada ko'proq jiddiy nojo'ya reaktsiyalar (31% bilan solishtirganda 40%) va og'irligi 4 darajali (23% bilan solishtirganda 34%) nohush reaktsiyalar aniqlangan.
Keyinchalik antratsiklinlar bilan oldingi davolashga rezistent sut bezining raki bo'lgan bemorlarda dotsetaksel kapetsitabin bilan qo'shilgan kimyoterapiyada klinik tadqiqotlarning III fazasida aniqlangan eng ko'p (≥5%) nojo'ya samaralari haqida ma'lumotlar keltirilgan.
Dotsetaksel bilan davolashda ko'proq quyidagi nojo'ya samaralari aniqlanadi:



Nerv tizimi tomonidan
Og'ir periferik neyrotoksik samaralar rivojlanganida dotsetakselning dozasini pasaytirish kerak. Kuchsiz va o'rtacha neyrosensor buzilishlar paresteziya, dizesteziya, shuningdek og'riq va achishish bilan namoyon bo'ladi.
Neyromotor buzilishlar asosan kuchsizlik bilan namoyon bo'ladi.
Teri va teri osti to'qimalari tomonidan
Dotsetaksel bilan davolash davrida, odatda og'irligi kuchsiz yoki o'rtacha, qaytuvchi teri reaktsiyalari aniqlanadi. Teri reaktsiyalari ko'proq toshmalar, xususan qo'l-oyoq kaftlari terisining lokal eritemasi (shu jumladan og'ir qo'l-oyoq kaftlari sindromi) bilan nomoyon bo'ladi, lekin ba'zida toshmalar bilaklar, yuz va ko'krakda ham aniqlanadi. Ko'pincha ular qichishish bilan kechadi. Odatda toshmalar dotsetaksel yuborilganidan keyin bir hafta davomida yo'qoladi. Lekin ba'zida og'ir simptomlar, xususan, keyingi deskvamatsiya bilan toshmalar rivojlanadi, ular kam hollarda dotsetaksel bilan davolashni to'xtatib turish yoki butunlay to'xtatishga olib keladi. Tirnoqlardagi og'ir o'zgarishlar odatda gipo- yoki giperpigmentatsiya, ayrim hollarda esa og'riq va onixoliz bilan namoyon bo'ladi.
Umumiy xarakterga ega samaralar va mahalliy reaktsiyalar
Dotsetakselni yuborish joyidagi reaktsiyalar odatda kuchsiz va giperpigmentatsiya, yallig'lanish, terini qizarishi yoki qurishi, flebit yoki ekstravazatsiya va venalarning shishi bilan namoyon bo'ladi. Organizmda suyuqlikni tutilishi periferik shishlar yoki, kamroq plevral yoki perikardial suyuqlik, astsit va tana vaznini oshishi bilan namoyon bo'ladi. Periferik shishlarni rivojlanishi odatda oyoqlardan boshlanadi va tana vaznini 3 kg va ko'proqqa oshishi bilan yoyilgan shaklga o'tishi mumkin. Organizmda suyuqlikni tutilishi, bu nojo'ya samaraning tez-tezligi va og'irligi jihatidan kumulyativ xarakterga ega bo'ladi.
Immun tizimi tomonidan
O'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalarining og'irligi odatda kuchsiz o'rtacha va dotsetakselni yuborish boshlanganidan keyin bir necha minut davomida rivojlanadi. Ko'pincha giperemiya va toshmalar (qichishish bilan yoki usiz), ko'krakda og'irlik, orqada og'riq, hansirash, isitma, etni uvishishi kabi simptomlar aniqlanadi. Ba'zida arterial bosimni pasayishi va/yoki bronxospazm yoki yoyilgan toshma/eritema bilan xarakterlanuvchi og'ir reaktsiyalar kuzatiladi.
Yurak tizimi tomonidan
Miokard infarktining kam hollari haqida xabar berilgan.
Qon tizimi va limfatik tizimi tomonidan
Suyak ko'migi faoliyatini susayishi va gematologik xarakterli boshqa nojo'ya samaralar haqida xabar berilgan. Ko'pincha sepsis yoki ko'p a'zoli yetishmovchilik bilan kechuvchi disseminirlangan tomir ichki qonni ivishi (DVS-sindrom) haqida xabar berilgan.
Nerv tizimi tomonidan
Dotsetaksel buyurilganida tirishishlar yoki ongni tranzitor yo'qotishni kam hollari haqida xabar berilgan. Bunday reaktsiyalar ba'zida preparatni infuziyasi jarayonida kuzatiladi.
Ko'rish a'zosi tomonidan
Odatda preparatni infuziyasi jarayonida yoki o'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalar rivojlanganida, ko'rishni tranzitor buzilishini (yorug'likni chaqnashi, yorug'likni ko'rinib ko'rinmasligi, skotoma) juda kam hollari haqida xabar berilgan. Bu samaralar preparatni yuborish tugaganidan keyin qaytuvchi bo'lgan. Kon'yunktivitni rivojlanishi bilan yoki usiz ko'z yoshi ajralishini oshishini, shuningdek ko'z yoshini ko'p ajralishi natijasida ko'z yoshi yo'llarining obstruktsiyasini kam hollari haqida xabar berilgan.
Eshitish tizimi tomonidan va labirintli buzilishlar
Ototoksiklikni, eshitishni buzilishi va/yoki yo'qolishini kam hollari haqida xabar berilgan.
Nafas tizimi, ko'krak qafasi va ko'ks oralig'i a'zolari tomonidan
O'tkir respirator distress-sindrom, interstitsial pnevmoniya va o'pka fibrozi rivojlanishining kam hollari haqida xabar berilgan. Yondosh ravishda nur bilan davolanayotgan patsiyentlarda, kam hollarda nurli pnevmonit rivojlanishi aniqlangan.
Me'da-ichak yo'llari tomonidan
Me'da-ichak yo'llari tomonidan nojo'ya samaralari, xususan MIY perforatsiyasi, ishemik kolit, kolit va neytropenik enterokolit oqibatidagi degidratatsiyaning kam hollari haqida xabar berilgan. Ichak tutilishi va ichak obstruktsiyasining kam hollari haqida xabar berilgan.
Teri va teri osti to'qimalari tomonidan
Tizimli qizil yugurik va bullyoz reaktsiyalar (ko'p shaklli eritema, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz) rivojlanishini juda kam hollari haqida xabar berilgan. Ayrim hollarda bu samaralarning rivojlanishiga qo'shimcha omillar yordam bergan. Sklerodermiyasimon o'zgarishlarni rivojlanishi oldidan odatda periferik limfatik shishlar bo'lishini juda kam hollari haqida xabar berilgan.
Xavfsiz va xavfli o'smalar (shu jumladan kistalar va poliplar)
Dotsetakselni boshqa kimyopreparatlar va/yoki nur bilan davolash bilan birga olgan bemorlarda o'tkir miyeloid leykoz va miyelodisplastik sindrom rivojlanishini juda
kam hollari haqida xabar berilgan.
Qon tomir tizimi tomonidan
Kam venoz tromboembolik holatlar haqida xabar berilgan.
Umumiy xarakterli samaralar va mahalliy reaktsiyalar
Dotsetaksel bilan kimyoterapiyada nurli terapiyaning nojo'ya samaralarining qaytarilishining kam hollari haqida xabar berilgan. Oliguriyaning o'tkir epizodlari yoki gipertenziya bilan kechuvchi organizmda suyuqlikni tutilishi haqida xabar berilgan. Degidratatsiya va o'pka shishini rivojlanishining kam hollari haqida xabar berilgan.
Immun tizimi tomonidan
Anafilaktik shokni, shu jumladan o'lim bilan yakunlangan shokni, rivojlanishining bir necha hollari haqida xabar berilgan.
Gepatobiliar tizimi tomonidan
Gepatitni, shu jumladan o'lim bilan yakunlangan gepatitni (asosan jigar kasalliklari bo'lgan patsiyentlarda) rivojlanishining juda kam hollari haqida xabar berilgan.
 
Maxsus shartlar
Ko'krak bezining raki va o'pkaning mayda hujayrali bo'lmagan rakida kortikosteroidlar bilan premedikatsiya (qarshi ko'rsatmalar bo'lmaganida), masalan, deksametazon bilan sutkada 16 mg (8 mg dan sutkada 2 marta) dozada 3 kun davomida, dotsetakselni yuborishdan bir kun oldin boshlab, organizmda suyuqlikni tutilishini tez-tezligi va og'irligini, shuningdek o'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalarining og'irligini pasaytirish imkoniyatini beradi. Prostata bezining raki bo'lgan bemorlarda dotsetakselni yuborishdan 12 soat, 3 soat va 1 soat oldin 8 mg dozada deksametazon bilan peroral premedikatsiya o'tkazish tavsiya qilinadi.
Keksalik yoshi
70 yoshdan oshgan bemorlarda dotsetaksel, doksorubitsin va siklofosfamid bilan majmuaviy davolash bo'yicha ma'lumotlar yo'q.
Klinik tadqiqotlar davomida har 3 haftada dotsetaksel olgan, prostata bezining raki bo'lgan 333 bemorlar orasida, 209 nafari 65 yosh va undan katta, 68 nafari esa - 75 yosh va undan katta bo'lgan. 65 yoshdan oshgan bemorlarda tirnoqlarida o'zgarishlar rivojlanishini tez-tezligi, yoshroq patsiyentlardagi muvofiq ko'rsatgichlardan 10% dan ko'proqqa yuqori bo'lgan.
Davolash bilan bog'liq bo'lgan isitma, diareya, anoreksiya va periferik shishlarning rivojlanish tez-tezlik hollari 75 yoshdan katta bemorlarda, 65 yoshdan kichik patsiyentlardagi muvofiq ko'rsatgichlardan 10% dan ko'proqqa yuqori bo'lgan.
Dotsetakselni sisplatin va 5-ftoruratsil bilan majmuada olgan me'da raki bo'lgan 300 bemorlar (221 patsiyentlar klinik tadqiqotlarning III fazasida va 79 patsiyentlar tadqiqotning II fazasida) orasida, 74 nafari 65 yosh va katta, 4 nafari esa 75 yoshdan katta bo'lgan. Jiddiy nojo'ya reaktsiyalar rivojlanishini tez-tezligi katta yoshli bemorlar orasida yuqori bo'lgan. Tormozlanish, stomatit, neytropenik infektsiyalar kabi nojo'ya samaralarning (og'irligining barcha darajasidagi) tez-tezligi 65 yoshdan oshgan bemorlarda yoshroq patsiyentlardagi muvofiq ko'rsatgichlardan 10% dan ko'proqqa yuqori bo'lgan. Dotsetaksel, sisplatin va 5-ftoruratsil bilan majmuaviy davolash olayotgan keksa patsiyentlar sinchkov kuzatuv ostida bo'lishlari kerak.
Alohida ehtiyotkorliklar
Dotsetaksel-Naprod 27% (massa bo'yicha ) 96% li etanol (alkogolь) saqlaydi, ya'ni o'rtacha doza (160 mg dotsetaksel) 4100 mg alkogolь saqlaydi, bu 100 ml dan kamroq pivoga ekvivalentdir.
Buni preparatni alkogolni iste'mol qilish mumkin bo'lmagan shaxslar - alkogolizmi bo'lgan bemorlar, homiladorlar yoki emizikli ayollar, bolalar, yuqori xavf guruhi patsiyentlariga, xususan jigar kasalliklari yoki nevrologik kasalliklari (masalan, tutqanog'i) bo'lgan shaxslarga buyurishda hisobga olish kerak.
Bu tibbiy preparatda saqlanuvchi miqdorda etanol, boshqa dori vositalarining ta'sirini o'zgartirishi mumkin.
Homiladorlik va laktatsiya
Homiladorlik davrida dotsetakselni qo'llash bo'yicha ma'lumotlar yo'q. Dotsetakselni quyonlar va kalamushlarda embriotoksik va fetotoksik ta'siri, shuningdek kalamushlarda fertillikni pasaytirishi ko'rsatilgan. Boshqa sitotoksik preparatlar kabi dotsetaksel, ham homiladorlik davrida qo'llanganida homilaga zarar yetkazishi mumkin, shuning uchun dotsetakselni homiladorlarga buyurish mumkin emas.
Dotsetaksel olayotgan tug'ruq yoshidagi ayollarga homilador bo'lib qolishdan saqlanish tavsiya etiladi, homilador bo'lib qolganda esa, darhol bu haqida davolovchi shifokorga xabar berish kerak.
Dotsetaksel lipofil modda xisoblanadi, lekin uni ko'krak suti bilan chiqarilishi noma'lum. Emizikli bolalarda noxush nojo'ya reaktsiyalar rivojlanishi mumkinligi tufayli, dotsetaksel bilan davolanish vaqtida emizishni to'xtatish kerak.

Avtotransport va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Dotsetaksel-Naprod 27% (massa bo'yicha) 96% li etanol (alkogolь) saqlaydi, ya'ni o'rtacha doza (160 mg dotsetaksel) 41000 mg alkogol saqlaydi, bu 100 ml dan kamroq pivoga ekvivalentdir.
Bu tibbiy preparatda saqlanuvchi miqdorda etanol, avtotransportni boshqarish va boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va o'ramda ko'rsatilgan yaroqlilik muddati o'tgach ishlatilmasin.
 
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Preparatni xar bir martalik 20 mg/80 mg/120 mg quyidagilarni saklaydi:
faol modda: dotsetakselga - 20 mg/80 mg/120 mg;
yordamchi moddalar: polisorbat 80, suvsiz limon kislotasi
 
 
Farmakodinamikasi
Dotsetaksel antineoplastik modda bo'lib, tubulindan barqaror mikronaychalarni hosil bo'lishiga yordam berib, ularning parchalanishini susayishiga va erkin tubulinning kontsentratsiyasini yaqqol pasayishiga olib keladi. Dotsetakselni mikronaychalar bilan bog'lanishi protofilamentlarning miqdoriga ta'sir qilmaydi.
In vitro sharoitdagi tadqiqotlar dotsetakselni hujayralardagi mikronaychalar to'rini shikastlashini va shunday qilib interfaza bosqichlarida va mitozda hujayra faoliyatini buzishini ko'rsatdi.
In vitro sharoitdagi tadqiqotlarga ko'ra dotsetaksel sichqonlar va odamning turli o'sma hujayralariga, shuningdek klonogen taxlillarda odamning yangi ajratib olingan o'sma hujayralariga sitotoksik ta'sir ko'rsatar ekan.
Dotsetakselning hujayra ichidagi kontsentratsiyalari yuqori darajalarga yetadi va uzoq vaqt davomida saqlanadi. Bundan tashqari dotsetaksel garchi hammasiga bo'lmasa ham ayrimlariga ko'psonli chidamlilik geni bilan kodlanuvchi r-glikoproteinni yuqori ekspressiyasi bo'lgan, hujayra liniyalariga nisbatan faol bo'lgan. In vivo sharoitda dotsetaksel sichqonlarning tarqalgan o'smalariga va odamni ko'chirib o'tkazilgan o'smalariga nisbatan qo'llash sxemasidan qatiy nazar o'smalarga qarshi keng faollik doirasiga ega ekan.
 
Qo'llanilishi
Sut bezining raki
Dotsetaksel-Naprod doksorubitsin va siklofosfamid bilan majmuada limfa tugunlarini shikastlanishi bilan kechuvchi operatsiya qilsa bo'ladigan sut bezi raki bo'lgan bemorlarni ad'yuvant davolash uchun qo'llanadi.
Dotsetaksel-Naprod doksorubitsin bilan majmuada sut bezining mahalliy-tarqalgan yoki metastatik raki bo'lgan, ilgari bu holati bo'yicha sitotoksik ximioterapiya olmagan bemorlarni davolash uchun qo'llanadi.
Dotsetaksel-Naprod monoterapiya ko'rinishida sut bezining mahalliy-tarqalgan yoki metastatik raki bo'lgan bemorlarni, antratsiklinlar yoki alkillovchi preparatlarni o'z ichiga olgan oldingi sitotoksik ximioterapiya samarali bo'lmagan hollarda davolash uchun qo'llanadi.
Dotsetaksel-Naprod trastuzumab bilan majmuada metastazlar yuzasidan ilgari kimyoterapiya olmagan, HER – 2 onkogeni ekspressiyasi yuqori bo'lgan sut bezining metastatik raki bilan xastalangan bemorlarni davolash uchun qo'llanadi.
Dotsetaksel-Naprod kapetsitabin bilan majmuada sut bezining mahalliy-tarqalgan yoki metastatik raki bo'lgan bemorlarni, antratsiklinlarni o'z ichiga olgan oldingi sitotoksik ximioterapiya samarali bo'lmagan hollarda davolash uchun qo'llanadi.
O'pkaning mayda hujayrali bo'lmagan raki
Dotsetaksel-Naprod o'pkaning mahalliy-tarqalgan yoki metastatik mayda hujayrali bo'lmagan raki bo'lgan bemorlarni, oldingi ximioterapiya samarali bo'lmagan hollarda davolash uchun qo'llanadi.
Dotsetaksel-Naprod sisplatin bilan majmuada o'pkaning rezektsiya qilib bo'lmaydigan, mahalliy-tarqalgan yoki metastatik mayda hujayrali bo'lmagan raki bo'lgan, bu holati bo'yicha ilgari ximioterapiya olmagan bemorlarni davolash uchun qo'llanadi.
Prostata bezining raki
Dotsetaksel-Naprod prednizon yoki prednizolon bilan majmuada prostata bezining gormon-refrakter metastatik raki bo'lgan bemorlarni davolash uchun qo'llanadi.
Me'da adenokartsinomasi
Dotsetaksel-Naprod sisplatin va 5-ftoruratsil bilan majmuada me'daning metastatik adenokartsinomasi, shu jumladan gastroezofagal birikmaning adenokartsinomasi bo'lgan, ilgari metastazlar bo'yicha ximioterapiya olmagan bemorlarni davolash uchun qo'llanadi.
Bosh va bo'yin raki
Dotsetaksel-Naprod sisplatin va 5-ftoruratsil bilan majmuada bosh va bo'yinning mahalliy-tarqalgan yassi hujayrali kartsinomasi bo'lgan bemorlarni induktsion davolash uchun qo'llanadi.
 
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Faol substantsiya yoki preparatning boshqa ingrediyentlariga yuqori sezuvchanlik.
Neytrofillarning dastlabki soni ≤1500 hujayra/mm3.
Homiladorlik va emizish davri.
Og'ir jigar yetishmovchiligi.
Majmuaviy kimyoterapiyada boshqa dori preparatlarini qo'llashga qarshi ko'rsatmalarni hisobga olish kerak.
 
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
In vitro sharoitdagi tadqiqotlar sitoxrom R450-3A tizimi fermentlarini induktsiyalovchi yoki ingibitsiya qiluvchi, shuningdek ularning ishtirokida metabolizmga uchraydigan preparatlar yondosh ravishda qabul qilinganida dotsetakselning metabolizmi o'zgarishi mumkinligini ko'rsatdi (bunda fermentni raqobatli ingibitsiya qilinishi yuz berishi mumkin. Shuning uchun siklosporin, terfenadin, ketokonazol, eritromitsin va troleandomitsin kabi preparatlar birga buyurilganida, ahamiyatli o'zaro ta'sir bo'lishi mumkinligini hisobga olib, ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Dotsetaksel qon plazmasi oqsillari bilan yaxshi (>95%) bog'lanadi. Garchi formal dotsetakselni in vivo sharoitda boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'sirining tadqiqotlari o'tkazilmagan bo'lsada, in vitro sharoitdagi tadqiqotlar oqsillar bilan yuqori darajada bog'lanuvchi moddalar (eritromitsin, difengidramin, propranolol, propafenon, fenitoin, salitsilatlar, sulьfametoksazol va natriy valьproati kabilar) dotsetakselni qon plazmasi oqsillari bilan bog'lanishiga ta'sir qilmaydi. Deksametazon ham dotsetakselni oqsillar bilan bog'lanishiga ta'sir qilmaydi. Dotsetaksel digoksinni qon plazmasi oqsillari bilan bog'lanishiga ta'sir qilmaydi.
Dotsetaksel, doksorubitsin va siklofosfamidning farmakokinetikasi, bu preparatlar bir vaqtda buyurilganida o'zgarmaydi. Dotsetaksel va karboplatin orasidagi o'zaro ta'siridan dalolat beruvchi yakka nazorat qilinmaydigan klinik tekshirishlar davomida olingan cheklangan ma'lumotlar bor. Dotsetaksel bilan majmuaviy davolashda karboplatinning klirensi, karboplatin bilan monoterapiyadagi ilgari olingan ko'rsatgichlarga qaraganda taxminan 50% ga yuqori bo'lgan.
Dotsetakselni prednizon ishtirokidagi farmakokinetikasi prostata bezining metastatik raki bo'lgan bemorlarda o'rganilgan. Dotsetaksel CYP3A4 izofermenti ishtirokida metabolizmga uchraydi, prednizon esa, ma'lumki CYP3A4 ning induktori xisoblanadi. Lekin prednizonni dotsetakselning farmakokinetikasiga statistik ahamiyatli ta'siri aniqlanmagan.
Dotsetakselni CYP3A4 izofermentining kuchli ingibitorlarini, xususan proteaza ingibitorlarini (masalan, ritonavir), azol guruhi zamburug'larga qarshi vositalarni (masalan, ketokonazol yoki itrakonazol) bir vaqtda olayotgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. O'zaro ta'sirni o'rganish bo'yicha tadqiqotlar, majmuaviy qo'llanganida ketokonazol dotsetakselning klirensini yarmiga pasaytirishini ko'rsatadi, bu ehtimol dotsetakselni CYP3A4 izofermenti ishtiroida metabolizmga uchrashi (bu asosiy yoki yakka metabolik yo'li) oqibatida yuz berishi mumkin. Shuning uchun xatto pasaytirilgan dozalarda ham dotsetakselning o'zlashtirilishi yomonlashishi mumkin.

Nomutanosiblik
Boshqa dori preparatlari bilan aralashtirish mumkin emas.

Yuborish yo'li
Dotsetaksel-Naprod faqat vena ichiga yuborish uchun mo'ljallangan.
Antineoplastik preparatlar bilan xavfsiz muomala qilish bo'yicha yo'riqnomalar
Homilador tibbiy xodimlar preparat bilan ishlamasliklari kerak.
Preparat bilan hamma muolajalarni maxsus ajratilgan xonada bajarish kerak. Bu ish bilan tayyorlangan xodimlar shug'ullanishlari kerak. Ishchi yuzalar orqa tomonidan ximoya plyonka bilan qoplangan so'rib oluvchi bir martalik qog'oz bilan yopilgan bo'lishi kerak.
Himoya qiyimdan (bir martalik qo'lqoplar, niqoblar, ko'zoynaklar, xalatlar va qalpoqchalardan) foydalanish kerak. Dotsetakselning eritmalarini teri va shilliq qavatlarga tushishini oldini olish uchun barcha choralarni ko'rish kerak. Agar bu yuz bersa, shikastlangan joyni sovunli suv bilan yaxshilab yuvish kerak. Preparat ko'zga tushganida, u darhol katta miqdordagi suv bilan yuviladi.
Barcha shpritslar va infuzion tizimlar “Luyer-Lok turi ulanuvchi bo'lishlari kerak. Bosimni minimallashtirish va preparatni changlanish xavfini pasaytirish uchun katta diametrli ignalarni ishlatish tavsiya qilinadi Shu maqsadda ventilyatsion ignalarni ishlatish tavsiya qilinadi.
Preparatning qoldiqlari va infuziya uchun eritmalarni tayyorlash va yubrishda, shuningdek yig'ishtirishda dotsetaksel eritmalari bilan kontaktda bo'lgan barcha instrumentlar va materiallar, xavfli chiqindilar uchun maxsus yuqori mustahkam qopchalarga, o'tkir predmetlar esa (ignalar, shpritslar, flakonlar va boshq.) - to'g'ri keluvchi qattiq konteynerlarga joylanishi va tasdiqlangan sitotoksik moddalarning chiqindilarini utilizatsiya qilish muolajasiga muvofiq yo'qotilishi kerak. Chiqindilarni yig'ish va utilizatsiyasi bilan aloqador xodimlar, ularning xavfi to'g'risida ogoxlantirilgan bo'lishlari kerak.
 
Maxsus saqlash sharoitlari
20 mg 5 ml dan /80 mg 10 ml dan /120 mg 10 ml dan rangsiz shisha flakonda.
Xar bir flakon erituvchini flkoni bilan – 13% li 1,5 ml / 13% li 6 ml/ 13% li 9 ml etil spirti eritmasi, tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Saqlash sharoiti
2ºdan 8ºS gacha bo'lgan xaroratda, quruq, yorug'likdan ximoyalangan joyda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Yaroqlilik muddati o'tgach qo'llanilmasin.
 
Dozirovkasi
Dotsetaksel bilan davolash shifokor-onkolog nazorati ostida ixtisoslashtirilgan statsionar sharoitlarida amalga oshirilishi kerak.

 

Sut bezi rakida, o'pkaning mayda hujayrali bo'lmagan rakida, me'da rakida, shuningdek bosh va bo'yin rakida qarshi ko'rsatmalar bo'lmaganida kortikosteroidlar, masalan, sutkada 16 mg (8 mg dan sutkada 2 marta) deksometazon bilan 3 kun davomida, dotsetakselni yuborishdan 1 kun oldin boshlab, peroral premedikatsiya o'tkazilishi mumkin. Gematologik toksiklikni oldini olish maqsadida granulotsitar koloniyestimullovchi omil (G-KSF) qo'llanishi mumkin.

Prednizon yoki prednizolon bilan yo'ldosh davolash olayotgan prostata bezi raki bo'lgan bemorlarda 8 mg doza deksometazon bilan dotsetakselni yuborishdan 12 soat, 3 soat va 1 soat oldin peroral premedikatsiyani o'tkazish tavsiya etiladi.

Dotsetaksel Naprodbir soatlik vena ichiga infuziya yo'li bilan har 3 haftada yuboriladi.

Perivenoz ekstravazatsiyani oldini olish uchun qoralarni ko'rish kerak.

Tavsiya qilingan dozalari

Sut bezining raki

Limfa tugunlarini shikastlanishi bilan kechuvchi operatsiya qilsa bo'ladigin sut bezi rakini ad'yuvant davolashda Dotsetaksel-Naprodni tana yuzasiga 75 mg/m2 dozada, tana yuzasiga 50 mg/m2 dozada doksorubitsin va 500 mg/m2 dozada siklofosfamid yuborilganidan keyin 1 soat o'tgach yuborish tavsiya etiladi. Davolash kurslari 3 haftalik davriylik bilan takrorlanadi, hammasi bo'lib 6 kurs o'tkaziladi (shuningdek davolash jarayonida dozalarga tuzatish kiritish bo'yicha tavsiyalarga qarang).

Sut bezining mahalliy-tarqalgan yoki metastatik rakini monoterapiyasida Dotsetaksel- Naprod tana yuzasiga 100 mg/m2 dozada yuborish tavsiya etiladi.

Sut bezining mahalliy tarqalgan yoki metastatik rakini davolashni birinchi yo'nalishida Dotsetaksel-Naprod tana yuzasiga 75 mg/m2 dozada tana yuzasiga 50 mg/m2 dozada doksarubitsin bilan majmuada qo'llanadi.

Trastuzumab bilan majmuada Dotsetaksel-Naprodni tana yuzasiga 100 mg/m2 dozada har 3 haftada, trastuzumabni esa har haftada yuborish tavsiya etiladi. Asosiy klinik tadqiqotlar davomida dotsetakselning birinchi infuziyasi trastuzumabning birinchi dozasi yuborilganidan keyinni kunda o'tkazilgan. Keyinchalik dotsetaksel trastuzumabning oldingi dozasini yaxshi o'zlashtirilishi sharoitida, trastuzumabning infuziyasi tugashi bilanoq yuborilgan. Trastuzumabning dozalari va yuborish usuli bo'yicha tavsiyalar preparatni qo'llash bo'yicha tegishli yo'riqnomada keltirilgan.

Kapetsitabin bilan majmuada Dotsetaksel-Naprod tana yuzasiga 75 mg/m2 dozada har 3 haftada, kapetsitabinni esa - tana yuzasiga 1250 mg/m2 dozada sutkada ikki marta (ovqat qabul qilgandan keyin 30 minut o'tgach) keyingi bir haftalik tanaffus bilan ikki hafta davomida yuborish tavsiya etiladi. Patsiyentning tana yuzasi maydonini hisobiga olgan holda kapetsitabinning dozalarini xisoblash bo'yicha tavsiyalar kapetsitabinni qo'llash bo'yicha yo'riqnomasida keltirilgan.

O'pkaning mayda hujayrali bo'lmagan raki

O'pkaning mayda hujayrali bo'lmagan raki ximioterapiyasini birinchi qatorida Dotsetaksel-Naprodni tana yuzasiga 75 mg/m2dozada yuborish tavsiya etiladi, shundan keyin darhol sisplatin tana yuzasiga 75 mg/m2 dozada 30-60 minut davomiylikdagi vena ichiga infuziya yo'li bilan yuboriladi.

Platina preparatlari bilan oldingi ximioterapiyaning samarasizligi holida Dotsetaksel-Naprod tana yuzasiga 75 mg/m2 dozada monoterapiya ko'rinishida qo'llanadi.

Prostata bezining raki

Dotsetaksel-Naprodni tana yuzasiga 75 mg/m2 dozada peroral 5 mg dan sutkada 2 marta davomli prednizon yoki prednizolon bilan majmuada qo'llash tavsiya etiladi.

Me'da adenokartsinomasi

Dotsetaksel-Naprodni tana yuzasiga 75 mg/m2 dozada 1 soat davomidagi vena ichiga infuziya yo'li bilan yuborish tavsiya etiladi, shundan keyin sisplatin tana yuzasiga 75 mg/m2 dozada 1-3 soat davomiylikdagi vena ichiga infuziya yo'li bilan (ikkala preparat kursni birinchi kuni yuboriladi), so'ngra esa sisplatinning infuziyasi tugaganidan vaqtdan boshlab, 5-ftoruratsil sutkada tana yuzasiga 750 mg/m2 dozada 24-soatlik uzluksiz infuziya yo'li bilan 5 sutka davomida yuboriladi. Davolash kursi 3 hafta davriylik bilan takrorlanadi. Sisplatinni yuborish bilan bog'liq bo'lgan antiemetik vositalar bilan premedikatsiya va muvofiq gidratatsiyani o'tkazish kerak. Gematologik toksiklikni oldini olish maqsadida G-KSF ni qo'llash kerak (shuningdek davolash jarayonida dozalarni to'g'rilash bo'yicha tavsiyalarga qarang).

Bosh va bo'yin raki

Antiemetik vositalar bilan premedikatsiyani va muvofiq gidratatsiyani o'tkazish kerak (tsisplatinni yuborishdan oldin va keyin). Gematologik toksiklikni oldini olish maqsadida G-KSF ni qo'llash mumkin. Dotsetakselni olayotgan barcha patsiyentlar TAX 323 va TAX 324 tekshirishlar davomida antibiotikoprofilaktikani olganlar.

Keyingi nurli davolash bilan induktsion ximioterapiya (TAX 323 sxemasi)

Bosh va bo'yinning operatsiya qilib bo'lmaydigan mahalliy-tarqalgan yassi hujayrali kartsinomasini induktsion davolashda Dotsetaksel-Naprodni tana yuzasiga 75 mg/m2 dozada 1 soat davomidagi vena ichiga infuziya yo'li bilan yuborish tavsiya etiladi, shundan keyin sisplatin tana yuzasiga 75 mg/m2 dozada 1 soat davomiylikda vena ichiga infuziya yo'li bilan yuboriladi (ikkala preparat kursni birinchi kuni yuboriladi), so'ngra esa 5-ftoruratsil sutkada tana yuzasiga 750 mg/m2 dozada 24-soatlik uzluksiz infuziya yo'li bilan davomida 5 sutka yuboriladi. Hammasi bo'lib davriyligi 3 hafta bo'lgan 4 davolash kursi o'tkaziladi. Ximioterapiya tugaganidan keyin patsiyentlarda nur bilan davolash o'tkaziladi.

 

Keyingi nur bilan davolash bilan induktsion kimyo va nur bilan davolash (TAX 324 sxemasi)

Bosh va bo'yinning texnik rezektsiya qilib bo'lmaydigan (a'zoni saqlab qolish maqsadida jarrohlik yo'li bilan tuzalishning ehtimoli past bo'lgan) mahalliy tarqalgan yassi hujayrali kartsinomasini induktsion davolashda Dotsetaksel-Naprodni tana yuzasiga

75 mg/m2 dozada 1 soat davomidagi vena ichiga infuziya yo'li bilan yuborish tavsiya etiladi, shundan keyin sisplatin tana yuzasiga 100 mg/m2 dozada 30 minutdan 3 soat davomiylikda vena ichiga infuziya yo'li bilan yuboriladi, so'ngra esa 5-ftoruratsil sutkada tana yuzasiga 1000 mg/m2 dozada birinchi to'rt kunlari 24 soatlik uzluksiz infuziya yo'li bilan yuboriladi. Hammasi bo'lib davriyligi 3 hafta bo'lgan 3 davolash kursi o'tkaziladi. Ximioterapiya tugaganidan keyin patsiyentlarda kimyo va nur bilan davolash o'tkaziladi.

Sisplatin va 5-ftoruratsilning dozalarini to'g'rilash buyicha tavsiyalar preparatlarni qo'llash bo'yicha muvofiq yo'riqnomalarda keltirilgan.

Davolash jarayonida dozalarga tuzatish kiritish

Umumiy tavsiyalar

Dotsetaksel-Naprodni faqat periferik qondagi neytrofillarning soni 1500 hujayra/mm3 dan yuqori bo'lganida qo'llash mumkin. Dotsetaksel bilan davolash vaqtida febril neytropeniya rivojlangan holda, neytropeniyaning davomiyligi (<500 hujayra/mm3) bir haftadan ortiq bo'lganida, og'ir yoki kumulyativ teri reaktsiyalarida yoki og'ir periferik neyropatiyada Dotsetaksel Naprodning dozasi tana yuzasiga 100 mg/m2 dan 75 mg/m2 gacha va/yoki tana yuzasiga 75 mg/m2 dan 60 mg/m2 gacha pasaytiriladi. Agar yuqorida ko'rsatilgan samaralar tana yuzasiga 60 mg/m2 dozada kuzatilsa, preparat bekor qilinadi.

Sut bezining rakini ad'yuvant davolash

Sut bezi rakini ad'yuvant davolash bo'yicha asosiy klinik tadqiqotlar vaqtida patsiyentlarda asoratlangan neytropeniya (xususan, davomli neytropeniya, fibril neytropeniya yoki infektsion asoratlar) rivojlanganida, oldini olish maqsadida davolashning barcha keyingi kurslarida (masalan, har bir kutsrsning 4-nchidan 11-nchi kunigacha) G-KSF ni buyurish tavsiya qilingan. Agar asoratlangan neytropeniyaning epizodlari shundan keyin ham kuzatilsa G-KSF bilan uzuluksiz davolash davom ettirilgan, dotsetakselning dozasi esa tana yuzasiga 60 mg/m2 gacha pasaytirilgan.

Biroq klinika amaliyotida neytropeniya davolashning ertaroq bosqichlarida ham rivojlanishi mumkin, shuning uchun G-KSF ni har bir patsiyentda neytropeniya rivojlanishi xavfining darajasini va yuqorida keltirilgan tavsiyalarni hisobga olgan holda buyurish kerak. 3-4 darajali stomatit rivojlangan hollarda dozani tana yuzasiga 60 mg/m2 gacha pasaytirish kerak.

Sisplatin bilan majmuaviy davolash

Agar Dotsetaksel-Naprod tana yuzasiga 75 mg/m2 boshlang'ich dozada sisplatin bilan birga yuborilganidan keyin trombotsitlarning soni 25000 hujayra/mm3 dan past darajagacha pasaysa yoki patsiyentda febril neytropeniya yoki jiddiy nogematologik toksik samaralar rivojlansa, keyingi kurslar davomida Dotsetaksel Naprodning dozasini tana yuzasiga 65 mg/m2 gacha pasaytirish kerak. Sisplatinning dozalariga tuzatish kiritish bo'yicha tavsiyalar preparatni qo'llash bo'yicha yo'riqnomada keltirilgan.

Kapetsitabin bilan majmuaviy davolash

Kapetsitabinning dozasiga tuzatish kiritish bo'yicha tavsiyalar preparatni qo'llash bo'yicha yo'riqnomasida keltirilgan.

Dotsetaksel va kapetsitabinni navbatdagi rejali yuborish vaqtigacha saqlanuvchi 2-chi darajali toksik samaralar rivojlanishini birinchi epizodida, toksiklik darajasi 0-1 darajagacha pasaymagunicha davolash kechiktiriladi, shundan keyin Dotsetaksel Naprodboshlang'ich dozada yuboriladi.

2 darajali toksik samaralar rivojlanishini ikkinchi epizodida yoki 3 darajali toksik samaralar rivojlanishini birinchi epizodida (terapevtik kursning har qanday bosqichida) toksiklik darajasi 0-1 darajagacha pasaymagunicha davolash kechiktiriladi, shundan keyin Dotsetaksel-Naprod tana yuzasiga 55 mg/m2 dozada yuboriladi.

Toksik samaralar rivojlanishining keyingi epizodlarida yoki 4 darajali toksiklikning har qanday ko'rinishlarida Dotsetaksel-Naprod bilan davolash to'xtatiladi.

Trastuzumabning dozalarini to'g'rilash bo'yicha tavsiyalar preparatning qo'llash bo'yicha yo'riqnomasida keltirilgan.

Sisplatin va 5-ftoruratsil bilan majmuaviy davolash

Agar, G-KSF bilan davolashga qaramasdan, patsiyentda febril neytropeniya, davomli neytropeniya yoki neytropenik infektsiya rivojlansa, Dotsetaksel-Naprodning dozasi tana yuzasiga 75 mg/m2 dan 60 mg/m2 gacha pasaytiriladi. Asoratlangan neytropeniyaning takroriy epizodlarida dotsetakselning dozasi tana yuzasiga 60 mg/m2 dan 45 mg/m2 gacha pasaytiriladi. 4 darajali trombotsitopeniya rivojlangan holda dotsetakselning dozasi tana yuzasiga 75 mg/m2 dan 60 mg/m2 gacha pasaytiriladi. Davolashning keyingi kursini faqat neytrofillarning soni 1500 hujayra/mm3 dan ko'proq, trombotsitlarning soni esa 100000 hujayra/mm3 dan ko'proq darajagacha tiklanganidan keyin boshlash mumkin. Davomli toksik ko'rinishlar holida preparat bekor qilinadi.

Quyidagi jadvalda sisplatin va 5-ftoruratsil (5-FU) bilan majmuaviy davolashda Dotsetaksel-Naprodning dozasiga tuzatish kiritish bo'yicha tavsiyalar berilgan.

Токсик самаралар

Дозаларга тузатиш киритиш

3 даражали диарея

Биринчи эпизод: 5-ФУ дозасини 20% га пасайтириш

Иккинчи эпизод: доцетаксел дозасини 20% га пасайтириш

4 даражали диарея

Биринчи эпизод: доцетаксел ва 5-ФУ дозаларини 20% га пасайтириш

Иккинчи эпизод: даволашни тўхтатиш

3 даражали

стоматит/мукозит

Биринчи эпизод: 5-ФУ дозасини 20% га пасайтириш

Иккинчи эпизод: 5-ФУ ни барча кейинги даволаш курсларидан чиқариш

Учинчи эпизод: доцетаксел дозасини 20% га пасайтириш

4 даражали

стоматит/мукозит

Биринчи эпизод: 5-ФУ ни барча кейинги даволаш курсларидан чиқариш

Иккинчи эпизод: доцетаксел дозасини 20% га пасайтириш керак

Sisplatin va 5-ftoruratsilning dozalariga tuzatish kiritish bo'yicha tavsiyalar preparatlarni qo'llash bo'yicha muvofiq yo'riqnomalarda keltirilgan.

Asosiy klinik tadqiqotlar vaqtida bosh va bo'yinning yassi hujayrali kartsinomasi bo'lgan patsiyentlarda asoratlangan neytropeniya (xususan, davomli neytropeniya, febril neytropeniya yoki infektsion asoratlar) rivojlanganida, oldini olish maqsadida davolashning (masalan, har bir kursning 6-nchidan 15-nchi kunigacha) keyingi kurslarida (masalan, har bir kursning 6-nchidan 15-nchi kunigacha) barcha G-KSF ni buyurish tavsiya qilinadi.

Jigar funktsiyasini buzilishlari bo'lgan patsiyentlarni davolash

Tana yuzasiga 100 mg/m2 dozada dotsetaksel bilan monoterapiyada olingan farmakokinetik ma'lumotlardan kelib chiqib, agar patsiyentlarda transaminazalarning (ALT va/yoki AST) darajasi normaning yuqori chegarasidan (NYuCh) 1,5 martadan ko'proqqa va bir vaqtda ishqoriy fosfatazaning darajasi NYuCh 2,5 martadan ko'proqqa oshsa, dotsetakselning dozasini tana yuzasiga 75 mg/m2 gacha pasaytirish tavsiya etiladi. Agar bilirubinning darajasi oshgan va/yoki ALT va AST darajalari NYuCh dan 3,5 martadan ko'proqqa va bir vaqtda ishqoriy fosfatazaning darajasi NYuCh 6 martadan ko'proqqa oshgan bo'lsa, dotsetakselni buyurish tavsiya qilinmaydi. Agar u baribir qo'llanadigan bo'lsa, unda ehtiyotkorlik bilan, qatьiy ko'rsatmalar bo'yicha qo'llanadi.

Bilirubinning darajasi yuqori (NYuCh dan yuqori), shuningdek ALT va/yoki AST darajalari yuqori (NYuCh dan 1,5 martadan yuqoriroq) va bir vaqtda ishqoriy fosfotazaning darajasi yuqori (NYuCh dan 1,5 martadan yuqoriroq) bo'lgan bemorlar me'da adenokartsinomasini dotsetaksel, sisplatin va 5-ftoruratsil bilan majmuaviy davolashni o'rganish bo'yicha asosiy klinik tekshirishlarga kiritilmagan. Bunday bemorlarga dotsetakselni buyurish taviya qilinmaydi. Agar u baribir qo'llanadigan bo'lsa, unda ehtiyotkorlik bilan, qatьiy ko'rsatmalar bo'yicha qo'llanadi.

Hozirgi vaqtda jigar faoliyatini buzilishi bo'lgan bemorlarda boshqa ko'rsatmalar bo'yicha boshqa preparatlar bilan dotsetakselni majmuaviy qo'llash bo'yicha ma'lumotlar yo'q.

Dotsetaksel-Naprod27% (massa bo'yicha) 96% li etanol (alkogolь) saqlaydi. Preparatni yuqori xavf guruhi, xususan jigar kasalliklari bo'lgan patsiyentlarga buyurishda buni hisobga olish kerak.

Buyraklar funktsiyasini buzilishlari bo'lgan patsiyentlarni davolash

Hozirgi vaqtda buyraklar funktsiyasini og'ir buzilishlari bo'lgan bemorlarda dotsetakselni qo'llash bo'yicha ma'lumotlar yo'q.

Bolalar va o'smirlarni davolash

Bolalarda Dotsetaksel-Naprodni qo'llash xavfsizligi va samaradorligi yetarlicha o'rganilmagan. Bolalarda dotsetakselni qo'llash bo'yicha cheklangan tajribasi bor.

Keksa patsiyentlarni davolash

Populyatsion farmakokinetik taxlildan kelib chiqib, keksa patsiyentlarda Dotsetaksel-Naprodni qo'llash bo'yicha hech-qanday maxsus tavsiyalar yo'q. Kapetsitabin bilan birga majmuaviy kimyoterapiya o'tkazilganda, 60 yoshdan oshgan patsiyentlar uchun kapetsitabinning boshlang'ich dozasini 75% gacha pasaytirish tavsiya qilinadi (kapetsitabinni qo'llash bo'yicha yo'riqnomasiga qarang).

  •  Infuziyalar uchun eritmalarni tayyorlash

    Aseptik shprits bilan dotsetakselning dastlabki aralashmasidan kerakli mikdorda olinadi (10 mg dotsetaksel/ml kontsentratsiyada) va 250 ml xajmda in'ektsiya uchun natriy xlorid eritmasini yoki in'ektsiya uchun glyukoza eritmasini saklovchi infuzion flakonga kiritish va 0,3-0,9 mg/ml kontsentratsiyali eritma olish kerak.

    1. Agar dotsetakselning talab qilingan dozasi 240 mg dan oshiq bo'lsa, dotsetakselning eritmasidagi oxirgi kontsentratsiyasi 0,9 mg/ml dan ko'p bulmasligi uchun, infuzion eritmaning kattarok mikdorini ishlatish kerak.

    2. Flakonni qo'llarda aylantirib infuzion eritmani yaxshilab aralashtirish kerak.

    3. Boshka parenteral preparatlarni ishlatish xollaridagi kabi, dotsetaksel eritmalarini yuborishdan oldin zarrachalar borligiga yoki rangsizlanishiga vizual ko'rish kerak. Agar dotsetakselning dastlabki aralashmasi yoki infuzion eritmasi tinik bo'lmasa yoki chukma saqlasa, unda bunday eritmalarni ishlatish mumkin emas.

     

    Dotsetakselning infuzion eritmasi yaxshi yoritilgan, mos keluvchi xonada bir soatlik infuziya ko'rinishida vena ichiga yuboriladi. Dotsetaksel eritmasini PVX uskunalar yoki moslamalar bilan kontakti tavsiya etilmaydi. Di-2-etilgeksilftalat plastifikatorining ta'siri xavfini pasaytirish uchun, u preparatning eritmasiga PVX - flakonlardan yoki infuzion tizimlardan o'tishi mumkin, dotsetakselning tayyorlangan eritmasini shisha yoki polipropilen flakonlarda yoki polipropilen, poliolefindan bo'lgan plastik konteynerlarda saqlash va polietilen infuzion tizimlar orqali yuborish kerak.

 

 
Dozani oshirib yuborilishi

Dotsetakselning dozasini oshirib yuborilishini bor-yo'g'i birnecha hollari xabar berilgan. Dotsetakselning spetsifik antidoti noma'lum. Doza oshirib yuborilgan hollarda bemor ixtisoslashgan bo'limda kuzatiladi va organizmning hayotiy muhim faoliyatlari sinchiklab monitoring qilinadi. Doza oshirib yuborilganida nojo'ya reaktsiyalar kuchayishi mumkin. Dotsetakselning dozasini oshirib yuborilishini mumkin bo'lgan asosiy asoratlari suyak ko'migi faoliyatini susayishi, periferik neyrotoksiklik va shilliq qavatlarining yallig'lanishi xisoblanadi. Dozani oshirib yuborilishi aniqlanganidan keyin patsiyentga iloji boricha tezroq G-KSF ni buyurish kerak. Zarurati bo'lganida boshqa simptomatik choralar ko'rilishi mumkin.